IXTIROLAR  ( 31978 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:03:38

IXTIROLAR
Bayramlarda ko'p iste'mol qilinadigan Shampan vinosi 1670 yil Fransuz monaxi Dom Perin'on tomonidan yaratilgan. Uning juda katta uzumzori bo'lgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:06:20

IXTIROLAR
Rolikli konkida uchishni bilasizmi? Mazza-a? Aynan mana shu "mazza"ni 1760 yili Belgiyalik musiqachi Jozef Merlin ixtiro qilgan ekan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:07:14

IXTIROLAR
Aloqa vositalaridan hisoblangan telegraf 1837 yili Britaniyalik Uilyam Kuk va Charlz Uiton tomonidan ixtiro qilingan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:07:37

IXTIROLAR
Kinolarda ko'p uchratadigan suv tegirmoni mil. avv. 85 yili Xitoyda yaratilgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:07:43

IXTIROLAR
Armiyaning asosiy qurollaridan bo'lmish TANK 1916 yil Britaniyalik konstruktor Uilyam Tritton tomonidan yaratilgan. U birinchi marta 1916 yil aprel oyida Somma daryosi bo'yidagi jangda qo'llangan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:07:53

IXTIROLAR
Ilk zamonaviy gazeta 1609 yil Germaniyada chiqarilgan. Uning ta'sischisi Yulius Zonne hisoblanadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:08:13

IXTIROLAR
Hayotimizning go'zal lahzalarini saqlab qoluvchi videokamera 1981 yil Yaponiyaning "SONY" kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:08:30

IXTIROLAR
Chaqaloqlarning tayyor ovqati 1867 yil Shveytsariyalik ximik Genri Nestle tomonidan yaratilgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:08:40

IXTIROLAR
Soqol olishda ishlatiladigan xavfsiz britva 1901 yil AQShlik savdogar King Kemp Jillet tomonidan ixtiro qilingan. Xozir Gillet kompaniyasini kim bilmaydi deysiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 13:08:49

IXTIROLAR
Avtomashinlarga o'rnatiladigan xavfsizlik yostig'i ilk bor 1988 yil Yaponiyaning "TOYOTA" firmasi tomonidan yaratilgan.

Qayd etilgan