Ali Tantoviy marhamat qiladilar:
“Agar sen va birodarlaring er-xotin orasida ixtilofdan holi bo’ladigan juftlik hayotini xohlab turgan bo’lsalar, butun umrlari asal oyidek totli o’tishini xohlab turgan bo’lsalar, Romeo va Juliyettaning majlislaridek go’zal hayotni istasalar, Layli va Majnunning sevgisidek muhabbatda hayot kechirishlikni orzu qilib turgan bo’lsa,
BU HARGIZ BO’LMAYDI va
BO’LISHI HAM MUMKIN EMAS! Muhabbat majlislari bema’ni gap-so’zdan boshqa narsa emas. Sen unga “sevaman!” deysan, u ham senga “men ham sevaman” deydi. Ikki juft bu gapni qaytaraverib, hatto bu gapning ma’nosi ham qolmay, ikkalalri ham jim bo’lib qoladilar. Hayotning hammasi ba’zi yosh yigit-qizlar o’ylaganidek “Men seni sevaman!”dan tashkil topishi mumkinmi? Agar Majnun ham Layliga uylangandan keyin faqatgina “sevaman!” degan so’z bilan yashaganda edi, 1 oy o’tmay, ularda ham janjal paydo bo’lgan bo’lar edi. Uch oy o’tib esa qo’ni-qo’shnilar bularning urush-janjallarini quloqlari bilan eshitgan bo’lar edilar ham. Bir yil o’tib esa ularning ajralish haqidagi da’volari shar’iy mahkamada ko’rilgan bo’lardi ham.
Agar er va xotinlar go’zal hissiyotlar maydoni bilan hayot kechiramiz deb maqsad qilsalar, bu hech qachon bo’lmaydi, bo’lsa ham qissalarda bo’lishi mumkin xolos. Hatto olimning ham uyi ixtilofdan holi emas. Hatto Yer yuzidagi uylarning eng saodatlisi Rasululloh SAVning uylari ham bu ixtilofdan holi bo’lmagan.
Hazrati Umar r.a.ning uylariga bir odam ayolidan shikoyat qilib keladi. U odam Hazrati Umarning xonadonlariga kelgach, u zotning ayollari baland ovozda gapirayotgani va hazrati Umarning jim turganlarini eshitadi. Erkaklarning eng bahodiri Umar r.a.ning uyidagi holatni ko’rib, haligi odam indamay keta boshladi. Hazrati Umar chiqib, undan nimaga kelganini so’radilar. Haligi odam ayolining xulqi xunukligi, itoatsizligidan shikoyat qilmoqchiligini, lekin amiralmo’mininning ham o’ziga o’xshashligini aytdi. Hazrati Umar bir kulib qo’ydilar-da, shunday dedilar: “Mening ustimdagi ko’p haqlari tufayli, men uning ishlariga sabr qilaman”.
Ushbu ma’ruzani to’liq holatda eshitish:
Uylanmagan yigitlar .mp3 (11,4 Mb)