Muallif Mavzu: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath  ( 101074 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #255 : 07 Fevral 2009, 09:20:53 »
Bu oyatlar ayniqsa hazrati Umarning ko‘nglidagi siqintini ildizidan qo‘pordi. Faqat diniy bir g‘ayrat bilan, faqat Rasuli amin janobimizga nisbatan hurmati va munofiqlarga dushmanligi sababidan qilgan bu ishining to‘g‘riligini Janobi Mavlo o‘zi tasdiqlab turibdi, axir!
Rasululloh (s.a.v.) yomonlikka yaxshilik qoidasini oxirigacha yuritdilar. Tilida shahodat kalimalarini aytgan bu odamga musulmon muomalasini qildilar, ishning ich-yuzini Ollohga qoldirdilar.
Islom dini insonlarni sof, top-toza tuyg‘ular bilan ustun bir dinga ishonishga chaqiradi. Ibn Salul esa, sharaf bilan, obro‘-e’tibor bilan yashash yo‘lini tanlamadi, ichida kofir, tashida musulmon ko‘rinishdek, mard insonga yarashmaydigan munofiqlik yo‘lining timsoliga aylandi. Hozir boshlagan hayoti ko‘ngilochar bo‘lmaydi. Jahannamning eng chuqur joylarida azob ko‘rajagini Qur’on oyatlari xabar beryapti. Bo‘yniga osilgan «Munofiqlarning raisi» degan yorliq unga abadiy bir falokatdan boshqa narsa keltirmayajak.
Makkaning Abu Jahli qanday bo‘lsa, Madinaning Ibn Saluli ham shunday edi. Biri kufr va shirk timsoli, ikkinchisi nifoq va fasod bulog‘i bo‘lgan bu ikki odam Rasululloh
(s.a.v.) janobimizga kin va dushmanlik yo‘lida barobar yurgan ikki olchoq edi. Ammo hozir tushgan chuqurni u yillar davomida o‘z xohishi bilan qazidi, axir. O’g‘li Abdullohni deb Ollohning hukmi ham o‘zgarib qolmaydi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #256 : 07 Fevral 2009, 09:21:27 »
HADYA XIRQA

Bir kuni Rasuli muhtaram (s.a.v.) huzurlariga bir xotin keldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu xirqani o‘z qo‘llarim bilan siz uchun to‘qidim. Iltifot etib, qabul qiling, - dedi.
Xotinning bu samimiy ishi Nabiyyi akramni mamnun qildi. O’sha kunlari Janobimiz bir xirqaga juda-juda muhtoj edilar. Ayol xirqasini hadya etib uyiga qaytar ekan, Ollohning roziligini ham qozondi. Zotan, xizmatiga u istagan haq shu edi. Xizmat haqini teri qurimasidan berishga buyurgan va tavsiya etgan ham Ollohdir, Ollohning rasulidir. Sevikli payg‘ambariga tamasiz, ko‘ngil roziligi bilan xolis qilingan xizmatni Ulug‘ Mavlo taqdirlamay qo‘yarmidi?!
Saldan keyin Janobimiz u xirqani kiyib chiqdilar. Ko‘rganlar ham xursand. Ammo bu xursandlik uzoqqa bormadi. Bir odam keldi, u xirqani silab-siypalay boshladi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, bu xirqani menga bering, - deb qoldi birdan.
Payg‘ambarimiz: «xirqa menga hadya etilganiga hali bir soat bo‘lgani yo‘q, men esam,
bunga muhtoj ekanimni hamma biladi», deya olmasdilar, axir. Nubuvvat axloqi bundan to‘sardi. Bu odam o‘zi bunday demasligi lozim edi. Ancha-muncha zahmat bilan xirqani to‘qigan xotin ham uni Payg‘ambar kiysinlar, hojatlari chiqsin, deb to‘qib keltirgan edi!
Rasululloh (s.a.v.) uylariga kirib ketdilar. Bir muddatdan so‘ng qaytib chiqqanlarida qo‘llarida taxlog‘liq xirqa bor edi. Uni haligi odamning oldiga qo‘ydilar. Yuzlarida hech bir xafalik alomati ko‘rinmadi.
Bir zumda yangi xirqali bo‘lib olgan odam kelgan tomoniga qarab ketdi. Ortidan borgan birlari:
-   Yaxshi ish qilmading. Bilasan, Payg‘ambarimiz bunaqa istakni javobsiz qoldirmaydilar. Holbuki, o‘zlari hadya beradigan holda emasliklarini ham bilarding,
-   deb malomatqila boshladi. Odam pushaymon emasdi.
-   Ollohga qasam, men uni, o‘lsam menga kafan bo‘lsin, degan niyatdagina so‘rab oldim,
-   deb javobqaytardi*.
Qachon o‘lishini bilmaydigan bir odam kafan dardiga tushib, Rasulullohni xirqasiz qoldirishi to‘g‘rimidi? Bunaqa orzui bor ekan, shart-sharoitni ham hisobga olishi kerak emasmidi?..
Ehtimol o‘sha kungi majlisdadir, Rasuli akram (s.a.v.) qiyomat kunidan bahs boshlab:
-   Ummatimdan yetmish mingtachasi yuzlari oy kabi porlay-porlay jannatga kirajak, - deb marhamat qildilar.
Suhbatda hozirlardan Ukkosha ibn Mihsan oyoqqa qalqdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, Ollohga duo qiling, meni o‘shalardan biri qilsin, - dedi.
Javob taklifga yarasha bo‘ldi:
-   Ollohim, uni o‘shalardan biri qil.
Ukkosha mo‘ljalni aniq urdi. Istagini tom vaqtida aytib qoldi. Yana bittalari o‘rnidan turdi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, meni ham o‘shalardan qilishini Ollohdan so‘rab bering,
-   dedi.
Ammo endi temirning tobi ketib qolgan edi. Shuning uchun Janobimiz bu ikkinchi istakka javoban:
- Ukkosha sendan ilg‘orlik qildi, - deyish bilan kifoyalandilar. Ehtimol o‘sha onda ilk murojaatning qabul etilishi taqdir qilingandir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #257 : 07 Fevral 2009, 09:22:04 »
BIR SAFARDAN XOTIRA

Ziyod ibn Horis toza niyatlar bilan kelgan edi. Musulmon bo‘lganini Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shahodat kalimalarini aytib izhor etdi. Ziyodning Sudo’ qabilasidan ekanini bilgan bir sahoba:
-   Salgina oldin sening qabilangga bir guruhni jo‘natgan edik, - deb qoldi.
Bu gapni eshitgan zahoti Ziyod janobi Rasulullohga murojaat qildi:
-   Ey Ollohning rasuli, qavmimning Islomni qabul etishi va itoat qilishiga men kafilman. U guruhni orqaga qaytarsangiz, yaxshi bo‘lardi, - dedi.
Bu yangi musulmonning gapidan Rasululloh xursand bo‘ldilar.
-   U holda borib ularni qaytarib kel, - dedilar.
-   Tuyam ancha charchabqolgan...
Janobimiz boshqa odamga buyurdilar, u ketib, askariy guruhni qaytarib olib keldi. Endi ish Ziyodda qoldi. U o‘tirib bir xat yozdi va qabilasiga jo‘natdi.
Ko‘p o‘tmasdan Sudo’ qabilasidan bir elchi guruh keldi, hazrati Payg‘ambarimiz huzurlarida hozir bo‘ldi. Islomni qabul qilish sharafini qozonishdi. Shunday qilib Ziyod so‘zining ustidan chiqdi. Payg‘ambarlar sultoni shirin so‘zlar bilan uni taqdirladilar.
-   Sen qavm ichida hurmatga loyiq kishisan, - deb marhamat qildilar.
-   To‘g‘risi ularni Islomga undagan Ulug‘ Mavlodir,- deb javob qildi Ziyod.
-   Seni ularga amir etib tayinlaymi?
-Ha.
Rasululloh (s.a.v.) bir yorliq yozdirdilar. Unda Sudo’ qabilasi Ziyodni o‘ziga rais deb bilishlari buyurilgan edi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, menga maosh ham ajratasizmi?
Bu masalada ikkinchi bir yorliq yozdirildi.
Shu payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bir necha kishi kelib qoldi va boshliqlarining nohaq ishlaridan shikoyat qilishdi.
-   Demak, u shu ishlarni qildimi? - deb so‘radilar bir bor.
-   Ha, ey Ollohning payg‘ambari, u shunday qildi. Shunda Janobimiz atroflarida o‘tirganlarga qarab:
-   Mo‘min bir kishi uchun amirlikda yaxshilik yo‘q, - deb marhamat qildilar.
Bu so‘zlar Ziyodning ko‘ngliga bir og‘riq soldi. Ikki olam sarvari «yaxshilik yo‘q» deb ta’riflagan amirlikka u xursandlik bilan rozi bo‘lib o‘tiribdi, kamiga tag‘in maosh ham so‘radi-ya...
Yana kimdir keldi.
-   Menga mol ehson qiling, ey Ollohning rasuli, - dedi.
Bu istakka javoban Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday marhamat qildilar:
-   Ehtiyoji bo‘lgani holda tilangan kishi uchun u olgan mol boshog‘rig‘i va darddir.
Tushunganlarga bu gap ko‘p ma’nolar berardi. Lekin haligi odam istagini yana takrorladi:
-   Menga sadaqa mollaringizdan bering, - dedi.
Shunda Janobimiz:
-   Olloh taolo sadaqalar xususida na bir payg‘ambarning hukmini qabul etgan va na boshqaning. Bu boradagi hukmni yolg‘iz O’zi bergan, sadaqa ulashiladigan joylarni sakkiz toifa holida bayon etgan. Agar sen shu toifalardan bo‘lsang, senga ham beramiz, - dedilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #258 : 07 Fevral 2009, 09:23:32 »
Bu gapni ham Ziyod alohida o‘ylab, vijdon tarozisida tortib ko‘rishi maqsadga muvofiqbo‘lardi.
Kecha qorong‘isi. Yo‘lga tushishdi. Ziyod Rasululloh (s.a.v.) bilan yonma-yon borardi. Tongning erta soatlari yaqinlashganida:
-   Ey Ollohning rasuli, azon aytayinmi? - deb so‘radi.
Janobimiz sharq tomonga boqdilar, yo‘q, dedilar. Yana ozgina yurilganidan so‘ng Ziyod ikkinchi marta so‘radi, tag‘in qaytardilar.
Nihoyat tong otdi, sharq tomon enlamasiga oqarishib ko‘rindi. Sarvari koinot tuyalaridan tushdilar.
-   Yoningda suv bormi, ey sudo’lik? - deb so‘radilar.
-   Nimadir ozgina bir narsa bor, ammo sizga yetarmikan...
-   Uni bir idishga quyib, olib kel!
Ziyod quyib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) muborak qo‘llarini suvga botirdilar. Ziyod qorong‘ilikda idishdagi suv qaynay boshlaganini hayrat ichra ko‘rdi. Bir-ikki nafas olib ulgurmay favvoraday pishqirgan suv idishni to‘ldirib, toshdi. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan buyuk Payg‘ambar Ziyodga:
-   Parvardigorimdan uyalmaganimda bunaqa mo‘‘jizalar bilan doim suvni mo‘l qilib qo‘yardim, hamma qonardi suvga. (Lekin oson emas bu ish.) Qani, birodarlaringni chaqir, ehtiyoji borlar kelsin, suvini olsin, - dedilar.
Ziyod azon aytdi. Ketidan baland ovozda:
-   Hey-y suvi qolmaganlar, Payg‘ambarimizning yonlariga kelinglar! - deb chaqira boshladi.
Har kim kelib meshini to‘ldirib ketaverdi. Bu ish bitgach, Hazrati Bilol (r.a.) iqomat takbirini tushirish uchun o‘rnidan turdi. Rasululloh uni to‘xtatdilar:
-   Azonni sudo’lik birodaring aytdi, azonni kim chaqirsa, iqomatni ham o‘sha aytishi lozim, - dedilar.
Ziyod iqomat tushirdi, bomdod namozi o‘qildi. Namozdan keyin o‘sha kunning azonchisi bo‘lgan Ziyod qo‘lida ikkala vasiqasi bilan Rasulullohga ro‘para bo‘ldi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, meni bu ikkalasidan qutqaring, - dedi.
-   Nima bo‘ldi senga?
-   Kecha «Mo‘min kishi uchun amirlikda yaxshilik yo‘q», deganingizni eshitdim. Men esam Ollohga va rasuliga ishongan odamman. Yana siz sadaqa so‘rab kelgan bittasiga: «Ehtiyoj bo‘lmagani holda tilangan kishi uchun u olgan mol boshog‘rig‘i va darddir», dedingiz, buni ham eshitdim. Men sizdan maosh so‘radim. Holbuki, men o‘zimga to‘q odamman, - dedi.
Uning gaplari samimiy edi.
-   O’zing bilasan: istasang, qabul qil, istasang, qaytar, - dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Ziyod hech ikkilanmasdan qarorini aytdi:
-   Qaytaraman!
-   Unda bir odamni ko‘rsat, uni sizlarga amir qilay.
Shunday qilib, u tavsiya etgan kishi amir etib tayinlandi. So‘ngra qabilasining bir ehtiyojini bayon qildi.
-   Ey Ollohning rasuli, bizning bir qudug‘imiz bor, qish payti suvi bizga yetadi. Yoz keldi deguncha suvi kamayadi. Biz hamma yoqqa tarqab, suv izlab yuramiz. Mana, Islom dinini qabul etdik, ammo atrofimizda ko‘p dushmanlar bizni qurshab turibdi. Duo
qiling, suvimiz bizga yetsin, o‘shaning atrofida to‘planaylik, suv istab har yoqlarda sanqimaylik.
Payg‘ambarimiz Ziyodga yetti dona chaqil tosh topib kelishni buyurdilar. Hovuchlariga soldilar va duo qilib, Ziyodga berdilar.
- Bularni oborib, Ollohning ismi bilan bitta-bittadan quduqqa tashla, - dedilar.
...Ziyod toshlarni olib qabilasiga borajak, Rasululloh (s.a.v.) aytganlaridek qilib ularni tashlayajak va shundan keyin quduqda biron marta suv ozayganini hech kim ko‘rmayajak*.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #259 : 07 Fevral 2009, 09:24:12 »
ESLATMA

Bir xatoga yo‘l qo‘yildi. U xato tuzatilganidan keyin Payg‘ambar janobimiz bunday marhamat qildilar:
-   Men bilan sizlarning holatlaringizni bir misol bilan tushuntiray. Bir kishi kechqurun o‘t yoqdi. Alanga balandlab tevarakni yoritgach, atrofdagi parvonalar va har xil hashoratlar o‘zlarini alangaga ura boshladi. Haligi kishi ularni qutqarish uchun alangadan uzoqlashtirishga urinadi, lekin ular alangaga kirish uchun tirishishadi va kishidan ustun kelishadi... Menu sizlarning misolingiz mana shudir. Men sizlarning kamarlaringizga yopishib alangadan uzoqlashtirish uchun: «Alangaga kirmanglar, bu yoqqa kelinglar!.. Alangaga kirmanglar, bu yoqqa kelinglar!..» deyman, sizlar bo‘lsalaring, mendan ustun kelib, qo‘limdan chiqib ketyapsizlar va alangaga sho‘ng‘iyapsizlar**.
Yana bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on haqida gapirayotib, bunday dedilar:
-   Ollohning qullaridan bir qism odamlar bor, ular payg‘ambar emaslar, shahid ham emaslar, lekin boshqalar Olloh ularga ko‘rsatayotgan ikromga havas bilan qarashadi...
-   Kim ular, bilsak bo‘ladimi?
-   Ular Olloh roziligi uchun bir-birini yaxshi ko‘rgan odamlardir. Oralarida qarindoshlik-yaqinlik yo‘q. Yaxshi ko‘rishlari bir-birlariga olib-berajaklari mol uchun ham emas. Ollohga qasam, ularning yuzlari nurdir, o‘zlari ham nur ustidadirlar. Odamlar qo‘rquvga tushadigan kunda ular qo‘rquv his qilishmaydi. Odamlar xafa bo‘lgan paytlari ular xafa bo‘lmaydilar.
So‘ngra o‘zlari tushuntirayotgan oyatlarini o‘qidilar:
-   «So‘ngra o‘zlariga zulm qilgan bu kimsalarga aytilur: «Mangulik azobni totingiz! Sizlar faqat o‘zlaringiz kasb qilgan gunohlaringiz sababli jazolanmoqdasiz». (Ey Muhammad,) sizdan: «U (va’da qilingan azob) haqmi?» deb so‘raydilar. Ayting: «Ha, Parvardigorimga qasamki, albatta u haqdir. Sizlar qochib (undan) qutulguvchi emassizlar». Ular azobni ko‘rgan vaqtlarida agar o‘zlariga jabr qilgan (ya’ni, dunyo hayotidan kofir holatida o‘tgan) har bir jon uchun yerdagi bor narsa bo‘lsa, u (o‘sha azobdan qutulish uchun), albatta, uni (bor narsasini) fido qilgan va (imon keltirmagani uchun) afsus-nadomatlar chekkan bo‘lur edi. (U kunda) ularga zulm etilmagan holda o‘rtalarida adolat bilan hukm qilinur»*.
Ollohga nisbatan tuyilgan teran bir hurmat va sevgi... Tuyg‘ular va harakatlar bu hurmat va sevgiga ko‘ra to‘g‘rilab boriladi. Sevilgan kishi Olloh roziligi uchun seviladi, bu tushuncha va xatti-harakatni bironta boshqa bir tuyg‘u yo‘naltirmaydi.
Bunaqa odamlarga albatta havas qilinadi-da. Ollohning do‘sti bo‘lishdek, o‘ylagandayoq ko‘ngil ahlini mast qiladigan martaba egasiga havas qilinmaydimi axir?!.
Do‘st o‘zining o‘y-xayoli, tuyg‘ulari va harakatlarini do‘stining roziligiga uyg‘un holga keltiradi. Do‘sti rozi bo‘lmaydigan holga tushish u uchun bitmas-tuganmas qayg‘u bulog‘i bo‘ladi.
Ollohning do‘sti bo‘lish baxtiga erishgan odamning ruhini ibodat va ubudiyyat ishqi chulg‘ab oladi, ko‘ngli doimo Ollohning uylariga (masjidlariga) bog‘liq bo‘ladi. Hech kim yo‘q yerlarda ham Mavlosini eslaydi, ko‘zlari u tuygan sevgi va hurmatning ifodasi bo‘lmish yoshlarga to‘ladi. Ollohning kitobi ko‘rsatgan amal, axloq va ixlosda bo‘ladi, payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.) chizib bergan sunnatlari yo‘lida doim bo‘lishni erishilmas sharaf va baxtga vasila deb hisoblaydi.
Dunyodagi hayotini bu shartlar ostida o‘tkazgan odam albatta hisob va jazo kunida nurdan yasalgan minbarlar ustida bo‘ladi-da!..
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #260 : 07 Fevral 2009, 09:25:49 »
QORA XOTIN

Bu xotinning ismi Suayradir. Ora-sira yiqilib, hushidan ketib qoladigan dardi bor edi. Odobini saqlashga qayg‘uradigan xotin bo‘lgani uchun duch kelgan yerda yiqilib qolishdan xavotirda yurardi. Ayniqsa, yopilgan bo‘lishini juda xohlagan, dunyo berishsa ham ochmaydigan uyat joylarining bunaqa paytlari ochilib qolishi vijdonida chuqur yaralar hosil qilardi. Vaqt o‘tgani sayin ko‘ngil ko‘zasi yanada to‘lib borar, yuk ko‘tara olmaydigan bir hol olar edi. Har gal uni bu ahvolda ko‘rib qolganlarning oldilaridan uyala-siqila turib ketish oson  emasdi, axir.
Oxiri bir kun to‘g‘ri masjidga yo‘l oldi. Ollohning rasulini topib, dardini tushuntirmoqchi bo‘ldi. Masjidga kirdi. Janobimizning huzurlariga bordi va:
-   Ey Ollohning rasuli, mening tutqanog‘im bor. O’zimdan ketib yerga yiqilaman. Ochilishini xohlamagan joylarim ochilib qoladi. Ollohga duo qiling, menga shifo bersin, - dedi.
Yillar davomida to‘plangan alam va eng oliy maqomga bog‘langan umid tuyg‘ulari dardli bir ovoz bilan shu ikki jumlaga siqishtirildi. Payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.) bu istakka darrov mayli demadilar.
-   Istasang, duo qilaman, Olloh shifo bersin, istasang, sabr qil va jannatga kir, - dedilar.
Shifo topish yoqimli, albatta. Chekkan balolarga, tuygan vijdon azoblariga ko‘ra qarasa, izlab-topilmas bir ne’mat. Hozirgacha hayotdan olinmagan baxtga erishilardi... Ammo oxiratga imoni bor odam uchun erishiladigan eng buyuk baxt jannat hayotidir. Bir paytlar masjid qurilayotganida Payg‘ambarimizning: «Ollohim, chin hayot oxirat hayotidir...» deganlarini eshitgan edi bu ayol.
Tanlashi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi.
-   Ey Ollohning payg‘ambari, men sabr qilaman. Faqat, sizdan tilagim, yiqilgan paytimda ustim ochilib qolishidan saqlashi uchun Mavloimizga duo qilsangiz, - dedi.
Rahmat payg‘ambari (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tardilar, bu chorasiz, lekin sabrli xotin haqiga duo qildilar. U yerda hozir turganlar va, ayniqsa, bu dardga yo‘liqqan xotin «Omin» deb turishdi.
Nihoyat, duo tugadi. Qo‘llar yuzlarga surildi. Xotinning ko‘zlari kulimsirab turardi. Sevinchning bir ifodasi o‘laroq bu ko‘zlarga inju donalari to‘plangan edi. Necha yillardan beri ezilgan ko‘ngilning ich-ichlaridan eng samimiy tuyg‘ular hamrohligida dumalab chiqqan bir necha tomchi edi bu donalar. Xafalikni emas, baxtiyorlikni ifodalar edi ular. Bu inju donachalari o‘ziga o‘xshash toza va yaraqlagan boshqa donachalar bilan topishishi uchun ko‘p dard chekkan va bu baxtiyorlikka erishgan xotinning bo‘lishi hamda uning ko‘zlarida payg‘ambarlar sultonining ko‘zlariga boqa-boqa birlashishi lozim edi.
-   Tashakkurlarimni qabul eting, ey Ollohning payg‘ambari! Olloh sizdan rozi bo‘lsin! - dedi-da, Suayra orqaga o‘girilib, masjid eshigi sari yo‘naldi. Ortidan «Mana jannatni qozongan bir xotin!» deya qarab qolishdi.
Oradan yillar o‘tajak va bir kuni sahobai kirom ichida ilmi va zakosi bilan nihoyatda haqli shuhrat topgan Abdulloh ibn Abbos (r.a.) qiymatli shogirdi Ato ibn Abu Rabohga (r.a.): «Jannatiy xotinni ko‘rishni istaysanmi? - deyajak, ha, javobini olgach esa: - Mana shu qora xotin», deb o‘sha xotinni ko‘rsatajakdir*.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #261 : 07 Fevral 2009, 09:26:21 »
IBROHIMNING VAFOTI

Misr qiroli sovg‘a qilib jo‘natgan Moriya ismli cho‘ri (bir rivoyatga ko‘ra, u ham Payg‘ambarimizning xotinlari qatoriga kirgan) ajoyib bir o‘g‘il tug‘ib bergan, Janobimiz (s.a.v.) oxirgi ko‘rgan bu farzandlariga katta bobolari hazrati Ibrohimning (a.s.) ismlarini qo‘ygan edilar.
Ibrohim juda chiroyli edi. Emizishga bir temirchining Ummu Sayf laqabi bilan tanilgan xotiniga berilgan edi. Janobimiz ora-sira kelib, sevikli o‘g‘illarini suyib-erkalab ketar edilar.
Ibrohim o‘n yetti oylik bo‘lganida tez-tez kasallanaverdi.
Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf (r.a.) bilan birga kasal farzandlarini ko‘rgani bordilar. Bola zo‘rg‘a nafas olardi. Har havo chiqarganida bo‘g‘zidan xirildoq bilan chiqardi. Payg‘ambarimiz uni quchoqlariga oldilar. Ko‘zlaridan yoshlar oqa-oqa o‘pib, hidlay boshladilar. Bu hol Abdurahmonga g‘arib ko‘rindi.
-   Ie, yig‘layapsizmi, ey Ollohning rasuli? - deb so‘radi.
-   Ey Abdurahmon, bu bir marhamat tuyg‘usidir, - deb javob qildilar Rasululloh (s.a.v.).
Keyin esa, o‘lganni o‘zida yo‘q sifatlar bilan sifatlab, yuzini timdalab, yoqalarini yirtib yig‘lashdan qaytarishlarini aytdilar.
Ibrohim oxirgi nafasini chiqarganida hali ikki yoshga to‘lmagan edi. O’n olti yoki yigirma ikki oylik bo‘lganiga doir rivoyatlar bor.
Ibrohimni hazrati Abbosning (r.a.) o‘g‘li Fazl yuvdi. Janoza namozi o‘qildi. Baqi’ qabristoniga olib borildi. Eshikdan kirib, sal chapni olib, ikki yuz odimcha yurishgach, yolg‘izoyoq yo‘lning o‘ng tomonidagi bir joyda qabrga qo‘yildi. Janobimiz (s.a.v.) unga:
-   Qalb mahzun bo‘lar, ko‘z yosh to‘kar, lekin biz Olloh rozi bo‘ladigan so‘zdan boshqa so‘z aytmaymiz. Ey Ibrohim, sening ayrilig‘ingdan bizlar mahzunmiz, - deya xitob etdilar.
Qabr yopilgach, bir meshda suv istadilar, qabrga to‘kdilar. Shundan keyin qabrga suv to‘kish sunnati joriy bo‘lib qoldi.
O’sha kuni quyosh tutildi. Odamlar, bu hodisa Ibrohimning vafoti sababidan yuzaga keldi, deb o‘ylashdi. Aslida, bu o‘y to‘g‘ri emasdi. Oldinroq Rasuli akramning (s.a.v.) uch nafar qizlari ketma-ket tuproqqa berilgan. Ular uchun tutilmagan quyoshning Ibrohim uchun tutilishi tushunilmasdi.
Bunaqa tushunchalar ashobi kiromning ust qatlamidagilarga aloqasi yo‘qligi ham haqiqatdir.
Payg‘ambarimiz bu mish-mishlarni eshitgan zahotlari xalqni to‘planishga buyurdilar. o‘amlarini bir chetga otdilar.
-   Ey insonlar! Quyosh bilan oy Ollohning qudratiga dalolat etadigan ikki alomatdir. Hech bir kimsaning tug‘ilishi yoxud o‘lishi sababidan tutilmaydi ular. Uning tutilganini ko‘rganlaringda duo va niyoz ila, namoz ila Olloh taologa iltijo qilinglar! - dedilar.
So‘ngra odamlarni saflanishga buyurdilar. Namoz o‘qiy boshladilar. Rosa uzundan-uzoq o‘qidilar. Rukuni ham juda uzoq qildilar. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» deb turdilar. Yana uzoq Qur’on o‘qidilar. Yana rukuga bordilar. Ammo bu ikkinchi qiroat bilan ruku birinchisiday uzun bo‘lmadi. Sajda qildilar. Oyoqqa turdilar. Xuddi shu tarz yana bir rakat o‘qidilar. Jami to‘rt rakatni shu shaklda o‘qib, namozni tugatdilar.
Bu orada quyosh ochilib ketdi. Quyosh bilan oy hech kimning hayoti yo o‘limiga bog‘liq holda tutilmasligini yana bir karra takrorladilar.
Ibrohim vafot etgach, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hayotda bittagina qizlari Fotima (r.anho) qoldi. Sharafli nasablari ham endi bu yo‘ldan tarqalajak edi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #262 : 07 Fevral 2009, 09:27:02 »
DIMOM IBN SA’LABA

Sa’d ibn Bakr qabilasi Rasulullohni (s.a.v.) yaqin oltmish yillardan beri tanirdi. Chunki emizikli paytlarida mana shu qabilaga sut emizishga berilgan edilar.
Qabila ahli oralaridan kuchli, quvvatli, esli bir odamni tanlashdi. O’sha odam Rasululloh bilan ko‘rishadigan, qabila nomidan qaror beradigan - yo Islom dinini qabul va yo rad etadigan bo‘ldi.
Dimom ibn Sa’laba shunaqa keng vakolatlar bilan yo‘lga chiqdi. Tuyada kunlar yo‘l bosdi. Issiq bilan olishdi, suvsizlik bilan yuzma-yuz keldi. Oxiri bir kuni o‘zini xurmo daraxtlari bezagan, havosi latif bir shaharda ko‘rdi. Masjidni izlab topdi. Eshik oldida tuyasini cho‘ktirib, tushdi. Yuganini ilgakka ilib, ichkari kirdi.
-   Qaysi birlaring Muhammad? - deb so‘radi.
Ichkaridagilar unga sal narida devorga suyanib o‘tirgan oq yuzli, oppoq kiyimli kishini ko‘rsatishdi. Dimom o‘sha yoqqa yurdi va Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qoshlariga kelib:
-   Ey Abdulmuttalibning o‘g‘li! - deb xitob qildi.
-   Qulog‘im senda.
-   Men sendan ba’zi narsalarni so‘rayman, ammo-lekin jiddiy gap-so‘z bo‘ladi, menga jahl qilmaysan.
-   Nimani istasang, so‘ra. Senga qarshi ichimda zarracha g‘azab bo‘lmaydi.
-   Bunday bo‘lsa, yaxshi. Sendan oldin yashaganlarning va sendan keyin keladiganlarning Parvardigori bo‘lgan oliy Borliq nomiga qasam ichib so‘rayman: seni bizga payg‘ambar qilib Olloh vazifalantirdimi?
-   Ollohga qasam, ha.
-   Yaxshi. Sendan oldin yashaganlarning va sendan keyin keladiganlarning Parvardigori bo‘lgan oliy Borliq nomiga qasam ichib so‘rayman: yolg‘iz Ollohga qullik (ibodat) qilishimizni, unga shirk keltirmasligimizni, otalarimiz topinib kelgan bu butlarni sindirib tashlashimizni senga Olloh buyurdimi?
-   Ollohga qasam, ha.
Dimom yana o‘ziga xos shaklda qasam ichganidan keyin so‘radi:
-   Besh vaqt namoz o‘qishimizni senga Olloh buyurdimi?
-Ha.
So‘ngra Dimom Islomning boshqa farzlari haqida ham shu tarz qasamlar ichib so‘radi. Zakotni, ro‘zani, hajni va Islomning hukmlarini so‘radi. Payg‘ambar janobimiz har biri haqida kerakli javoblarni berdilar. Ortiq Dimom so‘raydigan narsa qolmadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #263 : 07 Fevral 2009, 09:28:58 »
-   Men guvohlik beraman... - deya shahodat kalimasini aytdi va so‘zida bunday davom etdi: - Seni payg‘ambar qilib yuborgan Ollohga qasam, butun farzlarni ado etaman, menga taqiqlaganlaringdan qochinaman. Bularga hech bir narsa qo‘shmayman, hech bir narsani kamaytirmayman. Men Dimom ibn Sa’labaman. Qabilamning elchisi va vakili bo‘lib kelganman.
Dimom o‘rnidan turdi va tuyasiga qarab keta boshladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridagilar eshitadigan qilib:
-   Agar gapi to‘g‘ri bo‘lsa, jannatga kirdi hisob, - deb marhamat etdilar.
Dimom qabilasiga yetib borganida odamlar darrov atrofiga to‘planib kelishdi. U gapning po‘stkallasini aytdi-qo‘ydi:
-   Lot ham, Uzzo ham jirkanch muxluqlardir! - dedi.
-   Jim bo‘l, ey Dimom, boshingga balo yog‘ilmasin tag‘in. Pes bo‘pqolishing mumkin, moxov bo‘pqolishing mumkin, tentak bo‘pqolishing mumkin... - deyishdi har yoqdan.
-   Yana nimalar deysiz! Uyat! Vallohi, ular na zarar beradi va na foyda. Juda yaxshi bilasizlar, Olloh bir payg‘ambar yuborgan, unga bir Kitob tushirgan, sizlarni o‘zingiz tushib qolgan bu ahvoldan u payg‘ambar vositasida qutqarishni istagan. Menga kelsak, Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qligiga, u Olloh sheriksiz-o‘rtoqsiz ekaniga ishonaman. Muhammad Ollohning quli va payg‘ambari deb guvohlik beraman. Men uning yonidan sizlarga buyuruqlarini va qaytariqlarini keltirdim.
O’sha kuni ertalab quyosh chiqqanida qabila butga sig‘inar edi, botishga hozirlanayotganida u qabilada musulmon bo‘lmagan bitta ham odam qolmadi. Shunday qilib, Dimom ham o‘zi qutulib, ham qabila ahlini qutqargan baxtli odamga aylanib oqshomga yetishdi.
Rasululloh (s.a.v.) Xaybar fathi chog‘i Ali ibn Abu Tolibga (r.a.) aytgan juda qiymatli bir gaplari bor edi: «Sen tufayli bir kishiga Olloh hidoyat berishi sen uchun dunyoning eng qimmatbaho ne’matlaridan ham yaxshidir!»
Dimomni mana shu o‘lchovda baholash lozim. Erta bir kun u Janobi Mavlo huzuriga hisob-kitob berish uchun borganida ortida yuzlarcha xotin-erkak turishajak, ularning hidoyatiga sabab bo‘lgan yaxshi bir inson sifatida izzat-ikrom ko‘rajak.
Islom tarixida juda katta olim bo‘lib tanilgan Abdulloh ibn Abbos u haqida bunday degan: «Dimom ibn Sa’labadan yaxshiroq elchini biz eshitmadik»*.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #264 : 07 Fevral 2009, 09:31:53 »
QABILA RAISINI ILON CHAQDI

Uhud jangidan olti yil o‘tdi. O’shanda urushga chiqishiga ruxsat berilmagan, «Sen hali yoshsan», deb orqasiga qaytarib yuborilgan Abu Said Xudriy (r.a.) jasur bir yigit bo‘lib yetishdi, safarlarda qatnashdi, urushlarga kirdi.
Bir kuni Rasuli muhtaram (s.a.v.) o‘ttiz kishilik bir bo‘linma tuzdilar. Unga Abu Said Xudriyni boshliq etib tayinladilar. Zimmasiga bir vazifa yuklab yo‘lga chiqardilar.
Bo‘linma uzoq yurdi. Hatto oziq-ovqatlari tugay boshladi. Shunda bir qabilaning yaqiniga qo‘nishdi. Oziq-ovqat so‘rab Abu Said odam jo‘natdi. Ammo borgan odam qo‘li bo‘sh qaytdi. Ozgina dam olvolib, yana yo‘lda davom etishdan boshqa choralari qolmadi. Borib, zo‘rlik bilan qo‘llaridan yemak-ichmak tortib olib bo‘lmasa...
U yoqda esa, qabila raisi o‘zicha mamnun: o‘ttiz kishining qornini to‘yg‘azish oson emasdi-da, axir. Oziq-ovqat bermasdan to‘g‘ri qildim, degan qanoatda edi. Shunday o‘yda o‘tirganida, birdan sakrab turib ketdi. Qattiq bir og‘riq his etdi. Qo‘rqinchli bir hayqirish bilan o‘zini yerga urdi, tipirchilay boshladi. Nima bo‘ldiykan, deb chopib kelganlar, raisning yonidan uzoqlashib borayotgan bir ilonni ko‘rishdi. Qo‘lga ilingan narsa bilan urib, parcha-parcha qilib tashlashdi. Lekin ilon parchalanishi raisning dardiga malham bo‘lmadi. Har kalladan turli-tuman fikrlar chiqardi:
- Nima qilamiz endi, nahot bir chorasi bo‘lmasa?!
-   Anavi yo‘lchilar orasida buning ilojini qiladigan birortasi topilmasmikan?
-   So‘raganlarida yemak bermadik, endi ulardan yordam kutma...
Bu kabi foydasiz so‘zlar bilan o‘tayotgan vaqt raisning zarariga ishlayotgan edi. Nima bo‘lsa bo‘ldi, deb bir xotin jon holatda musulmonlarning orqalaridan yugurib ketdi. Yetib borganida:
-   Raisimizni ilon chaqib oldi, oralaringda buning chorasini biladiganlar bormi? - deb so‘radi halloslaganicha.
-   Bor! - deb javob qildi Abu Said. Xotin unga o‘girildi.
-   Unday bo‘lsa, ketdik!Qani...
Shunda Abu Said Xudriy xotinga sinovchan nazar bilan boqib:
-   Biz sizlardan yeyishga u-bu narsa so‘ragan edik, bermadilaring. Biz ham endi sening bu istagingni bajarmaymiz. Sizlar bizning dardimizga chora bo‘lmadilaring, biz ham sizlarning dardlaring bilan ishimiz bo‘lmaydi,- dedi.
-   Iltimos qilaman... nima so‘rasalaring, beramiz!..
-   O’ttizta qo‘y.
-   Kelishdik.
Abu Said Xudriy xotin bilan birga qabila sari ketdi. Sheriklari orqasidan uni hayrat bilan kuzatib qolishdi: nima qilarkin?..
Abu Said chodirga kirdi. Rais hamon yerda tipirchilab yotardi. Kutib o‘tirmadi, «Alhamdu lillahi Rabbil ‘alamiyn...» deb Fotiha surasini o‘qiy boshladi. Tugatgach, raisga ufladi. Uflashi bilan bu hodisani kuzatib turgan chodirdagilarning boqishlari o‘zgardi. Chunki yerda hozirgina tipirchilab yotgan rais bir onda to‘g‘rilanib, o‘rnidan turib ketgan edi. Maza qilib uxlab turgan odamday holatda edi. Bir-ikki soniya oldin o‘lim bilan olishib yotgan shu odam edi deyilsa, hech kim ishonmasdi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #265 : 07 Fevral 2009, 09:33:24 »
Odamlar sevinchdan eslarini yo‘qotishdi. Oralarida yig‘laganlar ham bo‘ldi. Qanday tashakkur etishni bila olmaydigan holda edilar. Endigina o‘n sakkizga kirgan bu yigitcha o‘lar holatdagi bir odamni bu qadar qisqa fursatda tuzatib yuborishini hech kim kutmagan, aqllari ishonmas edi. Nigohlarida hayrat, minnat va taqdir tuyg‘ulari jam...
Raisning buyrug‘i bilan tezda oziq-ovqat hozirlandi. Bu yoqdagi ishlardan xabarsiz kutib turgan sheriklariga odam yuborildi. Ular ham kelishdi. Hammalari to‘yguncha ovqatlanishdi. Shuncha izzat-ikrom ko‘rib, nihoyat yo‘lga chiqishganida, ularga o‘ttizta qo‘ydan iborat bir suruv ham qo‘shib berildi.
Xayr-xo‘shlashib, jo‘nashdi. Yo‘lda borisharkan, Abu Said:
-   Birodarlar, bu qo‘ylarni o‘zaro bo‘lishamiz, - dedi.
-   Bo‘lmaydi, - deyishdi ba’zilar unga.
-   Nega?
-   Chunki sen Qur’on o‘qiding va bularni kasalni tuzatganing evaziga olding.
Bir qarorga kelisholmadi. Nihoyat Abu Said boshqa qarorini aytdi:
-   To Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borgunimizcha ularga tegmaymiz. Holatni u zotga tushuntiramiz, nima desalar, shuni qilamiz.
Bu qaror to‘g‘ri edi, hech kim e’tiroz bildirmadi. Ayni choqda, bu qaror bilan Qur’onning bir hukmiga ham rioya etgan bo‘lishardi:
«Ey mo‘minlar! Ollohga itoat qilingiz va Payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan (musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz! Bordi-yu, biron narsa haqida talashib qolsangiz - agar Ollohga va oxirat kuniga ishonsangiz - u narsani Ollohga va Payg‘ambariga qaytaringiz. Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir»*.
Safardan Madinaga qaytib kelishganida birinchi qilgan ishlari bu masalani Payg‘ambarimizga (s.a.v.) yetkazish bo‘ldi. Janobimiz Abu Saidga (r.a.) boqdilar:
- Fotiha surasi shifo uchun o‘qiladigan oyatlar ekanini qaerdan bilding? - deb so‘radilar. So‘ngra: - Rozi bo‘lsalaring, bir pay menga ham ajratinglar, - deb qo‘shib qo‘ydilar.
Ortiq bu borada hech kimda shubha, ikkilanish qolmadi.
Abu Saidning duosi bilan tuzalib ketgan rais va uning qabilasi musulmonmidi? Yo‘q bo‘lsa, bu hodisa tufayli musulmon bo‘lishdimi? Ular o‘zi qaysi qabila edi?
Bu savollarning javobini bilmaymiz**.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #266 : 07 Fevral 2009, 09:34:32 »
YOLG’ONCHI MUSAYLAMA

Bir kuni tonggi namozdan keyin Rasuli akram (s.a.v.) shu kecha ko‘rgan tushlarini gapirib berdilar:
-   Qo‘limda ikkita oltin bilakuzuk ko‘rdim. Bu hol meni g‘amga soldi. Ularga pufla, deb vahiy qilindi. Pufladim. Uchib ketishdi. Bularni mendan keyin payg‘ambarlik da’vosi bilan o‘rtaga chiqadigan ikki yolg‘onchi kishiga yo‘ydim. Biri Asvad al Ansi, ikkinchisi Musaylama, - dedilar.
Haqiqatan ham Yamomadan qabilasi ahli bilan kelgan Musaylama: «Agar o‘zidan keyin mening payg‘ambar bo‘lishimga ko‘nsa, men ham uning yo‘liga kiraman», der edi. Rasululloh (s.a.v.) bilan ko‘rishganida orzuini takrorladi:
-   Agar istasang, hozircha sening bu da’voingga aralashmayman. Faqat, sendan keyin men payg‘ambar bo‘lishim shart! - dedi.
Shunda Janobimiz qo‘llaridagi cho‘pni ko‘rsatib:
-   Bu masalada mendan mana shu cho‘pni so‘rasang, shuni ham bermayman! - dedilar.
Bera olmasdilar ham. Chunki payg‘ambarlik odamning istagiga bog‘liq maqom emas.
Odamlar bir-biriga ulashadigan rutba va mavqe ham emas. Hech kim shu paytgacha shaxsiy orzu va harakati bilan payg‘ambar bo‘lmagan. Qolaversa, Payg‘ambar janobimiz payg‘ambarlarning oxirgisi bo‘lganlari uchun bundan bu yog‘iga boshqa payg‘ambarning kelishi aqlga sig‘mas ham edi.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) Musaylamaga yana bunday deganlari ham rivoyat etiladi:
-   Sen aslo Ollohning taqdiridan u yog‘iga o‘ta olmaysan. Agar payg‘ambarlik da’vosini ilgari sursang, Olloh seni parishon etadi. Men tushimda ko‘rgan yolg‘onchi sen ekaningga gumonim kuchli. Mana, Sobit, mening nomimdan senga javob beradi.
Shunday deb Rasululloh (s.a.v.) u yerdan ketdilar. Sobit ibn Qays unga Rasuli akram nomlaridan javob berdi.
Ammo Musaylama da’vosidan voz kechmadi. Qabilasiga qaytib borgach, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi. Uning bu yo‘lni tutishiga Payg‘ambar janobimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va itoat ko‘ngliga yoqmagani edi. Mukammal bir saltanat surish hazilakam ish emasdi. Cheksiz bir boylik to‘plash imkoni bor edi.
Musaylamada ba’zan karomatga o‘xshab ketadigan g‘aroyib voqealar ham sodir bo‘lib turardi. Xalqni bu kabi namoyishlar bilan qondirish imkoni bor edi. Qurayshning payg‘ambariga muqobil Yamomadagi Xanifa qabilasida ham bir payg‘ambar bo‘lsa, nima qilibdi?
Bu iddao Xanifa qabilasi orasida yaxshi qarshilandi. Madinaga borib o‘tirmasdan Yamomadagi payg‘ambarga ergashish yanada oson ko‘rindi ularga.
Bu payg‘ambar hamrni ichish-ichmaslik to‘g‘risida indamayapti. Zino halol qilindi. Namoz o‘qish majburiyati ham yo‘q. Bular bilan birga, Madinadagi payg‘ambarni ham qabul etayotibdi. Madinaga borib, zimmaga bir qancha majburiyat va mas’uliyat yuklab olmay,
ishni qisqa yo‘ldan va yanada oson hal etish ko‘p odamlarga yoqib tushdi. Shu bois Musaylama tevaragidagi olomon borgan sari ortaverdi.
Rahhol ibn Unfuva bir paytlar Islom dinini qabul qilgan, hatto Qur’ondan ba’zi suralarni yodlagan ham edi. Bir kuni Abu Hurayra (r.a.) bilan birga o‘tirganida ustlariga Rasululloh (s.a.v.) kelib qoldilar va: «Ikkovingizdan biringizning oziq tishi jahannamda Uhud tog‘iday katta bo‘lib ketadi», dedilar.
Bu muborak so‘zlar ostida yotgan va musulmon odamning tuklarini dikkaytirib yuboradigan yomon ko‘rgilik kimga tegishli ekan?
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #267 : 07 Fevral 2009, 09:36:55 »
Abu Hurayra (r.a.) bu tahdid menga kelsa-ya, degan qo‘rquv va xavotirda necha kechalar uyqusini yo‘qotdi.
Bu orada bir kuni Rahholning yo‘qolib qolishi va qaerga ketgani ham ma’lum emasligi Abu Hurayraning yuziga rang kiritdi. Keyinroq Rahhol Yamomaga ketgani va Musaylamaning payg‘ambarligini qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar Madinaga yetib keldi.
Rahhol Madinada o‘rgangan Qur’on oyatlarini Musaylamaga o‘qib berar, u esa, men ham vahiy olyapman, degan da’voda Qur’onga o‘xshatishga urinib, har xil tumtaroq so‘zlarni qalashtirib borar edi.
Bir kuni Madinaga ikki odam keldi. Musaylamaning elchilari ekan. Keltirgan xatlarini hazrati Rasulullohga (s.a.v.) topshirishdi.
«Ollohning payg‘ambari Musaylamadan Ollohning payg‘ambari Muhammadga!.. Senga salom bo‘lsin. Bundan keyin bilib qo‘y: men payg‘ambarlik ishida senga o‘rtoqman. Hissamiz yarimga-yarimdir. Yarmi bizga, yarmisi Qurayshga... Ammo qurayshliklar payg‘ambarlik haqqiga to‘la ega chiqib, chegaradan oshishyapti», deb yozilgan edi xatda.
Janobimiz xat keltirgan ikkala odamdan:
-   Sizlar ham u aytayotgan gaplarni to‘g‘ri deysizlarmi? - deb so‘radilar.
-   Ha, - deb javob berishdi elchilar.
Boshqa rivoyatda janobi Rasululloh ularga: «Mening payg‘ambar ekanimga ishonasizlarmi va guvohlik berasizlarmi?» deb so‘raganlar. Ular esa: «Biz Musaylamaning payg‘ambarligiga guvohlik beramiz», deb javob berishgan.
Shunda Janobimiz:
-   Men Ollohga va payg‘ambarlariga ishongan odamman. Agar elchiga o‘lim yo‘qligi to‘g‘risida umumiy hukmi bo‘lmasa edi, agar elchi o‘ldirgan bo‘lsaydim, albatta sizlarni o‘ldirar edim! - dedilar.
Buyurdilar, bir xat yozildi:
«Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan. Ollohning elchisi Muhammaddan yolg‘onchi Musaylamaga!.. Salom hidoyatga ergashganlargadir. Bundan keyin bilib qo‘y, yer yuzi Ollohnikidir, qullaridan istaganini bu yerga voris qiladi. Natija esa, Ollohga hurmati bo‘lganlargadir».
Sharafli xat elchilarga tutqazilib, kuzatib qolindi.
Boshqa tomonda Sajoh ismli bir xotin ham payg‘ambarlik da’vosini qilib chiqdi, tevaragiga ancha-muncha odam ham to‘pladi. Bu xotin kelajakda Musaylama bilan gaplashadi va o‘zi payg‘ambarlik da’vosidan voz kechib, Musaylamaga erga tegadi. Nabiyyi akram vafotlaridan keyin Yamomada Musaylama o‘ldirilgach, tavba qilib, Islom dinini qabul qiladi va qolgan umrini samimiy bir muslima sifatida o‘tkazadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #268 : 07 Fevral 2009, 09:38:09 »
BIR ELCHINING HAQIQATNI O’RGANISHI

Duch kelgan odam ko‘ngliga kelgan har narsani Rasulullohdan (s.a.v.) so‘rayverishi taqiqlangan edi. Ma’nosiz, mantiqsiz savollar boshqalar kabi u zotni ham rohatsiz qilardi.
Ayni choqda, ashobi kiromning ilg‘orlari juda-juda orzu qilishardi, qaniydi savol so‘rash taqiqlanganini bilmaydigan sahroyilardan esli-hushli bittasi kelsayu savollar so‘rasa...
Bir kuni masjidda o‘tirishganida bir badaviy paydo bo‘ldi va hazrati Rasulullohning huzuri saodatlariga keldi.
-   Ey Muhammad, bizga elching bordi va sening «Olloh meni payg‘ambar qilib yubordi»,
deganingni aytdi, - dedi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   U holda menga javob ber: osmonni kim yaratdi?
-   Ollohyaratdi.
-   Yerni yaratgan kim?
-   Olloh.
-   Yer yuziga bu tog‘larni tikkan va yer yuzida istagan narsasini qiladigan kim?
-   Olloh.
-   U holda osmonni yaratgan, yerni yaratgan, yer yuzida tog‘larni tikib qo‘ygan Zot haqqi,
ayt: seni payg‘ambar qilib Olloh yubordimi?
-Ha.
-   Sening elching bir kun va bir kechada besh vaqt namoz vazifasi borligini aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   Seni payg‘ambar qilib jo‘natgan Olloh haqqi, so‘yla: buni senga Olloh buyurdimi? -Ha.
-   Sening elching mollarimizdan zakot berish vazifasi borligini ham aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   Seni payg‘ambar qilib jo‘natgan Zot hurmati, so‘yla: buni senga buyurgan Ollohmi? -Ha.
-   Elching bizga har yil ramazon oyida ro‘za tutish vazifamiz borligini ham aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
-   Seni payg‘ambar qilib jo‘natgan Zot haqqi, so‘yla: buni senga Olloh buyurdimi? -Ha.
-   Yana elching yo‘lga qodirlarimizga Baytni haj etish vazifasi borligini ham aytdi.
-   To‘g‘ri aytibdi.
Haligi odam bularning hammasini ijikilab so‘rab chiqqach, nihoyat:
-   Seni payg‘ambar qilib yuborgan Olloh uchun aytaman: bularga hech narsa qo‘shmayman ham, hech narsani kamitmayman ham dediyu turdi-ketdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning ortidan:
-   Qasam bo‘lsinki, agar shu so‘zlarida tursa, albatta jannatga kirajakdir! – deya marhamat qildilar*.
O’sha kunlari yana bir voqea, bunisi ham Rasuli muhtaram masjidda o‘tirganlarida, ashobi kiromning ko‘pi ham yonlarida ekanlarida ro‘y berdi. Bir kishi kelib ichkari kirdi. Egnida oppoq ko‘ylak. Sochlari timqora. Uzoqdan kelganini ko‘rsatuvchi biror belgi yo‘q: charchamagan, usti chang-tuproq ham emas. Buning ustiga, notanish. Qisqasi, agar madinalik bo‘lganida uni taniydigan topilardi, uzoqdan kelganida yo‘lning ta’siri bilinib turardi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Buyuk Fath (4-kitob). Ahmad Lutfiy
« Javob #269 : 07 Fevral 2009, 09:39:07 »
Odam kelib Rasulullohning shundoq qarshilariga o‘tirdi. Tizzasini tizzalariga tiradi, qo‘llarini tizzaning ustiga qo‘ydi.
-   Ey Muhammad, menga ayt-chi, Islom nima? - deb so‘radi.
-   Islom «Ollohdan boshqa topinch yo‘q, Muhammad Ollohning rasulidir», deb
guvohlik berish; namoz o‘qish, zakot berish, ramazon ro‘zasini tutish va agar yo‘lga qodir
bo‘lsang, haj qilish, - deb javob qildilar (s.a.v.).
-   To‘g‘ri so‘ylading.
Uning bu gapi shu atrofda o‘tirganlarning ko‘zlarida hayronlik paydo qildi. Bu begona xuddi bilmaydigan bir odamday savol so‘radi, keyin esa, xuddi biladigan odamday javobni  tasdiqladi. Ajabo, o‘rganmoqchimi yo imtihon qilyaptimi?
-   Menga imon haqida xabar ber, imon nima?
-   Imon Ollohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, qadar, yaxshilik va yomonlik Ollohdan ekaniga ishonishdir.
-   To‘g‘ri aytding. Endi menga ehson nima ekanini tushuntirib ber.
-   Ehson Ollohni ko‘rib turgandek unga ibodat qilishingdir. Harqancha sen uni ko‘rmayotgan bo‘lsang ham, u seni ko‘rib turadi.
-   Menga qiyomatning vaqti haqida belgi ber.
-   Bu borada so‘raluvchi so‘rovchidan ko‘ra bilimli emas (senga o‘xshab, men ham bilmayman).
-   U holda menga qiyomatning nishonalaridan so‘yla.
-   Cho‘ri o‘zining bekasini tug‘adi; yalangoyoq, boldiri yalang‘och odamlarning boshiga chiqadi; kambag‘al podachilar imorat qurishda bir-biri bilan musobaqalashadi... Qiyomat Ollohdan boshqa birov bilmaydigan besh narsa ichidadir,- dedilar Nabiyyi akmal (s.a.v.) va shu ma’noni  ifodalovchi oyatni o‘qidilar: - «Darhaqiqat, yolg‘iz Ollohning huzuridagina soat (qiyomat qachon bo‘lishi to‘g‘risida) bilimi bordir. U (o‘zi xohlagan vaqtda, o‘zi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biror jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Ollohgina biluvchi va xabardor zotdir»*.
Savol-javob shu yerda bitdi. Kelgan odam hech narsa demay o‘rnidan turdi, o‘ziga qadalgan maroqli nigohlar ostida masjidni tark etdi.
Oradan bir-ikki soniya o‘tdi. Haligi odam yurgan bo‘lsa, endi ikki-uch odim yurgandir. Ikki olam sarvari:
-   U odamni menga chaqiringlar, - deb qoldilar.
Bir necha kishi baravar turib tashqari otilishdi. Lekin atrofda odam zoti ko‘rinmasdi. Nochor, qaytishdi.
-   Topolmadik, ey Ollohning rasuli. Uni ko‘rgan-ketgan odam ham yo‘q tashqarida.
Janobimiz muborak yuzlarini uzun bo‘yli, yelkalari keng, hammaning orasida gavdasi bilan ajralib turgan odamga chevirdilar:
-   U odamning kimligini bilasanmi, ey Umar? - deb so‘radilar.
-   Olloh va rasuli mendan yaxshiroq biladi, - deb javob qildi hazrati Umar (r.a.)
-   U Jabroil edi va sizlarga diningizni o‘rgatish uchun keldi.
O’tirganlarni bir hayajon to‘lqini qopladi. Vahiy farishtasini odam shaklida ko‘rish, ovozini eshitish, Rasuli amin bilan Jabroili amin tizzama-tizza o‘tirib qilgan suhbatlarini tinglashdek izlab topilmas daqiqalarni yashashgan edi, axir.
Qur’onda bunga o‘xshash voqealar kelgan. Masalan, payg‘ambar Ibrohim (a.s.) ziyoratlariga kelgan mehmonlarini to ular o‘zlarini tanitmagunicha tanimaganlar. Ayni
shu farishtalar hazrati Lut (a.s.) huzurlariga kelishganida Lut (a.s.) ham ularni tanimaganlar. Hadis kitoblariga alohida nom ostida «Jabroil hadisi» deb kirgan bu suhbat sahobai kirom uchun g‘oyat aziz bir xotira o‘laroq ko‘ngillardan joy oldi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 302
Ko'rilgan: 138231
So'nggi javob 01 Yanvar 2009, 03:36:38
muallifi AbdulAziz
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (2-kitob). Oydinliklar sari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 282
Ko'rilgan: 95753
So'nggi javob 03 Yanvar 2009, 01:33:15
muallifi AbdulAziz
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (3-kitob). Olamlarga porladi quyosh

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 256
Ko'rilgan: 80691
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:19:52
muallifi AbdulAziz
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)

Muallif Munira xonimBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 160
Ko'rilgan: 65611
So'nggi javob 03 Fevral 2010, 10:27:33
muallifi AbdulAziz
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

Muallif mutaallimahBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 226
Ko'rilgan: 82568
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:03:49
muallifi AbdulAziz