Bugungi kun mulohazalari  ( 1131401 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 296 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:00:09

AbdulAziz:

09.02.2006. Bugun Toshkent shahrida ajoyib bir mish-mish tarqadi:

Nimeymish, bugun kechki soat 18.00 da Toshkent shahrida 8 ballik zilzila bo'larmish!. Hamma binolarni tark etsin!

Avvaliga umuman ishonmadim. Keyin bir o'rtog'im telefon qilib shunday dedi. Man esa unga hazillashib, mayli, san ketaver, man ko'rmoqchima, dedim. Keyin ishxonadegilar g'uvillab qolishdi. Bir-ikitalari uyga qochib ham qolishdi. Ularga ham shunday xabar kelgan ekan.

Ba'zilari hansiragancha xonalarga kirib bu "mudxish" xabardan bahramand qilishyapti. Hayajonni ko'rmismi? Tan bervordim: Nahot O'zbekistonning MChSi shunda tezkor ishlaydi? Hatto yaponlaram zilzilani oldindan aytib berolmaydi-ya! Tan berdim.

Soat 6 ga yaqinlashyapti. Ba'zilar "payt borida" qochib qolishgan. 5-etajda deyarli hech kim qolmadi. 4-etajga tushdim. Bir-ikkita odam ko'rindi. Ular ham shu gaplar bilan band, lekin mard, botirlardan edi.

Hozirgina bir hamkasbim uyiga zo'rg'a telefon qilib tushdi. Xotini tashqaridan endi kelibdi. Uyga qayerdan bo'lsa ham non topib keling, deya aytdi. Odamlar hammasi nonga navbatda turibdi ekan. Hamma odam ko'chada ekan. Xotini ham ovqat qilish uchun hozirgina kirgan ekan.

Xullas, mana soat millari 21.00 daqiqa o'tganini ko'rsatmoqda. Hozircha jimjitlik.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:00:38

maknuna:

10.02.2006. Assalomu alaykum!

Kecha biza tomondayam shunaqa mish-mishla tarqagandi. Mahalladegi hamma o'z uyini tashlab ko'chaga chiqib olgan. Hech kimmi uyga kirgisis kemiydi. Zilzila bo'larmish, qattiq bo'larmish, degan gap hammaning og'zida...

Man ettim, zilzila bo'lishligini faqat xudo biladi, e, nima qivossila, dedim, e'lon qilishganmish.

Oxiri radiodan etishdi, bu xabarri yolg'onligini. Keyin ko'pchilik tarqaldi. Lekin ba'zilar haliyam ishonmayotgandi...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:01:02

Assalom:

Ha, bizayam kecha eshitdik.
AbdulAzizga o'xshab ishonmadik.

Bugun jumadayam shu haqda gapirishdi. Ertaga nima bo'lishini, hatto bir minutdan keyin nima bo'lishini Allohdan o'zga hech kim bilmiydi. Bizanikila esa soat, minutlarigacha etiberishdi-yu :)

Xullas bunday mish-mishlar bilan xalqni aldab bo'miydi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:01:19

AbdulAziz:

13.02.2006. Assalomu alaykum!

Forumimizning faol qatnashchilaridan biri Shohistaxon (Farzonochka) barcha forum qatnashchilariga, jumladan dugonalariga kottakon salomlarini yo'lladilar. Hozirda ular oliy o'quv yurtiga o'qishga kirish taraddudi bilan qattiq band ekanlar. Ularga kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz.

Yana bir faol ishtirokchilardan Dilnozaxon (NOZA) ham zarur ishlari chiqib qolganligi uchun forumda vaqtincha bo'la olmasliklarini ma'lum qilibdilar. Ishlari bitgach, albatta forumga qaytishlarini ma'lum qildilar.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:01:43

Abdulaziz:

18.02.2006. Kechagi yoqqan yomg’ir tufayli bugun ertalabdan havo haqiqiy bahorni eslatdi. Ochiq havoda yurish jonu dilim. Darxondan Navoiy kutubxonasigacha piyoda bordim. Atrofdan bahor nafasi sezilib turardi. Charaqlab nur sochayotgan bahor oftobi ham ko’ngilga hush yoqadi"¦

Kutubxonada Oybek ijodiga oid kitoblarni varaqlab chiqdim. Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonovning Oybek domla haqidagi asarini mutolaa qildim. "œO’zbek ismlari" kitobini ham bir ko’rib chiqishga ulgidim. Tushlikka yaqin kutubxonani ham tark etib, yaqinroq tamaddixonaga shoshildim.

Tashqariga chiqsam ertalabki havodan darak yo’q. Shamol aralash yomg’ir yog’ayotgan edi. Bu ham bahorning injiqliklaridan biri. Man bahorni yaxshi ko’raman"¦

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:02:00

Shoir:

Men ham bahorni yaxshi ko'raman.

Bahor yomg'iri esa jonu dilim. Ayniqsa, undan keyingi toza, yoqimli havoda sayr qilishni yoqtiraman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:02:24

Kumushbibi:

20.02.2006. Assalomu alaykum!

Mana Allohga shukur, armonli dunyoning yana bir kunini-da yaxshi niyatlar ila boshlab oldim...
Kutib-kutib oxiri qor ham yog'ib berdi.Osmondan o'ynab-o'ynab yog'ayotgan qorga termulib xayol surishning zavqi boshqachada... :)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:02:40

Feruza:

21.02.2006. Assalomu alaykum.
Yangi bir hafta boshlandi, yana o'qish, yana dars. shu bilan vaqt o'tib ketadi. Bizda havo sal sovuq, lekin mening eng yaxshi ko'rgan havom. Maktabdan keyin kutubxonaga keldim, o'tirib postlarni o'qiyapman.
Hozircha shu.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:03:02

Feruza:

22.02.2006. Bugungi kunim hammasidan zo'r bo'ldi. Yarim kun o'qimadik, chunki 11 sinflar imtihon topshirishdi, biz esa yearbook uchun bitirish kiyimlarida rasmga tushdik. O'ziyam hamma o'quvchini bir tartibda joylashtirguncha ancha vaqt ketdi, keyin ishqilib tez tugatishdi. Shuncha o'tgan vaqtimga achinib ketdim, shu vaqtni kitob o'qib o'tkazsam bo'lardi. Keyin uyga kelib O'zbekiston tarixini davom ettirdim.
Barchamizga kunimizning unumini bersin.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:03:49

AbdulAziz:

25.02.2006. Assalomu alaykum!

Kecha ISLAM: Empire of Faith degan documental filmni ko'rdim. G'arbliklar tomonidan ishlangan bu filmda Islomning qonuniyatlari, tarixi haqiqiy ochib berilgan ekan. G'arbliklarning o'zlari Buyuk Iymon saltanatining qudratiga tan bermoqdalar.

Ilmni Yevropa qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Madaniyatni qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Davlatchilikni qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Bag'rikenglik, demokratiyani qayerdan oldi? Islomdan!

Ushbu filmni sizlarga ham tavsiya etaman. Islom tarixi haqida juda haqqoniy ishlangan g'arb filmi ekan.

Qayd etilgan