Assalamu alaykum. men sizlarga yaqinda bo'lgan hoisani aytmoqchiman.va bunga sizlarni fikrlaringizni bilmoqchiman. o'z fikrlaringizni bildirasiz deb umid qilaman. Hullas bir yigit, sport bo'yicha ancha yutuqlarga erishgan va obro' orttirgan. U tog'asini qizi bilan sevishgan va ular unashtirilgan. Hatto to'yga taklifnomalar tarqatilgan. qizni otasi bilan akasi Rossiyada bo'lgan. bu orada qizni tug'ilgan kuni bo'lib, yigitni onasi:'Qallig'ingni borib tabriklab, biroz aylantirib kel, adasi ham aksi ham yo'q ko'ngli o'ksimasin",-degan. yigit borib qizni tabriklab, biroz aylantirib,keyin uyiga olib kelib qo'yganda,o'zi ketgan. Yo'lda mashinasini oldidan ikki bola chiqib qolibdi,ulardan qochaman deb mashinasi bilan darhatga urilganda o'sha joyni o'zida vafot topgan. Yarim soat oldin uchrashgan yigitni o'limi haqidagi habar qizga yetib kelgan. Uyidagilar hammasi janozaga ketishganda, qiz o'zini osib qo'ygan. Ertasi kuni qizni janozasi bo'lgan..... mana shu hodisaga o'z fikringizni bildirsangiz.