KA’B IBN ZUХDYR VA «QASIDAI BURDA»
Ka’b mashxur bir shoir edi. Otasi ham mashxur shoir bo’lgan. Butparast kishi sifatida fahri koinot (s.a.v.) janobimizni hafa qilib xajviyalar bitgan.
Hazrati Rasululloh (s.a.v.) Makkani fath etib qaytgan paytlari Ka’bning ukasi (yo akasi) bunday deb bir maktub yozdi: «Rasululloh Makkada o’zlarini xajv qilgan, aziyat bergan Quraysh shoirlarini o’ldirdilar, Ibn Zibora, Хubayra kabi ba’zi shoirlar qochishdi. Agar sen joningni sevsang va yashashni yaxshi ko’rsang, vaqtni o’tkazmasdan hazrati Payg’ambarning yonlariga uch. Zero, bu zot huzurlariga tavba qilib kelgan hech kimni o’ldirmaydilar. Agar bunday qilmasang, yer yuzida joningni qutqara oladigan bir joyni topaver».
Ka’b maktubni olgan zahoti endi bundan bu yog’iga shamol o’zining orzuyiga ko’ra esmayajagini angladi. Endi hazil harom edi. Haqqiga o’lim farmoni chiqarilgan bir odam sifatida qayerga borsa, o’lim qo’rquvi ham soya kabi unga ergashib yurishini xis eta boshladi. Qayerga bormasin, yo imon keltirganlarga va yo Rasululloh bilan bitim tuzgan biron qabilaga duch kelib qolishi mumkin. Bu vaziyatda bitta nayza yoki bitta o’q bilan yer o’pib qolishi hech gap emas.
Bu ishni bir yoqli qilish kerak, dediyu tuyasiga mindi. Madinaga yo’l oldi. Shaharga yashirincha kirdi. Juzayma qabilasidan bir tanishining uyiga qo’noq bo’ldi. Хolini tushuntirdi.
Тongda birga-birga masjidga borishdi. Ka’b oldinga tushdi. Odam bolalarining azizi bo’lmish Janobimizning (s.a.v.) xuzurlariga yetib o’tirdi, qo’llarini u zotning qo’llari ustiga qo’ydi:
— Ey Allohning payg’ambari, Ka’b ibn Zuxayr oldingi ishlaridan pushaymonlik tuyyapti. Тavba qilsa va musulmon bo’lish uchun xuzuringizga kelsa, kechirasizmi? — deb so’radi. «Ha», javobini olganidan keyin so’zida davom etdi: — U holda men Allohdan boshqa hech bir ma’bud yo’qligiga va siz Allohning payg’ambari ekaningizga iqrorman. Men Ka’b ibn Zuxayrman.
So’ngra «Bonat suodi» deb boshlanadigan uzun qasidasini o’qiy boshladi.
Habibi akmal (s.a.v.) qasidani zavq bilan eshitdilar. Zuxayr: «Aniqki, bu payg’ambar Allohning yaltiragan bir qilichidir», baytini o’qiyotganida Janobimiz sadobalariga diqqat bilan tinglanglar, deganday bir ishora qilib qo’ydilar.
Qasida o’qib bo’lingach, Janobimiz mamnuniyat darajalarining ifodasi o’laroq egnilaridagi xirqalarini yechib unga hadya qildilar.
Bir soat avvalgacha u haqda o’lim farmoni bor edi, xozir esa, butun ummat havas etadigan hadyani payg’ambarlarning eng so’nggisi Janobimizdan olish sharafiga erishib o’tiribdi.
Ka’b endi samimiy bir musulmon o’laroq yashayajak va o’ziga tekkan bu eshsiz sovg’ani hayoti davomida hech bir narsaga alishtirmayajak.
Keyinroq uning o’g’illari bu xirqani yigirma ming dirhamga Muoviyaga sotishajak va shundan so’ng oldin umaviylar, so’ngra abbosiylar bu xirqani qimmatbaho bir omonat o’laroq saqlayajaklar, eng oxirgi abbosiy halifati solingan qilich halifaning qonini bu muborak xirqaga sachratajak.
Undan keyin Misrga keltirilgan va fotimiylarning qo’lida qolgan xirqai saodatni 1517 mil. yili Misrni egallagan Yovuz Salim Хon yana bir qancha muqaddas omonatlar bilan birga Istanbulga keltirajak. Avval xos o’laroq ko’rdirilgan «Хirqai Saodat» jomeida saqlanajak, keyin Тupqopi saroyiga keltirilib, Хirqai Saodat bo’limida muxofaza ostiga olinajakdir.