Bugungi kun mulohazalari  ( 1482232 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 296 B


Hadija  06 Oktyabr 2009, 15:30:36

Kecha ajoyib bir hodisani ko'rib hayron-u, lol qoldim...
Ayollar mashina haydashini ham ko'rgan ham eshitgandim, bu borada ancha va yaxshigina baxslar ham bo'lib o'tgani guvohiman. Ammo kecha ko'rganiiim...
Bu ajablantirgani esa, ayollarni TAXI haydab yurishishgani edi... Bilmadim balki kimlargadir oddiy holdir bu, ammo man uchun eeeeng kutilmagan yomon ko'rgulikdek edi holos....
Tavba, ayrim "Erkak"larning shu so'nggi vazifalari ham qo'ldan ketganiga, shu kasbni ham ohirigacha o'zlarida olib qola olmaganiga, shu vafizada ham "ayollar"ning aralashuvi bo'lgani hayratlanarlii...
Ajiib, yana qanday kasb qoldi ekan AYOLLAR egallamagan?!...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Oktyabr 2009, 06:31:29

Kech ma'ruza eshitib o'tirsam ajoyib bir ayol haqida gapirdi.

Uhud jangi bo'layotgan paytlardan bir kuni Rasululloh s.a.v o'ldirilibdi degan xabar jang maydonida tarqalibdi. Lekin Rasululloh s.a.v bir guruh sabalar tomanidan o'rab olingan va dushmandan himoya qilinayotgan ekan. Ko'pchillik jang maydonini tashlab Rasululloh s.a.v ni tashlab qochishibdi. Lekin eng taqvoli, bilimli sohobalar Rasululloh s.a.v ni qo'riqlashayotgan ekan. Shu payt uzoqroqdan bir qilich sudragan odam ko'rinibdi.
Qaranglarchi bu qaysi sahoba ekan debdi Rasululloh s.a.v.
Shunda yaxshilab qarashsa ayol kishi sochlari yoyilgan, qilichni zo'rg'a sudrab kelyapdi. Shunda Rasululloh s.a.v sahobalarga qarab: " Boringlar uni olib kelinglar" deb formon berdilar. Sahobalar borib uni hijob qilib Rasululloh s.a.v ning oldiga olib keldilar. Shunda Rasululloh s.a.v: "Nimaga bu erda yuribsiz? Men aytgandimku sizlarga uyda o'tiringlar bu yoqqa aslo kelmanglar deb nima qilib yuribsiz?" dedilar.
Shunda u ayol: "SubhanAlloh. Biz eshitdikki jang maydonidan hamma sahobalar Rasululloh s.a.v ni tashlab qochishayotgan emish,  jarohatlangan holicha qolib ketibdi deb eshitdik. Shunga agar o'sha qochib ketgan sahobalar ichida mening erim bo'lsa uni mana shu qilich bilan chopib tashlay deb kelyapman yo Rasululloh" deya yig'ladilar.
Rasululloh s.a.v u ayolning haqlariga duo qildilar va "Mana din diyonatli ayol, mana etiqodli ayol" deya sahobalarga o'rnak qilib ko'rsatdi.

Bu ma'ruzani eshitib juda ham yig'lagim keldi. Ularning hayotiga, qilgan ishlariga qoil qolmasdan havas qilmasdan, o'rnak olmasdan nima qilib yuribmiz . . .

Qayd etilgan


zuhrahon  09 Oktyabr 2009, 21:37:15

Yaratganga yaqin bo’ling odamlar!

Jonsiz qushga sig’inarmish odamlar
Alloh buyuk!Kim bo’libdi sanamlar,
Jonimizdan aziz bilib iymonni
Yaratganga yaqin bo’ling odamlar!!!

Siz aslida kimligingiz unutmang,
Yolg’iz zotga qulligingiz unutmang ,
Imoningiz - boyligini unutmang,
Yaratganga yaqin bo’ling odamlar!!!


Qayd etilgan


Munira xonim  11 Oktyabr 2009, 10:22:08

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuh!!!

Bugun bir narsa o'qib qoldim...Va shuni mulohaza qildim. Naqadar ajoyib gaplar...sizlarga ham ilindim...

Bir donishmanddan so'radilar:"Aql va hissiyot nimaligini tushuntirib bersangiz?"
Donishmand dedi:"Ko'pincha ko'ngil jang maydoniga aylanadi.Aql va his o'zaro jangga kirishadi.Agar men sulx elchisi bo'lsaydim, ko'nglingizdagi g'alayonni, raqiblar jangini to'xtatib, har ikki tomondagi lashkarni bitta bitta yo'lga tushishlariga chaqirardim. Siz ham o'z ko'nglingizdagi zarralarni sezganingizda edi, ularning olishuvlariga yo'l qo'ymas edingiz.Aql va hissiyot ko'ngil dengizida suzayotgan kemaning yelkani va burgichidir. Bularning biri bo'lmasa kema halokatga uchrashi aniq bo'lganidek, aql va hissiyot bir-birisiz hech narsa emasdir. Yolg'iz aqlning o'zi qolsa hamma narsani cheklaydi, agar yolg'iz ehtiros qolsa vujud va ruhni "kuydirib" kul qiladi. Shuning uchun aqlingiz hetirosga o'z so'zni aytishga izn bersin, ehtiros esa AQL ko'rsatgan yo'ldan yursin....

Qayd etilgan


Ansora  11 Oktyabr 2009, 13:35:36

"Oyna" degan sayoxat programmasini ko'rdim, bu safar Gollandiyani ko'rsatishdi. Mamlakatda 16 millliondan ko'proq velosiped bor ekan.
Juda ajoyib o'lka , hammasini bu yerda yozish mumkin emas.

4 millondan ko'proq Gollandskiy deganimiz sigirlardan bor ekan:)

G'arbning "Gul bozori" degan nomga sazovor bo'lgan mamlakatda Gul sotishlari ertalab soat 04.00dan kechki soat 18.00 gacha davom etar ekan.

Narkotik modda iste'mol qilish ta'qiqlanmagan o'lkalardan biri...

 

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Oktyabr 2009, 20:08:43

Bugungi eng shov shuvli yangilik kapalak opamiz forumga kirgan ekanlar afsus gaplashishga vaqt bo'lmadida. Insholloh yana kirib qolishsa gaplasharmiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Oktyabr 2009, 10:03:10

Shunday latifa bor:"Qurilish borayotgan joyda bo'h zambilni ko'tarib olib, zuvillab u yoqdan bu yoqqa qatnayotgan yigitlardan bir kishi so'radi:
- Nima qilyapsizlar?
-Tuproq tashiyapmiz.
-Zambillaring bo'm - bo'shku?
Yigitlar zardalanib javob berishdi:
-Ko'rmayapsizmi, ish shunday ko'pki, hatto zambilga tuproq solishga vaqtimiz yo'q!"

Bugun hammamiz ham vaqt tanqisligidan noliymiz. Shu to'g'rimi? Chindan ham vaqtimiz yo'qmi?

Alloh bizga berga bu UMR deb atalgan ulug' nematdni:
Do'stlari qon qarindoshlar ziyoratiga;
ota-onani roziligini olishga;
bemor qadrdonni holidan xabar olishga;
boshiga ish tushgan do'stimizni oz bo'lsada og'irini yengil qilishga;
farzandlarmizga go'zal tarbiya berishga;
qabrga yolg'iz holatda kirganimizda bizga nur bo'la oladigan sahih ilm o'rganishga;
ilmga amal qilishga;
bizga hidoyat va ibodat savobini berishga qodir bo'lgan Qur'oni karim tilovatini qilishga;
kunda bir dona bo'lsa ham RAsululloh SAV hadislaridan yod olishga;
Rasululloh SAV ashoblarining birini hayotidan bir dona hikoya o'qib, uni o'z hayotimizga tadbiq qilishga ishlatmasak...
hammasini bir qilib aytganda solih amal yig'ishga;
Ishlatmasak yana nimaga ishlatarkinmiz, hayronman....

Alloh taolo Qur'oni karimda:"Ular behuda (so'z va ishlar)dan yu o'zgiruvchilardir", deb haqiqiy mo'minlarning sifatlaridan birini keltirdi. "Mo'minun",3.

Rasululloh SAV bir hadisi shariflarida esa:"Inson oxiratda quyidagi besh narsani hisobini bermaguncha,Alloh huzuridan ketmaydi:umrini qanday yashaganligi,yoshligini qay suratda o'tkzaganligi, mol mulkini qanday topib, qayerlarga sarf qilgani va bilganlariga qay darajada amal qilib qilmaganidan", deb marhamat qilganlar.

Alloh azza va jalla har birimizni haqiqiy mo'minlardan qilsin!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Oktyabr 2009, 09:13:23

"œOCHIQ"

Yorqinjon qori hikoya qiladi:
"œQo’qonda inqilobdan avval bittagina yuzi ochiq ayol bo’lgan ekan. Uni hamma beshqo’ldek bilib, nafratlanib, laqabini ham "œOchiq" deb atashar ekan.
"¦ Oradan yuz yil ham o’tmadi. Endi odamlar qo’li bilan "œfalonchi ro’mol o’ragan" deb ko’rsatyapti"¦ O’zi yoshgina ekan-u, lekin "œbabushka" bo’vopti" deyishyapti"¦"

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Oktyabr 2009, 10:20:53

"œOCHIQ"

Yorqinjon qori hikoya qiladi:
"œQo’qonda inqilobdan avval bittagina yuzi ochiq ayol bo’lgan ekan. Uni hamma beshqo’ldek bilib, nafratlanib, laqabini ham "œOchiq" deb atashar ekan.
"¦ Oradan yuz yil ham o’tmadi. Endi odamlar qo’li bilan "œfalonchi ro’mol o’ragan" deb ko’rsatyapti"¦ O’zi yoshgina ekan-u, lekin "œbabushka" bo’vopti" deyishyapti"¦"

Assalamu alaykum.
Kecha xuddi shunga o'xshash bir gap eshitib qoldim...
Uyimga mehmon bo'lib kelgan qizlardan biri bilan shunga o'xshash mavzu haqida gaplashdik.
U hikoya qildi:"Uch kun oldin bir sovchi keldi. Meni ko'rganidan keyin, xuddi boshqa sayyoradan kelgan kishini ko'rgandek hayron bo'lib, onamga:"Vooooyyyy, qizingiz ro'mol o'raydimi?" dedi. Onam:"Haa, qizim ro'mollangan" desala, u ayol:"Bizga "madaniyatli" qiz kerak edi, uzr", deb chiqib ketdi.Onam:"Ey,Alloh shunaqa insonlardan O'zing asraganing uchun O'zingga shukr" dedilar.

Alloh taolo har kimga o'ziga o'xshagan juft ato qilsin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Oktyabr 2009, 10:37:23

Deyarli har kuni televizorda turli oqimlari, sektalarga kirib ketayotganlar haqida ko’p-ko’p gapirilayabdi.
TV ni yoqishiz bn "œNurchilar", "œYegova" sektalariga a’zo bo’lib qolganlar haqida gapiraverib"¦ gapiraverib"¦

Lekin hech kim nimaga bu hol yuz berayabdi? Nima sababdan dib savol bermidi?

Hech e’tibor berganmisiz hindlar molga sig’insayam, toshga sig’insayam, deyarli hamma kinosida albatta ibodati bilan bog’liq sahnasi bo’ladi.
Hech bo’lmaganda biror kor hol yuz bersa "œEy Krishna o’zing qo’lla" dib qo’yadi.

Shu yo’l bilan o’sib kelayotgan avlodda XUDO, UNGA ILTIJO QILISH tushunchalari shakllanadi.
Hozir uyida TV si bo’lmagan xonadonning o’zi bo’lmasa kerak.
Shunday ekan, asl dinimiz mohiyatini TV dami, maktablarda darsdan tashqari yig’ilishlar qilibmi o’rgatishsin!
Bu digani 30-40 ta bolaga ibodat qilishni emas, shunchaki asl dinimiz nimadan iborat, dinda boshqalarga ozor bermaslik, ota-onani, qarindosh-urug’ni qay darajada hurmat qilib, ularga qay darajada e’tibor qaratishlik, ko’chada, uyda, tengdoshlar atrofida o’zini tutishni dinimiz orqali go’zal qilib o’rgatsa bo’ladiku.

"œUNDOQ BO’B QOPTI, BUNDOQ BO’P QOPTI" bilan ish bitmasligini hammamiz bilamiz.
Shunday ekan uni yaratgan ZOTga asosiy tushunchasi bo’lmagan bola ertaga kelajagi aniq bo’lmagan yo’lni tanlashi ANIQ!!! Alloh asrasin!!!


Qayd etilgan