Ozoda:
27.03.2006. Kecha 25 mart kuni to'g'ilgan kunim edi!!
AQSHdagi hamma do'stlarimni(qizlar) taklif qilib juma kuni nishonladik: tort, raqs, o'yinlar...
Keyingi kuni -25 mart-meni to'g'ilgan kunim!!!
Ayamni juda sog'inib ketgandim....O'ziyam kelganimdan beri ular bilan telefonlasha olmagandim....Rosa sog'ingandim...Shanba kuni niyat qilib tel qildim, gushakni akam ko'tardi...Keyin singlim ayamni chaqirdi....Ayajonimni "qizlog'im" degan so'zini eshitib, ovozini eshitib yig'lab yuborganimni ham bilamy qoldim....Ayam : "Ozoda, qizim, gapir..." derdi....Lekin men...o'zimni yig'idan tuya olmasdim...keyuin ayajonim ham yig'lab qoldilar. men o'zimni bosib olishim shartligini, bo'lmasa ayajonimni ham tinmay yig'lab qolishlarini tushundim...Zo'rg'a ko'z yoshlarimni artib, onamni ovozini tingladim....Bu dunyoda ayajonimni ovozidek, muloyim ovoz yuq....ULarni erkalashlaridek hech kim erkalata olmaydi:
-Bolajonim, oppoq qizim, jon bolam, omonmisan??.
-...
-Qizim, ahvollaring yaxshimi?Sog'ligin ham yaxshimi?
-...ha ayajon, yaxshiman, o
ziz yaxshi yuribsizmi??
-ha, bolam , Hudoga shukur!!!
-....
Shu bilan ayam menga ancha gapirdi...lekin har bir so'zini ichida o'zing yaxshimisan, sog'liklaring ham yaxshimi, deb so'rashdan to'htamasdi....
Ularni tinglash naqadar yaxshi edi a!!!!
Onajon, boringizga Shukur!!!
Baxtimga doimo sog' bo'ling!!!Kulib yuring!!!
Nasib bo'lsa bag'ringizga omon-eson qaytib borish baxti nasib etsin!!!
Onajon, boringizga shukur!!