Tarixiy va me'moriy obidalar  ( 38356 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 14:56:47

Ha ana endi nihoyat rasmlarni joylashtira oldim

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Mart 2008, 18:06:01

Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Hazrati Imom maqbarasi
     
 XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o'g'li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan. Amir Temur ko'rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad Shayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag'dodiy "nomi bilan mashhur bo'lgan. Majmuaga Amir Temur o'zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o'n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Mart 2008, 18:06:38

 Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Gumbazi Sayyidon maqbarasi
   
  XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan Gumbazi Sayyidon maqbarasi o'ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. Gumbazlariga naqshinkor bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo Ulug'bek avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko'rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib kirilgan. Bu keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib kelgan. Binoning asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan mayda xonalardan iborat.

      Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi
      XIVasr. Shayx Shamsiddin Kulol (yoki Kulol Faxuriy) Amir Temur va uning otasi Amir Tarag'ayning ustozi, o'z davrida ulkan hurmat va e'tiborga ega bo'lgan ulamolardan. Mil. 1370 yilda Shayx dafn etilgan joyga Amir Temur maqbara qurdirgan. 1373 yilda olamdan o'tgan Amir Tarag'ay ham o'zining vasiyatiga binoan ustozi Shamsiddin Kulol qabrining oyoq tomoniga dafn etildi. Maqbara to'g'ri to'rtburchak shaklda qurilgan bo'lib, kirish qismiga ulkan gumbaz ishlangan, dastlabki qo'yilgan ikkita katta ustun va asosiy poydevor bugungi kungacha saqlangan, devor va gumbazlar Amir Temur davriga xos o'ymakor g'ishtdan bezak va jilva bilan bezatilgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Mart 2008, 18:07:25

Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Oqsaroy
     
 XIVasr. 1378-1379 yillarda Amir Temur Xorazmdagi barcha usta va hunarmandlarni Keshga keltirib, shaharda ulkan obodonlashtirshi ishlarini olib borgan va o'z davri uchun tengi bo'lmagan Oqsaroyni qurdirgan. Oqsaroy poydevoriga qo'yilgan dastlabki g'ishtlar oltin qumdan tayyorlangan. Saroy bezaklari orasiga Alloh taologa hamdu sanolar va Amir Temurga maqtov so'zlari bitilgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Mart 2008, 18:08:44

Qashqadaryo. Langar ota majmuasi
   
  XV- XVI asrlar. Langar ota me'moriy majmuasi hozirgi Qamashi tumanining Langar qishlog'ida XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida juda katta obro'-e'tibor va salohiyatga ega bo'lgan Kattalangar shayxlari tomonidan qurilgan. Maqbarada "Langar ota " nomi bilan tanilgan Shayx Muhammad Sodiq (1460-1545), otasi shayx Abul Hasan va avlodlari dafn etilganlar. Maqbarada Amir Temur avlodidan bo'lgan ismi ko'rsatilmagan bir shahzodaning ham qabr toshi mavjud.

Qayd etilgan


Chustiy  12 Mart 2008, 19:23:28

U yerga borib tilovat, duo qilish shart emas, Quron qib haqlariga duo qilmoqchi blsangiz hozir turgan joyizda tilovat va duo qilsangiz ham blaveradi, mashriqda qilingan duo magribdagi mayitga ham yetib boradi.

Qayd etilgan


Chustiy  12 Mart 2008, 19:30:15

Forum tashkilotcii mutasaddilari iltimos mavzu nomini "tarihiy, me'moriy obidalar" yoki shunga hshash nomga zgartirib qyila.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Mart 2008, 18:59:16

Nomi o'zgartirildi.

Qayd etilgan


Chustiy  14 Mart 2008, 19:22:50

Nomi o'zgartirildi.
Alloh rozi bo'lsin, hursand bo'ldim.
Ammo mani o'ylantirib qo'ygan bir jihati bor? nega endi "Muqaddas"?

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Oktyabr 2009, 23:24:40

 
    Qashqadaryo viloyati. Xo'ja Jarroh yodgorlik majmuasi
      Majmua XIV asrga oid bo'lib, hozirgi Qarshi shahrining Xudoyzod mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko'ra, Sohibqiron Amir Temur XIV asr oxirlarida Shom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulug' sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Al-Jarroh birinchi bo'lib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan.


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan