Bugungi kun mulohazalari  ( 1482196 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 296 B


Abdullah_Hayrullah  18 Iyun 2009, 00:52:17

                               :as:
Azaga borgan o'z dardini aytib yig'larkan. Koshka ko'p narsalardan xabarsiz bo'lsamda xotirjam bo'lsam, degim keldi. Dunyo musilmonlari bir tana kabi ekanlar. Qaysikim bir barmog'ingiz zarar ko'rsa butun tana bezobta bo'ladi, isitma qiladi.
  Dardman o'z dardini yaqindan biladi, his qila oladi va dardning achchig'i uni ko'proq kuydiradi. Siz eng yaxshi bilgan  begunoh birodarlaringiz alamli, haqoratli iskanjalar ostida Allohning eng og'ir imtihonlariga duchor bo'lgan bo'lsa, nima qilardingiz...
                                :as:

Qayd etilgan


imlaah  18 Iyun 2009, 06:57:02

Assalamu alaykum.
Aslida ilm bahs va munozarada yanada rivoj topadi va ko'proq esda qolishiga sabab bo'ladi.Bunda bahs va munozara odobini unutilmasa kifoya.Yana bir iltimosim har bir postingiz umuman fikringizga Quroni Karimdan biror oyat yoki hadisi sharifdan iqtibos qilishdan ehtiyot bo'ling aziz birodar.Zero bunda isrofga yo'l tutib qo'yishdan saqlaning.
Albatta so'zlarning yahshisi hikmat bilan aytilgan ilmga targ'ib qilguvchi so'zlar.Bunda birodaringizga malol kelmaydigan tarzda o'z fikru mulohazalaringizni o'rtoqlashsangiz yanada go'zal natija inshaallah.
Oyat va hadislarni iqtibos qilish uchun uni avvalo o'zingiz tushunib anglagan holingizda o'sha iqtibosingizga hayotingizda qay darajada amal qila olyapsiz buni ham tafakkur qiling.
Zero inson ekanmiz gapirayotgan har bir so'zlarimiz nafaqat birodarlarimizga ,atrofdagilarga balki avvalo o'z nafsimizga manfaatli , dunyo va ohirat maydonida foyda keltirguvchi so'zlar bo'lsin.

Qayd etilgan


imlaah  18 Iyun 2009, 07:09:44

:as: 
Havotir olmang singlim. Oqqan daryo oqaveradi. Biroz vaqt o'tib birodarimiz o'ziga keladi. Ichkarida uning nimalar chekkanini siz tasavvur ham qila olmaysiz. Bunday paytda psiholiglar davraga kirishi kerak. Bizda unaqa psihologlar afsuski hozircha yo'q. Birodarimizga duo qilaylik.    :as:

Assalamu alaykum.
Uzr birodar nafaqat "ichkari" balki "tashqarida" ham yoningizda kulib turgan birodaringiz o'sha "ichkaridagilardan" kam sinovda sinalmayotgan bo'lishi mumkin.O'sha birodaringiz o'tayotgan kunlari , nafsi va joniga berilayotgan sinovlar uchun Robbisiga hamd aytib Alhamdulillah degan kalima bilan sizga nafaqat sizga balki atrofidagi eng yaqinlariga ham o'z kechmishlarini sezdirmaslikka harakat qilib yashashi natijasida barcha uni hayotda eng bahtli inson deb bilsalar ajablanmayman.
Mo'min insonga psiholog darkor emas Mo'minga Quron tilovati va tadabburidan go'zal va oqil psiholog bo'lmaydi.
Demak yuqorida sifatlangan inson Robbisidan kelgan sinovda yengilibdi , nafsi unga "olov va tikonlarga burkangan" iymoni natijasida qo'lga kiritajak natijasi iannat va Robbisi rizoligidan ko'ra bu hayotning o'tkinchi maishatini jilolab ko'rsatibdi ekan Allah isloh qilsin. Atrofidagi insonlarga bundan go'zal hulosani nasib qilsin.Barchamizni ham iymonni topgandan keyin uni saqlay olmay horlikka ro'baro bo'lishlikdan asrasin.

Qayd etilgan


imlaah  18 Iyun 2009, 07:22:17


  - .... Xayr degan so'zni juda yomon ko'raman. Umuman xayrlashish onlarini, alvido deyishni yomon ko'raman.
  - Unda "Xayr"ning o'rniga "Salom" deymiz.
  - Kelishdik. Salom!!!
  - ... Salom :(
So'zlar bizning psixikamizga juda katta ta'siz ko'rsatadi. Ushbu misolda oddiygina "Xayr" so'zi insonni tushkunlik sari yetaklasa, "Salom" - aksincha, qanday holatda, vaziyatda aytilishiga qaramay, dilimizga tushkunlik baxsh etadi.

Mo'minlarga bekorga suhbatning boshi ham so'nggi ham Assalamu alaykum deb ta'lim berilmagan.Demak hayotingizga  islomni qancha  kiritsangiz shuncha yengillik topasiz inshaallah.

Qayd etilgan


siddiqa  18 Iyun 2009, 08:20:44

:as:

Opamdan eshitganlarim:
Kecha taksiga o`tirgandim, ikki kishi suhbatlashib ketishyapti , ulardan biri shunday deyapti:
-Bir o`rtog`im har kun, har besh mahal namozlarda qoyim bo`ladi. Hech birini qazo qilmaslikka harakat qilardi. Ba`zi siyosiy voqealar sabab bu o`rtog`imni etib qamab qo`yishdi. Hozir esa uyiga qaytarishgan, lekin u o`rtog`im uyga qaytgandan beri ha deb aroq ichgani ichgan.

Astag`firullah, Bunga qanday qarash mumkin..? Iymonli inson qandaydir bir fitnalarni deb Yaratgan harom degan narsadan o`zini tiyolmaskan. Bunday insonlarni haqiqiy iymonli inson deya olamizmi?!!!

qalb o'zgaruvchandir ,inshaAloh u iymonga qaytajak.Alloh yordamchisi bo'lsin.

Qayd etilgan


Abdullah_Hayrullah  18 Iyun 2009, 10:06:55

                                :as:
Alloh  :jl: sevgan bandalariga musibat berarkan. Bu bilan uzoq yillar ibodat bilan erishiladigan darajaga bir musibat bilan chiqarib qo'yarkan.
                                :as:

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Avgust 2009, 16:32:50

"O'zimiz aybdormiz o'zimiz"

Kecha kochaga oynadan qarab kuzim, beihtiyor odamlarga tushdi. Qulogimga esa odamlarning tinimsiz Dunyo ustidan qaygurish sadolari yoqimsiz bir jirkanch kuy kabi jaranglar edi. Qizziq ozimiz uchun 2 soat ajratib kino koramiz, sayrga chiqamiz, mazza qilib ozimiz yoqtirgan kuyni eshitamiz. Yashash uchun 8 soat ishlaymiz, xaftada 6kun 8 soatdan 48 soatni ajratar ekanmiz ozimiz uchun. Dostlarimiz yohud sevgilim uchun ham bir necha soatlarni kanda qilmaymiz. Oxooo, shuncha soatlarni sarflar ekanmizku, lekin 10 uzogi 20 daqiqaga boradigan ibodatga minutimizni ayaymiz. Yaratgan uchun vaqtimiz yoq"¦
Bazida nima uchun ozi hayotga kelganimizni unutib qoyar ekanmiz. Qalbimiz hovlisidagi iymon eshigiga qulf osilganiga ancha bolgandir balki. Shu honaga kirib bir saramjon qilib chiqay deb eshikka yaqinlashganimiz zahoti, yana nimadir ishimiz chiqib qoladi. Xa aytganday, ja bolmasa Juma kunlari kirib turamiz va imkon qadar tez tez yurib chiqib ketishga harakat qilamiz. Agar taroziga qoysak boqiy palladan foniy palla sal ogirroq kelsa uni ustiga bira tolasiga otirib olamiz. Bu ozi inson harakteriga xos odat.Chiroylik liboslarni, mazzali taomlarni, shirin suhbatlarni, gozal joylarni hammamiz yoqtiramiz, shunga talpinamiz, intilamiz, harakat qilamiz. Qancha shunga erishganimiz sari Iymon honamiz garibona bir korinishga kelib borayotganini esa sezmay qolamiz. Yoq, aniqrogi kormay qolamiz. Extimol Ziyo nurini tosib qoygan qora koz oynakda yaxshi korinmayotgandir. Qachon bizni salobatli qilib korsatayotgan mana shu kozoynakni yechib, Dunyoga oddiy koz bilan qaraymiz. Qachon Dunyoga oddiygina otkinchi mehmondek, mana shu haybatli omonat koshonani tashlab ketuvchi koz bilan qaraymiz"¦? Ishimizni, hamyondagi pulimizni, otirishlaru, dostimiz tugilgan kunini bir soniya, uzoq emas, kop emas 1 soniyagina holos unutib atrofga nazar tashlab koraylik"¦Mana shu 1 soniyani ozi yetarli qulflangan Iymon eshigini buzishga. Mana shu 1 soaniyani ozi yetarli Hayot degan tushunchani tahlil qilishga. Oynadan hamon kochaga qarar ekanman, beihtiyor ozim istamagan holda "Ex,"¦" degim keldi. Agar menda imkon bolib VAQT bolganimda, mana shu 1 soniya bolar edim. Mana shu qalb oromi, iymon tugyoni, ziyo aksi kongil hovlisini toldirgan usha vaqt — peshona sajdaga tegkan, Rabbimiz oldida tiz chokkan eng eng lazzatli soniyalar"¦

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Avgust 2009, 17:15:38

Bismillahir Rohmanir Rohim

Allohga hamd Va Rasuliga Saloti salomlar bo’lsin . Bugugi kunda musulmonlarning boshida aylanayotgan muammolarning soni ko’payib bormoqda. Fitnalar ketidan fitnalar va balolar ketidan balolar kelishi va musulmonlarning horlanishi , ularning ustidan tahqirlashlar hamda eng asosiysi Alloh va uni Rasulini ustidan mazahlar , Allohni buyrug’ini qo’yib boshqa shaytoniy yo’llarga burilib ketishlarning soni mingta.
Danyalik itlarning qilgan ishlari hali ham musulmon ummasinig esidan chiqmagan , Rim papasi alayhi lananing islom va payg’ambarimiz sallalohu alyhi vasallamni o’zicha dunyo vohasida muhokama qilishi. Aqshning musulmonlarni ustidan olib borayotgan tashviqotlari ommaga malum . Guantanamo qamoqhonalaridagi , nafaqat Guantanamo balki dunyo hibshonalaridagi Alloh yo’lidagi birodarlarimizning ustidan kofirlar tarafidan qilinayotgan ishlar aqlga sig’maydi. Bugungi kunimiz nima uchun bunday horliklarga burkangan. Hech kim ochiq bu gaplarni ayta olmaydi , hech kim bu haqida bosh ko’tarib chiqa olmaydi, nima uchun degan savollarning esa keti ko’rinmaydi . Biz avvalam bor birovlarni hisob qilishimizdan oldin , o’zimizni bir tergab olsak maqsada muvofiq bo’lardi. Keling , "œnima uchun" degan savolni birodarim o’zingizdan so’rang .
Eng asosiysi bo’lmish iymonimiz bugungi kunda qanday , salomatmi? Bazilar bu savolga ikkilanmay ha deya javob bera oladi , basilar esa o’ylanib jim qoladi yana bazilar borki ular bu haqida gap ochilishi bilanoq gapni boshqa yerga buradi. Lekin hammaning iymoni bugungi kunda oqsab — oqsab bormoqda , tugab bormoqda zero iymon hech ham oqsamaydi yoki tugamaydi lekin afsuski bugun shunday bo’lmoqda . Insonlar, yani barcha insonlarni hammasi emas faqatgina musulmonman deb yurganlar bugun iymonini ham o’zini ham yarim chaqaga sotib yubormoqda. Chunki ular dunyoga bo’lgan hirs-muhabbat asta sekin iymonni joyini egallab iymonni esa tashqariga olib chiqib tashlamoqda. Iymonni yanabir tushinchasi Allohga bo’lgan yagona muhabbatdir. Insonda yana bir muhabbat borki u dunyo muhabbatidir. Ana shu muhabbat zalolat muhabbatidir, jahannam o’tiga sizni uloqtiradigan muhabbatdir. Iymon esa, bu sizga vaqtincha azob bersa ham lekin ohiri farog’at rohat , zavq bilan tugaydigan narsadir. Lekin bilsangiz Imonning shartlari bo’ladi. Ana shu shartlarni bajarsagina bu iymon o’zini to’liq manosiga ega bo’ladi. Birodarim , siz ana shu shartlarni bajaryapsizmi, siz unday qila olmayapsiz , har ishingizda Alloh bilan emas Shayton bilan maqsadlaringizga erishyapsiz. To’g’ri , aytishingiz mumkinki "œ Men namoz o’qiyapman, ro’za tutyapman , zakot beryapman , hajga ham borbib keldim" deb, lekin bular Alloh uchun emas balki bir riyo uchun bo’lmayaptimikin? Shu haqida o’yladingizmi ? Birodarim , nega qiynalayotgan , ochlikdan ko’zlariga yosh kelib yig’layotgan musulmon birodaringizni farzandlarini ham esladingizmi , katta katta pullarni sariflab to’q insonlarni yana to’ydirdizmi ? Yan nima uchun degan savol "¦

Qayd etilgan


IXLOS  01 Avgust 2009, 18:46:25

Assalomu aleykum JAMSHIDJON!!!
Nima uchun aynan JAMSHIDJON? u kishi achchiq bo'lsada xaqiqatni yozibdilar yana bir bor raxmat sizga JAMSHIDJON.
Sizni bu xaq gaplaringiz insonlarni yani xaqiqiy muslim va muslimalarni qalblarini titratib,
bir oz o'ylantirib qo'yadi chunki bu narsaga biz xar kuni duch kelamiz.Xa JAMSHIDJON siz to'g'ri aytdingiz odamlar allaqayoqdagi dunyo tashvishlari xaqida bosh qotirib, o'yga tolib qanchadan-qancha qimmatli vaqtlaridan ayriladilar.
Tushunmaydilarki xamma narsaga yechim bu faqat va faqat Alloh Taolo buyurgan amallarni bajarmoqlikdir.
Men xam xozir xonadan tashqariga qaradim "ASR" namozi o'qildi lekin ko'cha to'la odam, ular o'sha siz aytgan dunyo tashvishlari bilan ovora bo'lib yurishibdi nega axir ular xam odamku ular xam musulmonku nega shunday bo'lsa oxiratni xech o'ylamaydilar xuddi dunyoda abadiy qoladigan insondek ish tutadilar. Agar oxirat xaqida bir oz o'ylasalar,
Alloxning visoli, Do'zax va Jannat, qiyomatdagi so'roq-savollarni biroz o'ylasalar balki qalblarida nimadur o'zgararmidi,
nimanidur xis etarmidilar ex afsus xatto shunga xam qodir emaslar. Kimga savol berma xox u katta yoshdagi inson bo'lsin, xox kichik yoshdagi "namoz o'qimaysanmi?" desang vaqti keladi deydi qachon, qachon keladi o'sha vaqti axir qancha umrimiz qolganini bilmaymizku!! Ey odamlar shunchalik xam g'ofil bo'lamizmi? Xo'p xozir vaqtimiz yo'qdir lekin qachon vaqtimiz bo'ladi? vaqtimiz bo'lganida kech bo'lmasmikan........
Yana bir xaqiqat Payg'ambarimiz (s.a.v.) aytganlar shunday vaqtlar keladiki dinni faqat suratigina qoladi.
Ey Allohim o'sha vaqtlar kelmadimikan axr silai rahm, bir-biriga bo'lgan muxabbat, vadaga vafo, iffat, ibo, hayo,
qarindosh-urug'chilik munosabatlaridagi axillik samimiyat va boshqalar qani biz tanigan narsa faqat shu 5ta farz amallari xolos shularni bajarmayapmiz-a. Biz axir qanday ummat bo'ldik,biz qanday qilib oxiratda Rasulullohni (s.a.v.) ummatlarimiz deya olamiz. Yana yetmagandek sahobalarni va ular davridagi xayotni bir-birlarimizga aytamiz-u lekin ularga amal qilmaymiz, bir-birimizni tinmay aldaymiz. Nega endi bir-birimizga juda chiroyli gaplarni gapiramiz-u bu gaplar qalbimizdan chiqmaydi xamma-xammasi aylanib kelib riyoga, xo'ja ko'rsinga bo'ladi.
Nega bunchalik tubanlashib ketganmiz Allohga xamdu sanolar bo'lsinki qanchadir yaxshi insonlarni deb tinch xayotda yashab yuribmiz. Xa bugungi kun.....bizni  bugunimiz  Allohni bizga inoyatidur ertamiz bormi, yo'qmi buni bilmaymiz.
Shunchalik xam aqlsizmizki ertamiz bormi,yo'qmi bilmay turib bugungi kunni o'tkazib yuboramiz!!!
 

Qayd etilgan


dbb  01 Avgust 2009, 21:47:08

Assalamu alaykum Aziz birodarlar sizlardi dinimiz xaqida kuyinib gapirishlaringizda jon bor.Xamma mana shunday narsalarni kelib chiqishiga sabab bilimsizlikni orqasidan bu'lmoqda.Allohdan qurqish degan tushuncha yuq,bandasini oldida Alloh bergan qancha omonatlar bor uni bilmaydi,xotinini namozxon qilish,farzandlarni Allohdan qurqadigan mumin qilib tarbiyalash degan narsa yuq.Eng yomoni usha Erkakda Otada yuq biz aytayotgan oddiy bilimlar.
Qishloqlarni qarasangiz namozxon 10% bu'lsa benamozlar 90% ni tashkil qilib bormoqda.Qaerda yaxshi bilimli imomlar bor joyda Allohga shukur muminlar ku'paymoqda.Ular yurakdan Alloh uchun xarakat qilmoqda.Vodiy va Toshkent tamondan Yorqinjon qori Ahmadqori Ulug'bek deganlar Alloh rozi bu'lsin ulardan.
Barchamizga Alloh tafiq bersin, Iymonlarimizni ziyoda qilsin,U'zini bilimidan bersin.Qalbimizni Allohni u'zi poklasin OMIYN

Qayd etilgan