So'rovnoma

Yuzingizga qanchalik e'tibor qaratasiz.Yuzingizni parvarish qilib turasizmi?


Ha,doimo bu juda muhum.
Ba'zan vaqt ajratganimda
Umuma qilmayman.
Qiziqib ham ko'rmaganman.
Yuzim parvarishga muhtoj emas.


Yuzingiz uchun niqoblar va maslahatlar.  ( 126053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  19 Dekabr 2009, 13:31:32

Iltimos, biladiganlar bo'lsa maslahat bering.Huznbuzarlarga qarshi nimalar qilish kerak? (Tabiiy yoki dori-darmon)

A.alaykum. Sizga husnbuzarga qarshi turli hil o'simliklardan tayyorlanishi mumkin bo'lgan tabiiy maskalar haqida ma'lumot bermoqchiman.

Qoqio'ti maskasi.

6 stakan suvning ichiga 1 hovuch qoqio'ti solib qaynating. Tayyor bo'lgan qorishmani marlidan o'tkazib suzing. Qorishma iliganindan keyin yuzingizga surtib, 10 daqiqa kuting. Keyin iliq suv bilan yuvib, yaxshilab quriting.

Keyin buni eslatishda foyda bor. Yuzingizda husnbuzar chiqqan bo'lsa, ChehMikni aytganlaridek aslo siqmang. Yuzning lab usti va osti qismi ayniqsa juda nozik joylar, Alloh saqlasin shu joylarda chiqqan husnbuzarlarning siqilishi yuz falji va o'limgacha olib kelar ekan.

Yog'li ovqatlar, qahva, kakao, shokolad va ortiqcha ziravorli (qalampir, murch, zira vhk) ovqatlardan uzoq turing. Hech bo'lmasa yuzingiz yaxshi bo'lguncha.

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 13:34:56

Husnbuzarning chiqishini oldini olish uchun kunda bir kosa qatiq va 1 dona kartoshka yesangiz juda foydali bo'lar ekan. Chunki qatiq bilan  kartoshka yuzning eng asosiy antibiotigi ekan. Bularni faqat husnbuzar chiqqan insonlar emas hammasi yeyishi kerak.

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 13:37:52

Sirka maskasi

Yarim stakan olma sirkasi bilan yarim stakan iliq suvni aralashtiring. Paxta bilan bu qorishimni yzingizga va bo'yningizga surting. Bu maska jildingizdagi husnbuzarlarning va dog'larning ketishida inshallaoh katta foyda beradi.

Maskalarni tozalab iliq suvda yuving. Maskani yuvgandan keyin esa albatta yaxshilab quriting.

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 13:44:55

Husnbuzar odatda yog'li jildlarda chiqadi.
Haftada bir marta yuzdagi yo'g'larni tozalash uchun maska:

1. Makkajo'hori uni 1 choy qoshig'i
2. Turkchasi "Kil" Ruschasi "Glina" bizda Gilvatak edi shekilli 1 choy qoshig'i
3. Krem 1 choy qoshig'i
4. Suv  1 choy qoshig'i

Bu moddalarni hammasini aralashtiring, kesk hamiriday yumshoq bo'lishi kerak. Yuzingiz va bo'yningizga surting. Yuzingiz keriladi, havotir olmang. Jilddagi butun yog'larni emib oladi. 10 daqiqa kutgandan keyin yana iliq suv bilan yaxshilab tozalang va yuzingizni quriting.

Bu maska ham jildni yog'dan tozalaydi ham dam oldiradi.


Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 13:50:39

Husnbuzarning ko'p chiqish sabablaridan yana biri inson organizmi faoliyatining sustligidadir. Ayniqsa ovqat hazm qilish organlari va jigar faoliyati bu mavzuda juda muhimdir.

Organizmingizga "yordam berish" uchun kunda kamida 3 litr suv iching. İnson tanasi suvsiz qolganda "quriy boshlaydi" va jild horg'in ko'rinadi.


Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 13:55:22

Husnbuzar uchun yana eng foydali maskalardan biri. Turkchasi "Ihlamur" yoki Ruschasi "Lipa" maskasidir. Uzr, O'zbekchasi qanday bo'ladi, shu on aqlimga kelmayabdi.

2 stakan suvda 2 qoshiq Lipani qaynating. Bu qorishmani ham dokadan o'tkazib suzing. Yuzingizga iligandan keyin surting. 10 daqiqa kutgandan keyin yana iliq suv bilan yuvib, yaxshilab quriting.

Lipa uchun Rushca to'liq ma'lumot:

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9B%D0%B8%D0%BF%D0%B0

Sizga bergan maskalarimni hammasi tabiiy shakldagi o'simlik va gullardan tayyorlanganligi uchun hech qanday zararli tarafi yo'q.


Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 14:31:25

Yuzingizni tiniq va tarang bo'lishini hoxlasangiz muzlatgichni muzxonasiga, muz qoliplariga ma'dan suvi va limon suvini aralashtirib joylang.

Muzlagandan keyin har kuni bir qolip olib yuzingizga surting.

Agar yuzingiz quruq bo'lsa ma'dan suvini o'rniga sut qo'yib muzlatishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Zulfina  18 Aprel 2010, 22:50:26

Oziqlantiruvchi niqob: Oddiy oziqlantiruvchi kremga bir bog' petrushka, bir bog' ukropni maydalab solasiz. Tayyor bo'lgan aralashmani haftada ikki  marta yuzni yaxshilab tozalagndan so'ng 15 min.ga surasiz. Niqobni muzlatkichda saqlashiz mumkun.

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Aprel 2010, 23:00:09

kapalak Zor narsalarni bilarkansiz qattadan organgansiz???

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Aprel 2010, 23:00:45

Kipriklarim judayam nozik oldingi betlarda Qanadur yog'ni surting diyishgan osonro maslahatiz yomi asal?

Qayd etilgan