Bugungi kun mulohazalari  ( 1481707 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 296 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:09:45

Dildor:

28.03.2006. As-Salomu Alaykum,
"Bu kunni qanday o'tkazdim?", ajoyib savol, bir narsa men uchun achinarliki, man oz'im istagan bir narsaga hech erisha olmayapman(Alhamdilullah), bunga yo'l berishmayapti, mana bugun ham huddi o'sha ishni bitirmiy kunimni o'tkazdim!
Allohim tezroq niyatimga yetkazsin ilohim!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:10:15

djdilshodbek:

29.03.2006. Salom azizlar bugun 30-mart 2006-yil
Men bugunham har doimgidek tong sahar 6da turdimu stadionga ertalabki chopish uchun shoshilib ketdim. U yerda soat 6 .45 gacha bo’ldim va soat 7 da uyga kelib onam tayyorlagan nonushtamni yedimu
Internetdagi e-maillarimni tekshirib soat 8da o’qishimga jo’nadim.
Odatda men o’qishdan 1.30 larda qaytaman ammo negadir bugun uyimizda nimadir sodir bo’layotgandek vohliroq qaytdim. Aytishadiyu
Yurak ko’zdan tezroq ko’radi. Uyga kelsam Toshkentdan o’rtoqlarim kelgan ekan ular bilan yaxshilab ko’rishdim va onajonim ularni kelishi sezgandek osh qilib qo’ygan ekanlar, biz do’stlar oshni poqqos tushirib
O’zimizning bir-birimizga atab qo’ygan yangiliklarni tinglab kunni o’tib ketganini ham bilmay qolibmiz shundan keyin ular ketamanga tushib qoldi va men ham sumkamga matematika daftar va kitoblarimni joylab ular bilan birga o’z matematikadan repetitirimga ketdim. Uyga qaytganimda soat 7 dan o’tayotgan ekan va kechki ovqatni yeyib ozgina sayrga chiqdim. 8 dan 9 .45 gacha dars qildim va mana soat 10 da internetga chiqib o’z kunimmning qisqacha matinini qayd qilyapman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:10:49

AbdulAziz:

03.04.2006. Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Bu kun man uchun judayam baxtli, quvonchli kun bo'ldi. Garchi ba'zi bir maishiy muammolar bilan ozgina xayolim sochilgan bo'lsa-da, tushlikka yaqin orzularim, umidlarimning ushalgani sabab baxtlar ummoniga g'arq bo'ldim.

Bugun eng yaqin birodarim, forumimiz a'zosi, do'stim - Sobirjonni ozod etishdi!
Avvaliga do'stimni ko'rib yig'lasam kerak deb o'ylagandim. Lekin unday bo'lmadi. Sobirjon har doimgidek yuzida tabassum bilan biz bilan ko'rishdi.

1 yil. Judayam uzoqqa cho'zilgan bir yil. Va nihoyat yaxshi kunlar keldi. Do'stim yana yonimda. Maslahatgo'yim, sirdoshim bilan yana birgaman...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:11:09

Feruza:

12.03.2006. Assalomu alaykum!
Bugungi kunim yaxshi o'tdi. Lekin hammasidan bugun O'zimizning o'sha qadrdon O'zbekiston telekanalini ko'rdim. Yetti oy o'sha kanalni, o'sha kanalning yangi kundagi boshlanishini ko'rmadim. Har doimgiday Madhiyamiz bilan boshlashdi. Eshitib, shunaqangi boshqacha bo'lib ketdim. Baribir, o'zimizniki yaxshi! Kichkinalikda eshitib katta bo'lgan o'sha gaplar, o'sha o'gitlar! xuddi yana o'sha kunlarga qaytganday bo'ldim.
Bugun eng baxtli kunlarimdan biri. Yana o'sha Tolibjon Isroilovning ovozini eshitdim, o'zimizning ko'rsatuvlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldim. Xuddi O'zbekistondagidayman.
Yetkazganiga shukur

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:11:47

Ozoda:

21.03.2006. Bugun kunim yaxshi o'tdi!!
Bugun maktabga kechroq bordim, chunki boshqalar test topshirayotgandi, Exchange Students topshirishmadi. Shunga bugun mazza qilib soat 11:30 da bordim maktabga!!
Ekonomikadan proektimni topshirdim.
Ertaga ham soat 11:30 da boraman maktabga, Tarixdan test bo'ladi. Aytgancha kechadan oldin kuni uyga telefon qilgandim, Afsus yaxshi gaplasha olmadim.
Bugun ITda:
Akajonim b/n messengerda gaplashdim.
Ziyo-uzda mavzu ochdim, postlar yozdim!
Pochtalarimni tekshirdim.

P.S: kechki ovqatga pitsa yedik :)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:12:14

AbdulAziz:

23.04.2006. Tun...
Sokin oqshom!
Falakda yulduzlar tantana qiladi.
Men esa yo'ldaman.
Yulduzlarga termulaman, ularning ham qayg'ulari, g'amlari bormikin?
Yo'q, men ularga xavas qilaman.
Nega shunday katta va bahaybat yulduzlar bizga kichkina bo'lib ko'rinishadi.
Nega unda mashhur kishilarni yulduz deyishadi?
Axir yulduzlarlar bor malohatini ko'rsatmaydilar-ku!
Ana, bitta yulduz, o'zini tashlab yubordi...
Bir zumda yo'qoldi qoldi u...
Inson hayoti ham shunaqa.
Bir marta charaqlaydi, yana bir marta so'nadi...
Yulduzlar mangu yonmaydi.
Xotira qoladi dunyoda mangu.
Kimningdir kimga qilgan arzimas yaxshiligi qoladi.
Shularni o'ylab ketayapman.
Yo'llar tugamaydi... Yuraverasan, yuraverasan, ba'zan aylanib-aylanaib yana eski yo'lingga tushasan.
Iloyim yo'llarimiz bevaqt tugamasin...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:12:50

Abdulaziz:

24.04.2006. Ertalabdan kayfiyatim judayam a'lo bo'ldi. Ertalabda uyga telefon qilish fikri keldi. Negadir rosa band bo'ldi.
Bir narsani sezdim, yaxshi xabar.
Telefon qildim.
- Suyunchi, bering, Davronbek, jiyanli bo'ldiz, - bu kelinoyimning gapi.
- Ha, bilgandek telefon qildim-da.
- Qalay o'g'ilmi-qizmi?
- Yana bitta to'polonchi o'g'lon.
Keyin ayajonim bilan gaplashdim. Ularni yana bir nabira bilan qutladim.
- Opam, o'zlari yaxshimi? Chaqaloqni ko'rdingizmi?
- Ha, ko'rdim, judayam shirincha!
- Ha, umri bilan bergan bo'lsin!
- Yana bitta sho'x askar qo'shilibdi-da-a?
- Ha, nimasini aytasan. Mana yana bitta askar telefonga navbat kutib turibdi.
Opamning o'gillari Otabek:
- Tog'aa, qalesiz?
- Rahmat, yaxshimisian? Bog'chaga bormadingmi?
- immm, yo', qaqa obkelassimi?
- Ha, qaqami? Opkelaman...
- Cheling (keling demoqchi).
Keyin dadamlar, buvamlar bilan gaplashaman. Hammaning yuzida tabassum.
O'ta yaxshi kayfiyat ila yana ishga sho'ng'iyman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:13:29

AbdulAziz:

26.04.2006. Ertalabdan negadir kayfiyatim yaxshi bo'lmadi. Ishxonada ham qo'lim ishga bormadi. Dars ham qilgim kelmaydi...
Faqat qo'shiq eshitdim. Kamoliddin Rahmatovning lirik qo'shiqlari. Judayam dardli qo'shiqlar...
Uzoqdan termulib suygandan ko'ra,
Alamlar o'tida kuygandan ko'ra,
Jonimni azobga qo'ygandan ko'ra,
Yurganim yaxshidir sizni sog'inib.

Ushbu qo'shiqni tinglang: Kamoliddin Rahmatov - Sizni sog'inib...
Judayam zo'r qo'shiq ekan, shu. Qayta-qayta eshitdim.
Shu payt Marg'ilondan singlim telefon qiladi. Kayfiyat judayam ko'tarildi. Opamning yangi mehmonlariga ism qo'shishibdi: Diyorbek. Davronbekka juda o'xshaydi-a? :)
Singlim bilan maza qilib gaplashdim. Keyin ammam kelgan ekanlar uyga. Ular bilan gaplashdim. Xullas kayfiyat judayam ko'tarildi.
Agar yaxshi kayfiyatda ishlasang, hammasi zo'r kechadi. Ancha-muncha yumushlarimni bajarib yubordim.
Haliyam o'sha kayfiyatda yuribman. Singlimdan aylanay...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:14:10

Abdulaziz:

05.05.2006. Ertalab uyqudan turib... birinchi aytadigan Allohga shukronalar. Meni turgizgani uchun, hali rizqim borligi uchun. Tirikligim, nafas olayotganim uchun shukronalar aytaman.
Insonning umri bir nafaslik vaqtchalik ham emas. Kecha ko'rgan insoningni har doim ham ertaga ko'ravermas ekansan.
Biz yettovlon edik. Doim birga edik. Bittamiz horijga ketdi o'qishni davom ettirgani, bittamiz, vatanga. Yana birimiz esa... kechagina birga kulishib, gaplashib o'tirgan do'stimiz... rizqi tugagan ekan... ertalab uyg'onmadi. Navbatdagi hazillardan biri deb o'yladik... Qani edi shunday bo'lib chiqsa... yo'q hammasi haqiqat edi... do'stimiz Muhammad Alihon foniy dunyoga safar qoilgan edi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Allohim uning joylari jannatda bo'lsin!

Ertalab turaman-u, shularni o'yladim. Inson g'animat ekan...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:14:28

maknuna:

11.05.2006. Hayotning har lahzasi go'zal,
Umrning har dami g'animat.

G'animat umrimimizning go'zal lahzalari daftarlarda qolib ketmoqda.
Har bir o'tkazayotgan kunimiz, lahzalarimiz suvdek oqib bormoqda.
Shunday paytlarda savol tug'iladi:
Nimaga ulgivommizu, nimaga yo'q...

Qayd etilgan