Bugungi kun mulohazalari  ( 1483929 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 296 B


AbdulAziz  04 Mart 2010, 15:15:53

MADANIY

Toshkentga 1 marta borib kelsang ham, yaqin o'rtoqlaring: "Toshkentlik yigit" deyishadi. Rossiyaga borib ishlab kelsang ham "Rossiyalik"ka aylanasan.
Qaniydi, Rasululloh s.a.v. va buyuk sahobiylarni o'z bag'riga olgan Madinai muazzamaga bir marta borsam-u, Madaniy bo'lib qolsam...

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 13:23:04

A.alaykum. Barchamizga Muborak Juma kuni hayirlar keltirib, duolarimiz qabul bo'lsin inshalloh.

Bugun eshitdim-ki 2010 chi yil Turkiyada "Qur'oni-Karim" yili deb e'lon qilinibdi...

Din ishlari idorasi, Vaqiflar Qur'oni Karimni o'qish-anglash uchun qo'llaridan kelgan yordamni berishlarini e'lon qilibdilar.

Hayirlarga vasila bo'lsin inshalloh....

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 12:35:32

Amerikaning Tashqi İshlar bilan bog'liq kongressi Turkiyaning 1915 sanasida (u payt Usmonli Davlati edi, ki yangi Turkiya Jumhuriyati bilan aloqasi yo'q) Armanilarni Umumiy holda o'ldirgan, degan yolg'on iddaoni qabul qildi.

Sababi Amerikada yashagan Armanilar anchagina insonni tashkil qiladi, Amerika hukumati ulardan ovoz olish uchun bu kabi masalalarda ularning yonida turishga harakat qilyabdi, qolaversa Turklar Musulmon, Armanilar esa....

Turkiyaning Erzurum, Adana, Qars  vhk viloyatlarida insonlarning (20-30 bazan 100 kishi) o'ldirilib bir joyga ko'milgan mozorlari topildi.
Lekin Turkiya bu haqiqatni dunyoga bildira olmadi, afsus.

Ho'jayinimni 88 yoshda buvalari bor. U kishi Armanilarni Musulmon Turklarga qilgan butun vahshatlarini o'z ko'zlari bilan ko'rgan insonlardan biri. U payt 12- 13 yoshda ekanlar...Bunday insonlar minglab topiladi...

Yolg'onchining shovqini ko'proq eshitiladi, deganlariday...

Aslida asl qotil Amerika emasmi?

Qizil tanlilar yoki İndeeslar bilan boshlangan qatliomlar ohirgi marta İroqdagi voqealar bilan davom etdi...

Dunyo Ozarbayjon Qorabog'dagi qatliomga hech narsa demadi???

Bosniyadagi Musulmonlarning birma-bir o'ldirilishiga hech narsa demadi???

Xitoyga nima deyish kerak, Uyg'ur qardoshlarimizni jimgina dorga osdi, hech kim ortiq bu mavzuda yozmay qo'ydi????

Bu kabi mavzularni o'ylaganimda chiqish yo'li topa olmay qolaman...

Qayd etilgan


Akbarjоn  07 Mart 2010, 11:45:41

      So'ragan so'ramaganda odamlarga yaxshilik qilaverishlik xam kishini qadrini tushirib yuborar ekan
        Kishilarga xadeb yaxshilik qilaverishlik, mushkulini osson qilishga urinaverishlik bora bora ularing xayolida sizni shu yaxshiliklarni qilishga mujburday tasavur xosil qilishadi, hamda bunga oddi xolat sifatida qarashadi.
        Eng yomoni agarda o'zingizni axvolingizdan kelib chiqib bir safar yordam beraolmay qolsangiz gap soz' g'iybatlarning markazida qolarkansiz, shuncha qilib bergan yaxshiliklaringiz go'yo sovun puffagiday yoriladiyu uchadi ketadi...
Shunday xolatda nima qilishimiz kerak, boshqa yaxshilik qilmasligimiz kerakmi deb o'ylab qolasan kishi
         Biz xaqqatanam xolisona yordam bergan bo'lsak, albatta buning mukofatini olajakmiz, bu dunyoda bo'lmasa albatta u dunyoda, Alloh adolatlilarning endi ODILI. shu yaxshiliklarimizni ajru mukofaatini bu dunyodamas, u dunyoda olishligimiz naqadar yaxshiya
         Agar buning qanchalik bahtligini bilaolgnimizda xar duomizda qilgan yaxshiliklarimni boshlqalarning xayolidan o'chirib tashla xech kim yaxshiligimga munosib javob qaytarmasin va shu yaxshiliklarimizning mukofatini u dunyoga qoldir deb duolar qilarmidik
         Nima bo'lgan taqdirda xam insonmiz, adashishlikdan xolli emasmiz

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  09 Mart 2010, 14:13:39

127 ta mehmonlar, 17 ta foydalanuvchilar (0 ta do'stlar, 2 ta yashirin)
So'nggi 60 daqiqada faol bo'lgan foydalanuvchilar:
Мухаммад Сохиб, Hech kim, Muslima.bgm, Muhseena, Khurshed, Ziyovuddin, braupov, Nurillobek, Birodar, Musannif Adham, Habib, Muallim, uzboy, Abu Muso, fotimahon

Аатижалар схши!

Qayd etilgan


braupov  09 Mart 2010, 17:24:53

 :as:
Yakshanba kuni Chig'atoy qabristoniga borgan edi. Qabriston ko'chasidagi bir yozuvga ko'zim tushdi. u erda quydagi so'zlar yozilgan edi:
Ey aziz inson asta bos qadam bir kun shu tuproq quchar seni ham...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2010, 08:13:03

МАДААИЯТ

АБУТОЛИБ Москвада меҳмон бслиб турган вақти скан. Бир куни ксчада ниманидир ссрамоқчи бслиб бир йсловчини тсхтатибди. Ҳарқалай, чайқов бозорини суриштирмоқчи бслгандир. Абутолиб тсхтатган ҳалиги одам инглиз скан. Москва ксчаларида чет сллик оз дейсизми.
Инглиз Абутолибнинг ссзига тушунмай, олдин инглизча, кейин франяузча, кейин испанча, кейин немисча қилиб нима демоқчилигини ссрабди.
Абутолиб ҳам унга аввал русча, кейин лакча, кейин аварча, кейин лазгича, кейин дарғинча, кейин қсмиқча қилиб тушунтирмоқчи бслибди.
Хуллас, иккаласи ҳам бир-бирини тушунмай хайрлаши-шибди. Бу воқеани сшитиб, инглизча тсртта ссзни биладиган ста маданистли бир срток Абутолибга таъна қилиб шундай дебди:
— Мана ксрдингми, Абутолиб, бироз маданийроқ бслганингда инглиз билан гаплаша олган бслардинг.
— Тсғри, — дебди Абутолиб — лекин инглиз маданистли бслса нега мен гапирган шунча тилдан биттасини ҳам тушунмади?

А асул Ҳамзатовнинг «Менинг доғистоним» китобидан

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2010, 11:06:26

TABIAT: INJIQMI YO TAROVATLI?

Yumush bilan ikki kun avval Toshkent shahriga bordim. Qamchiq dovonidan o'tarkanman, atrof oppoq qor, yuqorida yana qor yog'ardi. Toshkent viloyatiga kirish bilan qor yomg'irga aylandi. Toshkent shahriga yaqinlashishimiz bilan esa, yomg'irdan ham darak yo'q. Oftob charaqlab, nurlarini sochmoqda. Bu avvalo kishilarning kiyinishida ham namoyon bo'libdi. 25 C havo haroratida yengsiz futbolkada yurganlarni, hatto (ajabo!) shortik kiyganlarni ham ko'rdim. Kechga yaqin yomg'ir yog'di.

Ertalab turganimda esa hamma yoq oppoq qorga burkangan edi. Asta derazadan qaradim. Kechagina shortikda yurgan shahar xalqi bugun shapka va paltolarda edi. Yana oftob chiqdi. Oftob nurlari qorning zarrin parchalariga tushib, ajib go'zallik kashf etdi. Ertalabdan juda go'zal havo va juda go'zal manzalarni kutib oldim:













Ko'rmagan odam dastlab anglay olmasligi mumkin. Nahot qarag'ay, chinorlar ham gullasa? Yo'q, ular gullamadi. Qor ularga gul soldi. Lekin gullagan o'rik, bodomlar ham yana ustlariga oppoq libos kiydilar.









Qorning kayfiyatidan ko'nglim ko'tarilib, onamga telefon qildim. U yoqdan tovush yaxshi eshitilmas, aloqa ham uzilib-uzilib qolardi. Hol so'rashdan so'ng onam so'radilar:
- Toshkentda ham bo'ron bo'ldimi?
- Yo'q, bo'ron bo'lmadi. Qor yo'gdi. Hammyoq oppoq qor. Shunaqangi chiroyliki...
- Bizda esa kechasi bilan bo'ron bo'ldi. Qo'shnilarning shiferlari uchdi. Shahardagi reklama shitlarining ko'pi qulab tushdi. Yuz yillik chinorlar qo'porilib, odamlarning uyini bosib qoldi... Elektr simlari uzilib, energiya, suv o'chgan. Uyali aloqa antennalari ham shikastlangani uchun aloqa yaxshi emas...
- Ehaa. Yo'q, Toshkentda faqat qor yog'di...
Marg'ilon sari qadam bosarkanman, haqiqatan ham dahshatli shamol bo'lganining asoratlarini ko'rdim. Onamdan hol-ahvol so'radim. Kechasi bilan bo'ronning vahimasiga hech kim uxlolmaganini, o'sha kecha osmon tuindlashib, yana bir bor qiyomatni eslatganini aytdilar.

Goh tarovat berib, goh qo'rqitgan Allohga hamdu sanolar bo'lsin!

Qayd etilgan


ibrohim  13 Mart 2010, 12:24:08

Ha, qor yog'diraman disa  yozda ham qor yog'adi! Alloh qudratli zotdir!!

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 12:41:46

A.alaykum. Barchangizga hayirli dam olish kunlari tilayman. Rabbim barchamizni xonadonlarimizga tinchlik-osudalik bersin inshalloh.

Xabaringiz bordir, 1 hafta oldin Turkiyaning Elazig' viloyatida 6 Bal zilzila bo'ldi. Zilzila asosan 2-3 qishloqda o'z ta'sirini ko'rsatdi. Qishloqlarda hom g'ishtdan qurilgan uylar zilzilaga chiday olmay yiqilgan. Qishloq aholisidan 41 kishi vafot etgan va 50 dan ortiq kishi esa qattiq yarador bo'lgan...
Zilzila bo'lgan qishloq erkaklarining asosiy qismi Germaniyaga ishchi bo'lib ketgan ekan.
Juda ko'p ota ayoli, farzandlari va yaqinlarining jasadini ham ko'ra olmay armonda qoldi.

Shu otalardan biri: 2.5 yildan beri Turkiyaga kelmagan ekan. Zilzilada esa ayoli va hali hech yuzini ko'rmagan o'g'li vafot etibdi....Tirik qolgan 7 yoshli o'g'li esa otasini ko'rganiga sevinsa-da yonida onasi va ukasini ko'ra olmagani uchun hayron...
Ota qabristonda oilasining qabri ustida soatlab ko'z yoshi to'kkandan keyin qaror beribdi: Bundan keyin Germaniyaga ketmayman. O'g'lim bilan Turkiyada ish topib ishlayman!

Xabarni tinglar ekanman, ko'z yoshlarimni tuta olmadim. Darrov xayolimga bizni ham Rossiya, Qozog'istonga ishlagani ketib oylab- yillab oilasini ko'ra olmayotgan insonlarimiz keldi. Bu hayotda o'lim bor, qolim bor. İnson hayotining so'nggi damlarida yonida yaqinlarini ko'rib, vidolashgisi keladi, so'nggi duolarini ulardan olgisi keladi. Bunday sharoitda esa, insonning qo'lidan hech narsa kelmaydi...
Tashqariga ishlagani ketayotgan insonlarimiz shu narsani unutmasliklari kerak. İnsonga kuch bergan narsa moddiyyat bo'lishi mumkin, lekin eng katta boylik oilasi va yaqinlarining yonida bo'lishi....

Qayd etilgan