Taqdimot marosimi!  ( 37045 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


ikbaljohn  31 Yanvar 2008, 08:14:43

Taqdimot marosimiga xush kelibsiz!

Qayd etilgan


ikbaljohn  31 Yanvar 2008, 08:18:13

Raz raz raz! Ovozim eshitilyaptimi? Murodbek,mikrofonni yaxshi o’rnatibsiz,raxmat!
Assalomu alaykum xurmatli forumdoshlar!
Qalesizlar?
2007 yilning eng-englariga bag’ishlangan taqdimot marosimini ochiq deb e’lon qilaman.(gulduros qarsaklar)! Qaychini opkeling Mahzunabonu,o’sha tikuvchilik qaychizam bo’laveradi.Lentani qirqamiz.
Xo’sh,bu yil kimlar eng eng bo’ldilar?
Ilk nominatsiyamiz: 2007 yilning eng chiroyli niki kimniki? G’olib:Muhammad ismli user!Marhamat,o’z sovg’angizni olib ketishingiz mumkin.Kelavering,kelavering!G’olib bo’lganingiz bilan barcha forumdoshlar nomidan chin ko’ngildan tabriklayman.Mana shu medalni sizga topshirishdan bag’oyat xursandman.Qarsaklar o’rtoqlar!Joyingizga borib o’tirishingiz mumkin!
Keyingi nominatsiya: 2007 yilning eng offtopperi kim? G’olib-gayrat17.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar! ( Gulduros qarsaklarni o’rniga xushtak ovozlari eshitildi) Bu qanaqasi,o’rtoqlar?Nominatsiyani yaxshi yomoni bo’lmaydi.Uyat,uyat!Tinchlanvolaylik-chi!
Keyingi nominatsiya: Yilning eng yaxshi useri? Bunda Muslima singlimiz g’alaba qozonibdilar.Marhamat,sizam medalingizni olib keting.Chin yurakdan tabriklayman.Doimo eng-eng bo’lib yuring.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!
Xo’o’sh. 2007 yilning eng faol chet eldagi foydalanuvchisi-Süleyman! Marhamat,medalingizni olib keting.Iyye,medalni nega tishlaysiz?Tekshirib ko’rmoqchimidingiz? Toza,asl tilladan.Marhamat,joyingizga borishingiz mumkin!
2007 yilda ro’yxatdan o’tgan eng faol yangi foydalanuvchi! (2007 yil Newbie). G’olib-Salmon Forsi.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!Sizniyam tabriklaymiz.Forumga momaqaldiroqday gumburlab kirib keldingiz! Doimo shunday bo’lib qoling!
2007 yilning eng yaxshi ayol foydalanuvchisi kim? Albatta,bu Munira xonim opamiz.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar.Sizniyam chin ko’ngildan tabriklaymiz.Bolalaringizni baxtiga omon bo’ling!
2007 yilning eng yaxshi erkak foydalanuvchisi-xurmatli va qimmatli adminimiz AbdulAziz. Iye iye,qimirlamang.O’zimiz oborberamiz.Murodbek,choping.Medalni topshirib keling.
Keyingi nominatsiya: 2007 yildagi eng chiroyli imzo! Go’ib-yana bir marta biz uchun qimmatli adminimiz AbdulAziz.Murodbek,qaytib,mana bu medalniyam billa qo’shib opketing.Qarsaklar,o’rtoqlar!
Va nihoyat 2007 yilning eng avatori chiroyli foydalanuvchisi kim? Bu yerda qiyin holatga duch keldik.Ovozlari teng bo’lgan Muslima va Rukhiya!Medal bitta,davogar ikkita!Hmm,Murodbek,arrani opkeling.Xozir ilojisini topamiz.Ana bo’ldi,sixam,kabobam kuymadi. Mana bu sizga,Muslima,mana bunisi esa sizga,Rukhiya!Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!
Va eng oxirgi nominatsiya 2007 yil forum taraqqiyoti uchun eng ko’p xissa qo’shgan foydalanuvchi kim? Murodbek,AbdulAzizga o’z medalini topshirib keling.Lekin,qoyil xurmatli admin.Oskarni topshirishdayam Titanik filmi sizchalik unvonlarni to’play olmaganidi.O’rtoqlar,aziz qarsaklar! Eeeee Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!
Shunday qilib,bugungi taqdirlash marosimini yopiq deb e’lon qilaman.Medal ololmagan aziz o’rtoqlar!Hafa bo’lmanglar,zero sizlar eng-engsizlar!
Unvonlar o’z egasini topdi.Maniyam nomim bir nechta so’rovnomalarda qatnashdi va hech narsa yuta olmadim.Shu sababli o’zimga-o’zim 2007 yilning Looseri medalini topshiraman.Qarsaklar kerakmas.
Ko’rishganda ko’rishguncha

Qayd etilgan


ikbaljohn  31 Yanvar 2008, 08:42:41

Mdaa,manga rosa tosh otadigan bo'lishdi-da shu mavzum uchun forumchilar

Qayd etilgan


Usmon  31 Yanvar 2008, 09:11:36

Mdaa,manga rosa tosh otadigan bo'lishdi-da shu mavzum uchun forumchilar
Nega endi tosh otisharkan? Hamma sovrindorlarni tabriklab qolamiz. Kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlarga erishihliginiyam tilab  qolamiz. Lekin juda adolatli bo'libdi. Buni "Eng yaxshi avatar sohibi" nominatsiyasi taqdimotidan ham bilsa bo'ladi :)

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2008, 11:07:32

Mdaa,manga rosa tosh otadigan bo'lishdi-da shu mavzum uchun forumchilar

 Hecham unaqamas. Sizning xizmatlaringiz va tashabbusingiz bilan forumga boshqacha ruh kirdi. "Eng fidoyi user" nominatsiyasi ham qo'yilganda hech bir mubolag'asiz Ikbaljohnga medalni topshirardik.
  Barcha g'oliblarni tabriklayman. Barcha userlarga bundan keyingi ishlarida omad tilayman.

Qayd etilgan


Murod_bek  31 Yanvar 2008, 14:35:43

Assalomu alaykum!
AVvalom bor taqdimotnig sababchisi, barcha so'rovnomalarning tashkilotchisi bo'lmush ikbaljohnga rahmat aytishim lozim...
G'oliblarni tabriklayman... go'lib bo'lmaganlarga esa inshaalloh bu yil yaxshilab harakat qilsalar ega bo'lishlari mumkin...

PS: Ochig'i kayfiyatim yo'q edi. Ikbaljohnni postlarini o'qib sal kayfiyatim ko'tarildi :))

Qayd etilgan


Muzayyana  31 Yanvar 2008, 14:55:08

Mdaa,manga rosa tosh otadigan bo'lishdi-da shu mavzum uchun forumchilar

Nega unaqa diysiz? Xususan manga juda yoqdi.....AJOYIB!
G'oliblarga omad! Chin qalbimdan tabrikleman.

Qayd etilgan


shoir  31 Yanvar 2008, 17:23:26

Taqdimot juda go'zal chiqibdi. Tasanno.
Shu, Iqboljon, medallarni ozgina kattaroq qilganingiz yaxshimidi?
Ba'zilarida yozuvlar juda kichik bo'lib ketibdi.
Odatda oltindan keyin, kumush, bronza medallari bo'lardi.
Ularniyam egalariga topshirsangiz, juda xursand bo'lishardi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Yanvar 2008, 17:37:08

Hamma sovrindorlarni tabriklaymiz!!!~~

Qayd etilgan


mutaallimah  01 Fevral 2008, 15:04:46

Assalomu alaykum.
Raxmat Zo'r chiqibdi taqdimot !
Alloh rozi bo'lsin !
Faqat shu bitta narsaga hech aqlim yetmayapti zanglab yotgan arrani tishi qanaqa qilib tillani bo'lishga o'tdi  ??? ::) :5

TAKLIF:
"Hech kimni hayoligayam kelmaydigan taqdimotlarni o'ylab topguvchilar" nominatsiyasi ochilsa bo'
larkan :D. Bu nominatsiyani qatnashchilari ham g'olibi ham ikbaljohn
aka bo'ladilar :D :D ;)..


PS: Muslima forumdosh sifatida g'aroyib narsalarni o'ylab topguvchi ajoyib kallangizga ooozgina Allohni kalomidan ham olishga harakat qiling degan bo'lardim ikbaljohn akaga..(uzr, bu gaplarimni og'ir olmaysiz deb umid qilaman, o'zim uchun sevimli bo'lgan narsani bir forumdosh singil sifatida sizga ham aytdim)

Qayd etilgan