Bugungi kun mulohazalari  ( 1007541 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 296 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:55:45

AbdulAziz:

Ha, silagayam tavsiya qilaman, maza qilib dam opkelasila.

Maksim Gorkiydan to'g'ri Chimyomgayam marshrutka, taksilar bor, lekin qimmat ekan. Eng yaxshi usul 800 so'mga marshrutkada G'azalkentgacha borib, u yerdan taksida (1000-1500 so'm) Chimyonga borish mumkin.

U yerda chanalar soati 1000-1500, iloji bo'lsa o'zilar bilan ovoganilar yaxshi. Yoki bo'lmasa, qattiq selofandan ham qopcha yasab, shunda ham sirpansa juda zo'r bo'larkan. Buniyam o'zilar bilan opketseylar bo'ladi. Chunki bunaqa plyonkalarning ijara narhi ham soatiga 1000 so'mdan.

Tushlikka u yerda ovqatlanish qimmatga tushadi. Shuning uchun sumkaga tuslik uchun zarur mahsulotlarni solib olish kerak. U yerda qor ustida maza qilib tanavvul qilish mumkin.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:56:14

Maknuna:

26.01.2006. Kecha kechqurun yog'ishni boshlagan qor bugun ertalab tindi.
Butun shahar oqlikka burkandi.
Bunaqa ko'p qor hali yog'magan edi.
Daraxtlar o'zlarini zo'rg'a ko'tarib turishibdi...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:56:35

AbdulAziz:

27.01.2006. Hali veri shaharda bunaqa katta qorni ko'rmagandim (tog'da ko'rganman).
Dushanba kundan beri yog'ayotgan qor qalinligi bugu 45-50 sm gacha yetdi. Atrof hamma yoq oppoq.

Transport qatnovi juda sekin. Mashinalar qor ustida 30-40 tezlikda yurisha olyapti xolos. Vodiy bilan Toshkentni bog'lovchi yo'l ham yopilganiga 3 kundan oshdi.

Ko'chada yoshroq bolalarga "ish" topilgan. Bechora qizlarni qor bilan siylashgani siylashgan.

Qor esa haliham yog'moqda. Oqlikka burkangan tabiatni tomosha qilib to'ymaydi, kishi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:56:55

Feruza:

28.01.2006. Maktabdan chiqib kutubxonaga keldim. Odatda bu mening eng yaxshi ko'rgan paytim, chunki ertaga maktab yo'qda! Bemalol o'tirib kitob o'qishga vaqtim bo'ladi.
Bizda hech qanaqa qor yo'q. Hatto yomg'ir yog'sammi-yog'masammi deb o'tiribdi. Sizlarning qor haqidagi postlaringiz havasimni keltirayapti.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:57:16

AbdulAziz:

30.01.2006. Dam olish kunlari juda maroqli o'tdi.

Va nihoyat shanba kuni qor to'xtadi, lekin undan qolgan oqlikka burkangan tabiat hamon o'z go'zalligini yo'qotmagan. Tomlardan osilib turgan muzlarga qarab go'zallikdan bir xursand bo'lasan, bir qo'rqasan. Kichik ko'chalarda mashinalar kam yurgani uchun qorlar hali erimagan. Katta ko'chalarda esa qorlar erib suv va loy bilan qorishib ketgan.

Bugun ertalabdan ishga keldim. Darsni o'tib bo'lganimdan so'ng, endi o'zim darsga ketdim. Bugungi dars juda zo'r bo'ldi. Ayniqsa psixologiya darsida juda maza qilib o'tirdim.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:57:45

Behzodbek:

30.01.2006. Assalomu alaykum,

Hindiston vaqti bilan 19: 44.

Hozir uyda mehmon kutyapmiz. Haydaroboddan bir yaqin o'zbek birodarimiz Dehliga keldilar. Ular hozir boshqa joydalar, bir okamizning uylarida. Bugun ularni uyga taklif qildk. Hozir kelib qolishlari kerak. Muhammadjon akamiz farg'onacha palov qilyaptilar. Oka oshni qotiradilar, lekin.

Sizlar ham kelinglar, maza qilib osh yeymiz.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:58:10

AbdulAziz:

30.01.2006. Manam tezroq borib ovqat qilishim kerak. Kvartirada bugun navbatchiman.

Nima ovqat qilay ekan? mayli boraychi mahsulotlarga qarab biron narsa o'ylab ko'rarman.

Undan ko'ra silaram kelilar, xudo hohlasa ikki soatdan keyin ovqatimiz ham tayyor bo'ladi.

PS. Behzodbek, oshdan jo'natvorarsan... ;)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:58:46

AbdulAziz:

04.02.2006. Assalomu alaykum!

Bugun dam olish kuni!

O'qishda ham bugunga amaliyot qo'yishibdi. Amalaiyotni esa Ziyo Uz forumida o'tayapman. :)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:59:20

AbdulAziz:

06.02.2006. Shanba kuni ajoyib bir ishning guvohi bo'ldim. E-mailimni tekshirib o'tirsam, Iguzar.com portalidan xabar keldi: Saytimizdagi forumdagi mulohazangizga javob berildi. Javobni o'qish uchun shuni bosing. hayron bo'lib qoldim. Tezda javob yozvordim: Axir man silarni forumlaringga a'zo bo'maganman-u, qanaqasiga?

Ajabo, shunaqasi ham bo'larkan. Bizning forumimizdan mulohazalarni aynan, hatto mualliflari bilan (ularni qanday registr qilishdi ekan?) joylab qo'yishibdi. Juda hayron qoldim. Avvaliga ulardan javob keldi. Saytingizdagi mulohazalardan foydalandik. Ho'p, mayli, lekin mani ruxsatimsiz, mani nomimdan ish qilishga kim ruxsat berdi sizlarga? Eng qizig'i, "muallif" man bo'lib turib, ularning forumlariga kira olmadim, chunki man a'zo bo'lmaganman. Go'yoki "a'zo qilib qo'yishgan". Parolni iGuzar menejeridan oldim. Forumga kirib qarasam...

Kashmar! deydiyu ruslar, shunaqa. Muhabbat, Horijdagi o'zbeklar bo'limlarining shunday ko'chirishibdiki, hayron qolasiz. Hatto mualliflar ham, ularning avatarlari ham bir xil-a. Insofni qarang, siz. Etikani qarang. Bunaqasini hali ko'rmagandim. Tezlikda iGuzar menejeriga bularni zudlik bilan o'chirib yuboring va qaytib bu holat takrorlanmasin, deb yozib yubordim.

Hurmatli forum a'zolari, agar bu holat yuzasidan uzr so'rayman, bunda Ziyo Uzning hech qanday aybi yo'q. IGuzarchilarga esa omad tilaymiz! Ko'chirmakashlik qilmasdan o'zlari mustaqil harakat qilishsa, yaxshi muvaffaqiyatlarga erishadilar, deb niyat qilamiz.

Ziyo Uz dan ko'chirish holatlari juda ko'p bo'layapti. Ayniqsa internetda. Saytimizdan olishadi-da, ko'pincha "ziyo-uz dan olindi" degan etik qoidani "unutishadi".

O'zbek matbuotida ham bunday holatlar kuzatilmoqda. Ayrim "sariq" gazetalarda bu holatni kuztib qolaman.

"Ogoh" gazetasining 2006 yil 27 yanvar sonida "jurnalist" Dilafro'z Muslimova saytimizning Ajoyibotlar bo'limidagi "Jahonning yetti mo'jizasi" maqolasini hech qanday o'zgarishsiz ko'chiribdilar-da, saytning nomini ham yozmasdan, o'zlariniki qilib chop etib yuboribdilar. Qoil!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:59:47

AbdulAziz:

06.02.2006. Yakshanba kuni man uchun juda unumli keldi. Ko'p ishlarga ulgurdim.

Ertalabdan G'ayratjon ikkalamiz Chorsuga tushib, uy uchun harajat qilishga kirishdik. Bozor bo'lgandan keyin aylanamiz, eng arzon, eng sifatli mahsulotni qidirishga tushamiz. Shunday qilib 3 soat qanday o'tganini bilmay qoldik. Og'ir sumkalarni ko'targancha metroga shoshilamiz...

Uyga kelib, qorinning g'amini yeymiz. Shartta uch-to'rtta piyoz, kartoshka archib tuxum bilan qo'vuramiz, 20 minutdan keyin tushlik tayyor-da!

Keyin uylarni yig'ishtirishga tushdim. Bugun olib kelgan yangi supurgi bilan uylarni supurib, sidirib chiqdim. Kitoblarim sochilib ketgan ekan, ularni joylab qo'ydim. Xullas, uborka...

3-4 ta kir ham to'planib qolgan ekan, ularni ham yuvib, biryoqlik qilib qo'ydim.

Hammayoq taxt bo'lgandan keyin asta jonajon laptopimni yoqdim-da, kecha oxiriga yetmay qolgan maqolani oxiriga yetkazib qo'ydim. Islam Uz uchun savollar ham tayyorlab qo'ydim.

Eh, bugun Hikmatullohning ovqat qilish navbati. Tezroq kelsa-yu, qorin ochib ketdi. Soat 18.30 larda Hikmatulloh ovqatni boshladi. Men esa ichkari uyda kundalik yozish bilan bandman.

Qayd etilgan