Bugun Turkiyada Jumhuriyat Bayrami. Jumhuriyat qurilishining 86 yilligi qutlanmoqda. Butun mamlakatda va Shimoliy Kiprda rasmiy tatil.
Shu o'rinda Turkiya Jumhuriyatining quruvchisi Mustafo Kamol Otaturkni rahmat bilan eslayman. Otaturkning hayoti bilan bog'liq juda ko'p voqelar bor.
Menga eng ta'sir qilganini sizlar bilan baham ko'rmoqchiman...
İngliz Qiroli VIII chi Edward İstambulga kelganida Otaturk Qirolning sharafiga mehmonlarga ziyofat beribdi. Ziyofatdan oldin esa, "İnglizlarda oqshom ziyofati qanday beriladi, buni bilgan insonni topinglar, yohud oshpaz topinglar", debdi Otaturk.
Va nihoyat bu ishni biladigan bir zotni topishibdi, dasturxonni ham taomiliga ko'ra bezabdilar. Qirol oqshom dasturxonida o'zini saroyida o'tirganday his qilib rosa xursand bo'libdi. Otaturkka qarab: "Sizni qutlayman, o'zimni Buyuk Britaniyadagidek his qildim", deb tashakkur bildiribdi. Mehmonlarga esa faqat Turk ofitsantlar xizmat qilayotgan ekan. Bulardan biri hayajonlanib, qo'lidagi ovqat to'la tovoqni yerga tushirib yuboribdi. Ovqat hamma tarafga sochilib ketibdi....
Mehmonxonadagi hamma uyalganidan, ofitsantlar esa qo'rquvlaridan qotib qolibdilar. Shu payt Otaturk go'yat sokin shaklda Qirolga qarab:
"Bu Millatga hamma narsani o'rgatdim, lekin xizmatkorlikni o'rgata olmadim", degan ekan.
Dasturxonda o'tirganlar Otaturkni gaplaridan keyin yengil nafas olib, mamnun bo'libdilar.
Otaturk ofitsantga qarab kulimsirabdi va "Sen ishingni davom ettir" degan ekan....
Menimcha bir lider o'z xalqini kamida shunday qo'rishi kerak....
Otaturkning bu vaziyatdagi muomalasi o'ta go'zal bo'lgan ekan, qadimgilarni "xavas qilsang etkizadi.." degan so'zlari bor, xavas qilaveraylik bizga ham shuningday liderlardan etkazsin.
Ataturkning qanday o'tganligini bilmay turib bunaqa deyish yaxshi emas. To'g'ri u yaxshi boshliq bo'lgan, juda ko'p ishlar qilgan, Turkiya uchun faqat Turkiya uchun....
Aynan Otaturkning qanday o'tganligi haqida siz ham qanchalik ma'lumotga ega bo'lmasdan, "faqat Turkiya uchungina ko'p ishlar qilgan", deyishingiz ham noto'g'ri.
Davrimiz kasalliklaridan biri bir shahs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan, asosan (afsus!!!) yomon hulosalarga borish sanaladi.
Men ham Otaturkni ilk tanigan kunimdan beri u kishi haqida turfa hil gaplar eshitganman: "Uning nomini tilingga olma", "u din dushmani", "u ichkiboz", shunday bunday degan yomon gaplardan torting, uni dohiy darajasiga ko'tarishgan gap-so'zlargacha. Men shahsan, Sovet paytida Lenin vhk shahslarga sig'inishdan to'ygan insonman. Shuning uchun Turkiyada ham Otaturk haqida turfa hil juda oshirib yuborilgan fikrlarga juda sovuq qarayman. Chunki bundan fikrlarga "qornim to'ygan" vaqtida.
Keyingi paytlarda Turkiyada ham Otaturk haqida uning ham bizday bir inson bo'lganligi, o'ziga yarasha gunohi-savobi bo'lganligi haqida kitoblar yozila boshlandi, hatto "Mustafo" degan kinofilm ham ishlandi. Yana bazi bir insonlar bularga qarshi chiqishdi. Bu tur insonlar Otaturk shahsini qo'llab bazi insonlarni "ezishni" mo'ljallashgan.
Qolaversa bu tur insonlar Davlatning jiddiy maqomlarida ishlashgani uchun Otaturk haqida ozgina bo'lsa ham salbiy tushuncha bildirsangiz sizni darrov qamoqqa tashlash qonunini ham qabul qilishgan!
Shahsan men bir inson haqida fikr bildirishim uchun ko'plab kitob o'qishni, u inson haqida ko'plab izlanishlar olib borgan shahslar bilan suhbatlar qilgandan keyin bir holosaga kelishni ma'qul ko'raman.
Bundan tashqari, har bir shahsning hayoti uning o'ziga bog'liqi bekorga : shahsiy hayot" deyilmagan. Aroq ichadimi, boshqa narsa qiladimi, ertaga o'zi javobini beradi.
Men u "lider" deyilgan shahsni qilib ketgan ishlariga qarayman. Nima qildi, qanday sharoitlarda qildi, bu juda muhim.
Qiyin sharoitda bir narsalar qilish qiyinligini hammamiz bilamiz. Otaturk Usmonli Davlatining butun urushlardan yengilib, tuproqlari talon-taroj qilinayotgan bir paytda Allohning Turk Millatiga ne'mati bo'lib tarix sahnasiga chiqdi. Butun suhbatlarida, hozirgi kunda kitob holiga keltirilgan butun asarlarida "Turk" deb takror-takror ta'kidlashiga sabab, Turkiyaga dunyoning butun kuchli Davlatlarining dushman bo'lishi va Turklarni bir paytlar ko'chib kelgan O'rta Osiyo tuproqlariga qaytib surishga qarshi, "O'zingga kel" deyish uchun aytigan jumlalar edi.
O'ylab qarang, (hatto!) 1920 yilda İstambul Yunonlar tarafidan qamal qilingan edi.
Otaturk sarkarda edi, urush strategiyalarini juda puxta egallagani va asosiysi Allohning yordami bilan butun qamal qilingan shaharlarni bir-bir qaytib oldilar.
Turkiyadagi taqvimlarni ishlatar ekanman, doimo diqqatimni tortgan bir narsa bo'ladi: Har kuni bir shahar qamaldan ozod qilingan. Bu sanalar 1930 largacha davom etib keladi.
Ho'sh, bizda ham shundan bir sarkarda chiqsa edi va bizni shaharlarimizni kunma-kun, yilma yil Xalqi bilan yonma-yon Chor Rossiyasini qo'lidan qutqarib olsa edi, biz uni Otaturkday ko'klarga ko'tarmasmidik? Qanchalar hohlar edim shunday bir sarkardamiz chiqsa edi-da biz ham 80 yil na Dinimizga na Millatimizga oid bo'lmagan tuzumda yashamasligimizni.
Shu o'rinda bir narsani ham aytib o'tay, bazilarimiz aytishlari mumkin, Turklarni namuncha yaxshi ko'rasiz, turmush o'rtog'i Turk bo'lgani uchun shunday o'ylayabdi, deyishingiz ham mumkin. Aslo! Men endigina Universitetga boshlagan yillarim Turk tili va adabiyoti o'qitıvchimiz va oilasidan juda ko'p narsa o'rgandim.
Turkiyadagilar O'zbeklarini hech farqli bir irqday, boshqa Millatday ko'rishmaydi.
Qachon qaramang, "Qardosh o'lka" deb qarshi olganlariga guvoh bo'ldim.
Hatto ayamlar o'tgan yili meni to'yimga kelishar ekan, samolyotda shunaqangi ta'sirlanishibdiki, "biz rostdan ham o'zimizni Turklarni ichida hech begonaday his qilmadik, ular biroz Xorazmliklarday gapirishar ekan holos,qizim", deb rosa hursand bo'lishgandi. Bu yerga kelgandan keyin ham ayni holatdan juda sevinishdi.
"Qizim bular ham bizday insonlar ekan-u rosa tortinayotgan edim", deb ayaginam ketguncha gapirdilar.
Hullas, men hech kimga Turklarni maqtash ular haqida gapirish uchun qarzdor emasman, faqat to'g'ri, deb bilgan narsalarimni gapirib o'tish ham vijdonimning amri...