Umumiy bo'lim > Forumdoshlar hayoti

Siz tavallud topgan kunda yana kimlar tug'ilgan?

(1/6) > >>

shoir:
Assalomu alaykum!
Mavzu shartiga ko'ra, siz o'zingiz yoxud biron do'stingizning tavallud topgan kunini (masalan, 5 fevral) aytasiz. Forumdoshlar esa yana shu kuni qaysi mashhur kishilar tug'ilgani, ayni shu kunda tarixda yana qanday voqeliklar ro'y bergani haqida ma'lumot qoldirishadi.
O'ylaymanki, bu ko'pchilikka qiziqarli bo'ladi.

Demak boshladik.
Men 15 sentabrda tug'ilganman.

Shu kunda  tug'ilganlar:

    * 973 - Al-Beruniy, mutafakkir olim (o'limi 1048)
    * 1254 - Marko Polo, Italian sayyohi (o'limi 1324)
    * 1789 - Jeyms Fenimor Kuper, Americalik yozuvchi  (o'limi 1851)
    * 1828 - Aleksandr Mixailovich Butlerov, Rus kimyogari (o'limi 1886)
    * 1857 - William Howard Taft, AQShning 27-prezidenti (o'limi 1930)
    * 1881 - Ettore Bugatti, Italiyalik avtoinjener (o'limi 1947)

Siz ham davom ettirishingiz mumkin.

Shoxjahon12:
Men 16 mayda tug'ilganman. Shu kunda tug'ilganlardan bilganlarim:

1887 yil - nemis shoiri Yakob van Xoddis;
1905 yil - aktyor Genri Fonda;
1916 yil - Isroilning 4chi prezidenti Efraim Katsir;
1953 yil - Irlandiyalik aktyor Pirs Brosnan;
1955 yil - amerikalik aktrisa Debra Uinger;
1966 yil - amerikalik pop qo'shiqchisi Janet Jekson (Maykl Jeksonning opasi);


Usmon:
19 mart.
Bu sanada:
Italiya terma jamoasi va "AC Milan" klubi himoyachisi Alessandro Nesta (1976) va
amerikalik kinoaktyor Bryus Uillis (1955) tavallud topishgan

AbdulAziz:
15 Fevral

Shu kunda yuz bergan ba'zi voqealar

    - Eramizdan avvalgi 399 yil - faylasuf Suqrot o'limga hukm qilindi.
    - 590 yil - Xusrav II Eron shohi tojini kiydi.
    - 1637 yil - Ferdinand III Muqaddas Rim Imperatori bo'ldi.
    - 1946 yil - Birinchi elektron hisoblash mashinasi ENIAC Pensilvaniya Universitetida ishga tushirildi.
    - 1989 yil - Sovet Ittifoqi Afg'onistondan qo'shinlar olib chiqib ketilganligi haqida rasmiy bayonot berdi.
    - 1999 yil - Kurdiston ishchilar partiyasi terroristik guruhi rahbari Abdulloh Ojalan, turk ayg'oqchilari tomonidan Keniyada qo'lga olindi.
    - 2003 yil - Dunyodagi 600 dan ortiq shaharda Iroq urushiga qarshi namoyishlar bo'lib o'tdi. Jahon tarixidagi eng katta ushbu ommaviy namoyishlarda 30 milliondan ko'p kishi ishtirok etdi.
    - 2005 yil - AQShda video fayllarni bevosita ko'rish va joylashga mo'ljallangan YouTube tarmog'i ishga tushirildi.

Shu kunda tug'ilgan mashhur kishilar

    - 1564 - Galileo Galiley, Italiyalik astronom va fizik (vafoti - 1642)
    - 1710 - Luis XV, Fransiya qiroli  (vafoti - 1774)
    - 1835 - Demetrius Vikelas, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi raisi (vafoti - 1908)
    - 1841 - Manoel Ferraz, Braziliya prezidenti (vafoti - 1913)
    - 1861 - Charles Edouard Guillaume, fransuz fizigi va Nobel mukofoti sohibi (vafoti - 1938)
    - 1873 - Hans von Euler-Chelpin - nemis kimyogari va Nobel mukofoti sohibi (vafoti - 1964)
    - 1898 - Toto, Italiyalik, aktor, shoir va bastakor (vafoti - 1967)
    - 1932 - Sayyid Ahmad Arvosiy, turkiyalik, buyuk islom olimi (vafoti - 1988)

Shu kunda vafot etgan mashhur kishilar

    - 1781 - Gotthold Ephraim Lessing, nemis yozuvchisi va faylasufi (1729 yili tug'ilgan)
    - 1857 - Mikhail Glinka, Rus bastakori (1804 yili tug'ilgan)
    - 1869 - Mirzo G'olib, hindistonlik buyuk shoir (1796 yili tug'ilgan)

Shu kungi ba'zi bayramlar

    - Singapurda Umumiy muhofaza kuni
    - Kanadada Milliy bayroq kuni
    - Serbiyada Milliy kun
    - Vanuatuda Jon Fram kuni

Shoxjahon12:
16 may

Shu kuni tug'ilganlardan yana:

1887 yil - Shoir Ivan Severyanin;

1923 yil - Amerikalik iqtisodchi Merton Miller (1990 yilda Nobel iqtisod mukofotini olgan);

1925 yil - Braziliyalik mashhur sobiq futbolchi,1958 va 1962 yilgi Jahon chempioni Nilton Santos;




Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version