Tarixiy va me'moriy obidalar  ( 38375 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Foniy  26 Yanvar 2008, 15:19:34

:as:
Vohada joylashgan tarixiy va me'moriy obidalar, ularning tarixi, qanday joy ekanligi, u yerda kimlar o`tganligi va h.o.lar haqida ma'lumotlar kiritib borilsa, ma'lumot uchun bilib qo`ysak yomon bo`lmas.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Yanvar 2008, 19:00:46

Assalomu alaykum.

Dunyoda uchta ziyoratgoh bor: Masjidul Harom, masjidul Aqso, va payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam masjidlari.. shu uchta makondan boshqasiga ziyorat maqsadida borishlik musulmon uchun yaxshi emas....

Qayd etilgan


mutaallimah  27 Yanvar 2008, 21:13:12

Assalomu alaykum.
Ustoz AbdulValiy qorining "Shirkning ba'zi ko'rinishlari" degan darslarida shu uchta joydan boshqasini ziyorat etishlik Shirk deyilgan ekan...

Qayd etilgan


Imron  27 Yanvar 2008, 23:11:57


Табаррук - арабча ссз бслиб, барака ссраш деган маънони англатади. Барака хам арабча ссз бслиб, схшиликни зиёда бслиши ва доимий қолиши маъносини билдиради. Баракани талаб қилиш фақат уни беришга қодир бслган Зотга қаратилмоғи лозим. У зот ёлғиз Аллоҳ таъолодир. Аллоҳдан бошқалар сса (у ким ёки нима бслишидан қатъий назар) барака беришга хам, уни давомли қолдиришга ҳам қодир смаслар. А­нди баъзи жойларга, обидаларга ва ҳаёт ёки вафот стган инсонларга бориб, уларни табаррук деб билиш, съни барака умид килишга қуйидагича ҳукм чиқариш мумкин: Агар у одам шу нарса ё кимсалар барака беради деб сътиқод килса, у ширк келтирган бслади. Агар шу нарса ёки кимсалар сабабли Аллоҳ менга барака беради деган бслса, у ширкка томон йсл олган бслади.

Саҳобалар (Аллоҳ улардан рози бслсин) А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг соч ёки соқол толалари, терлари ёки баданларидан чиққан шунга схшаш нарсаларни табаррук килиб олганлар. Бу фақат А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга хос бслган ва у кишининг ҳаётлик вақтларида амалга оширилган. Лайғамбаримизга-ки шундай муносабатда бслинган скан, демак авлиёларнинг сзини, қабрини ёки улар босган жойларни табаррук қилиб олиш мутлақо мумкин смас.

Ўтмишдаги солиҳ уламолар ҳатто Абу Бакр ва Умар розисллоҳу анҳу каби ислом оламидаги буюк шахсларни ҳаётлик вақтларида ҳам, вафотларидан кейин ҳам табаррук билишмаган, ёки солиҳ уламолардан биронталари Ҳиро ғорига бориб намоз сқиб ёки дуо қилиб келмаган. Ҳеч бир киши Аллоҳ таъоло Мусо алайҳиссалом билан ссзлашган Тур тоғига бориб намоз сқиб, дуо килиб келмаган. Умуман бирон пайғамбар ёки авлиёнинг қадами теккан жойларга бориб табаррук қилишмаган. Мадинаи Мунавварадаги А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам доимий намоз сқиган жойларини биронталари бориб силаб спмаган ёки Маккадаги қадамлари теккан жойларни тавоф қилмаган. Лайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам сз қадамлари теккан ёки намоз сқиган жойларини силаб спишни умматларига сргатмаганлар. Қайси асосга биноан бировлар намоз сқиган ёки ухлаган жойларини спиб силаш ёки табаррук қилиш мумкин?! Уламолар бундай ишлар А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ксрсатмаларидан смаслигини таъкидлаганлар.


Qayd etilgan


Foniy  28 Yanvar 2008, 09:54:46

Assalomu alaykum!
Javoblaringiz uchun rahmat, Olloh rozi bo'lsin!
Ziyorat qilish, o'sha joylarga borib, o'tganlarning ruhlariga Qur'on tilovat qilib, duo qilish mumkin emasmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Fevral 2008, 15:59:10

Bizning Chiroqchi shahrimizda Langar ota ziyoratgohi bor. O'sha joy haqida xabar beraman.
"Langar Ota" tarixi

Qadimda, aniqrog’i xijriy 122 yilda, melodiy 840 yilda qurulib keyinroq daryo bo’yiga ko’chirilgan Abul Hasan Ishqiy nomidagi jome masjidi jimjimador archa ustunlari va islomiy naqsh nigorlari bilan hamon qad rostlab turubdi.Bir paytlar Shuro hukumati uni buzib tashlamoqchi bo’lganda oqsoqollar mablag’ yig’ib hukumatdan sotib olib qolishgan. Boshlang’ich ta’lim beradigan madrasa binolari esa 50-yillar qatag’onida bo’zib g’ishtlari tashib ketilgan. Katta qabristondagi ikki bir hil balandlikda joylashgan 2 ta xonaqohda qishloqni langar Ota deb nomlanishiga asos bo’lgan shayxlar xilxonasi mavjud, Kichik xonaqoh bir muncha oldinroq Mirzo Ulug’bek zamonlarida boshlanib, Ashtarxoniylar hukmronligi davrida nihoyasiga etkazilgan. Sharqiy SHarkiy movzaley 11x9,5 metr xajmda 25x5sm kattaligda yapolok gishtlardan yogoch ishlatilmay yogoch ishlatilmay, gumbaz kilib tiklangan. Ichida 4ta sagana bulib ularning kattasida shaxs AbulXasan ishkiyning nevarasi Mirimshayx yotganligi taxmin kilinadi kun botish tarafdagi katta xonakox esa 15x12,5 metr xajmda bulib unda 8ta sagana joylashgan. Saganalarning brortasida yozuv saklanib kolmagan . birok kichik xonakox atrofidagi kabr toshlar ukib kurilganda ularda shayx Abul Xasan Ishkiy avlodlari Muxammad Boki Sayx Ishkiy, Salimxuja Miyozmuxammad Xuja nomlari kitobad kilingan. Bu nomlar kishlogdagi xujalar kulida saxlanib kelayotgan 3dona "Abul Xasan Ishqiy" avlodlari shajaradasidagi nomlariga aynan mos keladi. Darvoke bir ogiz gap shajara xakida. Ulardan biri but butun saxlangan kush muxr oila muxrlangan. Bu shajaralar islom tarixida turtsilsiladan biri Ishkiyo silsilasini yaratgan Abdul Xasan ishkiy avlodlari tarixini urganishda kimmatli mamba xisoblanadi. Shuningdek langarlik kariyalarining guvoxlik berishicha bir paytlar Langar ota shayxlari xakida yozilgan manokib" tarix risolasi xam bulib u xanus topilmayapti. "Langar" suzi uzining mazmun moxiyati bilan unlab ot-atama , sifat-sifatdoshlariga ega. Langar-Langar chup-darbozlar kuldagi mavozanat tayogi yoki islom sufiylariga tashlagan , kelib joylashgan makon, musofirxona, yetim - yesirlar beva-bechoralarga ozik-ovkat boshpana beradigan joy, ma'nolarini beradi Ayrim manbalarda esa mugulcha Langur-yani ulug,mukaddas kabr manosida xam keladi.

manba: www.ahmadk.narod.ru

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Fevral 2008, 16:05:13

"Langar Ota" boy ma`naviy meros

Agar e’tibor qilinsa, yurtimizda Poyu Ostona Langar Ota nomi bilan ataluvchi makonlar yoki qishloqlar soni 7 nafarga yetadi. Shunday nom bilan ataluvchi qishloq qo’shni Qozog’istonda ham bor.Gap ularning sonida emas, har birining qadimiyligi, muqaddas makon sifatida rivoyatlarga boyligi, aziz avliyolar qadami yetgan yoki abadiy makon topgan tabarruk maskan sifatida moziy sarhadlarida ham, hozir ham ko’pchilikni diqqat e’tiborini tortib kelayotganligi bilan ahamiyatlidir. Aslini olganda Yurtimiz tuprog’ining har hovuchi, har qarichi muqaddas, uni asrab avaylamoq, ko’zga surtmoq, tarix qaqtida qolgan har bir rivoyat, afsona va qo’shig’ini, jon qulog’imiz bilan tinglamoq, uni e’zozlab bir-birimizga yetkazmoq va ma’rifiy ibrat sabog’ini olmog’imiz millat sifatida naqadar yuksalishimiz uchun koni foyda emasmi? Biz bu o’rinda Zarafshon tizma tog’larining Chaqili kalon deb ataluvchi Samarqand va Qashqadaryo o’rtasida joylashgan davonning Chiroqchi tumani xududidagi Qalqama vodiysiga qarashli Langar Ota qishlog’i haqida fikr yuritmoqchimiz. Sabab shulki, o’tmishda o’ziga xos shaharcha sifatida ma’lum va mashhur bo’lib Kitob bekligiga qaragan bu qishloq Shuro tuzumi davrida ham undan keyin ham Qamashidagi Katta Langar qishlog’iga nisbatan kam o’rganilgan. Xo’sh uning o’ziga xosligi o’rganishga arziydimi? E’tibor bering: Qishloqda azal-azaldan qonqarindosh bo’lib 90 bovli o’zbek urug’larining ro’yhatga ilinadigan yigirmaga yaqin vakillari yashaydi. O’n gektarlik qabristonda esa o’sha urug’ vakillari yoki urug’boshilar, Oqsoqollari uzoq- uzoqlardan shu yerga keltirib dafn etilgan.Chunki aziz-avliyolar poyu ostonasi nasib etgan banda duzax azobidan yengillik topadi, degan aqida mavjud. Uch mingdan ziyod aholi yashaydigan qishloq ahli adabiy tilga juda yaqin shevada so’zlashadi.Yaqin-yaqingacha qishloqda xuddi shahardagidek alohida nomlangan guzarlar, har guzarning kichik mehmonxonalari bo’lardi.Bu yerda qishloqni qadim-qadimdan guzar oqsoqollari boshqargan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Fevral 2008, 16:06:32

Langalar Ota islom olamining buyuk yodgorligidir


Biz tariflayotgan Langarda esa avliyo Sulton Vaysil Koranga saxobalar tomonidan Paygambarimiz Muxammad Alayxssalomning muborak tunlari yani inomlarini keltirib topshirilishi bilan bog’luk rivoyatlar xam bor. Vaysil Kiron va saxobalar uchrashib kurishgan joy - tosh supa -xozirgi Kadamjon Ota Langar kishlog’i darvozasida joylashgan. Bu silsila xakida bizgacha juda kam malumotlar yetib kelgan. Bizga tanish bulgan manbalarning xabariga kura Ishkiya silsilasining boshlanishi Sulton Vaysil Kironga / Koraynin / Paygambarimiz Abdul Xasan Ishkiyga borib takaladi. Ishkiyo shayxlarining asosiy shiori - Olloxga cheksiz mexr - muxabbat bulib , ular bir - birlari bilan uchrashganda Assalom alaykum Ishkiullox yani xudoning oshigi deb salomlashgan. Kadimshunosmasson keltirgan malumotga kura Hind tarixchisi Ahmad Kashmiriyning "œShayhlar avlodlarining shajara daraxti" kitobida Ishqiy silsilasining Hindistonda tarqalishi va Ishqiy shayxlari shajarasi beriladi. Kitobda Ishqiy shayxlari shajarasi Muhammad payg’ambarga borib taqaladi.Shuningdek Muallifi noma’lum bo’lgan "œImonning mufassal bayoni risolasida ham Ishqiy silsilasi haqida aytilgan.Orenburgda chop etilgan Abu Abduraxmon al Muoziyning kitobida Ishqiyolar to’g’risida quyidagi ta’rif berilgan: Bu silsilaning boshida Abdul Hasan Ishqiyo turadi. U esa Hoja Bahavuddinning zamondashidir.Abdul Hasan Ishqiyning vafotidan keyin bu silsilani uning o’g’li Xudoyqul shayx, undan keyin esa uning o’g’li Ilyos shayx boshqaradi. Ilyos shayx Samarqandda yashab Xoja Axror bilan zamondosh bo’ladi. Ishqiy shayxlarining qabrtoshlari Qalqama Langar Otasida, Shaxrisabz tumanidagi Qiyomiddin shayx qabristonida, Samarqanddagi Ostona Ota qabristonlarida ko’proq uchraydi. Shayx Abdul Hasan Ishqiy va uning avlodlari izdoshlari haqidagi eng xolis ma’lumotlar Xazrat Alisher Navoiyning "œnasoyimul muhabbat" kitobida keltiriladi. Kitobning 628-faslidan boshlab, Shayx Abul Hasan Ishqiy va uning izdoshlari 8 nafar shayx haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Navoiy ta’rifida Abul Hasan Ishqiy asli Xorazmlik bo’lib turkey mashoyixlardandir. Shuningdek Langar qishlog’da saqlanayotgan uch nafar shajarada ham Ishqiyo shayxlari haqidq mukammal ma’lumotlar berilgan. Xullaski Ishqiyo silsilasi va uning asoschisi Abul Hasan Ishqiyo tarixi o’rganishga arziydigan darajada ibratli bo’lib, tarixchi olimlarimiz islomshunoslarimiz tomonidan keng tadqiqotlar manbaiga aylanishi kerak. Ochig’ini aytganda Langar Ota qishlog’I tarixi nafaqat tarixchi olimlarimizga, balki qadimshunoslarga, o’lka tarixi va tabiatini o’rganuvchilar uchun ham bitmas tuganmas xazina. O’qilmagan, o’rganilmagan qo’shiqlar manbai. Qishloqdagi Otashparastlar qo’rg’oni Muntoktepa, Otashparastlar qabristonidagi sopol tobut, ossuariy ostodonlar o’z tadqiqotchisini ko’tib yotibdi. Langar tog’laridagi tosh asriga oid Quchqortosh qoyasi, Qozontosh, Teshiktosh, Konizar g’orlari, Sadirtosh yodgorliklari ham har sayyoh yoki ziyoratchini, g’orshunosni qiziqtirishi tabiiy, Bizning bu hikoyalarimiz esa xamir uchidan patir. Eng muhimi esa Qalqama Langaridagi 2 mashhur Xonaqoh va Machit yodgorligi binolari bugungi kunda benihoya ta’mirtalab va asrab avaylashga muhtoj. Uni Respublikamizdagi boshqa noyob tarixiy obidalar qatorida asrab va himoyalab, kelajak avlodlar qo’liga yetkazish vazifasi kundalang turibdi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Fevral 2008, 16:09:13

Bu yerda Langar ota ziyorotgohining suratlarini ko'rishingiz mumkin.





Manba: ahmabk.narod.ru

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Fevral 2008, 16:20:44

Negadir HTML kodlar ishlamayaptimi?

Qayd etilgan