Iltimos, biladiganlar bo'lsa maslahat bering.Huznbuzarlarga qarshi nimalar qilish kerak? (Tabiiy yoki dori-darmon)
A.alaykum. Sizga husnbuzarga qarshi turli hil o'simliklardan tayyorlanishi mumkin bo'lgan tabiiy maskalar haqida ma'lumot bermoqchiman.
Qoqio'ti maskasi. 6 stakan suvning ichiga 1 hovuch qoqio'ti solib qaynating. Tayyor bo'lgan qorishmani marlidan o'tkazib suzing. Qorishma iliganindan keyin yuzingizga surtib, 10 daqiqa kuting. Keyin iliq suv bilan yuvib, yaxshilab quriting.
Keyin buni eslatishda foyda bor. Yuzingizda husnbuzar chiqqan bo'lsa, ChehMikni aytganlaridek aslo siqmang. Yuzning lab usti va osti qismi ayniqsa juda nozik joylar, Alloh saqlasin shu joylarda chiqqan husnbuzarlarning siqilishi yuz falji va o'limgacha olib kelar ekan.
Yog'li ovqatlar, qahva, kakao, shokolad va ortiqcha ziravorli (qalampir, murch, zira vhk) ovqatlardan uzoq turing. Hech bo'lmasa yuzingiz yaxshi bo'lguncha.