Raz raz raz! Ovozim eshitilyaptimi? Murodbek,mikrofonni yaxshi o’rnatibsiz,raxmat!
Assalomu alaykum xurmatli forumdoshlar!
Qalesizlar?
2007 yilning eng-englariga bag’ishlangan taqdimot marosimini ochiq deb e’lon qilaman.(gulduros qarsaklar)! Qaychini opkeling Mahzunabonu,o’sha tikuvchilik qaychizam bo’laveradi.Lentani qirqamiz.
Xo’sh,bu yil kimlar eng eng bo’ldilar?
Ilk nominatsiyamiz: 2007 yilning eng chiroyli niki kimniki?
G’olib:Muhammad ismli user!Marhamat,o’z sovg’angizni olib ketishingiz mumkin.Kelavering,kelavering!G’olib bo’lganingiz bilan barcha forumdoshlar nomidan chin ko’ngildan tabriklayman.Mana shu medalni sizga topshirishdan bag’oyat xursandman.Qarsaklar o’rtoqlar!Joyingizga borib o’tirishingiz mumkin!
Keyingi nominatsiya: 2007 yilning eng offtopperi kim?
G’olib-gayrat17.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar! ( Gulduros qarsaklarni o’rniga xushtak ovozlari eshitildi) Bu qanaqasi,o’rtoqlar?Nominatsiyani yaxshi yomoni bo’lmaydi.Uyat,uyat!Tinchlanvolaylik-chi!
Keyingi nominatsiya: Yilning eng yaxshi useri?
Bunda Muslima singlimiz g’alaba qozonibdilar.Marhamat,sizam medalingizni olib keting.Chin yurakdan tabriklayman.Doimo eng-eng bo’lib yuring.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!
Xo’o’sh. 2007 yilning eng faol chet eldagi foydalanuvchisi-Süleyman!
Marhamat,medalingizni olib keting.Iyye,medalni nega tishlaysiz?Tekshirib ko’rmoqchimidingiz? Toza,asl tilladan.Marhamat,joyingizga borishingiz mumkin!
2007 yilda ro’yxatdan o’tgan eng faol yangi foydalanuvchi! (2007 yil Newbie).
G’olib-Salmon Forsi.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!Sizniyam tabriklaymiz.Forumga momaqaldiroqday gumburlab kirib keldingiz! Doimo shunday bo’lib qoling!
2007 yilning eng yaxshi ayol foydalanuvchisi kim?
Albatta,bu Munira xonim opamiz.Qarsaklar,aziz o’rtoqlar.Sizniyam chin ko’ngildan tabriklaymiz.Bolalaringizni baxtiga omon bo’ling!
2007 yilning eng yaxshi erkak foydalanuvchisi-xurmatli va qimmatli adminimiz AbdulAziz.
Iye iye,qimirlamang.O’zimiz oborberamiz.Murodbek,choping.Medalni topshirib keling.
Keyingi nominatsiya: 2007 yildagi eng chiroyli imzo!
Go’ib-yana bir marta biz uchun qimmatli adminimiz AbdulAziz.Murodbek,qaytib,mana bu medalniyam billa qo’shib opketing.Qarsaklar,o’rtoqlar!
Va nihoyat 2007 yilning eng avatori chiroyli foydalanuvchisi kim?
Bu yerda qiyin holatga duch keldik.Ovozlari teng bo’lgan Muslima va Rukhiya!Medal bitta,davogar ikkita!Hmm,Murodbek,arrani opkeling.Xozir ilojisini topamiz.Ana bo’ldi,sixam,kabobam kuymadi. Mana bu sizga,Muslima
,mana bunisi esa sizga,Rukhiya
!Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!
Va eng oxirgi nominatsiya 2007 yil forum taraqqiyoti uchun eng ko’p xissa qo’shgan foydalanuvchi kim?
Murodbek,AbdulAzizga o’z medalini topshirib keling.Lekin,qoyil xurmatli admin.Oskarni topshirishdayam Titanik filmi sizchalik unvonlarni to’play olmaganidi.O’rtoqlar,aziz qarsaklar! Eeeee Qarsaklar,aziz o’rtoqlar!
Shunday qilib,bugungi taqdirlash marosimini yopiq deb e’lon qilaman.Medal ololmagan aziz o’rtoqlar!Hafa bo’lmanglar,zero sizlar eng-engsizlar!
Unvonlar o’z egasini topdi.Maniyam nomim bir nechta so’rovnomalarda qatnashdi va hech narsa yuta olmadim.Shu sababli o’zimga-o’zim 2007 yilning Looseri medalini topshiraman.Qarsaklar kerakmas.
Ko’rishganda ko’rishguncha