Har doim ishga kelayotib ko`zim ko`cha yuzidagi haykalga tushadi. Xayolan u bilan so`zlashaman:
- Qalaysan, og`ayni?
- E-e, so`rama!- deydi haykal uh tortib.
- Nega ho`rsinasan? Hammadanam senga mazzaku, na g`amng bor, na tashvishing! Suv bossa to`pig`inngga chiqmaydi. O`-o`tirasan... Qani seni o`rningda bo`pqosam!- tasalli beraman o`zimcha.
- Topgan gapingni qara-yu! Bir joyda turaverish jonimdan to`ydirvordi ahir! Yozda oftob, qishda sovuq jon-jonimdan o`tib ketadi... Na tura olaman, na yura olaman... birov "Holing qanday?" deb so`ramaydi! E-eh, qani seni o`rningda bo`lib qolsam-u...
Sassizgina nola chekayotgan haykaldan uzoqlashaman...
Biri kam dunyo, kimdir kimningdir o`rnida bo`lib qolishni hayotida hech bo`lmasa bir marta orzu qilgan, istagan... "Agar shoh bo`lmaganimda edi, Diogenning o`rnida bo`lib qolishni istagan bo`lardim" degan ekan Aleksandr Makedonskiy.
Balki siz o`rnida bo`lib qolishni istayotgan kimsa, sizing o`rningizda bo`lishni hohlar?
Qo`ying, hamma o`z o`rnida bo`lgani durust! O`zligimizdan qo`ymasin. To`g`rimi Haykaljon?