Muallif Mavzu: Qovoqning foydalari  ( 7376 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Qovoqning foydalari
« : 06 Fevral 2008, 16:10:19 »
Qovoq — qovoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bir va ko‘p yillik o‘simlik, poyasi yer bag‘irlab o‘sadi. O‘simlikning barglari yirik, tukdor bo‘lib, poyada uzun bandi yordamida ketma-ket joylashgan. Qovoq gullari hasharotlar vositasida chetdan changlanadi. Mevasi — yirik, ko‘p urug‘li, seret va shirali.

Abu Ali ibn Sino qovoq mevasidan tayyorlangan qaynatmani ko‘krak og‘rig‘i va yo‘talga davo sifatida tavsiya qilgan. Qo‘rda ko‘mib pishirilgan mevani qand bilan aralashtirib, ichni yumshatish uchun iste’mol etishni buyurgan. Bulardan tashqari, qovoq shirasidan tomoq og‘rig‘ini va miya kasalliklarini davolashda foydalangan.
Sharq xalqlari tabobatida qovoqni qo‘rga ko‘mib pishirib, qo‘l va oyoqlarning og‘rigan joylariga bosish tavsiya etiladi. Uning go‘shtli qismini kuydirib, o‘simlik yog‘i bilan aralashtirib, bitmagan yaralarga malham qilinadi. Qovoq urug‘laridan tayyorlangan «sut»  buyrak og‘rig‘ini qoldirib, qovuq og‘rig‘i va tsistitga davo bo‘lishligi haqida ham ma’lumotlar bor (P.P.Gomimenko).

Gijjalarni tushirish uchun qovoq urug‘ini yeyish tavsiya etiladi. Buning uchun po‘stloqlaridan ajratilib (ichidagi ko‘kimtir mag‘iz pardasi saqlangan bo‘lishi lozim), 300 grammi hovonchada yanchiladi. Yanchish jarayonida 10—15 tomchidan suv qo‘shiladi. Suv miqdori 50 grammdan oshmasligi lozim.  Bir osh qoshiq asal yoki murabbo ham qo‘shish mumkin. Aralashma tayyor bo‘lgach, nahorda bir choy qoshiq yediriladi. Uch soatdan so‘ng bemorga surgi dorisi beriladi.

Mannon NABIYEV,
Dorishunos

 

Forumda ishlash qoidalari va foydalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 24910
So'nggi javob 17 Avgust 2006, 00:23:22
muallifi AbdulAziz
Turpning foydalari

Muallif ZamiraxonBo'lim Salomatlik

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3607
So'nggi javob 24 Mart 2009, 22:24:23
muallifi jasur85
Semizo'tning foydalari.

Muallif AnsoraBo'lim Noan'anaviy tibbiyot

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2694
So'nggi javob 13 Sentyabr 2012, 01:23:50
muallifi Ansora
Namozning foydalari

Muallif ХадичаBo'lim Namoz

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 7666
So'nggi javob 11 Mart 2013, 10:42:47
muallifi Muxsiya