Muallif Mavzu: Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 32947 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #60 : 07 Fevral 2009, 11:56:29 »
O'g'lim Musomurod! Ko'rinib turibdiki, odam boshqalarga va'z aytishdan oldin o'z nafsiga nasihat qilishi kerak. Nasihatni qalblariga singdirib ilmiga amal qilgan kishilar avliyolardir. Bular Haqdan qo'rqishadi, avval nafslariga nasihat qilishadi, so'ng xalqqa. Alloh taolo: «Allohdan bandalari orasida ulamolargina qo'rqurlar», (Fotir surasi, 28-oyat) degan.

Inson Rabbisini bilgani qadar Undan qo'rqadi, ilmiga amal qiladi. Ilmiga amal qilmaganlar esa, Allohdan qo'rqmaydi. Nasihatgo'y Allohdan qo'rquvchi, ilmiga amal qiluvchi kishi bo'lishi kerak.

Alloh taolo: «Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan (bo'lmish) ish egalari (rahbarlar)ga itoat etingiz!» (Niso surasi, 59-oyat) deya marhamat qilgan.

O'g'lim, olimlar, «Al ulamo varasatul anbiyo» hadisi sharifiga ko'ra, anbiyoning vorislaridir.

O'g'lim Musomurod! Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham bir muborak hadislarida:
«Dunyo podsholar adolati, ulamolar ilmi, boylar ehsoni va fuqarolar duosi bilan oboddir», deganlar.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #61 : 07 Fevral 2009, 11:58:10 »
O'g'lim, mana shunaqa insonlarning borligi insoniyatga kuch bag'ishlaydi. Ilmiga amal qiluvchi ulamo – Allohning do'sti. Ular xalqni Haqqa sevdirishga harakat qiladi. Rasululloh(s.a.v.) bular haqida: "Avliyo shunday kishidirki, xalqni Haqqa sevdiradi, yer yuzidagi barcha insonlarga nasihat qilib yaxshilikka yetaklaydi. So'ziga amal qilmoqchi (sen ergashmoqchi bo’lgan. — Tarj) bo'lgan zotlar ilmi ila omil ulamoi omiliyn, urafoyi vosiliyn va umaroi mashg'uldir", deganlar.

O'g'lim, ilmli kishi, payg'ambarlar axloqini o'rganadi, yomon fikr-xayollardan yiroq bo'ladi. Qo'pol so'zlarni ishlatmaydi. Doimo muloyim, xushhulqlilik bilan ko'ngilga yo'l topadi. Rasulluloh(s.a.v.) insonlar bilan aql darajasiga qarab muomala qilishimizni tavsiya etadilar. O'g'lim, inson bilimlarni egallashi uchun kibrlanmasligi kerak. O'g'lim, Imom A'zamdan: "Ilmlarni qanday qilib egalladingiz", deya so'rashibdi. U: "Kichikni kichik demadim. Kattani katta demadim, hammani tingladim", debdi. Demak, sen ham doimo kibrdan yiroq bo'lib, kichikni kichik, kattani katta demasdan tingla. To'g'ri nasihat inson qalbiga davo, haqiqiy shifo bo'ladi. Nasihat tinglovchi va nasihat beruvchi bo'lgin. O'rni kelganda so'zla.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #62 : 07 Fevral 2009, 11:59:43 »
Idora

Yaxshi umr kechirish uchun idora qilishni ham bilish lozim. Idora qilish iqtisodning asosidir. Idora dasturini yaxshi bilgan shaxslar va jamiyatlar yuksaklikka, bilmaganlar esa halokatga yuz tutadi. Sen hayoting davomida idora qoidalarini o'rgan. Bu seni xalq va Haq oldida aziz qiladi, aks holda eng past mavqega tushib qolasan.

Alloh: "Yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmanglar!" (A’rof surasi, 31-oyat) degan.

O'g'lim, barcha kulfat isrofgarchilikdan kelib chiqadi. Har bir yutuq mo’tadil idora yo'li bilan qo’lga kiritiladi. Idora insonlarni saodatga yetaklaydi. Ikki olam saodati ham idora qilishni bilishdan boshlanadi. Bir zot «Ikki olam rohati idora, madora yo'lidir», degan ekan. Yaxshi do'stlar bilan idora, do'st bo'lib, dushman bo'lganlar bilan ham madora qilish lozim.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #63 : 07 Fevral 2009, 12:01:00 »
O'g'lim, fitna chiqarmaslik uchun dushmanlar ahvoliga qarab qilingan muomalaga madora deyiladi.

Savdo sohasida ham idora qila bilish muhim ahamiyatga ega. Shu sabab, butun daromadini sarf- isrof qilganlar inqirozga yuz tutadi. Idorani bilganlar saodat topadi.

Aziz farzand! Payg'ambarimiz(s.a.v.) bir muborak hadislarida: «Xarajatida iqtisodga rioya qilgan kishi muhtojlik ko'rmaydi», deganlar.

Bu hadisi sharif hayoting uchun muhim dastur bo’lsin. Xarajatida tejamkor bo'lganlar muhtojlik ko'rmaydi. Rasululloh(s.a.v.) yana bir hadislarida: «Pul sarflash iqtisod va maishatning yarmidir», deganlar.

Mana shu hadisi sharif senga ko'p narsani anglatadi.

O'g'lim, har bir kishi uchun — haydovchi, kapitan, qo'mondon, valiy, mudir, ota-ona, farzand uchun — doimo to'g'ri idora zarur. Hamma narsa to'g'ri idora yo'li bilan go'zaldir. Butun olam kuchi yaxshi idora va madoradir.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #64 : 07 Fevral 2009, 12:02:02 »
Yaxshi muomala

O'g'lim Musomurod! Inson hayotidagi yaxshi yashash dasturlaridan biri dushman bo'lsa-da nazokat bilan kutib olish, izzat-ikrom qilish, yaxshi muomalada bo'lishdir. Dushmaning seni yomon deb bilgani uchun ular qalbiga insoniy hislar bilan ta'sir etib, ularni yomon xayollardan qutqarish lozim.

Yaxshi insonlarning vazifasi quruq yerlarga yomg'ir jon bag'ishlaganidek, go'zal xulq bilan dushman qalbiga yo'l topishdir.

O'g'lim, Rasululloh(s.a.v.) ham munkirlarga nisbatan doimo nazokatli bo'lganlar. Ularni yaxshi so'zlar bilan kutib olganlar. Buyuk zotlar, fisq-u fasodga g'azab bilan emas, vazminlik va aql bilan javob berganlar.

Hasan Basriydek buyuk valiy ham o'zini g'iybat qilgan kishiga bir dasturxon noz-ne'matlar yuborgan ekan. Buni eshitib hayratlangan ahboblariga: «Birodarlar, u g'iybat bilan menga barcha savobni o'tkazdi, men esa unga bir das¬turxon yubordim, xolos», debdi. Keyin esa: «Umid qilamanki bu dasturxon bizni tobora yaqinlashtiradi. Mehrimizni orttirib, islohga boshlaydi», debdilar.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #65 : 07 Fevral 2009, 12:03:04 »
O'g'lim Musomurod! Ko'rib turibsanki, bu buyuk zotlar dushmanlari g'iybatlariga nisbatan ikrom qilib, isloh yo'lini tutishgan. Qalblarida yaxshilik yashagan. Insonlarni ezgulikka chorlab, yomon xayollardan yiroqlashtirganlar.

Yaxshi insonlar isloh yo’lini tutishadi. Bir-birlari bilan munosabatlarini mustahkamlashga harakat qilishadi.

Inson shu go'zal tuyg'u va ilmlar bilan kuchli sanaladi. Bu go'zal hislar ko'ngillardagi qorong'ulikni ketkizadi. Shaxsiyatparastlik insonlarni yomonlikka boshlaydi.

O'g'lim! Shu oliy tuyg'ular seni va jamiyatni yuksaklarga olib chiqadi. Turli dunyo va oxirat ofatlaridan himoya qiladi. Shu go'zal tuyg'ular bilan insoniylik darajangni yuksaltir. Barchaga ezgulik ista. Haqqa da'vat qil. Ezgu fikr, izzat-ikrom va go'zal axloqing bilan hayot kechirib baxtli bo'l. Shu o'n ikki nasihatni qulog'ingga quyib ol, meni va so'zlarimni aslo unutma. Allohning o'zi ezgu niyatlaringga muvaffaq aylasin!
« So'nggi tahrir: 07 Fevral 2009, 12:04:53 muallifi Abdulloh90 »

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: O'G'LIMGA 12 NASIHAT. Muhammad Kamol
« Javob #67 : 08 Fevral 2009, 09:30:23 »
O'g'limga 12 nasihat



Muallif: Muhammad Kamol
Hajmi: 161 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 63
Ko'rilgan: 28002
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 08:58:57
muallifi AbdulAziz
Muhammad Huzariy. Nur-ul yaqin

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 545
Ko'rilgan: 165618
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 08:27:09
muallifi AbdulAziz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 89329
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 41826
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 31106
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz