Bugungi kun mulohazalari  ( 1483669 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 296 B


AbdulAziz  12 Oktyabr 2007, 06:37:32

Assalomu alaykum!
O'z uyingda, ota-onang, yaqinlaring bilan ramazonning so'nggi kuni, haitning arafasini nishonlash qanday baxt...

...Hammaning yuzida tabassum-u, lekin buvim hadeb yig'lardilar... Hayron bo'lib, ularning yonlariga bordim. Ular go'ya menga e'tibor bermas, hadeb: "Bizdan rozi bo'ling, yo mohi Ramazon, rozi bo'ling, hafa bo'lmasdan keting, ey mohi Ramazon. Sizni hurmatizi joyiga qo'yolmagan bo'ksak, bizdan rozi bo'ling. Bizdan rozi bo'ling..." - deya takrorlardilar. Bu holat odatda peshindan to asrga qadar davom etardi.
 
Asr namozidan keyin ayollar osh qilishga va bugungi bayramona, so'nggi iftorlikka unnashardi. Shomga yaqinlashadi. Hammamiz to'planamiz. Shunda buvimdan haligi holat haqida so'rayman. Buvim:
"Atigi yilda bir marta keladigan Ramazon oyini rozi qiloldikmi? Bu Oy bizdan xafa bo'lmadilarmi, shuni o'ylab, tafakkur qilgandim..."

Asta-sekin qo'shnilardan osh chiqadi, biz ham osh tarqatamiz. O'zim qo'shnilarga olib chiqib beraman. Ziyofatdan keyin Qur'on tilovat qilinadi. Shukronalar aytiladi, duolar qilinadi:
Bizdan rozi bo'ling, ey Mohi Ramazon!

Qayd etilgan


Robiya  23 Oktyabr 2007, 10:12:40

  "œHar bir jon o’limni totguvchidir.Va qiyomat kuni ajrlaringizni komil suratda olursizlar.Bas,kim do’zaxdan chetlatilib,jannatga kiritilsa,muhaqqaq(baxt-saodatga) erishgay.Bu hayoti dunyo aldaguvchi matodir"(Oli-Imron surasi,185 oyat)

Insonga o’rtacha 60 yil umr berilgan bo’lsa,buning umumiy natijasi 22 ming kun bo’lar ekan.Bu ancha katta muddat.Shunday emasmi?
  Alloh bizga bu kunlarni bir KUNda bo’ladigan savol-javobga tayyorgarlik muddati tarzida in’om qilib,juda katta imkoniyatlarni berib qo’ydi.
  Oddiygina o’quv imtihonidan o’tish uchun qanchalik qattiq tayyorgarlik ko’rasiz.Qanday savol tushishi,nima qilish kerakligi sizni gangitib qo’yadi.Uyqudan,huzur-halovatdan voz kechib,imtihonda yaxshiroq baho olish uchun tirishasiz.
  Alloh Taolo esa, o’sha KUNda beriladigan savollarning deyarli barchasini bildirib, Qur’on nomli muqaddas kitobida bayon qilib berdi.
  Lekin inson negadir beparvo?!Oddiygina o’quv imtihonidan o’ta olmasa, qanchalik ayanchli ahvolga tushishini biladi-yu,ulug/ bir KUNni tayyorgarliksiz,amallarsiz qarshi oladi.Hech qanday qalloblik,aldov va uzr o’tmaydigan vaqtning kelishini bilgan inson butun umri davomida Allohdan najot kutib yashaydi.Zero, u o’tkazayotgan har bir daqiqa Parvardigorining o’ziga bergan inoyati ekanini biladi.
  Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, bugun dunyo insoniyat ko’zini qamashtirib qo’ydi.Tobora zalolat sari qadam tashlayotganlar safi kengaymoqda.Kelishi shubhasiz bo’lgan KUN uchun tayyorgarlik muddati qilib berilgan,yoki zalolat botqog’i ostida qoladigan yoki hidoyat nuri ila yo’g’riladigan 22 000 kun"¦Kunlaringiz xayrli o’tsin!
                                                                        ("Musulmonlar taqvimi"dan olingan)










Qayd etilgan


AbdurRohman  15 Noyabr 2007, 15:46:10

Bugungi kunim kopchilik bilan xayrlashish bilan o'tdi! bilmadim bugunim tugangncha yana kimla bilan xayrlashar ekanman! bilmadim yana kimlani yo'qotar ekanman!

Qayd etilgan


Layloxon  16 Noyabr 2007, 02:49:06

kunim yaxshi o'tdi o'qishimni perevod qilganimdan keyin bugun birinchi marta o'qishga bordim kursdoshlar ham yomon emaskan yaxhsi kelishib ketdik faqat kecha 4yarimgacha net.ga o'tirib chiqqanimga uyqusirab yurdam bugun yana shu ahvol.....

Qayd etilgan


Foniy  23 Noyabr 2007, 11:26:55

Assalomu alaykum!
...har kungidek tushlik uchun har doimgi choyxonaga bordim,.. shu payt choyxonaga viloyat(qayerdan ekanligi keyin aniq bo'ldi)dan kelgan ikkita ayol kishilar ham kelishdi(o'qishga kelishgan, ish joylari ham boshqaruvga oid),.. oshpaz "salatni o'zim tayyorlaganman, yaxshi salat" degan edi haligi ayollardan biri "meni qaynonam ham salatni yaxshi tayyorlaydi, uyda u kishini siz yaxshisiz deb(maqtab) aldab ishlataman,..(!) men katta kelinman, mendan kichkina yana ikkita kelin bor, qaynonamning ishlarini o'shalar qilishsin, men ishlasam uyat bo'ladi,..(!!)" deb qoldi,..
Nahotki jamiyatimizda shunchalik darajaga borib yetganlar ham bor bo'lsa!?.

Qayd etilgan


Huseyn  24 Noyabr 2007, 15:45:04

Bizining ishxonamiz hisobot topshiradigan markaziy tashkilotlardan biriga yangi xodim ishga keldi. Biz bilan tanishish uchun ishxonamizga ham keldi. Yoshi jamodagilardan 2-3 yosh kichik edi, nazarimda. Ammo, kirib kelgan yigitcha kibor, o'ziga yarashmagan jiddiylik bilan barchaga turli buyruqlar bera boshladi. Kutilmaganda ish tartibini o'zgartirish kerak deb taklif berdi. Rahbarlaga nisbatan o'zini biroz erkin tutadigan jamoamizdagilar esa to'rt tomondan uni talab tashlashdi. Shu tariqa mulzam bo'lib, yangi xodim chiqib ketdi. Eng yomoni hurmatini yo'qotdi...
Nega tengdoshlarimiz bunchalik izzattalab, kibrli bo'lib ketishmoqda. Nega mansab, lavozim degan dahmazalarni jondan ortiq suyushadi. Nega birovga buyruq berishni, xukmronlik qilishni juda-juda istashadi.

Bilmadim... Hamma aybni sobiq Ittifoqqa to'nkashadi.  Bugungi yoshlar esa mustaqillik davrida o'sib ulg'aydi-ku...     

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2007, 08:09:14

SHIJOAT VA GO’ZAL O'LIM
 
Bu kun shijoat va o'lim haqida o'ylanib qoldim.
Biz nechog'lik shijoatlimiz? Nechog'lik o'limga tayyormiz?

...Bir chumoli sahroda ketayotganida undan so'rashgan ekan:
- Qayerga ketayapsan?
- Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman!
- Iye, sen hali bu yurishing bilan qachondan yetib borasan?
- Hech bo'lmasa, shu yo'lda o'lamanku...

Shijoatni ko’ring, maqsadni qarang, muhabbatni qarang. Biz kimmiz? Shu chumolichalik holimiz bormi? Robbimizga olib boruvchi buyuk maqsad bo'lida mana shu Allohning bir hasharotichalik yo'lga chiqa oldikmi? Boradigan yo'limiz qaysi? Qayerga olib chiqadi u? Loaqal oxirgi marta mana shu yo'l tadorigida biron yumushni bajardikmi?

Abdulloh ibni Ummi Maktum... Payg'ambarimiz SAVga tanbeh olib bergan Abdulloh... Ko'zlari ojiz bo'lsa-da, qalb ko'zi ochiq, shijoatli sahobiy...
...Umar r.a. zamonlarida Rumga qarshi g'azot boshlandi. Bu muqaddas urushda ishtirok etish maqsadida Abdulloh ham Umar r.a. huzuriga keldilar. Umar r.a. sahobaning ojizligini nazarda tutib, uni g'azotda qatnashmaslikka da'vat etdilar. Abdulloh har galgidek ko'nmadi.
- Yo amiral-mo'miniyn, menga Rasululloh SAVning tug'larini bering, uni baland tog' uzra ko'tarayinki, buni ko'rib sahobalarda shijoat paydo bo'lar. Rasulullohni eslab dushmanga tik qarab, kurshashishar. Mening ko'zim ko'rmaydi. Har qanday holatda ham dushmanni ko'rmayman va undan qo'rqmayman...
Umar r.a. ko'ndilar va qattiq tayinladilar:
- Yo, Abdulloh, bu tug'ni hech qachon dushman qo'liga topshirma.
Jang boshlandi. dastavval musulmonlar chekindilar. Qoyada Rasululloh SAV tug'larini ko'rib, shijoat bilan yana jangga kirdilar. Islom lashkari g'alaba qozondi.
Jangdan so'ng, qoyadagi tug' ko'rinmay qoldi. Umar r.a. Abdullohni izlab borganlarida uning nayzalar sanchilib qonga botib yotganini ko'rdilar. U tishlari bilan mahkam Islom bayrog'ini tishlagan va hech kimga oldirib qo'ymagan edi.... 

Umar r.a.ni ko'zlarini yoshlatgan hodisa... Shijoatning yuksak namunasi. Mardlikning, muhabbatning go'zal sahnasi...

Biz bugun Alloh uchun nima shijoat ko'rsatdik? Islom uchun foydali nima ish qildik? Savollar ko’p. Javob berishga esa… qiynalib qolamiz…

Allohim, bizning gunohkor qalblarimizni ham sahobalarga berganing ulug’ shijoat, muhabbat, mardlik bilan to’ldir! Huzuringga borajakmiz, bu yo’lda O’zing bizni To’g’ri yo’lingdan adashtirma! Gunohlarimizni mag’firat ayla! O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma! Sen buyuk  qudrat va hikmat sohibidirsan!

10.12.2007 10:45

Qayd etilgan


Farida  11 Dekabr 2007, 13:20:58

...Bir chumoli sahroda ketayotganida undan so'rashgan ekan:
- Qayerga ketayapsan?
- Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman!
- Iye, sen hali bu yurishing bilan qachondan yetib borasan?
- Hech bo'lmasa, shu yo'lda o'lamanku...

Qaniydi, shu chumolidek ham bo'lolsam edi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Dekabr 2007, 11:54:24

INSOF VA RASHK

Hayit, bayram deguncha vodiyga boradigan haydoychilarning kuni tug'adi. Hammallarining burni osmonga ko'tarilib, ancha-munchani tanimay qo'yishadi.
Yo'lkira narhini aslo so'ramang (ba'zida 100 mingga ham moshina topilmaydigan paytlar bo'lgan): qo'rqib ketasiz. Har doim mijoz qidirib, tentirab yuradigan shofyorlar hayit arafasi moshinalaridan tushmaydilar: oldilariga borib, o'zingiz iltimos qilasiz.
- Biroz narhni tushiring, hayit arafasi bunaqa insofsizlik yaxshi emas, desangiz, - hohlasangiz shu, mana katta ko'cha, deyishadi...
Noiloj shu narhda ketasiz, yoxud biron poputchik moshinani poylaysiz, bozorga kirib narhni o'rganmaguncha u bilan arzonroqqa kelishmoqchi bo'lasiz...

Bu safar ham shunaqa bo'ldi. Odatda "pitak"ka borsam, tanish haydovchilarni qidiraman. Tanish bo'lsa yaxshi-da, bemalol gaplashib ketasiz, yo'l uzoqligi ham bilinmaydi.
Bir-ikki tanish shoferni ko'rdim: meni tanigisi kelmaydi... Oxiri, birini oldiga bordim (avvallari birga bozorda savdo qilganmiz, amakimning ham yaqin o'rtog'i, uyimizga ko'p kelib turadi, deyarli bir mahallada turamiz).
- Yaxshimisiz aka, birga ketamizmi? Narhi qancha bo'layapti?
- Shuncha opketyapmiz... Siz yo'lida qilib, 1-2 ming kam beraverasiz...
Tomog'imga hiqildoq keldi, hayron qolganim biroz narhini tushirib, sal yo'lida qilib narhni so'raganim bo'ldi, harqalay, necha yillik tanish, insof qilar deb o'yladim...
- Endi, aka, manda hozir vaziyat chatoq, shunchaga olib ketsangiz, mayli...
- E, nima endi sizga bu pul, Bayram arafasi biz ham bir maza qilib olaylik-da! 
- Aka, bemalol mazangizni qilavering, man boshqa moshinada ketaman...

Hmm, insofni qarang, oz'imga aytdim: bundan qancha qimmat bo'lsa-da, boshqa moshinada ketaman. Biroz kutdim, keyin bir moshinaga 1 kishi kerak ekan, kelishdim, haligi tanishni narhidan ancha arzonga gaplashdim...

Oldingi o'rindiqda bir opa Oltiariqqacha gaplashib o'tirdilar. 60 larga yaqinlashgan bu ayol Toshkentga qizlarini ko'rgani borgan ekanlar. Haydovchi savol berdi:
- Holajon, hali sizni kuzatib qo'ygan qizingiz bilan kuyovingizmi?
- Ha, shu qizim, lekin bola hali kuyovim emas, qizimni do'sti...
Shofer qiziqib yana so'radi:
- Qanaqa do'sti?
- Ha, birga o'qishadi, qizimni olmoqchi. Birga san'at sohasida ishlashadi ham. Judayam yaxshi yigit, doim qizimni oldidan ayrilmaydi...

Bu suhbatni eshitib ketayapman-u, opaning holiga achinib ketdim. Nahot, ona o'z qizining begona shaharda nomahram bilan "ayrilmasligini" og'zini to'ldirib gapirib bersa? Qani insof? Qani qizg'onish? Qayerda qoldi vodiy ayolining rashki?

Shu xayollar bilan bo'lib, Marg'ilonga yetganimni ham bilmay qolibman.

Mashinadan meni ko'rishi bilan bir to'da jiyanlarim yugurib kelib, meni quchoqlaganda hamma yomon xayollarim unut bo'lib ketgandi...

16.12.2007.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Dekabr 2007, 12:38:49

RASHK VA DA'YUSIYAT

Kecha televizordan bir ko'rsatuvni ko'rib qoldim: bu tok-shou bo'lib, nomini "Taqdir" deb qo'yishibdi.

Ikkita jurnalist va ishtirokchilar oila hayoti haqida o'z mulohazalarini bildirishdi. 2 ta oila ham mehmon sifatida chaqirildi. Birinchi oila hammaga mashhur san'atkor oilasi (Zokirovlar), ikkinchisi militsioner er va xotin oilasi.

Shundagi ba'zi mulohazalar meni judayam hayron qoldirdi:
Jurnalist savol berdi: Sizlarning oilada kim ko'p zarda qiladi? Ikkala oilada ham ayol eng ko'p zarda qilishini, eri esa uni ko'tarishini aytdi...

Jurnalist san'atkorlar oilasiga shunday savol bilan murojaat qildi: Masalan, spektakl, kinolarda ba'zida ayolingiz boshqa erkak bilan rol ijro etishi mumkin yoki aksincha, eringiz boshqa ayol bilan rol ijro etishi mumkin. Har xil oilaviy holatlarni yoritish kerak... Rashk qilmaysizmi?
Eru xotin bir xil javobni berishdi: Yo'q, biz bunga o'rganib qolganmiz. Erning gapi: "Rashk degani qayerdadir uzooqda bordir, lekin ishga buning ahamiyati yo'q... Hayot boshqa, ish boshqa..."

Aynan shu javobni bergan san'atkorimiz "Xotiningizdan qo'rqasizmi?" degan savolga ham "Xotinidan qo'rqmaydigan erkak bormi?" deya javob bergani yana-da achinarli edi...

Menimcha, izohga o'rin yo'q.

Bundan bir yilcha avval birga ishlaydigan jurnalist akamiz, "Davron, buni qarang, mana buni bir o'qing-da", deb "Darakchi" gazetasining bir sahifasini bergandi. O'shanda ham bir teatr-kino san'atkoriga "Xotiningiz teatr, kinoda boshqa erkak bilan quchoqlashsa rash qilmaysizmi?" degan savolga "Yo'q, bu kino, hayot emas, rashk qilmayman" degan javobini o'qib hayratdan yoqa ushlagandim...

Endi esa odamlar mana shu da'yusligini bemalol necha millionlik tomoshabin oldida uyalmay-netmay zihor qilayapti...

26.12.2007

Qayd etilgan