Windowsning yashirin imkoniyatlari  ( 29880 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Usmon  06 Fevral 2008, 11:02:21

Assalomu aleykum!Bu mavzuda ko'pchiligimizda o'rnatilgan Microsoft â„¢ korporatsiyasining Windows ®  operatsion tizimi ega bo'lgan, biroq nima uchundir mutaxassislar tomonidan oshkora e'lon qilinmagan imkoniyatlar (standart dasturlar, xizmatlar, fayllar va h.k.) yoritib boriladi.

Qayd etilgan


Usmon  06 Fevral 2008, 12:07:12

Birinchi va eng asosiysi:
Cmd.EXE

Joyi:
Windows\system32

Ta'rifi:
Windows Command Processor

Windows XP da konsol mavjud, u ham bo'lsa, Cmd.exe dasturi bo'ib, bu dastur buyruq interpretator (tarjimon)i hisoblanadi. Shunchaki, parametrlarsiz yoqilganda konsol operatsion tizim versiyasi, tizimni yaratgan kompaniya mualliflik huquqi haqida ma'lumot va buyruq satrini ko'rsatadi. Buyruq satrida Cmd.exe ning oz'iga tegishli parametrni, shuningdek, ixtiyoriy tashqi buyruq, masalan, boshqa dastur yoki standart buyruq (masalan, mkdir, del) berilishi mumkin.

Buyruq satri sintaksisi:

CMD [/A | /U] [/Q] [/D] [/E:ON | /E:OFF] [/F:ON | /F:OFF] [/V:ON | /V:OFF] [[/S] [/C | /K] buyruq]

Birvarakayiga bir nechta buyruqni ishga tushirish mumkin, buning uchun buyruqlar orasiga && qo'yiladi, bunda har bir buyruqlar ketma-ketligi qo'shtirnoq orasiga olinadi: "buyruq&&buyruq&&buyruq".

/? - ma'lumot - spravkani chaqirish
/A - bajarilgan buyruq natijasini ANSI formatda ko'rsatish
/C - buyruq bajarilgandan so'ng konsol oynasini yopish
/D - AutoRun buyruqlaru bajarilishini o'chirib qo'yish (bu buyruqlar cmd.exe ishga tushgan zahoti avtomatik tarzda bajariladi)
Ular reyestning HKEY_LOCAL_MACHINE\Software\Microsoft\Command Processor\AutoRun va HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Command Processor\AutoRun bo'limlarida beriladi.
/E:ON (/E:OFF) - kengaytirilgan buyruqlar to'plamiga ijozat / ta'qiq
Windows XP da bu buyruqlarga ijozat berilgan. Siz bu buyruq orqali ularga ta'qiq qo'yishingiz yoki yana o'z holiga qaytarishingiz mumkin. Kengaytirilgan buyruqlar to'plami o'z ichiga qo'shimcha ravishda: assoc, call, chdir (cd), color, del (erase), endlocal, for, ftype, goto, if, mkdir (md), popd, prompt, pushd, set, setlocal, shift, start buyruqlarini oladi.
/F:ON (/F:OFF) - file va papkalar nomini avtomatik tugallashga ijozat / ta'qiq (o'zi o'chirilgan bo'ladi). Bu funksiya biroz murakkab va katta naf keltirmagani uchun qoldirib ketamiz :)
/K - berilgan buyruqni bajargandan so'ng konsol oynasi ochiq qoladi
/Q - buyruqni ekranda tasvirlashni o'chirib qo'yadi (ECHO OFF).
/R - /C bilan o'xshas
/T:rang - konsol oynasi foni va matni rangini belgilab olish. Ular ikki 16lik sanoq sistemasidagi sondan iborat. 1-fon, 2-matn rangi. Ya'ni "CMD /T:7С" buyrug'i bajarilganda oq fonda och qizil matn paydo bo'ladi.
Ranglar jadvali: 0 - qora  1 - ko'k  2 - yashil  3 - havorang
4 - qizil  5 - liliya  6 - sariq  7 - oq 
8 - kulrang  9 - och ko'k  A - och yashil  B - och havorang 
C - och qizil  D - och liliya  E - och sariq  F - yorqin oq 
Ranglarni o'zgartirishning boshqa usuli ham bor. Konsol oynasi yuqori chegarasida sichqon o'ng tugmasini bosib Свойства punktini tanlaysiz. Endi цвет qismidan ranglarni RGB tizimiga muvofiq o'zgartirishnigiz mumkin.
Konsolni tozalab tashlash uchun cls buyrug'idan foydalanasiz.
Konsoldagi matndan nusxa olish, unga matn qo'yish uchun yuqori chegarada sichqon o'ng tugmasini bosganingizda hosil bo'lgan pop-up menuning mos buyruqlaridan foydalansangiz bo'ladi.

Batafsil ma'lumot uchun cmd.exening spravkasiga ya'ni cmd.exe /? ga murojaat qilishingiz mumkin.

* parametrlani bilmay turib o'zgartirsih tavsiya etilmaydi!

Qayd etilgan


Usmon  06 Fevral 2008, 12:16:11

msinfo32.exe
(Sistema haqida axborot)

Joyi:
C:\Program Files\Common Files\Microsoft Shared\MSInfo

Ta'rifi:
System Information

Lokal va olisdagi komyuterlar konfiguratsiyasi haqida yig'ma ma'lumot beradi. Jihozlar konfiguratsiyasi, kompyuter komponentlari, dasturiy ta'minot, imzoli va imzosiz drayverlar haqidagi ma'lumotlar shular jumlasidandir. 

Tizim haqida axborotni .nfo fayli ko'rinishida saqlash mumkin.

Sintaksis:
msinfo32 [/?] [/pch] [/nfo file_nomi] [/report file_nomi] [/computer kompyuter_nomi] [/showcategories] [/category kategoriya_kodi] [/categories kategoriya_kodi]
Windows spravkasida dastur haqida batafsil ma'lumot berilgan

Qayd etilgan


Usmon  06 Fevral 2008, 12:33:22

Sfc.exe

Joyi:
Windows\system32

Ta'rif
Windows 2000 System File Checker

Sfc.exe utiliti himoyalangan tizim (sistema) fayllarining barcha vesriyalarini tekshirish va ular o'zgargan yoki zararlangan bo'lsa, maxsus keshdan tiklash uchun mo'ljallangan. 

Windows XP da u faqat konsoldan chaqiriladi, Windows 9х da esa bu utilita maxsus grafik interfeysga ega edi.

Sintaksis:
sfc [/scannow] [/scanonce] [/scanboot] [/revert] [/cancel] [/enable] [/purgecache] [/cache size=x] [/quiet]

SFC utliti uchun quyidagi parametrlar mavjud:

/scannow - zudlik bilan barcha himoyalangan sistema fayllarini tekshirish
/scanonce - himoyalangan sistema fayllarini keyingi yuklanishda tekshirish
/scanboot - har bir yuklanishda himoyalangan sistema fayllarini tekshirish
/revert - barcha sozlovlarni o'z holiga qaytarish (Windows XP)
/cancel - barcha tekshiruvlarni bekor qilish (Windows Me/2000)
/purgecache -himoyalangan sistema fayllari keshini tozalab, zudlik bilan qayta tekshirish
/cachesize=x - kesh hajmini megabaytlarda belgilash (o'zi 50 Mb)
/enable - sistema fayllari himoyasini yoqish (Windows Me/2000)
/quiet - zararlangan fayllarni ogohlantirishsiz almashtirish (Windows Me/2000)
/? - spravkani chaqirish

Utilitaning amaldagi foydalari

Deylik, siz qaysidir sistema faylini bexosdan o'chirib yubordingiz, yoki virus qaysidir sistema fayliga zarar yetkazdi yoxud qaysidir shrift (shrift ham sistema fayli hisoblanadi) yetishmayotganini sezib qoldingiz. 
sfc.exe /scannow  buyrug'ini bajarib, tekshiruv o'tkazib yuboramiz. Windows yo'qolgan yoki zarar yetgan fayllar bor yoki yo'qligini tekshiradi va ularni qayta tiklab qo'yadi.

* faqat zarur hollarda foydali!

Qayd etilgan


Usmon  07 Fevral 2008, 19:09:06

iexpress.exe

Joyi:
Windows\system32

Ta'rifi:
Wizzard

Windows XP da sodda fayl installyatori mavjud - IExpress. Fayllarning exe self-extractorga siqib joylaydi. Shuningdek, self-extractor fayllani ochadi. Arxivator o'rnini bosishi mumkin. Ba'zi holarda sevimli WinRAR dan ham kichikroq hajmgacha siqadi.

Qayd etilgan


Usmon  07 Fevral 2008, 19:17:43

makecab.exe
Joyi:
WINDOWS\system32

Ta'rifi:
Microsoft® Cabinet Maker

Makecab.exe konsol buyrug'i cab-fayllar (arxiv) hosil qilishga xizmat qiladi.

Parametrlar ro'yxatini olish uchun makecab /? buyrug'ini berish kifoya.

Qayd etilgan


Usmon  11 Fevral 2008, 20:26:40

tasklist.exe

Joyi:
Windows\system32

Ta'rifi:
Vazifalar - Task List

Komyuterda bajarilayotgan barcha vazifalar ro'yxatini chiqaradi.

Sintaksis
tasklist[.exe] [/s kompyuter] [/u domen/foydalanuvchi [/p parol]] [/fo {TABLE|LIST|CSV}] [/nh] [/fi filtr [/fi filtr2 [ ... ]]] [/m [modul] | /svc | /v]

 Windows spravkasida ushbu buyruq parametrlari haqida batafsil o'qish imkoniyati bor.

Qayd etilgan


Usmon  11 Fevral 2008, 20:30:14

taskkill.exe

Joyi:
Windows\system32

Ta'rifi:
Vazifa bajarilish jarayonini majburiy to'xtatish - Kill Process

Bajarilayotgan vazifa (fayl)larni majburan tugatadi.

Sintaksis
taskkill [/s kompyuter] [/u domen\foydalanuvchi [/p parol]]] [/fi filtr_nomi] [/pid jarayon_kodi]|[/im obraz_nomi] [/f][/t]

 Windows spravkasida ushbu buyruq parametrlari haqida batafsil o'qish imkoniyati bor.

Qayd etilgan


Usmon  21 Fevral 2008, 14:43:22

ping.exe

Joyi:
Windows\system32

Ta'rifi:
TCP/IP Ping Command

Ping utiliti IP protokol orqali boshqa kompyuter bilan bog'lanish va uning holatini tekshiradi.  Parametrlarsiz bajarilsa, buyruq haqida svravka namoyon bo'ladi.

Windows spravkasida ping buyrug'ini parametrlar bilan ishlatish haqida batafsil ma'lumot bor.

Masalan, ping buyrug'ini ma'lum bir web-sayt IP adresini aniqlash maqsadida ishlatish mumkin. Buning uchun buyruq satrida:
ping www.ya.ru (Yandex sayti IP adresini aniqlaydi) kiritish kerak.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  03 May 2008, 11:38:07

Rahmat Usmon! register haqida ham ma'lumot bersangiz, iloji bo'lsa.

yana bir savol:  Agar kompyuterga adminstrator ga parol qo'yilgan bo'lsa parolni esingizdan chiqarsangiz qanaqa ochsa boladi?

Qayd etilgan