Kecha yonimizdagi "dom"da to'y bor edi. To'y bo'ldimi, bezillab turaman. Sababi to'ydan kelgan "navo" lar to'ydan ham ko'proq bizni uyda chalinayotganday odamni boshini og'ritib yuboradi. Derazalarning romlari "Pimapen" deyilgan turdan, yani tashqaridagi ovozni ichkariga juda kam "eshittiradi". Yo'q bu to'y ashulachilarining tang'ir-tung'urlari hech qanaqangi "chegara" tanimaydi. Bilaman, kimdir yaxshi niyat bilan to'y qilyabdi, kimdir baxtli bo'lmoqchi. Lekin boshqalarining haqqini yegan holda hech kim baxtli bo'la olmasa kerak. İlgari men ham qishloq to'ylariga ko'p borganman. Qishloda ko'p qavatli bino bo'lmagani uchun ovoz qayoqlargadir "uchib" ketaveradi, lekin shaharda bu ovoz baland binolardan biridan ikkinchisiga urilib, "siqilib" qolaveradi. Yoki bo'lmasa, menga o'hshab shovqindan juda qattiq boshi og'riydigan insonlarni uyiga yashirinib oladi:)
Men bechora, butun xonalardagi soatlarni to'htatib dars tayyorlaydigan odam edim:) Kecha ham juda allambalo ashula aytishayotgan edi, odamlar rosaa o'ynayotgandir, deb balkondan mo'raladim, to'yda atigi 20 kishicha bor, ular ham o'tirishibdi. Eee birodar, bo'lmasa nimaga shuncha shovqin solib, odamlarni huzurini qochiryabsan??? Ho'jayinim ishdan kelishi bilan shikoyat qildim, u esa: "ha nima qilsin, ashulachi pulini olgan, odamlar o'ynasa ham o'ynamasa ham hatto eshitmasa ham kelishilgan vaqtgacha chalishi kerak-da", deb javob berdi.
Bizda hali bu holatlar qanday bilmadim. Lekin bu yerda ham sekin sekin ozayyabdi, chunki insonlar menga o'hshab shikoyat qilishyabdi. Qaynonam taraflarda juda kam tashqardia to'y qilisharkan, sababi orqa mahallada tuman hokimi o'tiradi...20.00 dan keyin shovqin chiqqan joyda darrov polislar yetib borib, "tinch qilishadi". Bizni mahallada esa bu soat 23.00...dan keyin belgilangan emish!!! Ha hamma yerda "boshliqlar" tabiiy yana ham muhim!!!
Yana bir tarafi, endigina uyidan janoza chiqqanlar bor, shularni o'ylash kerak. Qolaversa uyida kasali, injiq chaqalog'i, ertasi kuni saharlab ishga, o'qishga ketadiganlari bor. Menimcha to'y qilgan odam, bularni ham o'ylashi va hech kimning haqqini yemasligi kerak.