Bugungi kun mulohazalari  ( 1481225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 296 B


Ansora  04 Fevral 2010, 22:57:18

Bilasizlar, dunyoning bazi yerlarida juda sovuq bo'lyabdi bu oralar. Shu jumladan İstambulda ham qattiq sovuq bor.

İstambulda yashaydigan 75 yoshli bir otaxon uyining bir xonasini ko'chadagi kabutarlarga ajratibdi. Sababi qushlarning tumshuqlari ham muzlab, o'la boshlagan ekan...

Bazan inson bolasi shu darajada shafqatliki bunday xabarlarni eshitib insonni ko'zlari namlanadi...

Qayd etilgan


braupov  04 Fevral 2010, 23:09:42

Bugun peshinda IKKI janoza namozida bo'ldim. Birlari 90 yasharli onaxon birlari esa 1 kunlik chaqaloq.
Shunda yana bir-bor amin bo'ldim o'limning muqarrarligiga !     

Qayd etilgan


siddiqa  05 Fevral 2010, 08:03:09

Birodarlarning o'g'li Abu Bakr 4 yoki 5 yosh ,20 surani yod olibdi .........
onalari hafa hech narsaga ulgurmadik deb .........

Qayd etilgan


Muhammadali  10 Fevral 2010, 01:24:10

Assalomu alaykum Aziz brodarlar,

Shu kunlarda ich etimni bir dahshatli o’y-fikr kemirmoqda. Mana Birlashgan Arab Amirliklariga kelganimga 4 yildan oshib qoldi. Shuncha yillar davomida har hil odamlarni ko’rdim yani yahshiyu-yomon, dindoru-dinsiz, hayoli va behayolarni. Bu yerda Masjidlar juda kop. Aksariyat odmalar bu yerda pul ishlash uchun kelgan odamlar. Bularni orasida halol yo’l bilan rizqini terib yurganlar bor, harom yol bn pul ishlab yurgan odamlar ham bor. Bu yerda aksariyat odamlarning topayotgan maoshi yeb ichishdan tashqari o’ynab kulishga ham yetadi. Shunday odamlar borki, kechirayotgan hayotidan qoniqmasdan qandaydir o’zgacha "œlazzatli" narsalarni ham totib ko’rmoqchi bolishadi. Yozmoqchi bolgan gaplarim bilan kimnidur g’iybat qilmoqchi emasman. Maqsadim shu postimni songida sizlardan mazlumlarni haqqiga duo talab qilish. Hullas ular "œlazzatli" deb o’ylayotgan o’sha  narsalarni bizni O’zbekistonimizdan ozimizni bazi bir qora niyatli faqat shu dunyosini sevadigan odamlar taqdim etmoqdalar. Aytmoqchimanki hozirda Emiratda qiz bolani olib kelib sotish juda ham serdaromad ish bo’lib qolgan. Buni man aytmasam ham hammaga malum. Manga alam qilgan tarafi shuki. Bugun ukam bilan viza ishlari bo’yicha vizalar bo’limiga borgan edik. Vizani tasdiqlatish uchun shu bolimni boshlig’ining oldiga kirdik. Salom Alikdan so’ng u kishi bizdan
-   Musulmonsizlara? - deb soradi.
-   Alhamdulilloh musulmonmiz — dedik.
-   Musulmonlar ko’pmi sizlarda — dedi boshliq
-   Ha albatta o’zbek millati orasida birorta g’ayriddinni kormaganman. Ozbekistonda ruslar, koreyslar va shunga o’hshash boshqa milatga mansub odamlar o’zga dinga mansublar. Lekin O’zbeklarimizning hammasi musulmon InshaAlloh — Deb javob berdim.
-   Uka — dedi boshliq — hafa bo’lmaginu bitta savolim bor: Nimaga musulmon bo’la turib shuncha ozbek qizi kelib fohishalik bilan shug’ulanishmoqda —degan edi. Nafasim ichimga tushib ketdi.
Bu gapim bilan ozbek qizlarimizni barchasi yomon demoqchimasman. Allohga shukurki yahshilari yomonlaridan kora ko’proq. Lekin shu yomon deb atalmish qizlar ham kimningdur qizi, kimningdur singlisiku. Emiratga kelib adashib qolgan bir ikki qizni holini sizlarga bayon qilay:
O’tgan yili internetda Emiratdagi ozbeklar bilan tanishib koray deb ozbek saytlaridan biriga kirib kordim. Qarasam bir qizga kozim tushdi. Salom alik qildim. Keyin bu saytda ozimni ortogim ham bor ekan u bn ham gaplashdim. Hullas netni ochirib uhlashga yotgan edim. Haligi qiz telefonimni ortogimdan olibdi. yarim kechasi soat 3 larda Mobilniy telefonimni qo’ng’irog’idan uyg’onib ketdim qarasam notanish raqam telefon qilyapti. Javob bersam o’zbek qizi salom berib man bn gaplashishni boshlab ketdi. Juda qiynalganini qanday qilib kelib qolganini manga bayon qilib ketdi.
Aytishiga qaraganda 2001 yilda ota onasi janjallar tufayli ikki tomonga ajraydi. Hullas bu qiz otasi bilan qoladi. Otasi qattiq kasalga ucharaydi. Vrachlar operatsiya qilish kereligini aytadi. Operatsiya puli juda ham qimmat bo’lgani uchun 15 yoshli qiz bechora maktabni tashlab harhil joylardan ish qidira boshlaydi. O’zidan kattaroq yoshdagi bir qiz unga bir maslahatni beradi. - Singlim hulas bir odamlarni bilaman. U odamlar bokira qizlarni emiratga olib borishadi. Bokiraligini ularga sotasan faqat bir kecha emiratda qolasan ertasi kuni 5000 dollar bilan qaytarib yuborishadi O’zbekistonga. Kelib otangni davolaysan. — deb yomon yo’lga boshlaydi. 15 yoshli qiz aqli hech narsaga yetmay unga rozi boladi. Hayolida otasini davolash. Otasiga man Rassiyaga tsehda ishlashga ketyapman deb yolg’on gapirgan. Hullas u qiz emiratga kelgach. Qo’lidan passportini olib chiroyli qilib kiyintirib, kun kech kirganda Emiratni bitta boyvachchasini oldiga kirgazib yuborishgan. Tong ham otgan o’rtada turgan o’zbek pulini olib qizni ozini "œishlashjoyiga" olib brogan. Hullas ikki honali kvartira ichida O’zbek qizlar. Shunday qilib qizni qo’lma qo’l qilib yuborishgan. Qochishga harakat qilib korgan qizni o’sha O’zbek ushlab rossa dopposlab, - yana bir marta qochsang, sochingni kal qilib olib tashlayman degan. Hullas oradan bir yil otib otasini o’lgani haqida habar olgan. Hullas shu qizni aytishicha O’sha biznismen bir ikta kattaroq yo’shli o’zbek ayollarini bu qizlarga boshliq qilib qo’ygan. Mijoz kelgan payti shu ayol buyuruq berib san kirasan bu odamni oldiga deb qizlardan birini tanlar ekan. Hullas Mijoz pulini manashu ayolga to’lar ekan. Qizlarga esa bir tiyin ham berilmas ekan. Bu qizlar hutti avtobus haydovchilariga o’hshab plan topshirishar ekan. Bu qizlarga tushayotgan pul faqat ko’nglidan chiqarib ishini bajarganidan song 5 — 10 dirham berib qoyishar ekan o’sha fohish erkaklar. Shunday kunlarning birida navbatdagi ikta mijoz haligi qizni oldiga kiradi. Qizni yig’lab otirganini korgan bu yigitlar nimaga yiglayapsan deb sorashadi. Qiz aytadiki: - man to’yib ketdim o’lgim kelyapti mani bu joydan qutqaringlar deydi. Haligi bollar bu qizni honadan olib chiqib ketishadi. Hullas eshikbon ayolga biz bu ishni ozimizni uyimizda bajarmoqchimiz ertalab tashlab ketamiz deb 100 dirham koproq tolab qizni olib chiqib ketishadi. Tashqariga chiqib qizni taksiga otkazib qo’liga anchagina pul berib endi san ozodsan hohlagan joyinga bor deb taksini eshigini tashqaridan yopib qoyadi. Hullas u qiz hozirda bir arab odamga no rasmiy ravishda turmushga chiqib hayot kechirmoqda ekanligini aytigan edi. Undan osha arab bilan suhbatlashmoqchi bolganimni aytdim. Yonida otrib hamma gapimizni eshitib otirgan ekan. Hulas u arabga tayinlab aytdimki iltimos bu qizni qaytib bu yolga kirgazib qoymagin dedim. Manga vada berdiki inshaAlloh bunday ishni boshqa qilmaydi dedi.
Ming bor uzur brodarlar yani bu kabi iflos ishlarni qilayotgan odamlarni ishini aytishni ozi ham gunoh bo’lsa kerak. Balki bu gaplarni bu yerda aytish yarashmas lekin ozbeklarimizdan uyg’onishni talab qilmoqchiman. Qayerga qarab ketyapmiz. Hamma musulmon birodarlarimizga murojatim - qiynalgan oilalarga bu yo’lga kirib ketib qolmasligi uchun Allohni yo’lida yordam beriylik. Bo’yiga yetgan lekin yo’qlik sababli erga tegolmayotgan qizlarimizni turmushga chiqishlariga yordam beraylik, Uylanolmayotgan birodarlarimizga yordamimizni ayamaylik. Nima uchun kimdur fohisha bolib ketsayu bizni parvoyimiz palak. Nima uchun dabdabali to’ylar qilamiz? Kimga ko’rsatmoqchimiz o’zimizni? Tog’ri bu qizni ozi aybdor. Allohni rizqlantiruvchi zot ekanligini bilmagan. Allohga tavakkal qilish nima ekanligini bilmagan. Faqatgina fohishalik bn otamni qutqarib qolaman deb oylagan. Lekin ozimiz ham shu haqida o’ylab ko’raylik. Qizlarimiz shu holatga tushishiga kim aybdor?
Brodarlar Allohdan qo’l ochib duo qilaylikki, Bizlarni o’zimizga zulm qilib qo’yguvchilardan qilib qoymasin. Allohim O’zbekistonimizni tinch va osuda qilsin. Ozbekistonimizni ichidagi va chet eldagi barcha ozbeklarimizni ham Alloh panohida asrasin. Yomonlarga Allohning o’zi kifoya qilsin. Fahsh yoliga bilib bilmay kirgan o’zbek erkagu ayollarimizni Alloh o’zi hidoyatga boshlasin. Barcha narsadan habardor va O’zi hohlasa barcha yomonlarni bir soniyada yo’q qilib yuborguvchi Allohga qasam ichib aytamanki bu dunyo qasosli dunyodir. Kimdur kimningdur qiziga ko’z olaytirgan bo’lsa albatta o’zgalar ham shu odamning singlisiga yoki qiziga ko’z olaytiradi. Kimdur kimningdur singlisi bilan zino qilsa albatta ozgalar ham shu odamning yaqini bilan zino qiladi. Magaram tavba qilguvchilarni ohirgi nafasi chiqgunga qadar tavbasini qabul qilguvchidir Alloh va U barcha yomon sifatlardan pokdir. Shayton kofir bolishidan oldin Allohning birgina buyrug’ini bajarmaganligi va Kibr qilganligi bois jannatdan quvildi. Bizga Alloh buyurgan qancha buyruqlarini bajaryapmizmi? Brodarlar o’zimizni hisob qilaylik. O’zimizni ko’proq hayrli ishlar bn mashg’ul qilaylik. Insonni komilikka eltguvchi eng asosiy narsa bu Halol luqma ekan. Birodarlar og’zimizdan o’tayotgan har bir taomni yeyishdan oldin uni harom yoki halol ekanligini bilgan holda faqatgina halolini istemol qilaylik.

Qayd etilgan


Shokir63  13 Fevral 2010, 16:56:07

Iztirobim juda ham ishib, qo'llarim titrab ofisga keldim, xayolimga ilk kelga narsa dardim bilan bo'lishish.

Kecha biz bilan birga ishlaydigan qizga, aslida sen bilan mening ishonchimda o'xshash jihatlar ko'p, masalan ikkalamiz ham yaratilganimizga ishonamiz degandim, senga kitob beraylik o'qib ko'rgin ko'p o'xshash jihatlarni topasan dedik.

Bugun keldim kitob o'qib o'tirgandi, roman, Evropa tarixi haqida.
Qo'limda tasbehim bilan zikrlarimni tugatish uchun 30 daqiqacha hech narsa haqida gaplashmadik.
Keyin qanaqa kitob o'qiyabsan dedim va suhbat boshlandi.

Gap kelib dinga taqaldi.

Dinimizning go'zalliklari haqida gapirdim.

Mening bitta savolim bor dedi, nega musulmonlar har doim bir-biriga haqni anglatishga harakat qilishadi, nega tarix ularning bir-biri bilan qilgan urushlari bilan to'la. Evropada ham urushlar ko'p bo'lga lekin mening tushunmagan narsam shundaki Axir Quron bittaku, Alloh ham bitta nimani talashasizlar buncha. Nimani dedi.

Men Turkiyaga borayotgan paytimda musulmon mamlakatiga borayapman, u yerda musulmonlar bilan chiqisha olamanmi yo'qmi deb qo'rqandim, lekin u yerga birgach shumu hali musulmonlik, shumu hali besh vaqt namoz o'qish dedim deydi. Mehmonxonada qo'shni xona kunda besh vaqt namoz o'qiydigan arab bor edi, unga bir oz qiziqdim, lekin u shunaqangi gunohni qildiki, demak bularning namozxonlari ham bir go'r ekan degan hukmga keldim. Musulmonlarni yana bir oz kuzatgach ularning qilayotgan ishlarini umuman tushunmayotganligini angladim deydi. Hatto men balki Quronni ulardan yaxshiroq anglasam kerak deb ham o'yladim deydi.

Unga mo'min odamning sifatlarini tushuntirdim, Islomni o'rganmoqchi bo'lsang bizga qarama asri saodatga qara dedim, nima uchunligini ham tushuntirdim hozir uni yozish emas maqsadim.

Maqsadim shuni aytish. Biz musulmonlar Allohga buning javobini qanday beramiz, bir g'ayridin men senga qarab islom haqida noto'g'ri xulosa qilgan ekanman desa bu yukning ostidan qanday qilib chiqamiz, bir-birimizni duo qilaylik, musulmonlarning orasidagi adovat, kin kabi yomon illatlarning yo'qolishi uchun duo qilaylik.

Har birimizda kamchiliklar bor o'sha kamchiliklar bilan o'rmalashib yuribmiz, san undaysan, san bundaysan, qay darajaga tushib ketganligimizni anglolmay bilomay qoldik, bir-birimizni malomat qilishdan nariga o'tolmay qoldik.

Allohim sen bizni kechir, sen bizni chin mo'min qilgin. Allohim sen biz tasavvur qila olgan eng buyuk darajadan, mislsiz, so'gnsiz va biz tasavvur qila olmaydigan darajada buyuksan, tirikdan o'likni, o'likdan tirikni chiqaradigan Zot Sensan, bizlarga O'zing yordam ber, Allohim. Biz mag'lub bo'ldik Sen doim g'olibsan, Sendan madad istaymiz, yog'iz sen bizga yordam bera olasan.


Aslida bu holatimiz, butunnqarindoshi o'lib, birgina o'zi tirik qolgan odamning holatidan ham qayg'uliroq, ammo gaflat to'la qalbim buni his eta olmayapti.

Qayd etilgan


registan  13 Fevral 2010, 17:09:15

Allohim sen bizni kechir, sen bizni chin mo'min qilgin. Allohim sen biz tasavvur qila olgan eng buyuk darajadan, mislsiz, so'gnsiz va biz tasavvur qila olmaydigan darajada buyuksan, tirikdan o'likni, o'likdan tirikni chiqaradigan Zot Sensan, bizlarga O'zing yordam ber, Allohim. Biz mag'lub bo'ldik Sen doim g'olibsan, Sendan madad istaymiz, yog'iz sen bizga yordam bera olasan.

Amiyn

Qayd etilgan


Robiya  13 Fevral 2010, 17:34:50

Amin! Allohu akbar!

Qayd etilgan


Ansora  14 Fevral 2010, 13:52:09

Bugun Ziyouz'ga a'zo bo'lganimga 6 oy bo'libdi : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Fevral 2010, 10:16:39

O'G'RINING HIMMATI

Amakimning o'rtog'i hikoya qiladi:
"Bir yil avval "Damas"da Nokia 6300 rusumli uyali telefonimni tushirib, yo'qotib qo'ydim. Darrov qo'ng'iroq qildim. Bir yoshroq bola oldi.
- Bolam, shu telefon meniki edi, qaytargin.
- Yo'q, qaytarmayman, men uni topib oldim.
Bola telefonni qo'ydi. So'ng yana qo'ng'iroq qildim. Oldi.
- Bolam, mayli telefon senga qolsin-u, lekin sim kartamni qaytargin.
- Mayli. Unda siz markazdagi pochta oldidagi telefon budkasiga boring. Uning yuqori qismiga sim kartangingizni qistirib ketaman.
Bordim. Aytganidek o'sha telefon budkasining yuqori qismiga qistiribdi. Yangi telefonga endi sim kartani solgan edimki, qo'ng'iroq bo'ldi.
- Aka, sim kartangizni oldingizmi?
- Oldim.
- Mayli, telefon uchun rahmat, aka.
- Bolam, mayli telefon senga bo'lsin-u, lekin mabodo biron kun kelib, uni qaytarging kelib qolsa, shu raqamni saqlab qo'ygin.
Oradan bir yil o'tdi. U telefonni yodimdan ham chiqarib yuborgandim. Bir kuni notanish raqamdan qo'ng'iroq bo'ldi:
- Aka, men o'sha sizning telefoningizni o'g'irlagan bolaman.
- Ha, yaxshimisan, bolam.
- Aka, men telefoningizni qaytarmoqchiman. Mendan rozi bo'ling. O'shanda zalolatda yurgan bola edim. Xudoga shukr, Alloh insof berib, namoz o'qishni boshladim. Markazdagi falon do'konga kelsangiz, sizga telefoningizni berishadi.
Aytgan manziliga bordim. Bir yigit unga kimligini oshkor qilmaslik sharti bilan bir yigitning ushbu omonatni tashlab ketganini aytib, telefonimni qo'limga tutqazdi".

Qayd etilgan


registan  15 Fevral 2010, 11:47:26

Bugun Ziyouz'ga a'zo bo'lganimga 6 oy bo'libdi : )

Tbrklr :)

Qayd etilgan