Bugungi kun mulohazalari  ( 1481608 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 296 B


Robiya  09 Mart 2009, 11:33:51

:bs2:

 :as:

Qog’ozsiz qand

   O’g’lim ulg’ayib, uylanish yoshiga yetib qoldi. Biz u bilan salkam bir yil tortishdik. U islomiy libosdagi ya’ni, ro’mol o’ragan qizga uylanishni xohlamas, nuqul "œtopgan qizingiz zamonaviy urfda kiyinadigan bo’lsin, hijoblikka uylanmayman", der edi. Hech qaysi yo’l bilan uni fikridan qaytarib, o’zimnikini uqdira olmadim. Shunda menga hikmat yordamga keldi.
   Bir kuni o’g’limning oldiga likopchada qand keltirib qo’ydim. Qandlarning hammasi chiroyli o’ramda, lekin orasida ayrimlari ochiq, qog’ozsiz edi. O’g’lim qog’ozga o’rog’ligini olib yedi. Shunda oramizda quyidagicha suhbat bo’ldi:
-   Nega ochiq qandni yemading?
-   Chunki uning qog’ozi yo’q, ochiq turibdi,pashsha,chivin qo’nib ketgan bo’lishi mumkin, ustiga chang tushgan, balki kimdir so’rib,tashlab ketgandir"¦
U hayotda duch kelgan muammoga o’zi javob berdi.  Hilol taqvimi, 2009 yil, 1430, I chorak.
[/b]

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:21:50

:bs2:

 :as:

Tabiiyki, har qanday avlod vakillari ma’lum bir jihatlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Bunda taraqqiyotning ta’siri katta. Shunday bo‘lsa-da, avlodlar ajdodlardan meros bo‘lib qolgan, asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan yaxshi an’analar, umrboqiy qadriyatlardan uzilib yashay olmaydi. Istiqlol avlodi deb atalayotgan bugungi avlod, ya’ni biz yoshlarga qo‘yilayotgan katta talablardan biri ham shu.

Taqdir siylovi bilan millionlab ajdodlarimiz orzu qilgan kunlarni ko‘rish, chin ma’nodagi toza havodan nafas olish baxti aynan bizga nasib etdi. Dunyoni yorug‘ ko‘ra olyapmiz. Yuzimizga quyosh tekkani rost, lekin yelkamizda turgan tog‘larni ko‘tarish ham o‘zimizning zimmamizda. Yangi avlodni tarbiyalab boradigan, umrini bezaydigan ham ajdodlar oldidagi qarz bo‘lsa, ajab emas... Davomi...


Qayd etilgan


Robiya  27 Mart 2009, 14:26:30

:bs2:

 :as:

BOZOR ORALAB"¦

Bozor — obod manzil, unda xohlagan narsangizni tanlab olaverasiz. Bu bozor-ning asosiy xususiyati bo‘lsa, yana bir xususiyati sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi muloqot-da namoyon bo‘ladi. Sotuv-chi, albatta, o‘z molini maqtaydi, narxini aytadi, sizni nimadir xarid qilishga undaydi. Shunday ham bo‘ladiki, shirinsuxan sotuvchi xaridorni o‘ziga maftun qilib qo‘yadi. Lekin...

Yaqinda do‘stimning ilti-mosi bilan unga ust-bosh olish uchun kiyim bozoriga bordik. Avvaliga bemalol bozorni aylanib, do‘konlardagi kiyim-kechaklarni bir-bir nazardan kechira boshladik. Bir do‘konga kirganimizda, ikki sotuvchining futbolka kiyib ko‘rayotgan yigitga ayta-yotgan gaplari e’tiborimizni tortdi: "œMana, nechta futbolkani kiyib ko‘rdingiz, endi bo‘lsa bittasiyam yoqmadi, deyapsiz. Shuncha kiyib ko‘rgandan keyin bittasini olmasangiz uyat bo‘ladi. Biz ham qancha ovora bo‘ldik". Shunda bozorga xarid uchun tushgan yigit, bu futbolkalar orasidan birontasi ham unga yoq-maganini, bundan tashqari, uni do‘konga o‘zlari qo‘yarda-qo‘ymay olib kirganlarini aytdi. Biz do‘kondan chiqib ketgan-ligimiz sababli ular orasidagi gap-so‘z nima bilan yakun topganligini bilmadik...

Afsuski, shu kabi voqea-larning ro‘y berib turishi bozorning fayzini ketkazadi, qolaversa yon-atrofdagi xaridorlaru sotuvchilar kayfi-yatining tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

Qachonki, odamning kayfiyati baland, ruhi ko‘tarinki bo‘lsa, shu yerda go‘zal muloqot yuzaga keladi. Bozordagi kayfiyat ma’lum bir kishilarning gaplariga mushtarak tarzda paydo bo‘ladi.
Bozorda ko‘pni ko‘rgan, o‘z ishiga pishiq dallollarning "œBor baraka!" deya har daqiqada baqirib turishi, sotuvchi va xaridorlarning "œBaraka toping!", "Rozi bo‘ling!", "Topganingiz yaxshilikka buyursin!", degan tilaklari-ning bot-bot eshitilishi   kishilarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

Umuman olib qaraganda, bozor ham muqaddas bir joy. Buvim aytadilar: "œBozor-da pok bo‘lib yurish kerak, hech kimning dilini og‘rit-maslikka harakat qilish lozim. Chunki bozorda Xizr buva yurarkan". Bu gapda ozmi-ko‘pmi jon bor.

Biz qaerda bo‘lmasin, o‘zbekona urf-odatlarimizni yodimizdan chiqarmasligimiz, yaxshi tilak aytishni, o‘zgalar dilini yayratishni, muloqotda doim shirinsuxan bo‘lishni xotirimizda saqlamog‘imiz lozim. Shu jumladan, bozorda ham.

           
Shavkat TOIROV,
O‘zDJTU talabasi

Qayd etilgan


Robiya  29 Mart 2009, 13:44:51

:bs2:

 :as:

Sufyon Savriy, Shaqiq Balxiy, Molik ibn Dinor va boshqalar Robi’a bilan ilm muzokaralarini qilardilar. Bir kuni «sidq» to‘g‘risida suhbatlashishdi. Sufyon dedilar: «Allohning balolariga sabr qilmasa, banda sodiqman, deb da’vo qilolmaydi». Robi’a dedilar: «Bu so‘zingiz g‘urur, kibrdan!» Shaqiq dedilar: «Allohning balolariga shukr qilmasa, u sodiqmas!» Robi’a dedilar: «Bu so‘zingiz yaxshiroq!» Molik ibn Dinor dedilar: «Allohning balolaridan lazzat olmasa, u sodiqmas!» Robi’a dedilar: «Bu hammaning so‘zidan afzalroq!» Ular dedilar: «Ey Robi’a, sen ham bir so‘z aytgin!» Robi’a dedilar: «Allohning balosi kelsa, u banda sezmasa, sodiq bo‘loladi!»

Qayd etilgan


Zamiraxon  06 Aprel 2009, 12:57:09

U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli To'g'ri yo'ling (Islom dini) o'zra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman".
                                  A'rof surasi, 16-oyat.

Bu gaplar shaytonning gaplaridir. U Ollohga qasam ichib, musulmon ahlini, Islom dinidan bahramand bo'lgan har bir dilni yo'ldan ozdiraman, degan. Dillarga nafs, zino, g'iybat, shirk kabi yomon daraxtlar urug'larini ekishga ont ichgan. U daraxtlar hosilga kirsa, ularning mevasi  notinchlik, zinokorlik, ochko'zlik, o'g'rilik, qo'yingki barcha yomon illatlardir. Aytingchi, nima uchun biz mana shunday daraxtlarning gullab-yashnashiga, mevalab, mevalaridan, urug'laridan yana qayta hosil berishiga qarab o'tiribmiz? Nega bunaqa daraxtlarning tomirlarini quritmaymiz? Kuchimiz yetmaydimi? Mana shunday qasamlarni ichgan shaytonga la'natlar aytamizu, lekin nega u ekkan daraxtlarning mevalashiga qarab o'tiramiz?

Qayd etilgan


siddiqa  08 Aprel 2009, 15:34:51

 :as:
Kecha universitetimizga sevikli adibimiz O'tkir Hoshimov va xalq shoiri Erkin Vohidov tashrif buyurdilar ,albatta qiziqish bilan bu suhbatga kirdik ,sevikli adibimizning dunyoning ishlari ikki eshik orasi va hali hanuz sevimli kitob ,daftar hoshiyasidagi bitiklar kabi asarlaridan tasirlanmagan o'quvchi bo'lmasa kk .O'.Hoshimovga shunday savol berishdi "iltimos hali shu daftar hoshiyasidagi bitiklaringizga kirmaganidan bitta bo'sin " yozuvchimiz o'ylanib mahzun tortdilar va shunday dedilar : Hindistonda judayam dahshatli katta va juda zaharli ilon bor ekan ,shu ilon tuhum qo'yganda zahari 10 chandon oshar ekan ,bir chaqishda filni o'ldirar ekan ,men........Yetim honaga farzandlarini bo'zlatib tashlab ketayotgan ona ,otalarga ,mehrni shu ilondan borib o'rganing derdim "zalda jimlik cho'kdi ..........va qarsaklar tinmasdi .

Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2009, 12:37:18

Hayot go'zal. Ammo bizning ko'nikmalarimiz achinarli. Bir kishi kilosi besh yuz so'mdan olma sotayotgan ekan. Azroyil kelib, hozir uni olib ketishini aytibdi. Savdogar o'g'liga, olma narxini bir tiyin tushirmasdan sotishni qattiq tayinlab, jon beribdi.
   Nega shunday? Gohida bitta chirigan olmaga achinamiz-u, sovrilib borayotgan umrimizga achinmaymiz? Agar, Xudo bu umrni bizga tekinga bermay, juda qimmat bahoda narxlab berganida, uni bu qadar arzon sotmagan bo'lardik.
   Afsuski, quyoshni sotib olib bo'lmaganiday, umrning ham narxi yo'q.
  Muhammad Ismoil "Chiroylisan tengi yo'q" kitobidan

Qayd etilgan


Robiya  23 Aprel 2009, 09:23:42

 :as:

Zamonamiz ajoyib...

Ertalabdan imkon bo'lib, yarim soatcha o'tirib odamlarni kuzatdim...

Bolasini qo'lidan yetaklab ketayotgan ONA (!!!) ertalabdan farzandini "chiroyli" so'zlar bilan siylamoqda: "ovozingni o'chir..."

Osmonda esa qishda ovozi ham chiqmagan qarg'alar ovozini baralla qo'yib qag'illashmoqda...

Biri kelib, biri ketayotgan yo'l mashinalari hammani o'z manziliga yetkazmoqda... hozircha shu dunyodagi...

Milliy matomizdan o'ta zamonaviy dizaynda tikilgan ko'ylakni kiygan qiz, qo'l telefonida... undan 100 metrcha narida o'tirgan otaxonlarning boshini achinish hissi ila chayqashiga sabab bo'lguvchi shovqini kuchli chet el musiqasini eshitib ketmoqda...

Kim o'ngga, kim chapga, kim oyoqda, kim esa...

Sekin-asta odamlar gavjumlashyapti... Yana turli xillik, rang-baranglik...

Hamma o'z tashvishida...ish,savdo,oila...

Va ushbu kishilarda bitta umumiylik bor: Dunyosini deb oxiratini unutishyapti, Vallohu a'lam!..

Iye, ana kimdir velosipedda kelayotib yiqilib ketdi gulzorga...

Maqoming muborak, ey notanish birodarim! Payg'ambarimiz SAVdan hadis borki, kimga zarracha shikast yetsa, tikandan ziyon yetsa, Alloh uning ajrini beradi...

Biz ham shunday ajrlardan umidvormiz...InshaAlloh!

Muhimi osmon ko'm-ko'k, musaffo, quyosh porlab turibdi!

Tinchlik, osoyishtalikdan masrur bayrog'imiz hilpirayapti...Muhimi shu emasmi azizlarim!

Yana bir go'zal kun, ibrat kuni muborak, aziz forumdoshlar!

Dunyomizni, kishilarimizni shunday yaratib qo'ygan Allohga beadad hamdlar bo'lsin!

Har qadamda ibratlanish hammamizga nasib etsin!


Qayd etilgan


Shokir63  23 Aprel 2009, 13:07:54

:as:

Zamonamiz ajoyib...

Ertalabdan imkon bo'lib, yarim soatcha o'tirib odamlarni kuzatdim...

Bolasini qo'lidan yetaklab ketayotgan ONA (!!!) ertalabdan farzandini "chiroyli" so'zlar bilan siylamoqda: "ovozingni o'chir..."

Osmonda esa qishda ovozi ham chiqmagan qarg'alar ovozini baralla qo'yib qag'illashmoqda...

Biri kelib, biri ketayotgan yo'l mashinalari hammani o'z manziliga yetkazmoqda... hozircha shu dunyodagi...

Milliy matomizdan o'ta zamonaviy dizaynda tikilgan ko'ylakni kiygan qiz, qo'l telefonida... undan 100 metrcha narida o'tirgan otaxonlarning boshini achinish hissi ila chayqashiga sabab bo'lguvchi shovqini kuchli chet el musiqasini eshitib ketmoqda...

Kim o'ngga, kim chapga, kim oyoqda, kim esa...

Sekin-asta odamlar gavjumlashyapti... Yana turli xillik, rang-baranglik...

Hamma o'z tashvishida...ish,savdo,oila...

Va ushbu kishilarda bitta umumiylik bor: Dunyosini deb oxiratini unutishyapti, Vallohu a'lam!..

Iye, ana kimdir velosipedda kelayotib yiqilib ketdi gulzorga...

Maqoming muborak, ey notanish birodarim! Payg'ambarimiz SAVdan hadis borki, kimga zarracha shikast yetsa, tikandan ziyon yetsa, Alloh uning ajrini beradi...

Biz ham shunday ajrlardan umidvormiz...InshaAlloh!

Muhimi osmon ko'm-ko'k, musaffo, quyosh porlab turibdi!

Tinchlik, osoyishtalikdan masrur bayrog'imiz hilpirayapti...Muhimi shu emasmi azizlarim!

Yana bir go'zal kun, ibrat kuni muborak, aziz forumdoshlar!

Dunyomizni, kishilarimizni shunday yaratib qo'ygan Allohga beadad hamdlar bo'lsin!

Har qadamda ibratlanish hammamizga nasib etsin!



Muhimi shu emas. Tinchlik va osoyishtalik dan masrur bayroqning hilpirab turishigina muhim emas. Chunki:

Bu bayroqning kelajagini o'sib kelayotgan avlof hal qiladi. ONAning bergan tarbiyasi muhim;

Bir paytlar Hazrati Umarga (r.a.) nomaqul savol berib darra yegan kishi kabilar bugun fitnaga sabab savollarni beralla berishyapti. Bu savollarga javob berish va oldini olish, ilm olish muhim (qarg'ani shunday tushundim);

Zamonaviylik niqobi ostida miliy ruh chil-chil sinyapti. Milliy ruhga ega bo'lmagan, buvisining kiyimi andozasidan ijirg'angan qizning qo'lida bayrog'imiz hilpiradi nima-yu, hilpiramadi nima.

Men sizni tanqid qilmoqchi emasman. Faqatgina "muhimi shu emasmi" degan savolga javob berdim. Aminmanki yozganlarim sizning ham qalbingizdagilar, yo'qsa odamlarda bu illatlarni ko'rgan bo'lardingiz xolos, etibor bermas edingiz.

Mustaqil bayrog'mizning hilpirashi muhim, ammo bu gapning qaysi konteks ichida kelganligi undanda muhim.

Qayd etilgan


Muzayyana  25 Aprel 2009, 14:48:16

 :as:
Bir dugonam Toshkentga to'yga borganini aytib qoldi.
Tabiiiy hol beriladigan savol:
-To'y qanday o'tti?
Dugonam juda zo'r o'tgani haqida gapirdi. Nimamish, kelin to'y ohirlaganida orqasida turgan dugonalariga qaramasdan turib qo'lidagi guldastasini otar emishki, dugonalardanq aysi biri uni ilib, yani tutib olsa, o'shanisi birinchi bo'lib turmushga chiqar ekan. Shu gapni eshitib, bu odat nasorolarniki esimga tushib qoldi va "Astag'firulloh" deb qo'ydim...
Qarangki, iymon nuri bilan musulmon bo'lib tug'ilganlar bu ne baxtligini bilmasdan o'zlarini g'ayridinlarga tobora o'xshatib borishmoqda!

Qayd etilgan