Imzolar  ( 31631 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

shoir  29 Yanvar 2008, 19:00:29

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda userlarimizning imzolari haqida fikr almashamiz.

Menga eng yoqqan imzo, AbdulAzizniki (menimcha, 2-3 yildan beri o'zgarmagan):

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan

shoir  29 Yanvar 2008, 19:01:44

Shuningdek, Ali Rizo Bekning yangi imzolari ham juda yoqdi:

Ko'p do'stlarni uchratdim, lekin tilni tiyishdan afzalroq do'stni ko'rmadim.
Ko'p kiyimlarni ko'rdim, ammo tavodan afzalroq libosni uchratmadim.
Ko'p mol ko'rdim, biroq qanoatdan ortiqroq mol topolmadim.
Ko'p yaxshiliklar ko'rdim, lekin nasihatdan ko'ra chiroyliroq yaxshilikni bilmadim.
Ko'p taomlarni ko'rdim, ammo sabrdan lazzatli taomni uchratmadim.
Kimki insonlarni xor qilib kamsitsa, o'zi ham xor bo'lganini ko'rdim.
So'zi ko'paygan kishining xatosiyu gunohi ko'payganiga shohid bo'ldim.

Hazrat Umar roziyallohu anhu!

Usmonning ham yangi imzolari juda yoqdi. Ko'p narsalarni odamga eslatib turarkan. Biroq uni qanday joylashni bilmadim.

PS. Usmon, o'zingiz joylab bersangiz.

Qayd etilgan

Abdusalom  30 Yanvar 2008, 13:37:15

Robiyaning imzolariga gap yo'q:

Hozir kimdir xursand,shodumon,
Qayerdadir yoshlangan ko'zlar
Kim yetdiyu, kimgadir armon
Bo'lib qoldi bir dunyo ishlar

Dunyo mo'minlarning bozori:kecha va kunduz - sarmoyalari,go'zal amallar tijorat mollari, jannat foydalari,jahannam esa zararlaridir.

Malikahonni imzolari ham chiroyli:

Negadir Murodbekning imzolariga tushunmadim:

Sign by Dealighted - Coupons and Deals

Qayd etilgan

ikbaljohn  30 Yanvar 2008, 13:40:39

Maniyam imzom haqida biror narsa divorila?
Silarga qiyin bo'masligi uchun imzomni qoldirib ketyapman!

Qayd etilgan

Abdusalom  30 Yanvar 2008, 13:51:55

Bir ko'r borar tunda, qo'lida chiroq,
Yo'lovchi hayrondan beribdi savol:
-Tunu kun sen uchun birdek aslida,
Chiroqqa ne hojat,men hayronu lol!?
-To'g'ri,kecha-kunduz men-chun zim-ziyo,
Qalbimdan anglayman yaqin-yiroqni.
Biroq ko'zi ojiz urilmasin deb,
Ko'tarib yuribman ushbu chiroqni!

Zo'r she'r ekan. Muallifi o'zingizmi?

Qayd etilgan

ikbaljohn  30 Yanvar 2008, 14:41:11

Bekajon (c) gazetasidan vaqtinchalik olib turilibdi :) Muallifi esimda yo'q!

Qayd etilgan

Murod_bek  30 Yanvar 2008, 14:43:15

Negadir Murodbekning imzolariga tushunmadim:

Sign by Dealighted - Coupons and Deals

Assalomu ALaykum! Kamina bitta "opriditel" qo'ymoqchi edim! Lekin o'xshata olmadim... :)
Almashtirib qo'yaman inshaalloh...

Qayd etilgan

Usmon  30 Yanvar 2008, 15:46:42

Negadir Murodbekning imzolariga tushunmadim:

Sign by Dealighted - Coupons and Deals

Assalomu ALaykum! Kamina bitta "opriditel" qo'ymoqchi edim! Lekin o'xshata olmadim... :)
Almashtirib qo'yaman inshaalloh...

Murod_bek shunaqa qo'ymoqchi bo'ganakanladeee :) Sal pastroda custom sign ssylkasiyam borakan o'shanda forumga link berisharkan.... Shoir - Rahmat! Joyladim :)

Qayd etilgan

Murod_bek  31 Yanvar 2008, 14:37:43

Ming rahmat Usmon! Ilmingiz ziyoda bo'lsin...

Qayd etilgan

shoir  31 Yanvar 2008, 17:19:52

Muslimaxonning imzolari ham juda go'zal:

ALLOHIM biz SENDAN SENI SEVMOQNI, SENI sevganlarni SEVMOQNI VA SENI MUHABBATINGGA YAQINLASHTIRADIGAN AMALLARNI biz UCHUN SEVIMLI QILMOG’INGNI SO’RAYMIZ!

Shoxjahon12ning imzosi - koreys maqoli ham insonni o'ylashga chorlaydi:

Hayot omadsizlikka uchraganda emas, hamma narsadan voz kechilganda tugaydi. (Koreys xalq maqoli)

Qayd etilgan