Bugungi kun mulohazalari  ( 1481075 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 296 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:15:05

Feruza:

16.05.2006. Yana bir bor Assalomu alaykum.
KEcha maktabga kelsam, ko'pchilik o'g'il bolalar sochini oldiribdi (kal). Hayron bo'ldim, hammasi bir kunda-ya deb taajublandim. ???Keyin bilsam, maktabimizning beysbol komandasi shtat miqyosiga chiqish o'yinini yutushganini nishonlab, hamma guruh a'zolari va trener o'qituvchilar shunaqa qilishgan ekan. (Agar yutsak, sochimizni oldiramiz deb shart qo'yishgan ekan :D)
Ishqilib, agar bizning OHS ga tashrif buyurib, bunaqa holatga guvoh bo'lsangiz, hayron bo'lib yurmang. ;D

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:15:22

Ozoda:

17.05.2006. Kecha kunim ajoyib o'tdi, ertalabdan ko'tarinki kayfiyatda uyg'ongandim. CHunki kecha men uchun eng aziz, eng mehribon ZOT-Onajonimni tavallud ayyomi edi...Kech tushishini intiqib kutdim, Uyga tel qilishga, onajonimni tug'ilgan kunlari bilan muborakbod etishga, ovozlarini eshitishga sabrim chidamasdi!!!
VA nihoyat tun...telefonni olib tel. cartasini raqamlarni terar ekanman yuragim vujudimni yorib chiqay derdi.... Juda xursand edim...Tel ham baxtga qarshi ulanavermadi, yoki band yoki svyaz yaxshi emas bo'lardi... Havotirlana boshladim, nahot tusha olmasam, nahot tel qila olmasam??? Yuq...va nihoyat...Tel go'shagi ko'tarilib singlimni "Eshitaman! ALLO?" degan ovozi eshitildi!!! Xursandchiligimdan bo'yim osmongacha bo'lib ketdi )))
Onajonimni ovozi qanchalar shirin a??? Ularni shunchalar sog'inibmanki...bu hattoki tassavurimdan ham ulkanroq kuchliroq SOG"INCH edi!! Ular bilan uzoq gaplashardim..
"Bolajonim, qizalog'im, erkatoyim, ona qizim" degan erkalashlarini eshitar ekanman, beihtiyor ko'zlarimga yosh keldi. Lekin buni bildirmaslikka harakat qilardim...Onaizorim..."Asal qizim, yig'lamagin" dedilar. Voajab!!Ahir yig'layotganimni qayerdan bildilar??? Ona yuragi, qalbi hamma narsani sezadi degan gapga ishondim...
-Ayajon, sizni yaxshi ko'raman, juda juda....
-BIz ham seni jonimizdan ortiq ko'ramis, erkatoyim...Nasib bo'lsa oz qoldi, diydoringa nasib bo'lsa to'yamiz, Allohim nasib etsin, InshAlloh...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:16:09

AbdulAziz:

20.05.2006. Assalomu alaykum!
Dilshodbek, o'tgan haftada man sizlarning yurtingizda bo'ldim. Judayam go'zal joylar ekan.
Baxmal tig'larida joylashgan so'lim Novqa qishlog'ida ikki kun kun mehmon bo'ldik.
Haqiqatda u yerlarni bekorga Baxcmal deyishmas ekan. Baxmalga kirar ekanmiz, lolaqizg'aldoq va turli gullar bilan tabiat tomonidan bezatilgan Allohning buyuk qudratiga guvoh bo'ldik. Xuddi tabiat o'z go'zalliklarini gilam qilib to'shab qo'ygandek.
Havoga esa ta'riflash uchun so'z yetmaydi. Shaharning bo'g'iq va siqiq havosidan bezor bo'lgan tanamiz toza havo nimaligini his eta boshladi.
Biz tushgan qishloq tog' yonbag'rida, daraxtlar juda ham ko'p bir maskanda ekan.
Qushlar, ayniqsa, bulbullarning sayrashlarini eshitib juda maza qiladi, odam. Qishloqda tong otishi judayam go'zal bo'larkan. Bomdod namozidan keyin tashqariga chiqib tabiatni kuzatib orom olasiz. Toza havo (biroz sovuqroq), qushlarning sayrashlari, tovuqlarning qichqirishlari, Mayin shabada, qimirlab salom berayotgan daraxtlar...

Tog' odamlari esa judayam samimiy, mehmondo'st ekanlar. "E, keling mehmon, dimog'ing'iz chag'ma, damnigana juribsizma?" deya shirin shevalarida hol so'rashlari manga juda yoqdi.
Novqa qishlog'idagilarning muqaddas joylaridan biri Beshpanja bulog'i ekan. Hali bunaqa katta buloqni ko'rmagan edim. Xuddi 5 panjadan chiqayotgandek, buloq suvi qaynab toshlar orasidan sizib chiqayapti. Ana mo'jiza-yu mana mo'jiza. Buloqdagi baliqlar ham insonni hayratga soladi. Novqaga kelib qolgan odam, o'zini jannatning bir bog'chalarida deb tasavvur qiladi, qalin darxtzor bo'ylab yuraversangiz toqqa chiqib ketasiz.

Avvaliga mezbon, bizni toqqa chiqa olmasangiz kerak, charchab qolasizlar, deb bizga ishonishmadi. Ertasi kuni hurjunlarni ko'targancha toqqa ravona bo'ldik. Pastdan ko'rinishda unchalik baland bo'lmagan toqqa ko'tarilishimiz bilan yuksalikni his qila boshladik. Haqiqatda tog' juda baland ekan. Ayniqsa tikkaligi bizni biroz qiynadi. Emgalab bo'lsa-da maqsadga erishishga harakat qildik.
Yo'lboshlovchimiz bizni tog' cho'qqisida lolazorni ko'rsatishga va'da bergan edik. Ko'tarilyapmiz, ko'tarilyapmiz. Kitoblarda o'qiganim lolazorlarni ko'rish istagi manga qo'shimcha kuch bag'ishlardi. Kichik-kichik cho'qqilardan 3-4 tasini ham oshib bo'ldik, lekin qani lolazor? Yo'q, lolalarni bizdan oldingiz ziyoratchilar yulib ketishgan. Nachora hamma umid eng katta cho'qqidan. Hatto novqalik do'stimiz Azizbek ham ushbu ko'tarilishda umrida birinchi marta bunday yuksaklikka chiqayotgandi. Yuksaklikdan qishloq endi kartadagidek kichkina bo'lib ko'rinardi. Biz yana ko'tarilayapmiz. Lekin hali veri lolazordan darak yo'q.
Bizni burgut va qirg'iylar nazorat qilib borishmoqda. Uzoqdan bo'rining uvillashi ham eshitiladi. Ana cho'qqiga ozgina qoldi. Tog' juda tikka, ozgina noto'gri harakat ham fojeaga olib borishi mumkin. Allohdan yordam so'rab yana ko'tarildik...
Cho'qqiga ham yetdik... Tog' cho'qqisida lolazor! Tabiatning go'zalligini qarang! Biz maqsadga erishdik. Lolalardan terayapman-u, qaniydo ayajonim shu yerda bo'pqolsalar deyman, lolalarni olaman-u, bir quchoq qilib ularga sovg'a qilaman. Qanchalik xursand bo'lishlarini tasavvur qilolsangiz edi... Cho'qqida turib uyga telefon qilaman...

Chiqishga chiqib oldik-ku, endi tushish juda qiyin ekan, sarbonimiz Bo'rivoydan farqli o'laroquning akasi Obidjon bizni tikka yo'ldan olib tushsa bo'ladimi, zo'rg'a tushib oldik. Endi biz boshqa qishloqda edik. Tog'dan qishloqqacha ham ancha masofa ekan. Bo'rivoyning "Heyla, qishloq ko'rindi" degani ham naqd 5 km ekan. Piyoda bordik. O'tloqlarda kezib, tabiatning go'zalliklarini tomasha qilib, Mog'ol qishlog'iga kirib qolganimizni ham bilmay qolibmiz. Mog'oldan Novqagacha 8 km.lar bor. Shuncha piyoda yurgan uyog'iga ham piyoda ketishni taklif qildim. Ayni muddao bo'ldi. Yo'l bo'yidagi dalalar oralab Novqaga ham kirib oldik.

Erasi kuni ertalab esa, yana so'lim Baxmalni tark etib, tutun to'la shaharga yo'l oldik...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:16:45

AbdulAziz:

04.06.2006. Assalomu alaykum!
Mana sessiya ham boshlandi. Yana yugur-yugur, qog'zovozlik, domlalarning o'zlarini taroziga solishlari...
Bir domlamiz bor. Oliy ta'lim menejmenti fanidan o'tadilar. Test savollarini ko'rib, siqilib qoladi, odam. Masalan,
Savol: Pedagog malakasini oshirishning nechta xususiyati bor?
a) 3
b) 4
v) 5
Aslida millionta xususiyati bo'lishi mumkin. Lekin kitobda (kitobni ham yozganlar shu domlaga o'xshaganlar bo'lsa kerak) nechat yozilgan bo'lsa domullo shuni qabul qiladilar.

Mayli, sessiyani topshirish boshlandi. Hozir ham ikkita bahoni qo'ydirgani borishim kerak.

Kecha do'stimiz Yorqin magistrlik dissertasiyasini himoya qildilar. Borib, rosa suv quymoqchi bo'ldim-u, lekin shogirdlari orasida hijolat bo'lmasin deb boshidan ozgina suv quydim xolos.
Eng qizig'i kecvhqurun uyga kelganimizda bo'ldi. Yorqinni muzdek suv bilan rosa cho'miltirayotganimizda mani ham qo'shib yuvib yuborishsa bo'ladimi?

Shunaqa gaplar, sessiyaning tezroq tugashini intizorlik bilan kutayapman, domlalarga esa Yaratgandan insof tilayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Sentyabr 2006, 10:21:56

Assalamu alaykum!
Bizni Muborak Ramazon iyiga yana bir kun yaqinlashtirgan,
ushbu Hajjul Masakiyn, muborak Juma kuni barchagizga qutlug' bo'lsin!
Barchangizga Allohning Rahmatlari bo'lsin!

Qayd etilgan


Umarbek  09 Sentyabr 2006, 01:30:55

 Assalomu alaykum aziz forumdoshlar,
Barchalaringizni jonim qulida bulgan zotga qasamki,
ko'zimda yosh bilan muborak juma kuni bilan tabriklayman.
Allohim ushbu kun kabi har bir kunimizni muborak qilsin hamda
har birlarimizni qalblarimizdan iymon nuri aslo so'nmasin.

Qayd etilgan


Feruzabegim  10 Sentyabr 2006, 22:51:18

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar,
Barchalaringizni jonim qulida bulgan zotga qasamki,
ko'zimda yosh bilan muborak juma kuni bilan tabriklayman.
Allohim ushbu kun kabi har bir kunimizni muborak qilsin hamda
har birlarimizni qalblarimizdan iymon nuri aslo so'nmasin.


O'zingizga ham muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Nodi  14 Sentyabr 2006, 19:58:06

Qarshingizda yuzini husnbuzar qoplagan birorta yigit bilan qiz o‘tirib oladi-da, lablarini bosib, tishidagi plombasini sug‘urib olmagunicha so‘rishib ketaveradi.
Dahshat! Ularga qarab turib, butun umrga pushting ku­yib ketsa ham, ajabalanadigan joyi yo‘q. Ular odamgarchilikdan shunchalar yiroqki, dorishunos bo‘lganimda bunaqa yigit-qizni quritib, talqon qilib tuyib, homilaga qarshi dori sifatida foydalanishga tavsiya etardim.
Atrofdagilar ularning bu xunuk qiliqlarini ko‘ra-bila turib, o‘zlarini ko‘rmaslikka olishadi. Kar yoki ko‘r odamday hech kim miq etmaydi. Shu topda ularning mushugini pisht deydigan biror mard odam topilmaydi, go‘yo bu odatiy holday. Men esa bunga chiday olmadim. Jahlim chiqib, jinim qo‘zidi va ularni tartibga chaqirdim:
— Jamoat joyida, shuncha odam orasida bu qanaqa qiliq? Uyat emasmi? Bunday qiliqni qaerdan o‘rgandinglar? Odamlarga o‘xshab to‘g‘ri o‘tirsanglar bo‘lmaydimi?
Vagondagi hech kimdan sado chiqmadi. Hech kim bilan hech kimning hech qanday ishi yo‘qday, yana hech kim miq etmadi.
Faqat bir militsiya xodimi kelib, meni navbatdagi bekatda poezddan tushirdi va tashqariga olib chiqib qo‘ygach, dedi:
— Sizdek keksa odamga metroda yurish yarashmaydi. Yaxshisi, taksida keting!..
Qornimga emas, qadrimga yig‘layman, deganlaridek, bor chaqalarimni jamlab zo‘rg‘a sotib olgan "œjeton"im bekor ketganiga juda-juda achindim. Rosa alam qildi. Cho‘ntagimda xemiri yo‘g‘u taksida ketishga balo bormi? Jahlim chiqqan holda shahd bilan piyoda uyga jo‘nadim. Nima ham derdim, ayb o‘zimda, tilimni tiyganimda-ku, bu ko‘rgulik yo‘q edi. Rivoyat qilishlaricha, bir xonadonda bir kishi uch kun mehmon bo‘lib, safari qarib ketishga mezmondan ruxsat so‘rabdi. Shunda mezbon: "œYana bir kun qoling!" — debdi-yu, o‘ylab qarasa, uyida hech vaqosi qolmagan...
Mehmon esa: "œQo‘ymadingiz, qo‘ymadingiz-da, mayli, qolsam qolaveraman-da, bir kun ming kun bo‘larmidi? Otimni qaerga bog‘lay?" — desa, mezbon: "œTilimga bog‘lang, tilimga!" degan ekan. "œTil yugurigi boshga" deganlari shudir-da!...

Husanboy TOJIMATOV
www.hurriyat.uz

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2006, 20:19:01

Assalamu alaykum.
Men bir necha kun oldin qalbimni og'ritgan bir hodisani, hodisani emas fojeani aytib, szilarni hukmingizga havola qilmoqchiman.Hulosalaringiz va mulohazalringizni bildirasiz, deb umid qilaman.
Ramazonning birinchi kunidan boshlab bolalar "Ramazon" aytib kela boshlashdi. Yangi uyga ko'chib o'tganim uchun u yerdagilarni hali yahshi tanimayman. Shuning uchun eshikni ochib bolalarga har hil shirinliklardan berdim. Hursand bo'ldim. Bolalar ham Ramzonni bilib hursand bo'lib sevinganlaridan yayrab yurishibdi, deb o'yladim. Ikkinchi kuni, uchinchi kuni ham bu ish takrorlandi. To'rtinchi kuni bolalar bilan suhbatlashib qoldim. Biri 11-12, biri esa 10 yoshlarda.Yonimda o'zimni bolalarim ham bor. Ularga:"Har kuni kelaverish to'g'ri emas, qariyalarni va bemorlarni bezovta qilish yahshi emas. O'zi ro'za tutasizlarmi",- dedim.
Shunda haligi bolalarni yoshi kattasi:"Ro'zani uyida ovqati yo'qlar tutadi",-desa bo'ladimi. Ikkinchisi esa:"Men Ramazonni yomon ko'raman",-dedi. Bilasizmi o'sha paytdagi holimni so'z bilan izohlay olmayman. Boshimga  bir narsa qulagandek bo'ldi. Ko'zimga achchiq yosh keldi. Bolalarim hayron,ularni ikkita kattasi ro'za tutadi. Shuning uchun bir menga bir ularga qarashardi.
Ularga qarab:"Ramazonni yomon ko'rsangiz nega Ramzon aytib odamlardan narsa so'rab yuribsiz",-deim. Boshqa so'z topolmadim. Yoshgina bu bolalardab bunday gaplar chiqishi tushimga ham kirmagan edi. Ularga unday deyish gunohligini, Ro'za tutish bizni yaratgan Allohning buyurigi, deya tushuntirdim,lekin ular buni tushunmagandek, bu qisqa hayotlari davomida bunday so'zlarni birinchi bor shitayotgandek, hayron bo'lib menga qarashardi....
SHundan buyon o'zimga kela olmayman.SHumi bizni kelajagimizni holi...
Shumi hali meni farzandlarim ko'chada birga o'ynaydigan bolalarni tarbiyasi....
Shularni o'ylasam qo'rqib ketaman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Oktyabr 2006, 05:26:40

Assalamu alaykum!
Haqiqatda judayam achinarli holat.
Bu bolalarda ro'za haqida noto'g'ri kayfiyat qayerdan paydo bo'ldi ekan?
Bola o'zicha fikr yuritmaydi. U atrofdan, ayniqsa ota-onasida fikr o'g'irlaydi.
Demak, o'sha begunoh bolalarning ota-onasi ularga mana shu kayfiyatni singdirgan. Ular, agar ro'za tutsa ham Alloh buyurgani uchun emas, balki sog'lik uchun yoxud ko'cha-kuyda birov so'rab qolsa... yoinki kechki iftorlik dasturxonida hijolat bo'lib qolmaslik uchun...
Endi Ramazon aytish marosimiga kelsak, masalan Marg'ilonda bunaqa marosim deyarli yo'q, unaqa Ramazon qo'shiqlarini ko'proq bizda lo'lilar aytib kelishadi, ular ham har kuni emas, onda-sonda kelib turishadi. Lekin qo'shni bolalarni shirinlik bilan siylash amali bor. Bunda ham haligidek o'zlari so'rab kelishmaydi.
Ramazon tirikchilik manbai emas. Uni qandaydir ko'ngilxushlik yoki oz-moz pul ishlash manbai qilib olish ham yaxshi emas. Balki ota-bobolarimizdan qolib ketgan bir udum-da, deyuvchilar ham topilar. Lekin uning boshi qayerda? Biron kitobda qilinglar degan hukm bormi?

Qayd etilgan