Bugungi kun mulohazalari  ( 1481130 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 296 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:04:24

Abdulaziz:

06.03.2006. Yurtimizda haqiqiy bahor nafasi kezmoqda. Oppoq bo'lib bodom gulladi. O'rikning oppoq gullariga qarab ko'zi to'ymaydi, odamning.

Havolar isib, oftob ham o'z mehrini biz tomon ulashayapti. Ba'zida esa buni ko'rolmagan qora bulutlar esa ustimizdan o'z suvlarini ham yog'dirmoqdalar. Baribir g'olib kelgan Quyosh bobo yomg'irdan so'ng yana nurlari bilan yerni munavvar qilmoqda.

Yomg'irdan keyingi havoda sayr qilish jonu dilim...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:04:48

Feruza:

06.03.2006. Assalomu alaykum! Barchangiz so'g omonmisiz?
O'tgan hafta AQSH poytaxti Vashington D.C. da bo'ldim. Umuman olganda fuqarolik jamiyatini qurish bo'yicha forumga o'xshagan yig'ilish. O'zbekistondan o'ndan ortiq o'quvchi bu tanlovdan o'tishibdi, yana bir bor vatandoshlarni ko'rib, hayajondan ancha o'zimga kelolmadim. Shuncha vaqtdan beri ko'rmaganga, judayam boshqacha bo'larkan. Darslarda qatnashdik, har xil seminarlar va hk.
Ba'zi joylarga bordik, judayam yoqdi. Ayniqsa Oq uyi bilan Kongress binosi boshqacha taassurot qoldirdi. Senator va boshqa vakillar bilan uchrashganda, O'zbekistondan ekanligimni aytdim. Ba'zilari bizning yurtda mehmon bo'lishgan ekan, judayam iliq gaplarni aytishdi. Oldingi Oliy Sud binosida yurganimda, gid O'zbekistondan ekanligimni bilgach, o'zbekchada gapirsa bo'ladimi?! Rosa hayron qoldim va xursand bo'ldim. O'zga yurtda o'zingizning ona tilingizni eshitishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak. Xullas, dunyoning narigi burchagida bo'lsada, o'zimizning tilni biladigan va gaplashadigan insonlar bor ekan.
Eng asosiysi eson omon borib keldim. Qisqacha shu.
Yaratganga shukr.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:05:30

AbdulAziz:

10.03.2006. Yurtimizda Navro'z - Yangi kun hukmron.
Qishdan asar ham qolmadi. Atrofning go'zalligini aytmaysizmi?

Qarg'alar ketib, ular o'rniga qaldirg'ochlar osmonda g'ujg'on o'ynayapti.

Bolakaylar esa o'zlari tasab olgan varraklarini uchirib huzur qilishadi...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:06:01

Feruza:

18.03.2006. Assalomu alaykum.
Hozir bahorgi ta'tildaman. Kunlar ham oqqan daryoday tez o'tib bormoqda.
Kecha SAmarqandlik bir qizning uyiga mehmonga keldim. Baribir yurtdoshingizni ko'rishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak. O'zbekchada gaplashasiz, birga o'tirib piyoladan choy ichasiz. Xullas kelganimdan judayam xursandman.
Barchangini kirib kelayotgan Navro'z bilan muborakbod etaman.

Boringizga shukr.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:07:08

Ozoda:

20.03.2006. Ha , afsus AQSHdaman, lekin rosti sumalakni rosa sog'indim!!!!Agar ilojim bo'lganida hozirni o'zidayoq O'zbekistoniga uchib borardim!!!!mayli Sumalakni endi kelgusi yil Nasib bo'lsa tayyorlaymiz !!
Navr'o'zi olam muborak!!!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:07:28

Shoir:

20.03.2006. Yomg'irlar mavsumi O'zbekistonda ham davom etmoqda.
Har kuni ham yomg'ir, ham ochiq havo odamni hushnud qiladi.

Sumalaklarga esa biz rosa to'yyapmiz. Sizlarga ham rosa ilinyapmiz.
Kelseylar o'zim bahor taomlari bilan mehmon qilardim.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:07:55

Behzodbek;

21.03.2006. Bugun "Times of India" gazetasini olib qarasam, Toshkentdagi Navro'z bayranidan bir surat berishgan ekan. Tagiga Tosgkentdan ekanligi yozilgan, ko'rib xursand bo'lib ketdim. Chet elda vatz\niz haqida biror narsa ko'rsangiz, o'qisangiz shunaqa xursand bo'lib ketasiz. Baribir, odam vatanini sog'inadida.
O'zb elchixonasiga birinchi boeganimda topishim qiyin bo'ldi. Bir payt uzoqdan bayrog'imizga ko'zim tushib qoldi. Shabadada hilpirab turibdi, xursand bo'lib, og'zimning tanobi qochdi.

Lekin ichkarida yaxshi kutib olishmaDI. tASHQARIDA HAM, QABULXONAGA KIRGACH, ichkarida ham ancha kuttirishdi. Qaytib chiqqanimda tarvuzim qo'ltig'imdan tushib, qutilganimga shukur qilib, chiqdim.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:08:15

Feruza:

21.03.2006. Assalomu alaykum.
Ertalab maktabga bordim, ikkinchi soat darsim tugab, uchinchi soatga kirdik. Har doimgiday testimizga tayyorlanayotgandim, birdan nimanidir ovozi yuragimni yorvordi. Sinfimizdag o'g'il bolalar o'ynab tepadagi devorni yorishib, yoritish moslamalarini tushirib yuborishibdi. Nima bo'layotganini anglay olmadim, bir daqiqada sodir bo'lgan bu voqea hammani sarosimaga solib qo'ydi, keyin kula boshladilar. "Feruza, yaxshimisan?" deb qo'yishadi. O'zimga kelib qarasam, o'sha tepadan tushgan narsalarning markazida o'tirgan ekanman. "Yaxshiman", deb kuldim. Keyin o'zimga alam qilib ketdi. Bugun ertalab ketishimga uch oygina qoldi, ota onamni shu yaqin orada ko'rish nasib etsin deb niyat qilgandim. Agar xudo asramaganida bilmadim nima bo'lardi, men bu yerda .............. :'(

Haligacha shokdaman.
Ollohga shukr, sog' omonman.
Olloh barchamizni o'z panohida asrasin.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:08:41

AbdulAziz;

22.03.2006. Kecha eski kundaliklarimni varaqlay boshladim.
Ularni yana qayta o'qiyapman-u, ba'zan kuyinaman, ba'zan suyunaman.
Inson o'z tarixini, o'tmishini hech bo'lmasa haftasiga bir marta o'ylab, shundan fikr qilsa ancha-mucha yangi muammolariga javob toparkan.
Eng yaxshi chora - sabr va duo!
Yaxshi niyatning o'zi ham ezgulikka olib borar ekan. Siz niyat qilavering. Unga erisha olaman-mi? yo'qmi degan savol sizni qiynamasin. Duo qiling, Allohdan so'rang. Harakat qiling. Albatta murodingizga erishasiz.
Faqatgina niyatni samimiy qilish kerak. Unga albatta erishaman deyish kerak!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:09:10

Ozoda:

27.03.2006. Kecha 25 mart kuni to'g'ilgan kunim edi!!
AQSHdagi hamma do'stlarimni(qizlar) taklif qilib juma kuni nishonladik: tort, raqs, o'yinlar...
Keyingi kuni -25 mart-meni to'g'ilgan kunim!!!
Ayamni juda sog'inib ketgandim....O'ziyam kelganimdan beri ular bilan telefonlasha olmagandim....Rosa sog'ingandim...Shanba kuni niyat qilib tel qildim, gushakni akam ko'tardi...Keyin singlim ayamni chaqirdi....Ayajonimni "qizlog'im" degan so'zini eshitib, ovozini eshitib yig'lab yuborganimni ham bilamy qoldim....Ayam : "Ozoda, qizim, gapir..." derdi....Lekin men...o'zimni yig'idan tuya olmasdim...keyuin ayajonim ham yig'lab qoldilar. men o'zimni bosib olishim shartligini, bo'lmasa ayajonimni ham tinmay yig'lab qolishlarini tushundim...Zo'rg'a ko'z yoshlarimni artib, onamni ovozini tingladim....Bu dunyoda ayajonimni ovozidek, muloyim ovoz yuq....ULarni erkalashlaridek hech kim erkalata olmaydi:
-Bolajonim, oppoq qizim, jon bolam, omonmisan??.
-...
-Qizim, ahvollaring yaxshimi?Sog'ligin ham yaxshimi?
-...ha ayajon, yaxshiman, o
ziz yaxshi yuribsizmi??
-ha, bolam , Hudoga shukur!!!
-....
Shu bilan ayam menga ancha gapirdi...lekin har bir so'zini ichida o'zing yaxshimisan, sog'liklaring ham yaxshimi, deb so'rashdan to'htamasdi....
Ularni tinglash naqadar yaxshi edi a!!!!
Onajon, boringizga Shukur!!!
Baxtimga doimo sog' bo'ling!!!Kulib yuring!!!
Nasib bo'lsa bag'ringizga omon-eson qaytib borish baxti nasib etsin!!!
Onajon, boringizga shukur!!

Qayd etilgan