Assalamu alaykum.
Bugun men uchun ajoyib boshlandi. Allohga shukrlar bo'lsin. Bu hol har bir muminni behad hursand qiladi.
Hullas bugun ertalab meni oldimga qo'shnim, ya'ni islomdan hech narsani bilmay katta bo'lgan, shu tarzda turmush qurgan va shunday yashab kelayotgan qo'shni ayol chiqib:"Menga ham Qur'onni, namozni, Islomni o'rgating. Men ham sizga o'hshab Allohga ibodat qilmoqchiman. Sjhuncha gunoh qildim, endi tavba qilmoqchiman. Hayotimda nur bo'lishini, qalbimdagi boshliqni to'ldirishni hohlayman. Bolalarimni mendek va otasidek katta bo'lishlarini va yashashlarini hohlamayman. Menga yordam bering..." deb chiqdi. Hursandchiligimni, bahtimni tasavvur ham qila olmaysizlar. Butun dunyo boyliklarini berishganida ham bunchalik hursand bo'lmasdim. Alloh taolo uni va turmush o'rtog'ini haq yo'liga boshlasin. Ayniqsa ho'jayinini,chunki ho'jayini IIBda ishlaydi, ayolini bu nnarsalarni o'rganishiga qarshi. Lekin men ALlohdan umid qilaman,unga ham hidoyat va Islom ne'mati lazzatlarini tottirishiga...