Bugungi kun mulohazalari  ( 1483588 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 ... 296 B


Ansora  31 May 2010, 20:35:45

Kecha kechqurundan boshlangandi yana yomon xabarlar olishimiz.

İskenderun/Hatay shaharida dengiz quvvatlariga tegishli askariyaga terroristlar raketa bilan o't ochishgan, natijada esa 7 askar shahid bo'ldi (Rabbim rahmat aylasin) 6 askar esa yaralangan...

Saharlab esa G'azzaga yo'lga chiqqan oziq-ovqat-dori-darmon to'la yordam kemasiga İsroyil armiyasining hujum qilgani xabari Turkiya xaqlini oyoqqa turg'izdi.

Bugun namoyishlar Turkiyaning İstambul Taksim maydonida kun bo'yi davom etdi.
Aniq bo'lmagan xabarlarga qaraganda 17 tinchlik elchisi o'ldirilgan, 30 ga yaqin inson esa yaralangan. Kemadagi 600ga yaqin yo'lovchidan 300ga yaqini Turkiyani Vatandoshi bo'lib, o'ldirilganlardan qanchasi Turk ekanligini haliyam aniqlanmadi.

Kemalardan aniq xabar olinmayabdi, sababi İsroyil davlati butun operatsiyalarini yashirincha amalga oshiryabdi.

Dunyoning yirik davlatlari esa har doimgiday yana jimjitlar, Birlshgan Millatlar faqat İsroyilni ogohlantirishdan nariga o'tmaydi.

O'ylab qolasan, qani adolat, qani butun millatlar bir hil qadr-qiymatga ega edi???

Eng jiddiy javobni esa Eron Prezidenti Ahmedinajot bergan:

Bu voqea İsroyilni yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi....



Qayd etilgan


Abu Muso  01 Iyun 2010, 10:22:21

 :as:

Bir kun avval tushimda Chustiy bilan uchrashibmiz...

Kecha esa, tushimga ustoz Shokirbek aka kiribdilar.

Qayd etilgan


Muslima.bgm  02 Iyun 2010, 10:12:54

Bugun Toshkent shahridagi avtobuslarda huddi chet eldagi kabi sistema o'rnatildi. Yani old eshikdan chiqib orqa eshikdan tushiladi. Old  tarafdagi eshikni yoniga kartochka orqali pul to'lovchilar uchun mahsus apparat ham o'rnatilgan.  Har bir avtobusda qo'liga qizil rangdagi "KONTROL" degan yozuv taqib olgan konduktor ham bor. Endi oldingiday tushuvchi ham kiruvchi yo'lovchi ham bir birini turtib chiqmaydigan bo'ladi inshaalloh.

Qayd etilgan


Muslima.bgm  02 Iyun 2010, 15:05:58

Bugun Chorshanba 14-58 Toshkentda juda qattttttttiiiiqq yomg'ir yog'yapti. Negadir mani nazdimda bu yil yomg'ir ko'p yog'di, yoki manga shunaqa tuyulvottimi. Nima bo'lganda ham bu hayrli baraka yomg'iri bo'lsin. Lekin kunlar ham juda isib ketgan edi, Yomg'irdan keyingi salqin havoga nima etsin.............

Qayd etilgan


Habib  03 Iyun 2010, 09:29:21

Bugun ertalabdan yana yomg'ir yog'yaptu shahrimiz Toshkentda. Boshqa joylarda ham yog'ayotgandur. Kecha Qamchiq dovonida ham sharros yomg'ir yog'di kunduzi...
   


Osmondan tushayotgan har bir tomchi suv - baraka keltirsin! Dehqonlarimizning hosiliga,hirmoniga bitmas-tuganmaslik tilaymiz Allohdan.

Qayd etilgan


JaviK  03 Iyun 2010, 09:37:11

Bugun ertalabdan yana yomg'ir yog'yaptu shahrimiz Toshkentda. Boshqa joylarda ham yog'ayotgandur. Kecha Qamchiq dovonida ham sharros yomg'ir yog'di kunduzi...
   


Osmondan tushayotgan har bir tomchi suv - baraka keltirsin! Dehqonlarimizning hosiliga,hirmoniga bitmas-tuganmaslik tilaymiz Allohdan.

Kecha kechga tomon Andijonda ham kuchli yomg`ir yog`di. Hozir ham havo ochiq emas. Bu yil yomg`ir juda ko`p yog`di, Yomg`irlar mavsumini eslatadi insonga. 

Aka Habibning duolariga qo`shilgan holda, Bu ham bizga ollohning bergan marhamati bo`lsin.

Qayd etilgan


Abu Muso  03 Iyun 2010, 09:48:21

 :as:

Iqtibos
J: Moshina. Ba'zida jiyanlarim, uydagilar xonada yo'qligida
o'ynab turaman jiyanimnikini. Yoshlgimni eslab


Ushbu postni o'qib turib, bir fikrni aytib o'tmoqchiman:

Agar bolaga u sevgan o'yinchoq olib berilmasa, u katta inson

bo'lib ketganda ham o'sha o'yinchoqqa nisbatan befarq bo'lmas

ekan... O'ynamasada, unga nisbatan baribir boshqacha qarar

ekan, balki qalbida bo'sh joy qolib ketar... O'zimdan bilaman.  ;)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  03 Iyun 2010, 10:18:37

Шу бугун мулоҳаза қилиб қолдим. "Ким онлайн" деган сахийфа улгурни қаердан топса бслади?

Qayd etilgan


Abu Muso  03 Iyun 2010, 10:24:49

Шу бугун мулоҳаза қилиб қолдим. "Ким онлайн" деган сахийфа улгурни қаердан топса бслади?

 :as:

http://forum.ziyouz.com/index.php?action=who

Qayd etilgan


Muslima.bgm  03 Iyun 2010, 11:23:40

Kechagina hursand bo'lib avtobus sistemasi haqida yangilkni yozgandim. Bugun esa negadir usha apparatni ko'rmadim avtobusda. Konduktorni gapiga qaraganda eksperiment tariqasida qo'yilgan ekan, agar sinovdan yaxshi o'tsa xamma avtobuslarda (100%) shu sistema bo'lar ekan. Kutamiz.... Inshallah tartib bo'ladi.

Qayd etilgan