Bugungi kun mulohazalari  ( 1482003 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 186 187 188 189 190 191 192 193 194 195 196 ... 296 B


Musannif Adham  08 Oktyabr 2011, 00:29:02

Ota bo'lish, bolaning dunyoga kelishiga sababchi bo'lish unchalik qiyin va muammoli ish emas ekan. Lekin o'sha tug'ilgan bolaning tarbiyasi - mana bu asosiy ish ekan...

Bu fikr qachonlardir - Barak Obama degan odam AQSh prezidenti bo'lgan davrda xayolimga kelganmidi, yoki yo'qmi, eslolmayman. Lekin o'tgan kuni, 6 oktyabr kuni Stiv Jobs o'lgani haqidagi xabarni o'qib, shu haqida o'ylab qoldim.

Men ba'zilarga o'xshab Stiv Jobsga aza tutmoqchi, unga atab marsiya yozmoqchi, hattoki uning o'limi munosabati bilan ta'ziya ham bildirmoqchi emasman. Chunki har qanday holatda ham men voqealarni musulmonligim nuqtai-nazari bilan o'lchayman va ma'jusiy bir insonning o'limi (Stiv Jobs buddist edi)ga ta'ziya bildirmayman. Afsuski, ba'zi Appleparast o'zbeklar (IPod, IPhone, IPad, Macintosh ishqibozlari)bu odamning joyini jannatdan bo'lsin deya hukm ham chiqarvoribdi. Mayli bu boshqa masala.

2008 yilda AQShda prezidentlik saylovlari bo'lganda hozirgi prezident Barak Obamaning ham tarjimai-holi "ochib tashlandi". Natijada biz uning otasi asli Keniyalik musulmon Barak Husayn Obama ekanligi, u odam 1960 yilda Gavai shtatilik bir talaba qizga uylanib, 1961 yilda mana shu o'gli tug'ilganligi, keyinchalik ota-ona ajrashib ketganligi, keyin Barak Obamaning onasi Indoneziyalik bir talabaga turmushga chiqib, o'g'li bilan o'sha yerga ketganligi, Barak yoshligida Islomiy madrasada ham tahsil ko'rganligini bilib olgan edik. Keyin Barak Obama 12 yoshga yetganida onasi bu eridan ham ajralib, AQShga qaytadi va o'g'lini onasining Gavaidagi ota-onasi tarbiya qila boshlaydi. Shu yerda uni ... cho'qintirishadi. Fitrat tugadi, zalolat boshlandi. 2007 yilda, saylovoldi kampaniyasida Barak Obama rasmiy bayonot bilan chiqib o'zining musulmon emasligi(!)ni e'lon qildi. Ha, bir kishining musulmon emasligini e'lon qilishi katta voqea emas. Lekin...

Endi kecha Stiv Jobsning o'limi haqida o'qigan xabarim:

Iqtibos
Apple ширкатининг собиқ бошқарувчи раиси Стив Жобс 56 ёшида оламдан стди.

Apple ширкатининг таърифида шундай дейилади, " нурли заковати, ишқи ва иштиёқи саноқсиз снгиликлар манбаи сди ва бизнинг ҳаётимизни схшилади, бойитди... Дунё Стив сшагани учун бугун схшироқдир".

Стив Жобс 2004 йилда ошқозон ости бези саратонига чалинганини сълон қилди.

Стивен Лол Жобс 1955 йилда, 24 февралда Сан Франсискода таваллуд топади. Университетда таҳсил олаёган икки талаба - бири Сурислик мусулмон Абдулфаттоҳ Жандали, иккинчиси Жоан Шииблнинг никоҳдан ташқарида туғилган фарзандини кейинроқ Калифорнислик Лол ва Клара Жобслар асраб олишади.

Орадан бир муддат стиб, Стивнинг таъбир жоиз бслса асл, биологик ота оналари Абдулфаттоҳ ва Жоан турмуш қуришади ва қиз ксришади.

Meni o'ylashga majbur qilgan holatni matnda qoraytirib ko'rsatdim. Ya'ni bunisining ham otasi musulmon ekan. Endi musulmonning nasroniy o'g'li (Barak Obama) musulmonning buddist o'g'li(Stiv Jobs)ga o'limidan keyin bergan ta'rif bilan tanishing:

Iqtibos
Америка Лрезиденти Барак Обамага ксра, " Стив Американинг буюк ихтирочиларидан сди. У бошқача сйлашга журъат қила олди, дунёни сзгартираман деб ишонадиган даражада қатъистли ва бу истагининг уддасидан чиқадиган истеъдодга сга сди".

Men agar otasi bu ikkalasini o'zi kabi musulmon qilib tarbiyalaganda mana bunday bo'lardi, demoqchi emasman. G'aybni hech kim bilmaydi. Ayni paytda bu ikki shaxsning bugun ba'zilar ko'z o'ngida "buyuk shaxslar" bo''lib yetishganining ham men uchun qizig'i yo'q: biri AQSh prezidenti, ikkinchisi Apple asoschisi.

Mavzuga qaytaman. Xullas ota tarbiyasi, tarbiya bo'lganda ham din tarbiyasi haqida boshlagan edim bu postni. E'tibor bering, ikkalasining ham otasi musulmon, ikkalasi ham otasi talabalik paytida tug'ilgan va ota bu boladan voz kechgan. Shu bilan bolalar otasining dinida - Islomda emas, boshqa dinda tarbiya topgan. Bugunga kelib bu ikki odam dunyoga mashhur insonlar bo'lib yetishgan. Millionlarga foydasi tekkan. Lekin o'zlarigachi? Ertaga Allohning oldidagi savol-javobda nima deydi? O'zini qanday qilib azobdan qutqaradi? Mana nimani aytmoqchi edim.

Lekin bu ikkisining shu ahvolga tushishiga musulmon otasi eng birinchi sababchidir. Uylanishdan, bolani dunyoga keltirishdan oldin uning tarbiyasi haqida o'ylash kerak edi. Bugun bu ikki inson mening nazarimda eng baxtsiz insonlardandir. Chunki bular uchun bir qarashda, tug'ilgan vaqtida musulmon bo'lib yashab o'tish imkoni bor edi. Bu imkonni otalari ta'minlashi kerak edi. Lekin ishlar teskari ketdi... Allohdan ofiyat so'raymiz.

Mening fikrimga qo'shilmaydiganlar bo'lishi tabiiy. Hamma narsani o'z qarichingiz bilan o'lchamang deyishlari mumkin. Bu ikki inson o'zlarini dunyodagi eng baxtli inson his qiladi, deyishlari mumkin. Lekin baxt faqat dunyo hayotimi? Asosiysi men bu holatga bularning o'zini emas, musulmon otalarni sababchi deb ko'rsatyapman. Xullas, barcha musulmon otalar va ota bo'lishni niyat qilgan muslim birodarlarimizga Allohdan hidoyat va tavfiq so'rayman. Alloh hech birimizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin. Farzandlarimizni Islomga to'liq rioya qiladigan, musulmonligi bilan faxrlanadigan insonlardan qilib o'stirishimizni nasib qilsin: "Parvardigorim, meni va zurriyotimdan (bo‘lgan bolalarimni) namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil". ("Ibrohim" surasi, 40-41-oyatlar)

Ota bo'lish, bolaning dunyoga kelishiga sababchi bo'lish unchalik qiyin va muammoli ish emas ekan. Lekin o'sha tug'ilgan bolaning tarbiyasi - mana bu asosiy ish ekan... 

Qayd etilgan


Best friend  08 Oktyabr 2011, 02:29:56

 Islom 14 asrdan ko'proq vaqt avval xarom qilgan narsalarni tan olmay, endilikda fan tomonidan insoniyat uchun, olam uchun zararli ekani aniqlangach u narsalarni to'xtatishmoqda, taqiqlashmoqda. Axir oxirat uchun zararli deb tark qilishgani yaxshiroqmasmidi?! Haliyam kechmas. Alloh hidoyat bermasa, oyni bo'linganini ko'rib ham ishonmas bu g'ofillar. Darvoqe' Oy qachonlardir o'rtadan bo'lingani ham olimlar tomonidan aniqlangan. Xakkerbining aytishicha 6-7 asrlarda bo'lingan emish, bu ularning taxmini. Shaqqul qamar voqeasi milodiy 8 asrda ro'y bergan. Hindistondagi qadimiy ibodatxonalardan birining qurilish tarixida, oy bo'lingan kechaning ertasiga qurila boshladi deb yozilgan ekan.

"Soat (Qiyomat) yaqinlashib qoldi va oy bo'lindi." (Qamar, 1 )

Buni qarangki, katta olimlar endigina aniqlagan narsalarni musulmonlar allaqachon bilib bo'lishgan. Bizdan ham baxtliroq kim bor?

Qayd etilgan


Aqoid  08 Oktyabr 2011, 06:18:01

Bugun Boks bo'yicha jahon chempionati finaliga birortayam O'zbekistonlik chiqolmagan kun deb eslayman, bunaqasi bo'maganidi oldin, bu yil judayam omadsiz bo'ldi. 2ta bronza, bu judayam kam

Qayd etilgan


BelleQizcha  09 Oktyabr 2011, 02:00:08

Bugun Boks bo'yicha jahon chempionati finaliga birortayam O'zbekistonlik chiqolmagan kun deb eslayman, bunaqasi bo'maganidi oldin, bu yil judayam omadsiz bo'ldi. 2ta bronza, bu judayam kam
ha endi orgulu, jismoniy tarbiya oqtuvchisi forumda oqtuvchisi otirsa ha endi chimpianatga chiqomiydida orgulu (behazil hazilashdim)

Qayd etilgan


Aqoid  09 Oktyabr 2011, 16:26:33

Bugun Boks bo'yicha jahon chempionati finaliga birortayam O'zbekistonlik chiqolmagan kun deb eslayman, bunaqasi bo'maganidi oldin, bu yil judayam omadsiz bo'ldi. 2ta bronza, bu judayam kam
ha endi orgulu, jismoniy tarbiya oqtuvchisi forumda oqtuvchisi otirsa ha endi chimpianatga chiqomiydida orgulu (behazil hazilashdim)

Ashini ayting.

Qayd etilgan


Ansora  10 Oktyabr 2011, 11:58:11

Bugun yomg'irli havo, haqiqiy kuz havosi...Kechasi bilan yoqqan yomg'ir har tarafni tozalabdi...Xuddi ko'z yoshinig qalbdagi g'uborlarni tozalaganiday....

Qayd etilgan


akula  15 Oktyabr 2011, 20:22:06

Sovuq qotim bugun Dima degan dustimi krutkasini tortib oldim uyga kiyib keldim ertaga qaytarib beraman

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  18 Oktyabr 2011, 10:16:55

Ertalab, bir joyda osh bo'ldi. Imom domla ma'ruza qilyaptilar:

-O'zi janozadayu, qulog'ida telefon bilan kim bilandur gaplashyapti...

                                                             

Qayd etilgan


Музаффар  18 Oktyabr 2011, 11:40:41

Бугун бирданига 3 та тсйга (коллективда, синфдош ва курсдошникида) боришга тсғри келди, хамасига улгурармикинман деган хадик бор сди, лекин мана, бир чиройли, хар уччаласида хам нахорги шсрва ва ошдан насибани еб келдик.

Qayd etilgan


Maysara  18 Oktyabr 2011, 11:58:07

VAQT shu darajada tez yugurmoqdaki, xatto eng yaqin tanishlarimizdan xabar olishimiz muddati bir necha hafta (ba'zan oylar) bölib ketmoqda. Ham, biz shunday fikrlaymiz, alhamdulillah. Chunki, bizni band qilayotgan köpgina foydali ishlarimiz bor xar holda. Lekin hayotda shunday insonlar ham yuribdilarki, dardu hayoli vaqtning yanada tezroq ötishida. Bunday toifadagilar asosan, ilmga (xoh dunyoviy, xoh diniy bölsin) mutlaqo qiziqmaydigan, betakror öyin-kulgular shaydosi bölganlardir. Ular özlariga öxshagan tanish-bilishlari bilan shu qadar köp suhbatlashadilarki, agar bir kun gaplashmay qolsa buni vohmaga aylantirib yuboradilar. Ular nega bunday? Balki ularda aql boshqacha ishlar? Özi ularda tafakkur va mulohaza qilish qobiliyati bormikin? Nega nasihatga "Eeeee..." degan javob bizlarda kelmaydiyu, ularda keladi?!...
Hullas, VAQTni qadrini bilgan odamning bundaylarga rahmi kelishi tabiiy.

Qayd etilgan