Bugungi kun mulohazalari  ( 1481513 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 296 B


Mahdiyah  30 Sentyabr 2009, 10:48:38

Man sizni ayangizni yoki hamma o'qituvchilarni nazarda tutib bu gaplarni aytmadim.
Balki haqiqiy o'qituvchi aslida nimalarga e'tibor berishini o'quvchi sifatida etib o'tdim.

Lekin bolaga ota bilan onadan tashqari ma'sullar ham bor.
Albatta uydagi muhit, ota-onaning tarbiyasi 1 chi o'rinda.
Lekin maktabda asosiy vaqtini o'tkazayotgan bolakayga uning o'qituvchilari ham ham tarbiyachi, ham o'qituvchilik qilishi kerak.

Shunaqa o'qituvchilar borki, bolani ko'zidan uni nima qiynayotgani bilib oladi.
Unga qo'lidan kelganicha yordam beradi, to'g'ri yo'l ko'rsatadi.

Institutlarda pul berib sessiya yopayotgan talabalar ertaga o'zlari ham o'z kasbilari orqali huddi shu ishni tutadilar.
Pedagokikadagilar faqat pul ishlash maqsadida o'qituvchi bo'ladi, 2-3 bolani bo'sayam odam qili dimidi...
Meddagilar odam emas, mol do'xtiri bo'b yetishib chiqadi...
Iqtisodchi o'z foydasini, o'z schyotini o'ylidi...

Hamma shu ahvolda yuraversa, ertaga haqiqiy KRIZIS boshlanadi.


Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 12:09:10

Yana Din Ustozlaridan birining gaplarini tez tez eslab turaman. Qolaversa İyul' oyidan beri Turkiyadagi yopiq makonlarda sigaret ichish ta'qiqlandan beri...
Ustoz: Bir hozirgi kunda sigaret zarardir,deb ayyu-hannos solamiz, milyonlab pullar turli seminarlar uchun ishlatilyabdi. Birgina sigaret haaa..Lekin insonlarga bu zahardan qutilishlari uchun foydali bo'la olmayabmiz, afsus...

Shugina misol ham Payg'ambarimiz Muhamad (S.A.V) ning Dunyoning butun dard-alamlardan qutilishi uchun jo'natilgan, 63 yillik umrlari davomida umuman bashariyatning yashash tarzida haqiqiy inqilob qilgan bir muborak inson, degan fikrni tasdiqlaydi. Chunki Arabistondagi Johiliya davrida insonlar o'z qizlarni tirik tirik ko'mayotgan, haq-huquqlar poymol etilayotgan edi. Arab ayollarining ochiq sochiq raqslarni olib qarang, nima uchun shunday va bizlar uchun harom, chunki Johiliya davridan qolgan...İslomiyat ayolga hech bir dinda berilmagan qadr-qiymatni berdi, aslida. Afsus biz haliyam dinimizni tom ma'nosida yashay olmayabmiz. Dindan oldin Milliy urf-odatlarimiz oldinda kelyabdi. Alloh adolatlidir va adolatni amr etadi. Niso surasida o'qigandim:
15 chi oyat: "Xotinlaringizdan qaysi bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘lga solguncha ularni uylarida saqlangiz! "

Yo Rabbim, bizlar nima qilyabmiz. Bir ayol uchun eng og'ir gunoh sanalgan gunoh ishlaganda ham Alloh avval 4 shohid ol, keyin ularga o'lim kelmaguncha uylarida saqlang, deb buyuryabdi...

Bizlar esa birovdan adashib sms kelgan bo'lsa ham darrov ayolni buzuqilikda ayblab, kochaga otamiz. Turkiyada ham afsus ayolga bazan Diniy qarorlar emas, Milliy qarorlar beriladi. Masalan Turkiyaning Janubiy qismda qurollar juda qattiq, yaqinda gazetada o'qigandim: Bir er ayoliga qo'sninikiga chiqma, degan ekan. Ayoli ham bir narsa so'rab chiqqan ekan, erini xabari bo'libdi, va ayolini burnini kesgandi...

Mashur Yusuf İslom aytgan edi: "Yaxshiyamki, Musulmon bo'lmasdan oldin, Musulmonlarni tanimagan ekanman". Bu gap menga juda qattiq ta'sir qilgan.
Demakki biz Dinimizning amrlarini bajarmayabmiz, haliyam johiliya davridagi kabi milliy qonunlarimiz bilan harakat etyabmiz...

Menimcha avvalo Qur'onning tarjimasini hammamiz tushungan holda o'qishimiz kerak. Chunki bu kalom bizga jo'natildi. Yuqorida, hech kimni qo'li yetmaydigan (asosan bolalarni) joyda chiroyli qutilarda saqlanishi uchun emas, yoki faqatgina o'lganlarni tepasida o'qish uchun emas....O'qib, kundalik hayotimizdagi holatlarda yo'l topaylik, deb yuborildi bizga Allohning kalomi....




Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Sentyabr 2009, 12:11:26

Bugungi kunda internetdan foydalanish kundalik hayotimizdagi odatiy ehtiyojlardan biriga aylanib qoldi. Shahrimizdagi qaysi klubga kirmaylik, ko‘plab turli yoshdagi qiziquvchilarni ko‘rishimiz mumkin. Ularning aksariyatini maktab o‘quvchilari tashkil qiladi. 
Bir kuni talabalar shahar­chasidagi «NEMO-NET» nom­li internet klubida yangiliklar bilan tanishib o‘tirsam, bir bolakay ish boshqa­ruv­chi­ga, 100 so‘mlik ulavoring, deya pul uzatdi. Bosh­qaruvchi uning gapiga e'tibor ham ber­madi. Chorasiz qolgan bola­kay yonidagi o‘rto­g‘i­dan qarz oldi. Qarz hisobiga o‘ynamoq­chi bo‘lgan o‘yini nima ekan-a? - deya qiziqdim. Ma'lum bo‘lishicha, u kompyuter o‘yinlari­ning shinavandasi ekan. Qiziq, bolakayning sevimli o‘yini «Konter strayk» guruh bo‘lib o‘ynalar ekan. Undagi mushtlashuvlar, qon to‘kishlar nafaqat bolalarning, balki kattalarning ongiga ham salbiy ta'sir qilishi aniq. Bunday o‘yinlar maktab o‘quvchilarining aqliy salohiyatini oshirishga emas, rahm-shafqat tuyg‘ularini so‘ndirishga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Ota-onasining «ovqatlangin» deb berayotgan pulini misqollab yig‘ib, hovuchlab klublarda sochadigan o‘quvchilarning bu ishi to‘g‘rimikan?
 

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Sentyabr 2009, 12:24:47

Bugungi kunda «Internet klub»lari soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Buni yaxshi tomonlari ham, biroz tashvishga soladigan tomonlari ham bor. Bunday klublardan foydalanuvchilarning asosiy qismini 10-15 yoshli bolalar va o‘smirlar tashkil qilmoqda. Tashvishlanarlisi shundaki, ular turli tarbiyasiz saytlarga kirib, o‘yinlar o‘ynash bilan vaqtlarini o‘tkazishmoqda. 
Kun bo‘yi kompyuter qarshisida o‘tirgani yetmagandek, oqshomni ham tungi «Internet klub»larda o‘tkazib, tongni qarshi olayotgan o‘smirlar ham yo‘q emas. Bolalarning ham sog‘lig‘iga, ham tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bunday holatlarga ota-onalarning beparvoligi sababmasmikin?! Farzandining qo‘liga pul berib qo‘yib, ularni nimalarga sarflashni va tunni qayerda o‘tkazishni so‘ramasligida emasmikin?!
 

Qayd etilgan


Hadija  30 Sentyabr 2009, 14:37:37

Bugungi kunda «Internet klub»lari soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Buni yaxshi tomonlari ham, biroz tashvishga soladigan tomonlari ham bor. Bunday klublardan foydalanuvchilarning asosiy qismini 10-15 yoshli bolalar va o‘smirlar tashkil qilmoqda. Tashvishlanarlisi shundaki, ular turli tarbiyasiz saytlarga kirib, o‘yinlar o‘ynash bilan vaqtlarini o‘tkazishmoqda. 
Kun bo‘yi kompyuter qarshisida o‘tirgani yetmagandek, oqshomni ham tungi «Internet klub»larda o‘tkazib, tongni qarshi olayotgan o‘smirlar ham yo‘q emas. Bolalarning ham sog‘lig‘iga, ham tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bunday holatlarga ota-onalarning beparvoligi sababmasmikin?! Farzandining qo‘liga pul berib qo‘yib, ularni nimalarga sarflashni va tunni qayerda o‘tkazishni so‘ramasligida emasmikin?!
 


Ha, haqiqatda ham ayni kunlarimiz shunday o'tmoqda... Gaplaringizga qo'shimcha qilgan holda, ayrim rus millatiga mansub ko'pchilik kampyuterr klublariga keladigan ahloqsiz bolalarga qiziqqan ayni o'smir yoshlari, ular uchun ideal inson bo'lib qolishlaridan cho'chiyman. Chunki, ayni ongiga hamma narsa juda katta va qattiq ta'sir qiladigan bu yosh ertaga u rus millati qilayotgan ishni takrorlayotganini guvohi bo'lib achinadi kishi. Tag'in ertaga ota-onasiga so'z bermay qolganda, ota-ona aybni avvalo o'zidan qidirmay, ko'chadan va boladan qidirishga harakat qiladi...

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 14:41:58

* * *

Ҳар кимки вафо қилса, вафо топқусидур!
Ҳар кимки жафо қилса, жафо топқусидур!
Яхши киши ксрмагай ёмонлиқ ҳаргиз,
Ҳар кимки ёмон бслса, жазо топқусидур!


Zahiriddin Muhammad Bobur

500 yil oldin aytilgan lekin har doim haq bo'lgan fikrlardan yana biri...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Sentyabr 2009, 14:48:29

Siz hamma she'rlardi bittadan o'qib chiqyabsizmi. Man umuman o'qimiman bunaqa she'rlardi.

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 14:56:49

Siz hamma she'rlardi bittadan o'qib chiqyabsizmi. Man umuman o'qimiman bunaqa she'rlardi.

Jamshidjon, qo'pol bo'lsa ham yana ruboiylardan olgan holda javob beraman: Agar qo'limda kitob bo'lib turib o'qimasam, o'qisam-u amal qilmasam, ustiga kitob to'la yuk ortilgan eshshakdan nima farqim qoladi....

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 16:49:35



Yana Bobur Mirzo 5 asrlik nasihatlari bilan bizlarni birlik-birodarlikka chaqirmoqdalar:



Аҳбоб, йиғилмоқни фароғат тутунгиз!
Жамъистингиз борини давлат тутунгиз!
Чун гардиши чарх будурур, Тенгри учун,
Бир-бирни неча куни ғанимат тутунгиз!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2009, 06:34:26


Pedagokikadagilar faqat pul ishlash maqsadida o'qituvchi bo'ladi, 2-3 bolani bo'sayam odam qili dimidi...
Meddagilar odam emas, mol do'xtiri bo'b yetishib chiqadi...
Iqtisodchi o'z foydasini, o'z schyotini o'ylidi...

Hamma shu ahvolda yuraversa, ertaga haqiqiy KRIZIS boshlanadi.



Ozgina adashdingiz. hamma pedagoklar ham pul olish uchun o'qituvchi bo'lishmaydi. Aksincha ko'proq aksariyat talabalar ularni shunga majbur qilishadi. Olmaganiga ham qo'yishmaydi. Misol uchun bizning institutda 1-2 ta o'qituvchilarni aytmasa hammasi yurakdan dars berishadi. Lekin uning gaplarini tinglaydigan talabalar judayam kam. U kimga gapirayapdi nima deyapdi ishi ham yo'q. Har bir domladan o'qib o'z bilimi evaziga 5 yoki o'ziga kerakli bo'lgan bahoni olish mumkin. U xoh poraxo'r bo'lsin, xoh boshqasi bo'lsin hamma hammasi o'qigan boladan pul olishga qo'rqishadi.
Iqtisodchilarni hammasi ham faqat schyotni o'ylashmaydi. Hozirda vaziyat biroz ijobiy tomonga o'zgarmoqda.

InshaAlloh hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

Qayd etilgan