BILINMAS
Maxtumquli
Dardim bordir diyorimdan, davrimdan,
Xayr qaysi-yu, ehson qaysi bilinmas.
Zolimlarning jafosidan, jabridan,
Islom qaysi, imon qaysi bilinmas.
Suhbatlarda Haq kalomin aytar yo’q,
Majlisida bir nasihat qilar yo’q,
Halol qaysi, harom qaysi, bilar yo’q,
Foyda qaysi,ziyon qaysi, bilinmas!
Xaloyiqda ibrat ham yo’q, ko’rim yo’q,
Boylarida saxovat yo’q, berim yo’q,
Ayolida or, qizida sharm yo’q,
Odob qaysi, arkon qaysi bilinmas!
Kishining moliga ko’zin ildirar,
Tassubda dilga gina to’ldirar,
Bir — birini nohaq yerda o’ldirar,
Najot qaysi, omon qaysi, bilinmas!
Maxtumquli, jon mehmondir, tana — losh, (jonsiz tana)
Yaxshiga do’st ko’pu yomon beqardosh,
Bu ayyomda bosh oyoqdir, oyoq — bosh,
Yaxshi qaysi, yomon qaysi, bilinmas!