O`qish, ish va yana ba'zi ishlar tufayli forumga kirolmayotgandim. Ana endi bemalol kiraversam kerak, chunki o`qish yana bir yilga surildi nasib...
Taqdir emaskan siqilmang do'stim.
"Uboda ibn Somit r.a. o'g'illariga:
Ey o'g'lim! Sen to o'zingga yetgan narsa seni chetlab o'tishi mumkin emasligini, va o'zingni chetlab o'tgan narsa senga yetishi mumkin emasligini bilmaguningcha, hargiz iymon haqiqati ta'mini topa olmassan" - deb nasihat qilgan ekanlar.
Bir tanishim bor, 9 yildan beri o'qishga "kirmoqchi" bo'ladi, lekin imtihondan hech o'tolmaydi. Sababi bor, imtihonga atigi 2 oycha qolganda astoydil kirishadi, shpargalkalar ko'tarib olib. Yilning o'n oyida bekor yuraveradi. Bu bolani o'z aqidasi bor, "puling bo'lmasa o'qishga kirolmaysan" degan. Shunga kirolmayapti, kirolmaydi ham, niyati boshidan buzulgani uchun, o'zida ham astoydil ishtiyoq bo'lmagani uchun
Inson sabr bilan nimaga intilsa, o'sha niyatiga Alloh albatta yetkazadi. Muhimi astoydil tayyorgarlik. Siz umidni uzmang, astoydil tayyorgarlik ko'rsangiz kirib ketasiz, inshaalloh. Oldinda yana bir yil bor, Alloh yordamchiz bo'lsin.