Bugungi kun mulohazalari  ( 1481977 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 296 B


AbdulAziz  14 Oktyabr 2009, 09:20:26

JIN, SEHR VA FOLBINLAR

Yorqinjon qori hikoya qiladi:
Insonni adashtiruvchi kofir jin uch holatda uning ichiga kirib olishi mumkin ekan:
1. Gunohi kabira qilayotganda.
2. Qattiq xafa bo’lganda.
3. Qattiq xursand bo’lganda.
Gunohi kabira qilayotgan paytda kirib olgan kofir jin insonni o’sha gunoh bilan butkul zalolatga uchratishni reja qiladi. Inson o’zini bu gunohdan saqlashga urinsa-da,  jin vasavasa qilib, o’sha gunohi kabirani qildiraveradi.
Inson qattiq xafa bo’lganda, taqdirdan malomat qilib, Allohni esdan chiqaradi. Qattiq xursand bo’lganda ham Allohni unutadi. Shu holatda insonga jin kirib olishi mumkin.
Jinning vasvasalaridan qutulish uchun Qur’on o’qib uni chiqarib yuborish o’rniga, odamlar darhol folbinga yuguradilar. Folbinning ham ichida jin borligi uchun, bemorning ichidagi jin bilan muloqot qiladi. Kofir jin esa insonni zalolat botqog’iga yana-da cho’ktirish maqsadida, uning nomiga qurbonlik so’ysa, o’sha odamdan chiqishini aytadi. Folbin esa jinning talabi bitta tovuq yoki qo’yni qurbon qilish ekanini yetkazadi. So’ng inson jinning nomini aytib qurbonlik qiladi. Tanasidan jin chiqib ketganidan yengillab, folbinga ixlosi oshadi. Bu bilan u ikkita  gunohi kabira qilib, iymonidan ajraladi: birinchidan, folbinni tasdiqlagani uchun, ikkinchidan Allohdan o’zgaga atab qurbonlik so’ygani uchun.
Jin esa bundan so’ng ham tinch turmaydi. Folbinga borib, o’sha odamni o’ziga yana bog’lab berishini talab qiladi. Ixlosi tushgan "œbemor"ga folchi "œshu vazifani olmasangiz bo’lmaydi", deb uqtiradi. Natijada yana yangi folbin paydo bo’ladi.

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 12:27:17

Qo'shni uylardan askar keta boshladi. Kunduz Mavlud o'qitilib, duolar qilingandi. Undan keyin huddi to'yday yarim kechasigacha askarni o'rtog'lari ashulalar aytib o'ynashdi. Shodiyonani ohirida esa "Eng buyuk askar- bizning askar" deb askarga ketadigan bolani osmonga otishdi.
Turkiyada Allohga atalgan qurbonlik qo'y-mollarni rangba-rang qilib bo'yashadi. Keyin bilsam ilgari askarni sochiga xina surishar ekan. Sababi esa "Allohga qurbon bo'lsin bolam ham, shahid bo'ladigan bo'lsa yana Vatani uchun, Rabbi uchun shahid bo'lsin", niyatida xina surisharkan. Keyingi paytlarda esa askarni chimchilog'iga xina surilar ekan, yana niyat "Allohga qurbon jo'naytabman".
"Vatan ona-tuproq, Vatanimiz sog' bo'lsin, farzandim fido bo'lsin...."
O'zimcha o'ylab qoldim, "Farzandimni Allohga shahid jo'natyabman," deya olish uchun qanchalik iymon kuchi bo'lishi kerak...
Bularni eshitib rosa ta'sirlandim,  yig'ladim.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Oktyabr 2009, 08:27:28

Bugungi kunga bir nazar solar ekanmiz yoshlarning juda ham tor fikrlashlari, ularning dunyoqarashi mutlaqo boshqacha ekanligini ko'ramiz. Bitta narsani juda yomon ko'raman "o'zbekchilik" degan gapni. Afsuski bu gapga juda ko'p bor duch kelaman. O'zbekmiz bu ish bizni qo'limizdan kelmaydi degan gaplar har kuni qulog'imga chalinadi.
Ozimning kursdoshlarimning deyarli 90 foiz nima maqsad uchun o'qiyotganligini bilmaydi. Ular shunchaki darsga kelib, NB tushmasligi uchun o'tirishadi. Aynan shular "o'zbekchilik " degan gapni ko'p gapirishadi. Ustiga ustak domlalar ham hammasi emas ba'zilari bu gapga qo'shilishadi. O'zbek millati o'tmishda juda ham buyuk bo'lgan Jahon svilizatsiysiga o'zlarining munosib hassalarini qo'shishgan. Axir ular ham o'zbek bo'lishganku? Nima ular "o'zbekchilik" degan gapni aytishmaganmi? Bularni ham rad etasizmi? degan savollarni jim turib qarshi olishadi.
Kelajakdan umid deymizu lekin . . .

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Oktyabr 2009, 11:25:34

Assalamu alaykum.
Bugun yan Turk ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Dagu Turkistande Chin vahseti" nomli hujjatli filmni ko'rdim.
Yana bir bora qalbim larzaga tushdi...
Butun dunyo bo'ylab musulmonlarga kelayotgan sinovlar, musibatlarni Alloh O'zi daf qilsin.
Bizni bu holatdan chiqishimizga, O'zi yordam bersin.
Din dushmanlariga O'zi kifoya qilsin.
Kofirlar qo'lida vafot topayotgan, o'limini kutib yotgan musulmonlardan O'zi rozi bo'lsin. Ularga shahidlik maqomini bersin. Orqalarida qolgan ahli oilalariga sabru jamiyl ato qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Oktyabr 2009, 11:32:46

Bu dunyo musulmonga zindon, kofirga jannatdir.

Musulmonning asl vatani esa JANNATDIR

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 13:14:44

Turkiyaning 1 chi Davlat kanali TRT 1 da "Ayriliq" degan teleserial berilmoqda edi. Voqealar O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gurjiston, Chechenistonda suratga olingandi.
Keyingi bo'limi Falastinda İsroyilning Falastin xalqiga qilgan zulmlarini mavzu qilib olgandi. Kecha darrov İsroyil Turkiyaga "Siz qanday qilib İsroyil askarini qotil qilib ko'rasatasiz", deb zug'um qila boshladi.
Alloh Alloh, agarda bir Musulmon Davlati Musulmon bo'lmagan o'lkaga kirib, bir kishini bekordan bekorga o'ldirganda edi, butun dunyo oyoqqa turgan bo'lardi.
Afg'oniston qolmadi, Bag'dodni Jome-Masjidlari "balki ichida Saddam Husayn raketalarini saqlab qo'ygandir", degan bahona bilan yer bilan yakson qilindi.
İsroyilni 2 oy davomida Falastinda qilgan bombardimonlarini mavzu olgan film esa bugun yana Turkiyani boshiga balo bo'ldi.

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 13:25:38

Sharqiy Turkistondagi Uyg'ur qardoshlarimizga qilingan shafqatsiz bosqinlarni eshitgan Turkiya xalqi yana qo'lidan kelguncha ko'chalarda namoyishlar bilan Xitoyga bo'lgan g'azabini ko'rsatdi. Hatto Xitoy mollarini olmaylik ham sotmaylik ham, degan muddaoni  o'rtaga tashlashdi. Qayer-daaa. Xitoy sanoati dunyoni qoplab olgan, bundan qutilishning iloji bor-mi? Bir ashyoning huddi asliday qilib ishlab chiqarish esa ular uchun hech muammo sanalmas ekan. Qolaversa inson ko'pligidan bir ish joyida insonlar bir kunda 3 kishi almashib ishlar ekan.
Xitoy kommunist o'lkamiz, deydi. Hammasi yolg'on. Dunyoni ko'zini bo'yashdan boshqa narsa emas.
Yana maqtanib ham qo'yishadi: "Butun Xitoylar bir paytda sakrasak, dunyoni ag'darib yuboramiz", deb, aholi soni 1.321.851.888 (2007 İyul oyi tahminiy raqam) bo'lgani uchun, katta ketishadi.
Xitoy xalqi o'z tuproqlariga sig'magani uchun ham Uyg'ur qardoshlarimizga harhil bahona bilan tazyiq o'tkazib, ularning tuproqlariga o'rnashib olishmoqda....
Qani adolat, dunyo nima uchun Bir Musulmon, Turkiy xalqqa qilingan adolatsizlik haqida hech narsa demadi, deya olmaydi, chunki dunyodagi buyuk kuchlardan biri afsus... ming afsus! XİTOY!

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 13:39:53

Sharqiy Turkiston-Xitoylar bunga "Sinjan"-deyishadi, ma'nosi esa-"Yangi tuproqlar"-degan ma'noni bildiradi. Yani Sharqiy Turkiston-1949 yildan keyingina Xitoy Jumhuriyati tarkibiga majburiy shaklda kirgan.
Bilganimizday, "Bo'l va idora qil". G'arbiy Turkiston yani biz Rossiyani, Sharqiy Turkiston esa- Xitoyni tarkibiga kirdik.

Bizku Mustaqil bo'ldik, Allohga shukrlar bo'lsin, lekin qardoshlarimiz esa haliyam erkin emaslar. Zotan Xitoyni qo'rqqan sababi ham shu, Uyg'urlar ham Mustaqillik talab qilib qolsa, men nima qilaman?
Orada to'polon qilib, Uyg'urlarni qo'rqitib turishiga sabab ham shu!
Aslida Uyg'ur qardoshlarimizning yashagan tuproqlar "Uyg'uriston" deb atalsa eng ma'quli bo'lardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Oktyabr 2009, 19:48:37

Sharqiy Turkiston-Xitoylar bunga "Sinjan"-deyishadi, ma'nosi esa-"Yangi tuproqlar"-degan ma'noni bildiradi. Yani Sharqiy Turkiston-1949 yildan keyingina Xitoy Jumhuriyati tarkibiga majburiy shaklda kirgan.


Bilganimizday, "Bo'l va idora qil". G'arbiy Turkiston yani biz Rossiyani, Sharqiy Turkiston esa- Xitoyni tarkibiga kirdik.

Bizku Mustaqil bo'ldik, Allohga shukrlar bo'lsin, lekin qardoshlarimiz esa haliyam erkin emaslar. Zotan Xitoyni qo'rqqan sababi ham shu, Uyg'urlar ham Mustaqillik talab qilib qolsa, men nima qilaman?
Orada to'polon qilib, Uyg'urlarni qo'rqitib turishiga sabab ham shu!
Aslida Uyg'ur qardoshlarimizning yashagan tuproqlar "Uyg'uriston" deb atalsa eng ma'quli bo'lardi.

Assalamu alaykum.
InshaAlloh  u yerdagi musulmon birodarlarimizni ham tez orada ozod yurt vakillari bo'lishlari uchun duo qilamiz.
Alloh O'z dushmanlari ustidan albatta G'olibdir. Musulmonlarga bir sinovdir bu kunlar. InshaAlloh mo'minlar birlashadigan kunlar ham kelib, qanchalik ko'p bo'lishiga qaramasdan albatta bir kun yengiladi.
SSSR qanchalik kuchli davlat edi.Allohning qudrati bilan parchalandi, yo'q bo'ldi. InshaALloh Xitoyni ham shunday kun kutib turibdi. Va o'ylaymizki yaqin orada,InshaALloh.
Biz mo'minlarni bir joyga to'playdigan kuch ato qilsin Alloh.
SHunda ular qanchalik sakrashmasin,Alloh qudratini oldida chumolidek ham kuchga ega bo'lmay qoladilar, InshaALloh.
Buning uchun biz har bir o'zini musulmonman degan kishi, boshqa birodarlar haqqiga, ayniqsa mazlum, musofir mo'minlar haqqiga duoda bo'lsak,InshaAlloh Alloh bu duolarimizni ijobat qiladi.
Bizni qarindoshlarimiz Qashqar va Urumchida bo'lgani uchun u yerdagi ishlarni haqiqatini ko'proq bilamiz. Musulmonlar qay holatda kun kechirayotgani oz bo'lsada bizga ayon.
Ularga Alloh yordamchi bo'lsin. Kofir qavmni ustidan bizga g'oliblikni nasib qilsin. Qurbon bo'lganlarga va bo'layotganlarga Alloh shahidlik maqomini bersin...

Qayd etilgan


Muslimа  18 Oktyabr 2009, 17:27:20

Turkiyaning 1 chi Davlat kanali TRT 1 da "Ayriliq" degan teleserial berilmoqda edi.
Keyingi bo'limi Falastinda İsroyilning Falastin xalqiga qilgan zulmlarini mavzu qilib olgandi. Kecha darrov İsroyil Turkiyaga "Siz qanday qilib İsroyil askarini qotil qilib ko'rasatasiz", deb zug'um qila boshladi.
Alloh Alloh, agarda bir Musulmon Davlati Musulmon bo'lmagan o'lkaga kirib, bir kishini bekordan bekorga o'ldirganda edi, butun dunyo oyoqqa turgan bo'lardi.

 :as:

      Kuni kecha habarlarda ko’rsatishdi, Isroilni Falastinga qilgan hujumi haqidagi materiallarni yaxshilab qayta o’rganib chiqish haqida SovBez OON dagi yig’ilishda ko’pchilik falastinliklar uchun ijobiy bo’lgan va kutilgan qaroroni qabul qilishdi. Isroil va AQSh esa darrov o’z noroziliklarini bildirishdi. Isroil doimgidek o’zini haq hisoblaydi, vaholanki bo’lib o’tgan voqealarda begunohlarning qoni to’kilganini va taqiqlangan bombalardan foydalanilganini AQSh ham, Evrosouz ham butun dunyo ham biladi.
      Xabarlarda Isroilda bo’lib o’tgan katta qurol-yarog’ ko’rgazmasi haqida ham gapirishdi. Darhaqiqat, eng zamonaviy qurol-yarog’lar Isroli olimlari tomonidan taqdim qilindi. Ular o’zlarini kuch qudrat va imkoniyatlarini dunyoga ko’z-ko’z qilishdi, o’zlaricha. Yana, 1-oktyabr kuni (National Republik of China ni 60-yilligi kuni) Xitoy butun jahonga o’z "œkuch-qudrat" ini namoyon qildi, to’g’rirog’i maqtandi. Armiyasi, qurollari va hokazo....
      Lekin KUCH QUDRAT SOHIBI YOLG’IZ ALLOH!!! Alloh xohlasagina bu qurollar ularga foyda beradi, xohlamasa...... Ahir Badr jangida ham Alloh mushriklarning ustunligiga qaramay musulmonlarni O’zi qo’llagan ku!
Alloh taolo Qur’oni karimni Xashr surasi 4 oyatida "œKimkin Allohga qarshi tursa, bas, albatta Allohning jazosi qattiqdir" deb va’da qilgan. Musulmonlarga qarshilik, bu Islomga qarshilik. Islomga qarshilik — Alloh TAOLOGAga qarshi turishlikdir. Albatta, ALLOH VADASIGA VAFODORLARNING ENG VAFODORIDIR!

Qayd etilgan