2008 yil - Muhim sanalar  ( 40686 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  05 Fevral 2008, 13:56:40

2008 yilda O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li (1897—1938) tavalludiga 111 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:57:00

25 oktyabr — Bolalar shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, O‘zbekiston xalq shoiri Quddus Muhammadiy (1907—1997) tavalludiga 101 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:57:20

13 noyabr — O‘zbek shoiri, dramaturg, tarjimon Usmon Nosir (1912—1952) tavalludiga 96 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:57:42

24 dekabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar shoiri Po‘lat Mo‘min (1922—2003) tavalludiga 86 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:57:58

9 fevral — Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy (1441—1501) tavalludiga 567 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:58:15

14 fevral — O‘zbek xalqining yirik mutafakkiri, davlat arbobi, tarixchi olim, shoir va tarjimon, o‘zbek mumtoz adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga 525 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:58:37

22 fevral — Shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun (1948) tavalludiga 60 yil to‘ladi.
Azim Suyun she’riyatni xalq ohanglari, tabiatning nafis tasviri, badiiy ijod an’analarini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:59:00

Mart — Mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi Xo‘ja Bahouddin Naqshband (milodiy 1318) tavalludiga 690 yil to‘ladi.
Xo‘ja Bahouddin Naqshband hazratlari amir Kulol rahbarligida Xo‘jagon tariqatining qoidalari va amaliyot usullarini o‘zlashtirgan. Xo‘jai Xo‘jagon (ya’ni, Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy) asos solgan tariqat (yo‘li)ni Xo‘ja Bahouddin Naqshband qayta jonlantirib, uni ham nazariy, ham amaliy qoidalar bilan takomillashtirdi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:59:14

15 aprel — Atoqli adib va olim Sadriddin Ayniy (1878 —1954) tavalludiga 130 yil to‘ladi.
Sadriddin Ayniy o‘zbek va tojik tilida asarlar yozgan. Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun o‘quv qo‘llanmalar, ommani ilm-ma’rifatga chaqiruvchi she’r va hikoyalardan iborat «Yoshlar tarbiyasi» (1909) darsligini tuzadi.
Ayniy 1927—29 yillarda yirik romani «Doxunda»ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 yilda esa o‘zbek tilida «Qullar» romanini yaratdi. Unda o‘zbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi.
Samarqandda Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochilgan. (1967)

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:59:31

10 may — O‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri G‘afur G‘ulom (1903—1966) tavalludiga 105 yil to‘ladi.
O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori o‘afur o‘ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo‘shgan adibdir. Shoirning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan.

Qayd etilgan