Bugungi kun mulohazalari  ( 1481949 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 296 B


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 21:05:07

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda siz bugungi o'tgan kuningiz haqida mulohazalar qoldirinshingiz mumkin.

Bugungi kun ham sessiyani yopish bahonasida o'qishga bordim. Axborot texnologiyalari fani domlamiz topshirgan ishlarimiz bo'yicha bahoni qo'yib berdi: 95 ball.

Undan so'ng o'quv yilining oxirida kiritilgan "Prezident ma'ruzasidan" maxsus kursga baho qo'ydirgani bordim. Ba'zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib, demokratiya, korrupsiya, poraxo'rlik haqida to'lib-toshib gapirgan domlaning bu kungi ishlarini ko'rib...
Pul insonni 1 sekunda o'zgartirib qo'yarkan... Kimlardir senga tekindan jaraq-jaraq berib tursin-chi... Kechagi insoniylik haqidagi gaplar havoda o'ynab yurardi...
Xullas, bahoimni ololmadim. Yana ertagaga qoldi...
Uyga kelyapman-u, o'zimga o'zim savol beraman, nega ba'zilar hech darsga kelmay, qatnashmay, hatto ishlarni ham yozmay, eng yuqori bahoni olib ketishadi-da, biz bo'lsak...
Shunisiga ham shukr. Ana o'shalardan qilmaganiga shukr...

Allohim, barcha bandalaringga insofu tavfiq ato etgil!

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 22:06:17

Assalamu alaykum, Abdulaziz. Bilasizmi, siz aytgan yosh avlodni "tarbiyachilari" menimcha faqat o'z nafslarini o'ylaydilar. ko'zlariga boshqa narsa ko'rinmasa kerak. Bunaqalarni to'ydirish, rozi qilish juda qiyin bo'ladi. Afsus, bugun kelajak avlodni tarbiyasi shunaqa qo'llarga tushib qolgan. Bu fojea,chunki ulardan tarbiya olayotgan, siz aytgan "o'roqda yo'q, boshoqda yo'q, hirmonda hozir" bo'lganlar ulardanda battar nafs bandalari bo'lmaydilar deb kim kafolot bera oladi. Alloh hammamizni avvalo nafs balosidan asrasin.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Iyun 2006, 09:44:18

Assalamu alaykum. Aziz mo'min va mo'mina birodarlar! Bugungi SAYYIDUL AYYAM - muborak JUMA kuni bilan barchangizni qutlayman. Alloh taolo barchamizga bu muborak kun savobini nasib etsin. Va ushbu SAYIDUL AYYAM - kunlarning sayyidi muborak juma hurmatidan hammamizni qilgan kabirayu sag'ira gunohlarimizni Rahmon va Rahiym sifatlar egasi Alloh taolo O'zi mag'firat qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Iyun 2006, 17:52:35

Va alaykumussalam!
Bugungi jum'a kuni barchangizga muborak bo'lsin!
Jum'a namozini bugun "Mirza G'olib" masjidida o'qisdim. U yerda birovning orqasidan gapirish va chaqimchilik haqida ma'ruza bo'ldim.

Jum'adan chiqib o'qishga o'tdim. Ikkita fanni qo'ydirdim:
Shuning bilan magistraturaning ham 1-kursini ham tamomladim!

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2006, 06:30:17

Kecha forumimiz ishtirokchisi Feruzadan xat oldim.
Eson-omon Vatanga yetib olibdilar.

Barcha forumdoshlarga salomlarini yetkazsihimni aytdilar.
Xudo hohlasa yaqin kunlarda yana forumga qaytar ekanlar.

Duo qilinglar. O'qishga kirayotgan birodarlarimizga Alloh madad bersin!

Qayd etilgan


mubashshir  28 Iyun 2006, 08:35:07

Assalamu alaykum!
Men ham o'qishga kirishga harakat
qilayotgan aka-opalarimga omad tilayman.
Hamma Birodarlarimizga Alloh madadkor bo'lsin.

Qayd etilgan


Shahina  06 Iyul 2006, 03:21:32

Assalomu alaykum!
Bugun metroda bir voqeaning guvohi bo'ldim:
Bir onaxon metroga tushayotgandilar. Keksalar va maxsus huquqqa ega bo'lganlar joyidan o'tmoqchi edilar, konduktor opa ularni to'xtatdi va hujjat talab qila boshladi.
Onaxon, ularga uyda qolib ketganini etsalar ham ular o'tkazishmadi, man jeton ovotgandim. ularni o'tkazib yubordim. Onaxon 100 pul bergandilar, jeton sotayotgan ayol ham jerkib berdi.
Man chidab turomadim. Jeton sotuvchi ayolga ovozini ko'tarmasligini, onaxonni hurmat qilishini tushuntirdim. Shunda ham ko'nmagandan keyin o'zim jeton olib, onaxonni yetkaladim.
Onaxon munkillab, zo'rg'a yurardilar. jetonni tashlab o'tayotganimizda esa haligi ayolning:
- Ana bo'larkan-u, puli bor'u bizani aldiydi. - deganini eshitib qldim.

Bu voqeadan juda ta'sirlandim. Nahotki insonning qadri uning kissasidagi pul bilan o'lchansa...

Sizlar nima deysizlar?

Qayd etilgan


Umarbek  06 Iyul 2006, 03:51:55

  Assalomu alaykum Shahinahon,
Avvalo sizning bunday hislatga ega, yani bunaqangi mehr-oqibatni ega bulganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin !!!
Siz kabi odamlar hayotda juda kam deyish mumkin, ayniqsa hozir inson pul topaman deb o'z insoniylik hislatlarini tobora yoqotib bormoqda, mayli pul topishga intilsin, albatta halol yollar bilan, mehnat qilib, shu bilan birga o'zini inson degan buyuk zot qilib Alloh yaratib quyganligini unutmasligi kerak.
Albatta siz bugun metroda dush kelgan hodisa eng oddiysi bulishi mumkin, hayotda bundan ham achinarli holarga inson bazida guvoh buladi. Albatta shunqangi voqealardan birini sizlarga so'zlab berishga harakat qilaman.

Eng ezgu tilaklar ila
Umarbek
[email protected]

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Iyul 2006, 14:24:38

Assalamu alaykum Shahina. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Siz guvohi bo'lgan hodisaga o'hshash hodisalar har kuni ro'y bersa kerak. chunki odamlar hozir hamma narsani pul bilan o'lchaydigan bo'lib ketgan. Bunday insonlarda na insof,na vijdon bo'lsa kerak. Alloh ularni to'g'ri yo'lga boshlasin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2006, 03:34:55

Assalomu alaykum!
Odamlarda mehr tuyg'usi yo'qolib, hamma narsani insonning tashqi ko'rinishi yoki cho'ntagiga qarab baho berish zamonining boshlanishi fojea emasmi?
Afsuski bunaqa holatlarga men ham ko'p duch kelaman.
Avtobuslarda ham qari otaxon va onaxonlardan uyalmasdan to'liq to'lang deya o'shqirayotgan konduktorlarni uchrataman. To'g'ri, talab qilish ularning ham vazifasi, lekin hurmat qayerda qoladi, musulmonga xos izzat qayerda qoladi?
Aslida men pensiya yoshidagilarga davlat transportining umuman bepul bo'lishini hohlayman. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. Chunki ular g'animat, vaqtida qadrlariga yetib olishimiz kerak.
Yana shu transportda biron qariya yoxud yukli ayollar chiqsalar yoshlar bemalol joy bermasdan o'tiraverishadi. Hatto bir kuni TVda qanday qilib joy bermaslik usullari haqida ham gapirishdi... Fojea-ku bu ham...

Qayd etilgan