Bugungi kun mulohazalari  ( 1482062 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 296 B


Kinjo  02 Oktyabr 2009, 17:48:10

Bugun talabalar ham o`ituvchilar ham taraqqiyotning o`z o`zlariga tegishli bosqichlaridalar....
Dunyoda keskin o`zgarishlarni qilish juda ham qiyin, ammo amalga oshirish mumkin.. Bizdagi talabalarni yo`lga solish yoki domlalarni tarbiyalash dilemmasi masalasi bizning oldimizga qo`yilsa, menimcha yoshlar, aynan ular yani bizlar ertaga dars beramiz jamiyatni to`laqonli a'zolari bo`lamiz...
Keyin mavjud vaziyatdan real xulosa qilsak shunisi natijaga olib boradiganga o`xshash yaqin.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 19:00:58

Biz odatda uyda namoz o'qiganimizda (Turkiyada ayollar Jome, masjidlarda, ayollar bo'lmasida bemalol namoz o'qiyverishadi, alohida tahorat oladigan joylari ham bor) uy kiyimi ustidan bir narsalarni kiyib, kiyimimiz toza bo'lsa ham chiroyli, yarashgan bo'lishiga e'tibor bermaymiz. Yaqinda Din ustozlaridan biri aytgandi: "Siz yuqori mansabdagi biror inson bilan ko'rishish uchun, hattoki ish uchun chaqirilgan joyingizdagi rahbar bilan ko'rishish uchun ham yaxshilab tayyorlanasiz, sochingizdan oyoq kiyimingizgacha chiroyli, toza, yarashgan bo'lishiga e'tibor berasiz. Nutqingizni "joyida" ekanligini sinab ko'rish uchun o'zingiz bilan savol-javob qilib tayyorlanasiz. Ho'sh, Olamlarning Rabbini huzuriga chiqar ekansiz, (namozda) qanchalik tayyorlanayabsiz, kiyimingiz joyidami, yoki bo'lmasa, " 5 minutda o'qib olay", deb pala-partish joynamozga yo'nalyabsizmi?
Namoz uchun alohida chiroyli kiyimlar, joynamozlar uchun qanchalik pul sarf qilyabmiz. Allohning huzuriga chiqish siz uchun muhim bir voqea bo'lsin, alohida tayyorgarlik ko'ring, duoalarni dona-dona o'qishga, iloji bo'lsa ma'nolarini yodlab, nima deyayotganingizni tushunib o'qishga harakat qiling".

Rabbim namozni qardiga yetgan holda o'qishni nasib etsin insholloh. Yana domlalardan biri aytgandi: "Har bir namozingizni, hayotingizdagi eng ohirgi namozni o'qiyotganday o'qing, ana o'shanda siz uchun yanayam qadrli bo'ladi"....







Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2009, 20:29:29

Assalamu alaykum.
Bugun majbur bo'lganim uchun netga pul to'lashlik uchun SharqStrimni kassasiga bordim. Oyni boshi bo'lgani uchun odam juda ko'p edi. Navbat olib kutib turishga va deyarli bir soatcha o'sha joyda qolishga majbur bo'ldim. Erkaklar bir tarafda ayollar (o'zi juda kamchilik edi) boshqa tarfada turib navbat kuta boshladik.
O'sha yerda turib kirib, chiqib turgan yigitlarga har ko'zim tushganida hayronu lol qoldim. Ularning o'zlarini tutishlari,kiyinishlari,saqich chaynashlari,hatto,yurishlari ham o'zgarib ketgan.Qizlarni o'zlarini tutishlaridan hafa bo'lasan kishi.Lekin qizlarini, singillarini,ayollarini tarbiya qiladigan erkaklarni ahvoli shu bo'lganidan keyin qizlardan hafa bo'lishga ham hayron qolasan kishi...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  02 Oktyabr 2009, 21:33:27

Ассаламу алайкум! Сал аввал талаба ва Ледагог(айнан "Ледагог", Муаллим смас) уртасида гаплар булди. Яъни, уларнинг нохуш ахволи хакида гапирилди. Талабанинг дарсга кизикмаслиги, педагогнинг тамагирликдан кочмаслиги куюнарли, албатта. Аммо холатнинг бу каби нохушлиги дарснинг кизикарсиз ва бошка сабабдан смас, балким уша Жаноб "Ледагог" хамда "талаба"нинг дунёда сшашдан асл максад нима сканлигини англамаслигидадир. Шахсан мен 4 йил институтда укиб, жуда купчилик "педагог" ва тенгдош талабаларга савол бериб курдим. "Инсон дунёда нимага сшайди" деб. Аксар киши "Бахтли булиш учун" деб жавоб берди. Тугри, Аллохнинг розилигини топишдек катта бахтга сришиш учун сратилганмиз. Аммо минг афсуфки, менинг саволимга жавоб берган купчилик "педагог" ва "талабалар"нинг тушунчасидаги Бахт бу дунёнинг уткинчи матохларидир. Ааф бермайдиган давлатни бахт санайдиган "педагог" ва "талаба"ларга асли муолажанинг снг каттаси уларга узларини, съни дунёда нимага сшаётганларини англатишдир. Валлоху аълам.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 21:43:57

Shu jumladan "Baxt nima o'zi", degan narsani ham hammamiz har hil tushunamiz.
Qolaversa, har bir soniyamiz, bizga berilgan har bir ne'matning ertaga savol-javobi borligini bilish uchun ham albatta, Yaratganni tanish shart. Butun masalalar aylanib borib, qul haqqi, halol rizqqa borib taqaladi. Agar o'qituvchi darsini haqqi bilan bermasa, talabaning haqqini yegan bo'ladi. Agar talaba darsini yaxshi tinglamas, imtihonlardan o'ta olmay domlaga pul berish uchun tayyor turgan bo'lsa, ota-onasi unga o'qisin,deb ukalarining rizqidan kesib unga bergan pulini esa haromga sarf qilgan va ukalarining haqqiga kirgan bo'ladi.

Aslida butun mavzularda qo'llanmamiz-Qur'onimiz, Dinimizning amri bor lekin mamlakatimizda Din darslari berilmaganligi uchun, har oilada ham "haqiqiy" dinni bilib bolasiga haq nima, qul haqqi nima, degan mavzularda bilim beradigan ota-ona bo'lmagani uchun natija o'rtada...

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Oktyabr 2009, 10:28:35

Assalomu alaykum!
Green Card lotereyasiga ro'yxatdan o'tish boshlanibdi.
30 noyabrgacha qabul qilinarkan.
Bepul registratsiya qilish:
http://www.dvlottery.state.gov

Qayd etilgan


Ansora  05 Oktyabr 2009, 02:56:04

Ko'p marotaba eshitgan rivoyatlarimdan biri, balki aniq yozilgan joylari ham bordir, lekin topa olmadim.

Alloh Taolo, bu dunyoda kunlari tugagandan keyin huzuriga ilk olim, shahid va boy kishini chaqirar ekan.

Olimdan so'rabdi: Sen dunyoda nimalar qilding?
Olim esa: Men sening yo'lingda o'qidim, izlandim va olim bo'ldim.
Alloh esa: Sen odamlar, qarang, olim bo'ldi, deb orqangdan maqtab gapirishsin, deb olimlik talab qilding, mening rizomni unutding, deb uni Jannatidan mahrum etibdi.

Keyin bu dunyoda shahid bo'lgan odamni huzuriga chaqirib ayni savolni so'rabdi, shahid bo'lgan kishi ham aynan: Men sening uchun shahid bo'lishga rozi bo'ldim, deb javob beribdi. Alloh Taolo esa: Sen ham insonlar, qanday mard yigit, deb gapirsin, deya shahidlikka rozi bo'lding, deb uni ham kutganidan boshqa joy nasib etgan ekan...

Alloh zamonasining boy odamini chaqirib, undan ham so'rabdi: Sen nimalar qilding ey qulim?

Boy odam esa, İshladim, pul yig'dim, seni yo'lingda sarf qildim, deb javob berganida, Rabbimiz: Yo'q, sen odamlar seni maqtasin, falonchi shuncha ehson qildi, shuncha bolani o'qitdi, shuncha masjid qurdirdi, deb maqtab gapirsin, deya senga bergan mol-dunyomni o'z nafsing uchun harjading, deb uni ham jazolandirgan ekan.  

Rabbim barchamizga faqatgina O'ZİNİNG rizosi uchun harakat qilishni nasib etsin, bandasi uchun emas.

O'ZİDAN qo'rqishni, cho'chishni nasib etsin, bandasidan emas.

Bu yo'lda, qo'rqmas yurak bersin insholloh....

Qayd etilgan


Ansora  05 Oktyabr 2009, 10:26:35

Kechagina marketdan pomidor olmoqchi bo'lib, navbatga turdim, uzuuunnn rasta bo'lganligi uchun, har hil meva, sabzavot bor. Rastani orqasida esa market sotuvchilari, hohlagan meva sabzavotingizni berishadi. Men ham pomidorning to'g'risiga keldim, mendan orqada turgan ayol esa, darrov "hoyyy dedi, men ham navbatdaman", deb baqirdi. "Ho'p, siz balki boshqa narsalar olarsiz, deb o'ylagandim, buyuring, marhamat," dedim. "Ha buyuraman", dedi, osiq surati bilan, shitob bilan oldinga o'tdi. Men ham "ilgarida yana pomidor bormi", deb so'radim. "Bor", deyishdhi, "qolgan sabzavotlarimni ham olaman bahonada ham u tarafda odam kamroq shekilli", deb ohiriga qarab harakat etdim. Yana odam, yana navbat. Qolgan sabzavotlarni tanlab oldim, ularni torttirish va pomidor olish uchun navbatga turdim. Mendan oldin 3 ayol bor edi. Hammasi ketdi. Birdan boya menga o'shqirgan ayol keib qoldim. Ma'lum bo'lishicha uning eri ham marketda boshqa narsalar olayotgan ekan. Faqat bir narsa eslaridan chiqib qolibdi. Navbatga turmagani uchun birgina sabzavot olish og'ir keldimi, birovdan ruhsat olsak-da kutmasdan olib ketsak, deb gaplasha boshlashdi. Navbat menda edi. Ozgina oldin menga baqirgani uchun ko'zlarini mendan olib qochdi. Himm, dedim ichimda...kutasiz endi...

O'ylab qoldim, rostdan ham odam bolasi:

"KİMMAN EMAS, KİM BO'LAMAN," deyishi kerak ekan....

Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Oktyabr 2009, 07:36:58

Assalamu alaykum.
Bugun majbur bo'lganim uchun netga pul to'lashlik uchun SharqStrimni kassasiga bordim. Oyni boshi bo'lgani uchun odam juda ko'p edi. Navbat olib kutib turishga va deyarli bir soatcha o'sha joyda qolishga majbur bo'ldim. Erkaklar bir tarafda ayollar (o'zi juda kamchilik edi) boshqa tarfada turib navbat kuta boshladik.
O'sha yerda turib kirib, chiqib turgan yigitlarga har ko'zim tushganida hayronu lol qoldim. Ularning o'zlarini tutishlari,kiyinishlari,saqich chaynashlari,hatto,yurishlari ham o'zgarib ketgan.Qizlarni o'zlarini tutishlaridan hafa bo'lasan kishi.Lekin qizlarini, singillarini,ayollarini tarbiya qiladigan erkaklarni ahvoli shu bo'lganidan keyin qizlardan hafa bo'lishga ham hayron qolasan kishi...

Opajon sizni har doim postlaringizni o'qiganimda qanchalik haq gaplarni aytganingizni ko'raman. Siz aytganingizdek hozirda yigitlar ham oppoq emas. Qizlarning ham yigitlarning ham bu ishda birdek aybi bor. Ko'pchillik yigitlarning yashashdan maqsadi bu dunyoda ayshi ishrat, rohat farog'at bilan yashash. Ular har doim otasining topgan pulini bekorga sarflashadi, restoranma restoran yurishib ishrat qilishadi. Lekin bir oz bo'lsada " Men bu dunyoda nima uchun yashayapman?" " Kelajakda kim bo'laman?" degan savollarni berishmaydi. Bu juda ham achinarli hol. Kiyinishda, sochlarni prichoska qilishda yigitlar qizlardan hech bir jihatdan qolishmaydi. Bu qanaqa kiyim deb ozgona tanqid bildirsang " E o'rtoq zamon shunaqa kiyimlarni talab qilyapdi" deb javob berishadi. Hamma narsani ham zamonga to'nkash ularning odatiga aylangan. Zamon hech qachon o'zgarmaydi faqat taraqqiy etadi. Zamon o'sha o'sha Alloh yaratgan bandalari hamon o'sha bandalar. Lekin ularning dunyoga bo'lgan qarashi, dinga bo'lgan munosabati o'zgargan. Zamonning taraqqiy qilishi insonning kiyinishini ham butkul o'zgartirishi kerak degani emasku. Mayli zamonga moz kiyinganda ham unchalik juda ham zamondan chiqib ketish kerak emasku. Afsuski ko'pchillik shunaqa fikrlashadi. Lekin hamma ham emas. Allohga ming shukurlar bo'lsinki o'aimishli, kelajak uchun intiladigan yosh birodarlarimiz ham bor. Allohim ularning safini ko'paytirgin. Ilmga chanqoq bo'lishligini O'zing nasib aylagin . . .

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Oktyabr 2009, 11:37:56

Assalamu alaykum.
Kecha o'g'lim Misr Arab Markaziga o'qishga ketayotganida uyda ozgina kechroq chiqdi.
Bizni uyimiz o'qishiga sal teskari bo'lgani uchun, avtobus umuman qatnamaydi. Avtobus bekatigacha esa ancha yurish kerak.
Endi kech qolaman, dedi chiqib ketayotganida. Qayerdan bilasan, kech qolishingni, balki kech qolmassan, dedimda, kulib,Allohni panohiga deb o'qishga jo'natdim.
O'qishdan keldi, ko'zidagi quvonchni ko'rsangiz, men hali uni ko'zida unday quvonchni ko'rmagandim.
Nima bo'ldi tinchlikmi,dedim.
U bo'lsa hayajon bilan javob qilyapti:"Bilaiszmi, siz balki kech qolmassan, degandingiz-a? Nega sizni ko'p gapingiz to'g'ri chiqadi?"
"Allohga topshirsangiz hamma ishni o'nglaydi-da" shunga dedim kulib. Nima bo'ldi deb so'radim yana.
U bo'lsa kulib kulib shunday dedi:"Shoshib ketayotgandim, bekatga qarab. Oldimga bir VOLGA mashinasi to'xtadi."Ukam mashina eski bo'lsa ham chiqaverasanmi?" dedi. Men hayron bo'ldim. U kishi chiq dedi. Men chiqdim, keyin u kishi:"Men ham yoshligimda biror joyga ketayotganimda shunaqa charchab shoshib ketayotganimda ayniqsa,birorta mashina to'xtab olib ketsaku, deb o'ylardim. Mana katta bo'ldim,Alloh mashinani ham berdi. Shunga seni shoshib ketayotganingni ko'rib, shu bolani olib ketay dedim-da", dedi. Keyin tushib ketayotganimda 500so'm bersam, avtobusga berarsan, deb pulni olmadi", dedi.
Men buni eshitib ko'zimga yosh keldi va Allohu Akbar dedim.
Keyin so'radim:"U yoshi katta kishimi yoki yoshmi?" Yosh juda yosh ekan dedi o'g'lim.
Haqqiga duo qilgin, Alloh rozi bo'lsin undan dedim....

Qayd etilgan