Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar  ( 14613 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Aqoid  23 May 2013, 06:23:49

shu futbol ko'rayotganda xuddi shunday savollar biram "yoqadi". Eng yomoni kim bilan kim o'ynayapti deyishlari.

Qayd etilgan


Donishmand  23 May 2013, 08:53:57

Undan ham "ajoyib" savollar bor:

- Nechchiyu nechchi?
- 1:1
- Kim yutayapti?! .?.?.?

Qayd etilgan


IRFON-2012  06 Iyun 2013, 10:51:03

Baxtli turmush sirlari!Ushbu sarlaxvaga hamma birdek qiziqishi bejiz emas. Har qanday inson o'z turmushining har doim baxtli bo'lishini xohlaydi. Ammo buning uchun biroz bosh qotirish va kerak bo'lsa ter to'kish darkor. Bu yo'lda o'z xohishlaringiz ham qarshi chiqishga to'g'ri keladi. Meni hayotiy tajribam hali oz bo'lsada, 23 yillik kuzatishlar natijasida ancha xulosalar tuzib qo'ydim. Boshqalar bilan baham ko'rmoqchiman. Demak oila qurmoqchi bo'lgan yigit-qizlar baxtli turmushni barpo qilib, uni davomiy saqlab qolishning qanday shartlari borligi haqida gapirib bermoqchiman.

Birinchi shart - niyat. Turmush qurishdan maqsadingiz nima ekanligini aniqlab, faqatgina ezgulik tarafga yo'naltirib olish zarur. Har qanday amal niyatdan boshlanadi. Niyati buzuq bo'lgan har bir amal xayrsizdir! Niyatda gap ko'p. U insonga ham, atrof muhitga ham ta'sir o'tkazadi. Oqibatda niyat o'z kuchini ko'rsatadi. Eng odobli, eng aqlli inson bilan turmush quraman deb niyat qiling.

Ikkinchi shart - sevgi nimaligini anglash! Yuzlarini sog'inishingiz sevgi emas, qalbini sog'inishingiz sevgidir. Qirqdan o'tgan ayollarga boqing, yoshlikda hammani rom qilgan go'zallik qayoqqa ketdi? Oshiqlari endi ko'rsinchi nimasi rom qilarkin? Qalb go'zalligi esa abadiy bo'lib, u aynan sevgining maskanidir. Qalbdagi go'zallik qariganda ham yuzlarida nur bo'lib balqib turadi. Hech qachon tashqi chiroyga uchmang. Bo'lajak turmush o'rtog'ingizni qalbiga qarab tanlang! Qalbi sizga yoqsa, ana endi tashqi qiyofasiga qarang. Albatta tashqi go'zallik ham o'z o'rniga ega bo'lib, bu xuddi jism va ruhga o'xshaydi. Jism ham muhim, ammo ruh ustunroq. Chunki tuproqqa aylanmay, yashashda davom etadigani aynan ruhdir!

Uchinchi shart - ota-ona roziligi. Hech qachon ularni norozi qilib oila qurmang. Chin sevgingizdan ham voz kechib qo'yavering. Chunki ota-onani norozi qilganlar hech qachon baxtiyor bo'lmagan. Ular ham sizni majburlashga haqlari yo'q, lekin oila masalasida ularning maslaxatiga amal qilish shart. Sizda hozir xissiyotlar to'lib-toshgan. Ko'zingiz xiralashgan, faqat o'zingizga sezilmaydi. Ota-onalar esa 50-60 yillik yo'lni bosib, hayotni past-balandini yoddan bilib olishgan. Ularga qo'yib bering. Ular taklif qilsin, siz tanlang. Yoqmasa yoqmadi deng. Lekin aslo, ota-ona norozi bo'lsa ham mana shu bilan turmush quraman deb oyoq tirab olmang.

To'rtinchi shart - odob. Uyda, yo'lda, ishda, o'qishda, to'y-u bayramlarda, hullas hamma joyda har bir narsani odobini joyiga qo'ying. Shunda Alloh ham, odamlar ham sizni yoqtirib qoladi. Hammaga yoqimli bo'lgan inson esa, sevgan insoniga ham yoqishi oson bo'ladi. Alloh esa har bir insonga o'zi loyiq bo'lgan sinovni yo'liqtiradi. Turmush ham bir sinov. Bo'lajak qudalar ham odamlardan surishtirganda iliq gaplar eshitsa qanday yaxshi. Boylikka, mol-mulkga o'ch bo'lmang. Aks holda sizga ham o'zizga o'xshagani yo'liqadi. Odobingizga qarab emas, oilangizni mol-mulkiga qarab kuyov yoki kelin qiladi. Boylik esa baxtli bo'lishga yetarli emas, aksincha hayotingizni yanada chigallashtiradi.

Beshinchi shart - Allohga tavakkal va duo. Yolg'iz qolganingizda Allohga chin dildan duo qiling va Ul zotga tavakkal qiling. "Menga shunday pokiza jufti halol va zurriyotlar ato qilginki, ularni ko'rganda faqatgina xursandchilik ko'z yoshlari bo'lsin" deb duo qiling. Boshqa kimga ham yalinamiz? Bizga o'zimizdan ham yaqinroq bo'lgan Zot bo'lsayu, yordam so'rab iltijo qilolmasak, har qancha achinishga loyiq bo'lamiz.

Qayd etilgan


IRFON-2012  06 Iyun 2013, 10:53:09

Oltinchi shart - adolat. Oila qurgandan so'ng, jufti halolingizni har qancha yaxshi ko'rsangiz ham ota-onangizdan ustun qo'ymang. Qulog'iga quyib qo'ying, avval ularni rozi qilaman, siz keyingi o'rindasiz deng. Sizni tug'ulib voyaga yetishingizda, xotingizni bir tiyinlik foydasi tegmagan. Xotin zoti harakteriga qarab hatto dushmanga ham aylanish mumkin. Lekin ota-onangiz, dunyodagi jamiyki gunohlarga botib yotganingizda ham sizga g'amxo'rligi to'xtamaydigan zotlardir! Aka-uka, opa-singil ham dushman bo'lganini ko'rganmiz, ammo musulmon ota-ona o'z farzandiga hayotiy holatda dushman bo'lganini ko'rmaganmiz.

Yettinchi shart - muloyimlik. Axli oilangizga, xususan ota-ona va turmush o'rtog'ingizga xushmuomala bo'ling. Bitta piyola singani umr yo'ldoshingizni qalbini sindirishga arzimaydi. Chegaradan chiqmagan holatda xazil-mutoyiba qilib turing. Ularga mehrli nigohlaringizni xadya qiling. Bunga javoban undan ham ko'proq mehr ko'rsatishadi. Ayniqsa ayol zoti mehrga o'ch bo'ladi. Erkak kishi ancha-muncha qo'rslikni ko'taraveradi. Ayollar esa har bir so'zdan mehr istaydi. Ammo buning uchun o'zlari ham shirinso'z bo'lishlari kerak.

Sakkizinchi shart - Hammaga o'rnak bo'lmoq. Har bir so'zni, har bir ishni o'z o'rnida bajaring. Qaynona-kelin tortishib qolsa, o'zlariga qo'yib bering. Hozirgi og'zipolvon yigitlar, unisiga ham bunisiga ham bitta baqirib berib o'chirib qo'yishni odat qilgan. Chiqib ketganidan keyin janjal battar davom etishiga aqllari yetmaydi. Yaxshisi kelinni bir chetga olib, tepada aytganimizdek qulog'iga quygan gapingizni takrorlab, agar yarashib olsangiz ertaga yoqtirgan ko'ylagizga pul beraman desangiz, ana ozgina pul bilan masala hal. Onangizni oldiga kirib, qiz o'zingizniki, xohlasangiz so'king deb turib, sal tabassum aralashtirib faqat xaydavormang deb xazillashib qo'ying. Hullas bunaqa paytda kallani ishlatib biroz ayyorlik qilmasa ishlar chatoq bo'laveradi. Adolatparvarlikda hammaga o'rnak bo'ling. Shunda qolganlar ham adolatsizlik qilishga uyalishadi. Bo'lajak kelinlarga ham adolatli bo'lishni maslaxat beramiz. Hech qaysi ona bekordan bekorga o'z o'g'lini baxtini xafa qilmaydiku to'g'rimi? Choyni vaqtida damlamagansiz yoki tuzni kam solib qo'ygansiz. Xo'p bo'ladi, endi e'tiborliroq bo'laman oyijon desangiz, xo'mraygandan afzalroq. Agar yomon qaynonaga uchragan bo'lsangiz, shunga loyiq ekansizda. U holda sizda yanayam irodaliroq bo'lish va uddaburonlik talab qilinadi. O'g'lini o'ziga qaratib olgan odam,  onasini ham "ilintirish"ga kuchi yetadi deb o'ylayman. Bu sizga hayot sinovi. O'ta olsangiz jannat sizniki, o'ta olmasangiz...

To'qqizinchi shart - halollik. Oilangizni halol rizq bilan boqing. Kelajak zurriyotlaringiz ham pokiza qalbli insonlar bo'ladi. Ko'pgina xarom puldan ozgina halol pul afzal. Osongina topilgan xaromdan qiynalib topilgan halol afzal. Farzandlarini xaromdan boqqanlar oqibatda boshlariga aynan o'sha farzandlari ne kulfatlarni solayotganini ko'rmoqdamiz. Jamiyat ham zarar ko'rib, o'ziga emas padariga la'nat aytmoqda. Xalqingizga pokiza zurriyot yetkazib berishda halollikni qurol qilib oling. Oila a'zolar ichida, yoki umr yo'ldoshingiz xaromdan pul topishga chorlasa "Allohdan qo'rqaman" deng. Chiroyli pand-nasixat bilan tushuntiring. Misollar keltirib bering, falonchini ko'ring oqibati nima bo'ldi, deb. Bu g'iybatga kirmaydi. O'z axlini xavfdan qutqarish bu.

O'ninchi shart - kechirimli bo'limoq. Bu olamdagi har bir inson xatokordir. Hech qaysi odam nuqsonlardan holi emas. Tabiiyki, sevgan insoningizdan ham xatolar o'tib turadi. Xatoga yo'l qo'yganda, unga nasixat qilib xatosini kechiring. Eng buyuk zot Alloh kechiraman desayu, biz ojiz bandalar kim bo'libmiz?! Agar kechirilmas xiyonatga yo'l qo'ysa ham, o'zingizni qo'lga oling. Vaziyat shu darajaga yetib borishida sizning ham aybingiz bor. E'tibor bermagansiz. Kechirish degani e'tiborsiz qoldirish kerak degani emas. Birinchi xatodayoq kerakli choralarni ko'rish kerak. U sizni jufti halolingiz, unga qanday chora ko'rish foyda berishini o'zingiz yaxshi bilasiz. Aqlni ishga soling. Nima qilib bo'lsa ham, oilani salomat saqlab qoling. Tepada aytganimizdek, siz ulkan sinovdasiz. O'z san'atingizni namoyish eting!

Qayd etilgan


Muxsiya  06 Iyun 2013, 14:34:05

Shularning orasiga qo'shib qo'yilsa bo'lar ekan eng muhim shartlaridan biri sabr, sabr va yana sabr

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 16:45:02

Hissiyot to’la orzular va "¦ turmushdagi ixtiloflar[/url]agar mana shu ixtiloflar bo'lmaganida edi turmushda baxtning qardi yo'qolar edi. Baxtning qardi baxtsizlkda bilinadi.
 

Qayd etilgan