Bugungi kun mulohazalari  ( 1481128 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 296 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:51:28

AbdulAziz:

17.01.2006. Bu kun ham har doimgidek o'tdi.
Ertalab yana qor yog'di. Lekin tushlikka kelib oftob tig'ida qorlar ham erib ketdi...
Ertalabdan turib o'z yumushlarimni bitirdim.
Tushlikka "Polyanka"dan somsa olib kelib yedim-da, narsalarni ko'targancha, metroga otlandim.
Amir Temur bekatida tushib Alisher Navoiy kutubxonasiga kirdim. O'tgan safar tugatolmaganim Habibullo Qodiriyning "Otam haqida" kitobini mutolaa qildim. "O'tkan kunlar" va Abdullo Qodiriyning hayotlari haqida judayam qiziq ma'lumotlarga ega bo'ldim. Orada TVdagilar kelib, intervyu ham olishdi.
Keyin ishxonaga keldim. Internetdagi xabarlarga javob bera boshlayapman...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:51:49

Behzodbek:

18.01.2006. Assalomu alaykum,

Abdulazizning kundalik yozadigan odati bor edi. Shu ishini forumdayam boshlabdi-da.
Men ham bugungi kunim haqida ozgina yozsam.

Bugun 4-imtihonimizni topshirishimiz kerak edi. Uncha tayyor emasdim. Shuning uchun kecha kechasi ikkilargacha kitob o'qidim, so'ng uxlab ertalab oltilarda turdim. Soat 9.00 da imtihon boshlanadi, "Political Theory" (Siyosat nazariyasi) fanidan. 8 larda uydan chiqib, metroga otlandim. Metroda kursdoshim, Assam shtatilik Mizini uchratib qoldim, so'ng birga kollejga ketdik.

Imtihonni, nazarimda yaxshi yozdim. 12 da imtihondan chiqdik, so'ng yana Mizi bilan ortga qaytdik. Bugun kvartirada men navbatchi edim, kelib ovqat pishirdim. So'ng 20-yanvardagi imtihonga tayyorlanish uchun yana kitob o'qishga tushdim. 18 larda internetga o'tirib ishlay boshladim. Hozir soat 19.11, haligacha internetda ishlayapman. Hozir chiqib ovqat qilishim kerak, kech bo'lib qoldi.

Sizlar ham yozib turinglar, bu rosayam qiziq.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:52:11

Maknuna:

19/01/2006. Assalomu alaykum!
Man hozir ertalabda azgina voqt topib internetga kirdim. Hozir hunar o'rganishga boraman. Kechagi ko'ylakni oxiriga yetkazib qo'yish kerak. Asta-sekin tikuvchilik hunari sirlarini o'zlashtirib borvomman.

Soat 16.00 larda uyga yo'l olaman. Tezda oshxonaga kirib, kechki ovqatga urinaman. Oyimla o'zim qilaman, desalar ham ularni ishlatkim kelmaydi :)

Kechki dasturxonni tuzab ovqatlanamiz, yana ro'zg'or yumushlari, soat 20.00 largacha shunday ishlar bilan band bo'laman. Keyin kitob mutolaa qilaman...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:52:39

AbdulAziz:

20/01/2006. Man ham kecha uyda navbatchi edim. Talabaning eng sevimli ovqatlaridan biri - mastava bilan do'stlarimni siyladim.

Behzodbek, atta qanaqa ovqatalar qilaypsilar? Anu rasmda ko'rganimde boshqacha ovqatlarmi yo o'zimiziz ovqatlarimizdanmi?
Qozon, o'chaq bormi?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:53:00

Behzodbek:

20/01/2006. Assalomu alaykum.

Ovqatlar, asosan, o'zimizning o'zbekcha taomlar bo'ladi. Lekin bitta-ikkita hindcha taomlar ham o'rgandim :) Masalan, bular guruchni ko'p yeyishadi. Quruq guruchni qaynatishib, yana alohida unga qo'shib yegani sho'rvaga o'xshash suyuqroq narsa qilinadi. Shu yam yaxshi narsa ekan. Tayyorlash oson, to'yimli.

Ovqatni gazda qilamiz. Lekin Hindiston O'zbekiston kabi gazlashtirilmagan. Gaz balonlarini sotib olamiz.

Rasmda ko'rganing bir turk okamizning uylari, mehmonga borgandik. Hindcha, turkcha, o'zbekchaga o'xshash taomlar pishirishgan ekan.

Aytgancha, bugun oxirgi imtihonimni topshirdim. Xudoga shukur, qutuldik.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:53:16

AbdulAziz:

Va alaykum assalom!
Hindlarning eng sevimli ovqati qanaqa?
Retseptni bersang, keyingi safargi navbatchiligimda bir urinib ko'rardim.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:53:30

Behzodbek;

Hindlarning eng sevimli taomi menimcha, odamiga qarab har-xil bo'lsa kerak. Masalan, kollejimda talabalar asosan Cho'le Bature degan taom olishadi. Men uchun ham tuzukrog'i shu. Asosan, no'xotdan iborat, yoniga bizning qatlamalarga o'xshash yog'li non qo'shib beradi.
Lekin uni qanday tayyorlashni bilmayman. Yana menga eng yoqqan taomi Shourma degan taom bo'ldi. Uni Dehlining faqat bir joyida qilishadi, Jamia Millia Islamia Universiteti yaqinida musulmonlar qilishadi. Haqiqatdan ham shirin taom ekan. Xamirga g'o'sht qiymasini o'rab pishirishadi. Lekin u bizdagi somsalarga o'xshmaydi, ajoyib narsa. Har zamonda yegani borib turamiz.

eh, baribier O'zbekiston taomlarini juda sog'indim, ayniqsa, nonni sog'indim. Bu yerdagi nonlarni agar O'zbekistonda bo'lsa, hech kim yemasa kerak. Yaqinda bir oshnamiz uyga turklarning nonini olib keldi. Xuddi O'zbekistonning uy nonini yeganday maza qildim.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:53:57

Maknuna:

23/01/2006. Dam olish kunlarini juda yaxshi o'tkazdim.
Bu kunda uy yumushlaridan ortib ikkita kitobni mutolaa qildim. Juda zo'r kitoblar ekan.
Biri Ahmad Lutfiyning "Saodat asri qissalari" degan kitobi, afsuski, bu kitobning 2-3-qismlari manda yo'q ekan, birinchi qismiyam juda go'zal ekan, o'qib mazza qildim.
Ikkinchi kitobim, "Oylik hilol taqvimi" juda zo'r maqolalari bor ekan.
Boshqalarga ham tavsiya etaman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:54:39

AbdulAziz:

23/01/2006. Assalomu alaykum!
Men ham dam olish kunlarini juda maroq bilan o'tkazdim.

Shanba kuni do'stimiz - Alihon ning tug'ilgan kunlari ekan. Ular bizni Toshkentdagi marg'ilonliklar choyxonasiga taklif qildilar. U yerda do'stlar bilan rosa maza qildik, suhbatlar, hangomalar... O'zimizning devzira guruchlardan juda qoyillatib osh damlab berishdi. Xuddi uydagidek maza qilib tanavvul qildik.



Yakshanba kuni esa ishxonadagi yoshlar bir bo'lib Chimyonga chiqdik. Qorli tog' bag'rida o'ynab rosa maza qildik.
Chimyon tog'iga qor juda yaxshi yog'gan, baxtimizga havo ham sovuq emas, oftob charaqlab chiqqan.
Chang'i, chanalarda uchib rosa huzur qiladi, odam. Ayniqsa, chanada 2-3 kmga sirpanishning gashti boshqacha bo'lar ekan. Eng zo'ri toqqa plyonka bilan ko'tarilib, shu bilan sirpanish maza ekan.
Tabiatning go'zalligiga qarab ko'z to'ymaydi. Archa tagida, qor ustida o'tirib, tamaddi qilishning ham o'z gashti bor ekan.

Xullasi kalom, Chimyonda maroqli hordiq chiqarish mumkin ekan. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:55:30

Maknuna:

Ha, maza qib dam obsizlar.
Albatta toqqa chiqqanda odam baribir boshqacha bo'ladi. Toza havoda maza qib dam olishdan zo'ri yo'q.

AbdulAziz, Chimyonga chiqish harakatlari qancha ekan. Bizayam yaqinda chiqmoqchi edik?
   

Qayd etilgan