2008 yil - Muhim sanalar  ( 40689 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  05 Fevral 2008, 14:03:12

Fors-tojik shoiri Rudakiy Abu Abdullo Ja’far (858) tavalludiga 1150 yil to‘ladi.
Shoir yoshligidan she’riyat va musiqaga ixlos qo‘ygan, adabiyotni, arab tilini o‘rgangan. Zamonasining mashhur cholg‘uchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa bo‘yicha ta’lim olgan. Barbat, chang, ud, rud kabi cholg‘u asboblarini chalishni o‘rgangan. Shoir haqida «Rudakiy» dramasi va «Shoirning qismati» kinofilmi yaratilgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:03:28

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, ma’rifatparvar shoir Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy (1853—1921) tavalludiga 155 yil to‘ladi.
Zavqiy o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarini davom ettirgan, Qo‘qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Shoirning ishqiy g‘azal va muxammaslari o‘sha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan. Zavqiyning she’rlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda og‘zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:03:43

O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, adib va shoir Munavvarqori Abdurashidxonov (1878—1921) tavalludiga 130 yil to‘ladi.
Munavvarqori bir qancha darslik muallifidir. Uning «Adibi avval» (1907), «Adib us-soniy» (1907), «Usuli hisob», «Tajvid», «Tarixi anbiyo», «Tarixi islomiya»(1912) darsliklari bir necha marta chop etilgan.
Munavvarqori ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’rlari o‘sha davrdagi matbuot va o‘zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u o‘tkir publitsist adib sifatida tanilgan. Maqolalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, ahloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, tashkilot va davlat idorasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:04:17

1 may — O‘zbekiston FA akademigi, o‘zbek arxeologi va tarixchisi Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov (1908—1977) tavalludiga 100 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:04:34

7 sentyabr — O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim, jamoat arbobi Ibrohim Mo‘minov (1908—1974) tavalludiga 100 yil to‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:04:54

10 sentyabr — Taniqli adib, yozuvchi Rahmat Fayziy (1918-1986) tavalludiga 90 yil to‘ladi.
Biz yozuvchining «Sen yetim emassan», «Yor-yor» kinopovestlari hamda «Hazrati inson» romanini yaxshi bilamiz. Uning qator asarlari rus va boshqa qardosh xalqlar tillariga o‘girilgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:05:08

31 sentyabr — Birinchi o‘zbek ayol rassomi, kimyogar olima Zarifa Saidnosirova (1908—1986) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
Olima Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qo‘shgan. U adibning o‘zbek tilidagi 2 jildlik «Mukammal asarlar to‘plami»ni, rus tilidagi 5 jildlik «Asar»larini nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:05:25

6 oktyabr — Mohir tarjimon, yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy (1908—1986) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
Yozuvchi Toshkent kinostudiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda «O‘zbekiston» nashriyotida xizmat qilib, rus adabiyoti klassiklari asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Uning tarjimalari o‘zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:05:44

7 noyabr — O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, shoir, dramaturg, pedagog va jamoat arbobi Maqsud Shayxzoda (1908—1967) tavalludiga 100 yil to‘ladi.
M.Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi, «Toshkentnoma» lirik dostoni, «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasi kabi ko‘pgina asarlari bilan mashhurdir. Shayxzodaning tarjimonlik faoliyati ham keng qamrovli bo‘lib, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Shekspirning she’r va poemalarini mohirona tarjima qilgan.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 14:06:04

12 dekabr — Taniqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov (1928) tavalludiga 80 yil to‘ladi.

Qayd etilgan