Qarshingizda yuzini husnbuzar qoplagan birorta yigit bilan qiz o‘tirib oladi-da, lablarini bosib, tishidagi plombasini sug‘urib olmagunicha so‘rishib ketaveradi.
Dahshat! Ularga qarab turib, butun umrga pushting kuÂyib ketsa ham, ajabalanadigan joyi yo‘q. Ular odamgarchilikdan shunchalar yiroqki, dorishunos bo‘lganimda bunaqa yigit-qizni quritib, talqon qilib tuyib, homilaga qarshi dori sifatida foydalanishga tavsiya etardim.
Atrofdagilar ularning bu xunuk qiliqlarini ko‘ra-bila turib, o‘zlarini ko‘rmaslikka olishadi. Kar yoki ko‘r odamday hech kim miq etmaydi. Shu topda ularning mushugini pisht deydigan biror mard odam topilmaydi, go‘yo bu odatiy holday. Men esa bunga chiday olmadim. Jahlim chiqib, jinim qo‘zidi va ularni tartibga chaqirdim:
— Jamoat joyida, shuncha odam orasida bu qanaqa qiliq? Uyat emasmi? Bunday qiliqni qaerdan o‘rgandinglar? Odamlarga o‘xshab to‘g‘ri o‘tirsanglar bo‘lmaydimi?
Vagondagi hech kimdan sado chiqmadi. Hech kim bilan hech kimning hech qanday ishi yo‘qday, yana hech kim miq etmadi.
Faqat bir militsiya xodimi kelib, meni navbatdagi bekatda poezddan tushirdi va tashqariga olib chiqib qo‘ygach, dedi:
— Sizdek keksa odamga metroda yurish yarashmaydi. Yaxshisi, taksida keting!..
Qornimga emas, qadrimga yig‘layman, deganlaridek, bor chaqalarimni jamlab zo‘rg‘a sotib olgan "œjeton"im bekor ketganiga juda-juda achindim. Rosa alam qildi. Cho‘ntagimda xemiri yo‘g‘u taksida ketishga balo bormi? Jahlim chiqqan holda shahd bilan piyoda uyga jo‘nadim. Nima ham derdim, ayb o‘zimda, tilimni tiyganimda-ku, bu ko‘rgulik yo‘q edi. Rivoyat qilishlaricha, bir xonadonda bir kishi uch kun mehmon bo‘lib, safari qarib ketishga mezmondan ruxsat so‘rabdi. Shunda mezbon: "œYana bir kun qoling!" — debdi-yu, o‘ylab qarasa, uyida hech vaqosi qolmagan...
Mehmon esa: "œQo‘ymadingiz, qo‘ymadingiz-da, mayli, qolsam qolaveraman-da, bir kun ming kun bo‘larmidi? Otimni qaerga bog‘lay?" — desa, mezbon: "œTilimga bog‘lang, tilimga!" degan ekan. "œTil yugurigi boshga" deganlari shudir-da!...
Husanboy TOJIMATOV
www.hurriyat.uz