IXTIROLAR  ( 31969 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:44:40

Dunyoda har soniya yangi kashfiyotlar bo'lmoqda. Xozirda biz ishlatayotgan narsalar ham kim tomondandir ixtiro qilingan. Siz bu haqida ma'lumotga ega emasmisiz? Unda bu mavzu sizga asqotadi!!!
Ba'zi faktlar noto'g'ri bo'lsa unda marhamat qilib tuzating. Albatta bunda aniq manbani ko'rsatishni unutmang.

Hurmat bilan,
Y_U_R_I_S_T

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:51:35

Bizning ermagimiz internet tarmog'ini 1977 yil AQSHlik Vinton Serf kashf qilgan ekan. U AQSH xafvsizlik xizmatida ishlagan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:52:04

Hammamizga kerak bo'ladigan kompyuterlarning elektron nusxasi ixtirochilari AQSHlik Jon

Ekkert va Jon Moukli hisoblanadi. Ular ixtironi 1946 yil qilishgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:52:45

Qizaloqlarning sevimli o'yinchog'i BARBI qo'g'irchoqlarini 1958 yili AQSHlik Rut Xandler yaratgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:53:48

Yaqindagina yangi yilni nishonladik. Uyda archa bezash maza-a? Archani bezashda ishlatiladigan elektr chiroqlarini ixtirochisini bilasizmi? 1917 yil AQSHlik Albert Sadakka bu ishni qilgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:54:25

Tarnsportlardan:

Metro - 1862 yil Angliya;
Tramvay - 1879 yil Germaniya;
Trolleybus - 1881 yil Germaniyada ilk bor ishga tushgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:54:40

Ko'p qavatli uylarda ishlatiladigan liftni 1854 yili AQSHlik injener Eli Otis yaratgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:54:56

Ilk parashyut nusxasini XV asrda buyuk rassom Leonardo da Vinchi o'ylab topgan ekan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:55:20

Kompyuterni sichqonchasiz tasavvur qilolmaymiz. Uni ixtirochisi Duglas Engelbart. 1968 yili bu ixtiro qilingan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:55:34

Telefon esa 1876 yili asli Shotlandiyalik AQSH fuqorosi Aleksandr Bell tomonidan yaratilgan.

Qayd etilgan