Bugungi kun mulohazalari  ( 1482922 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 296 B


Ansora  23 Sentyabr 2009, 10:06:33

Turkiyada bugun ohirgi Ramazon Bayrami tatili kuni, ota-ona, yaqin qarindosh ziyoratlari uchun yo'llarga chiqildi. Afsus har yili bo'lgani kabi bu yil ham avariyalarda vafot etgan kishilar soni 101, yaralanganlar soni esa 300'dan ko'p.
Hali mehmonga borgan kishilarning hammasi uylariga qaytishmadi. Yani...Olloh O'zi' saqlasin.

Olloh vafot etganlarni rahmatiga olsin insholloh. 

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 10:08:29

Qirimda kecha "Halol mahsulotlar" vıstavkasi ochilibdi, xalq juda qiziqish ko'rsatibdi. Bir paytlar O'zbekistonda "Halol" degan kolbasa chiqardi, esimga tushib ketdi:) Tilagim, haliyam davom etayotgandir va yangilari qo'shilgandir insholloh...

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2009, 10:23:44

Qirimda kecha "Halol mahsulotlar" vıstavkasi ochilibdi, xalq juda qiziqish ko'rsatibdi. Bir paytlar O'zbekistonda "Halol" degan kolbasa chiqardi, esimga tushib ketdi:) Tilagim, haliyam davom etayotgandir va yangilari qo'shilgandir insholloh...

O'zbekistonda HALOL degan so'zdan qo'rqib qolishgan

Bitta misol "HALOL FOOD"
 ;D

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 10:24:52

Nega qo'rqishadi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2009, 10:25:44

Kecha opam etib qoldilar Rossiyada yaqinda Islam cannel ochilarmish.

juda havaslarim keldi.................

Allohdan bizda ham HAQIQIY ISLOM KANALLAR ochilishini so'rab qolaman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2009, 10:26:29

Nega qo'rqishadi?

Turkiyaga qochgan bechora "HALOL FOOD"ni direktoridan so'rash kerak buni?  ;D

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 10:29:11

Aaaa, demakki shunaqa,, Olloh Olloh..... :o

Qayd etilgan


Muslima.bgm  23 Sentyabr 2009, 16:46:59

Bugungi ish kunim xam nihoyasiga yetay deb qoldi. Ketishimdan oldin bir xamkasbimni gapi juda ta'sir qilib yozib ketishga qaror qildim. Ro'za tutganligim uchun ro'za xaqida gaplashib qoldik(Ishxonam chet elliklarni firmasi bo'lgani uchun asosan koreyslar va ruslar ishlaydi). Sizlar nega ro'za tutasizlar  Eto je samoubiystva , Daje vodu ne pyote deydi.NImagadir tushuntirib o'tirim kelmadi....O'zingni dining nima desam ya boga ne veryu d-d.Lekin o'zi juda yaxshi qiz faqat dinsiz. O'ylab qolaman narigi dunyoda ularning xukmi nima bo'ladi???

Shu o'rinda bir satrlar esimga tushib qoldi:
Aytishlaricha inson xatto joni chiqayotganda xam  bir sinalarkan. Joni chiqayotganda butun tanasi olov bo'lib qizir, shunda idishda billurday tovlanib turgan suvni ko'tarib shayton paydo bo'lar ekanda, Xudo yo'q deb bir marta aytsang suvni beraman derkan. Iymoni butunlar issiqqa chidab shayton yo'liga kirmaskan. Iymoni zaiflar esa qanchalik savob qilgan bo'masin oxirgi nuqtalarda bardoshi etmay shaytonga taslim bo'larkan...............

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 16:57:00

Muslimaxon, inson aytganingizday so'nggi nafasida ham imtihonga tobe' tutilarkan. Shuning uchun duo qilar ekanmiz, "Rabbim so'nggi nafasimgacha iymonimdan ayirma", deb duo qilishimiz kerakligini uqtirishadi buyuklarimiz. Turmush o'rtog'im kechagina aytib berdi: Hamkasbining bir qarindoshi bor ekan, yuragi ushlab 4 kun og'ir holda kasalxonada yotibdi. U kishi (Olloh yaxshi bilguvchidir) namoz o'qimagan, dinga unchalik ro'yho'shligi yo'q, lekin insonlar bilan muomalasi yaxshi ekan. Jonini taslim etarkan, birdan hushidan ketibdi, 2-3 daqiqa o'tmasdan birdan hech kasal bo'lmaganaday ko'zlarini ochibdi va "Ashhadu an la ilaha illallah va ashhadu anna Muhammadan abduhu ve rasuluhu" debdi va jon taslim etibdi.
Shuning uchun "iymonimiz bilan ketaylik, so'ng nafasimizda kalimai shahodat aytishni Rabbimiz bizlarga nasib qilsin", deb duo qilaylik.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2009, 22:40:33

Assalamu alaykum.
Allohga tavakkul qilgan bandasini Alloh hech qachon tashlab qo'ymaydi, albatta.
Buni hayotimdagi bo'lib o'tgan bir misol yana bir bora tasdiq qildi. Bu oddiy holat bo'lsa-da, menga juda ta'sir qildi...
Ho'jayinim bilan bozorga bordik,u kishi ro'zg'orga bozor qilish uchun bordila, meni ham kichik bir ishim bor edi bozorda. U kishi tarvuz bozorida to'xtatdila mashinani va menga:"Siz ishingizni bajarib menga tel qiling, men qayerda bo'lsam shu yerga borasiz dedila". Men xo'p, dedimda, ketdim.
Meni ishim juda tez bitdi. Bitishi bilan telefonga qo'l uzatib raqamni tersam"Hisobingizni to'ldiring" desa bo'ladimi. Yonimda bir so'm ham pulim yo'q. Bozorda biror tanishim ham yo'q. Bir oz turdimda, tushib qolgan joyimga boraman, u yerda bo'lmasa narigi tomonga o'tib mashinani qidirib ko'raman, topolmasam piyoda uyga qarab ketaveraman, ALlohga tavakkul dedimda, bozordan chiqa boshladim. HAli bozordan chiqib ulgurmagan ham edimki,bir ayol yonimdan o'tib"Assalamu alaykum" dedi. Men boshimni ko'tarmasdan alik oldimda, ozgina yurganimdan keyin ovoz tanish ekanligini sezib to'xtadim. Yaqin birodarim kulib,Tanimadingizmi, deb turibdi. U bilan salomlashib:"Voy sizni ALloh yetkazdi,telefoningizni bering" desam u hayron....
Bandalarini o'z holiga tashlab qo'ymagan ALlohga hamd bo'lsin...

Qayd etilgan