Yana Din Ustozlaridan birining gaplarini tez tez eslab turaman. Qolaversa İyul' oyidan beri Turkiyadagi yopiq makonlarda sigaret ichish ta'qiqlandan beri...
Ustoz: Bir hozirgi kunda sigaret zarardir,deb ayyu-hannos solamiz, milyonlab pullar turli seminarlar uchun ishlatilyabdi. Birgina sigaret haaa..Lekin insonlarga bu zahardan qutilishlari uchun foydali bo'la olmayabmiz, afsus...
Shugina misol ham Payg'ambarimiz Muhamad (S.A.V) ning Dunyoning butun dard-alamlardan qutilishi uchun jo'natilgan, 63 yillik umrlari davomida umuman bashariyatning yashash tarzida haqiqiy inqilob qilgan bir muborak inson, degan fikrni tasdiqlaydi. Chunki Arabistondagi Johiliya davrida insonlar o'z qizlarni tirik tirik ko'mayotgan, haq-huquqlar poymol etilayotgan edi. Arab ayollarining ochiq sochiq raqslarni olib qarang, nima uchun shunday va bizlar uchun harom, chunki Johiliya davridan qolgan...İslomiyat ayolga hech bir dinda berilmagan qadr-qiymatni berdi, aslida. Afsus biz haliyam dinimizni tom ma'nosida yashay olmayabmiz. Dindan oldin Milliy urf-odatlarimiz oldinda kelyabdi. Alloh adolatlidir va adolatni amr etadi. Niso surasida o'qigandim:
15 chi oyat: "Xotinlaringizdan qaysi bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘lga solguncha ularni uylarida saqlangiz! "
Yo Rabbim, bizlar nima qilyabmiz. Bir ayol uchun eng og'ir gunoh sanalgan gunoh ishlaganda ham Alloh avval 4 shohid ol, keyin ularga o'lim kelmaguncha uylarida saqlang, deb buyuryabdi...
Bizlar esa birovdan adashib sms kelgan bo'lsa ham darrov ayolni buzuqilikda ayblab, kochaga otamiz. Turkiyada ham afsus ayolga bazan Diniy qarorlar emas, Milliy qarorlar beriladi. Masalan Turkiyaning Janubiy qismda qurollar juda qattiq, yaqinda gazetada o'qigandim: Bir er ayoliga qo'sninikiga chiqma, degan ekan. Ayoli ham bir narsa so'rab chiqqan ekan, erini xabari bo'libdi, va ayolini burnini kesgandi...
Mashur Yusuf İslom aytgan edi: "Yaxshiyamki, Musulmon bo'lmasdan oldin, Musulmonlarni tanimagan ekanman". Bu gap menga juda qattiq ta'sir qilgan.
Demakki biz Dinimizning amrlarini bajarmayabmiz, haliyam johiliya davridagi kabi milliy qonunlarimiz bilan harakat etyabmiz...
Menimcha avvalo Qur'onning tarjimasini hammamiz tushungan holda o'qishimiz kerak. Chunki bu kalom bizga jo'natildi. Yuqorida, hech kimni qo'li yetmaydigan (asosan bolalarni) joyda chiroyli qutilarda saqlanishi uchun emas, yoki faqatgina o'lganlarni tepasida o'qish uchun emas....O'qib, kundalik hayotimizdagi holatlarda yo'l topaylik, deb yuborildi bizga Allohning kalomi....