Bugungi kun mulohazalari  ( 1481960 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 296 B


Ansora  23 Yanvar 2010, 20:12:13

Radio eshittirishlardan birida eshitgan (Turkiyada bo'lgan voqea) hikoya meni qattiq ta'sirlantirdi.

Balki namozimizga yana ham qattiq "yopishishimizda" sabab bo'lar degan umidda, sizlarga ham Turk tilidan tarjima qilib havola qilyabman. Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr.

Yashil rang


Yo’lda uchrashganimizda azon o’qilayotgandi.

-Kel seni Jome’ga olib boray, bugun Juma  bilasan,dedim. Oldin ham huddi shunday taklif etganimda rad etgani uchun , o’rtog’im :

-Sen ham mening yo’q deyishimni bilasan, bekorga majburlama meni, dedi.

-Ho’sh, dedim nimaga Jome’ga bormaslik uchun oyoq tirayabsan, dedim. U bo’lsa:

-Bilmadim shu bo’lmayabdi-da deb javob berdi. Balki atrofimdagi insonlarning  ta’siridir va ko’ngilxushlik qiladigan joylarni ko’proq yaxshi ko’rishimning sababi bor. Ham shimimni dazmoli ketib, g’ijimlanishini yomon ko’raman, dedi. Quloqlarimga ishonolmay,

-Xazil qilyabsan-a dedim, bu oddiy sabab yuzidan Jome tark  etiladimi?

-Yo’q go’yat jiddiyman, kiyimimning dazmoliga, ayniqsa yashil rangga o’chligimni juda yaxshi bilasan-ku dedi.

Rostdan ham shunday edi, kiygan kiyimlarining ranglarini yashilning hilma hil tonlaridan tanlar, juda boy oilaning bolasi bo’lgani uchun qimmatbaho oyoq kiyimlari kiyar, mahsus sartaroshiga har kuni borar va eng yaxshi restoranlarda ovqatlanardi. Hatto eng ohirgi model mashinasining rangini ham yana yashil rangdan tanlagan edi.

-Umringda hech Jomega bormadingmi, deb so’radim.

-Bolaligimida buvam bilan bir-ikki marta borgandim. Faqat bundan keyin borishga hech niyyatim yo’q.

Aytgan gaplari meni juda hayron qoldirgandi va bu mavzuni ochganimga o’ta pushaymon bo’lgandim. U bilan qo’llarimizni siqqan holda hayrlashdik"¦

U bilan bu mavzuni gaplashganimizga 2 oycha bo’lgandi. Menga uning Jomeda ekanligini aytishdi. Darrov Jomega bordim. Hovlidagi namoz saflarining eng oldida turar, ustida esa yana yashil ranglar bor edi"¦Sekingina yoniga yaqinlashdim va past ovozda:

-Qani dedim, Jomega hech kelmoqchi emasding, qani, deb so’radim.

Hech ovozini chiqarmadi"¦

Chunki musallo toshining ustida, yashil rangli matoga o’ralgan tobut ichida yotardi"¦



Qayd etilgan


Mr.Twister  27 Yanvar 2010, 10:35:18

Eng ta'sirli voqealardan biri

Qayd etilgan


Afruza  28 Yanvar 2010, 22:13:05

Bugungi kunim ham o'tib boryapti.
Ertalabdan o'qishimning kontrakt pulini to'lash uchun tashqariga yo'l oldik. Borsak, navbat ham yo'q. Ishimiz onson ko'chdi.
Qaytishda qor yog'ib ketdi. Naqadar chiroyli! Bir inson uchun sovg'a olish maqsadida savdo markaziga yo'l oldim. Kitob rastasiga burilib, qarasam, o'qishni niyat qilganim,  Tohir Malikning "Odamiylik Mulki".  Sotib oldim. Sovg'aga ham yaxshi narsa tanladim. Bo'ralab yog'ayotgan qor ostida piyoda ketar ekanman, Allohga shukronalar keltiraman. Shu kunlarga yetishganim uchun, go'zallikni, shukronalikni anglay olayotganim uchun shukrona keltiraman. Olam yaxshiliklarga burkanib yotganini ich-ichimdan his qildim. Atrofdagi insonlarning bir-birlariga munosabatlarni samimiy. Huddi ularning qalbida ham meniki kabi hislar o'tayotgandek.
Ishxonadayam hammasi ko'ngildagidek o'tdi.
Sal oldin dugonam telefon qildi, yakuniy nazoratlarning baholari chiqibti, fonetika, sotsiologiya 5 qo'yibdi.
Hullas, bugungi kunim yaxshiliklarga to'la bo'ldi. Yaratganga shukr.
Qiladigan yana bir ishim qoldi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 16:17:11

Kechagi hafta Chorsuda quyidagi yozuvni ko'rib xursand bo'ldim:



Qaniydi boshqa joylarda: masjidlar va ta'lim muassasalari hududi va u yerning kamida 100 metr radiusida ham shunday taqiqlar qo'yilsa va bunga amal qilinsa...

Qayd etilgan


Zamiraxon  01 Fevral 2010, 16:23:21

 :as:
Bugun forumdagi bir dugonam bilan uchrashdik, ancha bo'lgandi ko'rishmaganimizga. Fatimaxon hammaga salom aytib qo'yishimni iltimos qilgandi.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  02 Fevral 2010, 00:03:01

:as:
Bugun forumdagi bir dugonam bilan uchrashdik, ancha bo'lgandi ko'rishmaganimizga. Fatimaxon hammaga salom aytib qo'yishimni iltimos qilgandi.
Salomat bo'sinla, forumgayam kirib tursinla anchadan beri yo'qla adashmasam...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  02 Fevral 2010, 19:04:09

Ассаламу алайкум. Абдулхафиз узиз тузумисиз? Биздан хафа булмайсиз ака булиб, хол хам сурай олмаймиз... Бугунги кун хам хар кунгидек мулохазаларга бой кун булди. Амма Аллохга хамд-ки, бошка кунлардан фаркли тарзда, хулосалари ижобий. Атрофга бокаман, Гаитида зилзила туфайлик казо килганларнинг жасади кундан кун ортмокда. Очлар дод солмокда. Одамлар бошпана ва сртага етмайдиган озик-овкатсиз колди. Леруда булган сел тошкини туфайли юзага келган холат ачинарлик. Американинг айрим худудларида булаётган торнадолар... Ундаги одамлар нима килишни билмайди. Улар "Инна лиллахи ва инна илайхи рожиун" деб истиржо айтишни билмайдилар. Аллохга хамд ва истигфор айтишни билмайдиганга шунча мусийбат келаспти. Бурда биз корни тук, устимиз бут, бошпанамиз тукис, снг асосийси, тукчиликда шукр, йукчиликда сабр килишни биладиган МУСУЛМОАЛАА  бир-биримиз ила ёка бугишсак, сртага холимиз не кечади? Бунинг бадали огир, жуда огир булмасмикин? У Гаитидаги корни оч, бошпанасизнинг ахволи бизникидан холва булиб колмасмикин... А Аллох узинг калбларимизга мухаббатингни жойла. Биродарлар дуоларизда унутманг.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  02 Fevral 2010, 20:25:55

Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Bugungi kungi mulohazalarim.
Bolalik bilan xayrlashganimga ham uncha ko'p bo'lmadi. Hozirgi kunda talabaman. Hamisha katta bo'lishlikni, ko'p narsalar bilishlikni, mustaqil bo'lishlikni, hadeb tergamasliklarini hohlardim. Oddiygina qilib aytganda ulg'ayishga shoshilgan ekanman. Kunlar shunaqangi sekin o'tardi. Bir kunim yuz yilday tuyulardi. Bolalik ... Balog'at ... Yigitlik ... Qarilik ... va yana Bolalik.!
 Agar bolalar biron bir nojo'ya ish qilib qo'ysa,  " - Nega bunaqa qilding? " deb so'raymiz. Bolalar aytishadi, " - Xov anavi ham qildiku, men ham qilsam nima qilibdi."  Biz aytamiz, " - Sen o'zinga javob ber."  Bola mulzam, nima deyishini bilmaydi. Bola baribir bolada qiladigan ishini fahmiga yetmaydi.
Bizchi? Biz kattalar ham ba'zida bolalardan ham battar, yo'q aniqrog'i ba'zida emas, har doim shunaqamiz. Falonchi unaqa qilayapti, falonchi bunaqa qilayapti deb yurak bag'rimiz o't bo'lib yonadi. Xuddi quruq qolib ketganday, o'zimizni o'tga cho'qqa uramiz. Qancha vaqt shunaqa qilarkin deb o'ylab ham ko'rmaymiz.  Xoy baraka topgur sabr qilgin, boriga shukr qilgin deyishsa ham, yo'q undan qayerim kam deymiz-u, o'sha qilganda men qilmaymanmi deb hech tap tortmasdan qilaveramiz. Bolalarimiz bir xato ish qilib qo'ysa, o'zimizni bunda aybdor ham his qilmaymiz. Omon bo'lsin birodarimiz, osongina bor yo'g'ini unga ag'daramiz qo'yamiz. Nima emishki, o'sha buzgan tamom vassalom. Bilmaymizki, asal hech qachon aynimaydi.
O'ylab qarasam, bizlar bola tabiat ekamiz. Asal yeyishni yaxshi ko'ramiz-u, ammo yetishtirishga kelsak, qochamiz. Ollohning  iymonli, e'tiqodli bandalari bor ekan, InshoOlloh, biz o'shalar soyasidan barhamand bo'lib turamiz. O'shalar borki, dunyomiz tinch, fayzli va barokatlidir. Men yashab turgan joy - tinch, fayzli va rizqli ekan, demak men Ollohning suygan bandalari bilan birga ekanman, InshoOlloh. Shunday barokatli kunlarga yetkazgan mehribon Olloh taologa mingdan - ming hamdlar aytib qolaman.

Yaxshi amallar hamisha hamrohingiz bo'lsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


siddiqa  03 Fevral 2010, 01:33:24

.
Hullas, bugungi kunim yaxshiliklarga to'la bo'ldi. Yaratganga shukr.
Qiladigan yana bir ishim qoldi...

haaaa,hali qiladigan ishlar ko'p ,kutilmagan ishlar ham ....Alloh onson qilsin .

Qayd etilgan


Abdulhafiz  03 Fevral 2010, 08:34:52

Ассаламу алайкум. Абдулхафиз узиз тузумисиз? Биздан хафа булмайсиз ака булиб, хол хам сурай олмаймиз...
Alhamdulillah yaxshi yuribmiz oka rahmat. Hafa bo'lganimiz yo'q, InshaAlloh gaplashamiz hali...
Duoda bizni ham unutmang.

Qayd etilgan