Bugungi kun mulohazalari  ( 1482189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 ... 296 B


Музаффар  09 May 2011, 18:49:04

:as:

Aziz forumdoshlar, Alloh Vatanimizga, xonadonlarimizga, ko'ngillarimizga tinchlik, huzur ato etsin iloyim.

Mana bugun 9- May, buyuk g'alabaning 66-yili ekan. Bolalik paytlarim sovet paytiga to'g'ri kelganidanmi, bilmadim, bu urush bilan bog'liq kitoblar, kinolar bilan katta bo'ldim. Tabiiy holki, bu kinolar, kitoblar menga juda ta'sir qildi.

"Ikki eshik orasi" dagi dahshatlarni asosiy sababchisi albatta bu urush edi.

Shaxsiy fikrim: kim nima desa desin, bu g'alaba uncha muncha davlatga nasib bo'lmaydigan g'alaba edi. To'g'ri bazan juda bo'rttirib ko'rsatilgan kinolar, asarlar bor, lekin rostdan ham o'sah paytdagi "kambag'al" davlatni rivojlangan Germaniya kabi bir davlatni yengishi juda katta gap...

Bu g'alaba kuniga, bu urushga befarq qaray olmayman, chunki O'zbekistonimizdan ham sanog'i aniq bo'lmagan minglab otalarimiz ishtirok etishdi.

Alloh ularni shahidlik martabasi bilan mukofotlasin inshalloh...

Menga alam qilgan bir narsa bor holos: butun dunyoda 9-may asosan Rossiyani buyuk zafari, deb e'lon qilinyabdi, vaholanki O'rta Osiyodan ham juda ko'p inson qatnashib, vafot etgan, yo'qolgan, yarador bo'lib qaytgan...

Албатта опажон, бу ғалаба бутун инсонистни ғалабаси аслида. Қанақадир битта миллат ёки давлатни смас бутун одамзотнинг ғалабаси. СССА  бу ғалабада хал қилувчи роль сйнаганини сътироф стиш керак албатта, сша пайтларда Ўзбек, А ус, Татар, Қозоқ... хаммаси бир бслиб душманни енгишган.
Хозир сйлаб қоламан, ёшлар, ссмирлар орасида "Зиг хайля" , "Хснде-хох" деб сзича жаргонлар тсқиб юрганлар бу ғалабани қийматини тасаввур қила олишармикин?!
Бундай кулфатлардан хар биримизни, бутун инсонистни Оллохни сзи асрасин. Уруш балосидан хаммамизни омонда қилсин. Ўша урушда жон берганлар, фронт учун мехнат қилганлар, ундан аввалги ва ундан кейинги жангларда халок бслганларни тангри сзи рахматига олиб, жойларини жаннат, қабрларини нури хидост билан мунаввар қилсин...
Л.С.
Мани исмимни рахматли опоқим урушда халок бслган акаларини хотирасига сша акаларини исмларини қсйган сканлар. Музаффар исмли акалари Сталинград жангида халок бслган скан. Акалари хали жудасм ёш, уйланмаганл пайтидаёқ урушга кетган скан. Уйимизда сса сша инсоннинг биргина фотосурати бор. А ахматли опоқим мани "акам" деб сркалатардилар кичкиналигимда.

Qayd etilgan


siddiqa  10 May 2011, 07:30:31

 :as:
Kecha rosa rahmatli opog'dodalarimni sog'inib ketdim .Birlari necha yillarki ko'ksilarida o'qlar ko'tarib yurardi ,birlari necha yillarki barmoqsiz ,yahshi eshitmay gaplarga unchalik tushunmay qolsalar ham mayingina kulib qo'yardilar Alloh rahmatiga olsin barchlarini .

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  10 May 2011, 13:45:49

Assalomu alaykum


Bir og’izdan biz anglamagan holda ham"œ yaxshi"œ ham "œyomon"œ gap chiqadi. Ammo biz buni sezamizmi? Qaydam.

Bundan bir necha oy ilgari, O’zbekistonga ota-onamni ko’rgani borganimda esda qolarli va ibratli bir voqea yuz bergan edi.

Ta’tilni ramazon oyiga to’g’rilab vatanga bordim. Borganimga uch — to’rt kun bo’lganda, bir qarindoshimiz iftorlik berdi. Otam bilan birga iftorlikka bordim. Hovlida joy qilingan ekan, hush keldingda turgan amakim bizni to’g’ri stolga boshladi. Tavoreh namozini o’qib berishga chaqirilgan mullomiz, menimcha*, o’sha hovlida o’tganlarning haqlariga Qur’on tilovat qildi va past ovozda nimalar dedi, ammo uning tovushi sal uzoqdaligim sababli menga yaxshi eshitilmadi. Menimcha*, o’sha hovlida o’tgan kishilarning joylari jannatda bo’lishini so’rab duo qildilar.  Hamma birday qo’lini duoga ochdilar, man ham. Biz otam va men hammaga nazar tashlab, so’rashib chiqding. So’ng hamma o’zi bilan o’zi bo’lib, o’z tashvishlari bilan o’rtoqlasha ketdi.

Otam uyga mehmonlar oldiga kirib ketdi. Men esa tashqarida xizmat qilaman deya, qozon boshiga qishloqning bo’z yigitlari tomon yurdim. Bir to’p qishloq yigitlari, iftorlik berayotgan uzoqroq amakimning yaqin qarindoshlari, hamsoyalari uymalashib, to’p-to’p bo’lib o’zlarini qiziqtirgan mavzularda gurung qilashayotgan ekan. Men borishim bilan gaplari bo’linib qoldi. Mendan bir necha yosh katta, ammo menga yaqin o’rtoq bo’lgan yigit menga peshvoz chiqib, quchoqlashib ko’rishdi, hol — ahvol so’rashdik. U tabiatdan qiziqchi, hazilkash bo’lgani uchunmi, yo bolalarni o’ziga jalb etish uchunmi, yo qiziqchilik qilib kuldurish uchunmi, ishqilib birinchi qilgan ishi -  yonimdagi telefonga qo’l o’zatish bo’ldi. Men qopchiqdan uni olib berdim.

U telefonni qo’liga olib, u yoq bu yog’iga qarab  "œEvropada yurib, ko’tarib yurgan telefoning shumi, kim aytadi seni Evropada o’qiydi deb, bu musur-u" deb otib yuborsa buladimi. U meni hammani oldida izza qilgani yetmaganday, telefonimni o’zim olib kelishimga ham majbur qildi. Boshni egib, ho’p akam, maslahatingizni inobatga olib qo’yamiz deya indamay qo’ya qoldim. Nima ham derdim, kuchli "œmutaxasis"larga bas kelib bo’ladimi. Buni ustiga hammani oldida ozgina bo’lsada  obro’chamni, hurmatimni ham bir pul qildi. Tilni tishlab qolaverdik. Keyin o’zimni koyishga tushib ketdim. "œO’zi kelganingga uch kun bo’lsa, uch — to’rt kunlik mehmon bo’lsang, senga balo bormidi telefon ko’tarishga, kim ham senga shu paytda telefon qilardi, ey seni farosatingga." Bu koyishlar kamlik qilib turganida, boz ustiga boz , dard ustiga dard deganlaridek, saldan so’ng undan battari sodir bo’ldi.

Quyosh botishi bilan hamma ro’zadorlar, og’izlarini ochishdilar. Gap talashishga vaqt qolmadi, hamma bo’z yigitchalar bilan sen choy tashi, sen non olib kel deya  xizmat qilishga o’tib ketdik.  Ro’zadorlar og’izlarini ochib, yengil ovqatlanib olganlaridan so’ngra tavoreh namozlarini o’qishga saflandilar. Mendan bir necha yosh kichkina bo’lsa ham, hech joyda o’qimagan bo’lsa ham, gapga chechan bir bola azon ayta boshladi. Hamma o’tirib sukut bilan tingladilar, azon aytilib bo’lingach, hamma qo’lini duoga ochdi. "œOmiyn Allohu akbar" deya yuzlariga tortishdi va turib qilayotgan ishlarini davom ettirishdi. Men ham ular nima qilgan bo’lsa, shuni qildim. Ammo nima uchun omiyn qilishdi, bilmadim. Bildim, nimaga omiyn qilishganlarini, ammo mohiyatiga yetmadim.  Boyagi meni izza qilgan o’rtog’im, sho’ntagidan qalpog’ini chiqarib, safga qo’shilishga taraddudlana, menga shunday dedi. "œSen ham elga qo’shilib, bizni safimizni ko’paytirib, birga namoz o’qisang bo’lmaydimi? Ertaga nima deb javob berasan, men u paytlar Evropada o’qib yurgandim, namoz o’qishni bilmasdim deysanmi? Sening ham boshing sajda ko’rsin." Men unga nima deyishni bilmay karaxt bo’lib qoldim, tilimni yutub yuborganday edim. Miyamda shamol tezligidanda tez o’tgan xayol shu b’ldi. "œBoyagi bola o’zingmisan? Yo man tush ko’rayapmanmi, bu yog’i g’alati bo’ldiyu-a.

Namoz ham tugadi. Iftorlik ham tugadi. Hamma uy-uyiga ketishdi. Men uni gaplarini mag’zini "œchaqib" qolaverdim. To’g’ri chaqdimmi, hammasini chaqdimmi, aniq bir narsa deyolmayman. Ammo bitta  "œog’iz"  gap bilan mot qildi, birinchi qilgan ishida uni nohaqqa chiqardim, ikkinchi qilgan ishida haqqa chiqardim. Bir og’izdan ham yaxshi, ham yomon gap chiqqanini guvohi bo’ldim. Sabr qilganim bois, boyagina yomon odam deb turgan odamimdan, unga nisbatan tish qayrayotgan paytimda yaxshi gap ham eshitdim. Nima uchun yaxshi gap, chunki men uni gapiga yuz foiz qo’shilaman.
Sabr tagi oltin deb bejizga aytishishmas ekanda. Siz ham sabr qiling, yaxshi va yomonni ajratishga intilayotgan, haqiqat izlab mehnat qilayotgan, birodarlar! Alloh sobirlarni sevarkan.

*Bu haqda yetarli ma'lumotga ega emasman. Qishloqdan yoshligimda chiqib ketganim bois, qishloq marakalarida qatnashmaganman va bu to'g'risida hech kim menga ma'lumot bermagan, o'rgatmagan.

10.05.2011

Qayd etilgan


Shuhratbek_88  10 May 2011, 14:36:14

Samarqandiy okam. Man sizni o'rnizga bo'lganimda sotkamni olib otgani va obro'yimni 1 pul qilgani uchun, urib, og'zi burnini qonatardim. Oyog'imni tagiga olib mayib qilardim o'sha odamni.
Maslaxatim: oka, o'zizni oyoq osti qilishga yo'l qo'ymang. Yigitlik g'ururizni sindirmang.
O'ylab ko'ring

Qayd etilgan


azizbek_mx  10 May 2011, 14:54:55

Samarqandiy okam. Man sizni o'rnizga bo'lganimda sotkamni olib otgani va obro'yimni 1 pul qilgani uchun, urib, og'zi burnini qonatardim. Oyog'imni tagiga olib mayib qilardim o'sha odamni.
Maslaxatim: oka, o'zizni oyoq osti qilishga yo'l qo'ymang. Yigitlik g'ururizni sindirmang.
O'ylab ko'ring

hay hay, Shuhratbek aka, postni oxirigacha o'qingda, Abror aka sabrli bo'lishga chaqiryaptilar... U kishiga qoyil qoldim, lekin o'sha og'aynilarining keyingi qilig'idan mubolag'a qildim. Avval kamtarlikni "musur"ga chiqargan endi da'vatgo'y bo'p qoldimi? Qalpog'ini cho'ntakka solib yurmasdan, oldinroq ham kiyib yursa bo'lmas ekanmi? Hozir juda ko'pchilik xo'jako'rsinga o'tib ketdi...

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 May 2011, 17:40:31

 :as:

Allohning rahmatlari yog'moqda. ishdan chalg'ib, ko'chaga chiqib 20 minut toza havodan to'yib to'yib nasaf olib o'tirdim. Bir necha marta momoqaldiroq gumburladi.

Odamzotga hayronsan, Alloh uchun arzimagan ish bo'lgan momoqaldiroq hamma yoqni larzaga soladi. Lekin oramizda shunday odamlar borki Allohning qahridan bir lahza bo'lsada yuragi larzaga kelmaydi. Bir lahza bo'lasada Allohdan qo'rqmaydi.

Allohim, qalbimizga O'zinga bo'lgan qo'rquvni jo qilgin.

Qayd etilgan


KHALIL  10 May 2011, 21:41:02

Rostan ham bu urishda qatnashkanlarni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin! Meni Opog'dadam 1966 yil vafoq qilganlar (onam tomondan) rahmatli tovonlariga oq' yeb yarador qaytkan ekanlar onam aytishlari boyicha, otamni otalari esa 1985 yil vafot qilganlar lekin jarohatlari bolmagan ekan shu bitta narsa nasib qilmadi menga yoshligimda har doim og'aynilarim Bobom bilan bozorga bordim u qildim bu qildim deyihardi rosa havas qilardim ushanda meniyam bobolarim tirik bolganlarida edi deb...

P.S. Yomg'ir dahshat yogdi lekin bugun, odam qanaqdur hursand boldi yomg'ir yog'ishini korib Alloh barokatli qilsin!

Qayd etilgan


Best friend  10 May 2011, 23:17:33

 Bobom urushdan yaralanib kelgan ekanlar... Men ularni ko'rmaganman. Shu darajada halol bo'lgan ekanlarki, birov to'y marakalarda pul kaplasa, olib qo'yib keyin hudda o'sha pulni (O'shancha pulni emas) o'zining pullariga aralashtirmay, o'sha odamning to'y marakasida o'ziga qytarardikanlar... Oyimdan buni eshitib rosa hayron qolganman...

Qayd etilgan


_IYMONA_  12 May 2011, 05:46:40

Assalamu alaykum. Ushbu forum orqali topishishgan yana bir forumdowimizning nikoh töylari yaqin :)

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 May 2011, 20:23:17

Assalamu alaykum. Ushbu forum orqali topishishgan yana bir forumdowimizning nikoh töylari yaqin :)

Va alaykum assalom.

Kim ekan u userler?

Qayd etilgan